{"id":81,"date":"2026-05-20T09:43:48","date_gmt":"2026-05-20T06:43:48","guid":{"rendered":"http:\/\/jahon-tarixi.test\/?p=81"},"modified":"2026-05-20T09:43:48","modified_gmt":"2026-05-20T06:43:48","slug":"fransiyada-1848-yil-inqilobi-va-ikkinchi-respublika","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/?p=81","title":{"rendered":"Fransiyada 1848 yil inqilobi va ikkinchi respublika"},"content":{"rendered":"<p><strong>Reja:<\/strong><\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<ol>\n<li>Fransiyada inqilobning kelib chiqish sabablari.<\/li>\n<li>Inqilobning boshlanishi va borishi, ikkinchi respublikaning e\u2019lon qilinishi.<\/li>\n<li>Inqilobning yengilishi va uning oqibatlari.<\/li>\n<\/ol>\n<p>4.Lui Bonapart Napoleonning Fransiyadagi hukumronligi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>1848 yil boshlarida, Fransiyada inqilobiy vaziyat yetilayotgan vaqtda saylov reformasi o\u2018tkazishni yoqlab harakat ya\u2019nada kuchaydi. Ammo ministrlar sovetining raisi Gizo boshchiligidagi hukmron doiralar saylov\u00a0\u00a0\u00a0 tizimini demokratlashtirish to\u2018g\u2018risidagi hamma talablarni rad etdilar.Bu talablar\u00a0\u00a0 moliya\u00a0\u00a0 aristokratiyasining hukmronlik mavqeiga tahdid solar edi.<\/p>\n<p>Parijda saylov reformasi tarafdorlarining navbatdagi\u00a0 banketi 1848 yil 19 yanvarda tayinlangan edi. Ma\u2019murlar banketni taqiqladi. Shundan so\u2018ng u 22 fevralga ko\u2018chirildi. Ma\u2019murlar banketni shu kuni ham uyushtirishga yo\u2018l qo\u2018ymasliklarini aytdilar. Liberal oppozitsiya\u00a0\u00a0 hukumati xalqning ommaviy chiqishi yuz berishidan qo\u2018proq\u00a0 qo\u2018rqqanidan banket o\u2018tkazishdan voz kechishga qaror qildi.<\/p>\n<p>Lekin omma passiv bo\u2018lib qolaverishni istamadi. 1848 yil 22 fevralda Parij mehnatkashlarining ommaviy namoyishlari bo\u2018lib, Gizoni iste\u2019fo berishini va saylov reformasi o\u2018tkazishni talab qildilar. Ko\u2018p o\u2018tmay politsiya va qo\u2018shinlar bilan olishuv boshlandi. Ertasiga ertalab Parij ko\u2018chalarida kurash yangi kuch bilan avj olib ketdi. Shu bilan birga asosan mayda va o\u2018rta tabaqalardan iborat bo\u2018lgan milliy gvardiya batalonlarining ko\u2018pchiligi reforma kilish harakatiga xayrixox ekanligi ma\u2019lum bo\u2018ldi. Lui-Flipp Gizoga iste\u2019fo berishga va boshqa kamroq reaksion bo\u2018lgan kabinet tuzishga qaror qildi. Gizoning iste\u2019fosi liberal burjuaziya doiralarini quvontirib yubordi, ammo ishchilar va hunarmandlar kurashni to\u2018xtatmadilar. 23 fevral kechqurun qurolsiz namoyishchilar olomoniga ig\u2018vogarlik bilan qo\u2018shinlar hujum qildi. Soldatlar namoyishchilarni o\u2018qqa tutdi. Olti kishi o\u2018ldi va ko\u2018plab kishilar yarador bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Bu qonli jazo haqidagi xabar darhol butun shaharga tarqaldi va kishilarni qattiq g\u2018azabga keltirdi.<\/p>\n<p>Liberal burjuaziya vakillari Lui Filipning go\u2018dak nevarasi &#8212; graf Parijskiyni qirol deb e\u2019lon qilib, monarxiyani saqlab qolmoqchi bo\u2018ldilar. Birok xalq ommasi bu rejani barbod qildi. Ko\u2018pchiligi ishchilar bo\u2018lgan qurolli barrikada jangchilar olomoni deputatlar palatasining majlislar zaliga bostirib kirib, muvaqqat hukumat tuzilishini qattiq turib talab qildilar va bunga erishdilar.<\/p>\n<p>25 fevralda muvaqqat hukumat Fransiyani respublika deb e\u2019lon qildi. Respublika Parij ishchilarining bevosita tazyiqi ostida ishchilar kvartallarida mashhur bo\u2018lgan inqilob arbobi doktor Raspayl boshchiligidagi vakillarning talabi bilan e\u2019lon qilingan edi.<\/p>\n<p>Parij va Fransiyadagi boshqa sanoat shaharlarining ilg\u2018or ishchilari burjua-monarxiyasini ag\u2018darib, xalqka siyosiy erkinlikliklarnigina berib qolmasdan, balki mehnatkashlarni kapital zulmdan ham ozod qiladigan respublika tuzishga intildilar.<\/p>\n<p>Fransiya proletariati sotsial respublika o\u2018rnatilishiga erisha olmadi, lekin o\u2018sha vaqtda ishchilar sinfining siyosiy ta\u2019siri shu qadar katta ediki, muvaqqat hukumat ishchilarga birmuncha yon berishga majbur bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>23 fevralda ommaviy ishchilar namoyishi aloxida &#171;mehnat ministrligi&#187; tuzishni talab qilib chiqdi. Muvaqqat hukumat Lui Blan raisligida ishchilar masalasi yuzasidan hukumat komissiyasini tuzishdan iborat murosasozlik qarorini qabul qildi. Lui Blanning o\u2018rinbosari qilib, Alber tayinlandi. Komissiya o\u2018z majlislarini Luksemburg komissiyasi deb atay boshladi. Luksemburg komissiyasining majlislarida ishchi ittifoqlari hamda korxona egalarining delegatlari, shuningdek, bir qancha nazariyotchi-iqtisodchilar ishtirok etdilar. Luksemburg komissiyasining faoliyati korxona egalari bilan ishchilar\u00a0 o\u2018rtasida chiqqan janjalli masalalarda vositachilik qilish uchun asosiy o\u2018rin egalladi.<\/p>\n<p>Umuman Lui Blanning 1848 yildagi faoliyati ishchilar sinfining tor-mor etishga tayyorlangan burjua reaksiyasi foydasiga xizmat kilardi. Muvaqqat hukumat ishchilar tazyiqi ostida ish kunini bir soat qisqartirish to\u2018g\u2018risida ikki marta dekret qabul qildilar.<\/p>\n<p>Garchi korxona egalari bu dekretga yaxshi rioya qilmagan va uni bekor qildirish uchun harakat qilgan bo\u2018lsalarda lekin u fransuz ishchilarining muhim g\u2018alabasi edi.<\/p>\n<p>Fevral burjua inqilobidan oldin boshlangan iqtisodiy krizis keyingi oylarda kuchayaverdi. Krizis davomida ko\u2018pgina sanoat korxonalari\u00a0 yopildi, ishsizlik ko\u2018paydi hamda shahar va qishloq mehnatkashlari o\u2018rtasida muhtojlik kuchaydi.\u00a0 Mayda burjuaziyaning keng tabaqalari xonvayron bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Mehnatkashlar ommasining og\u2018ir ahvolda qolganligi xalq g\u2018alayonlariga sabab bo\u2018ldi.\u00a0 G\u2018alayonlar ba\u2019zi joylarda kuchli, ba\u2019zi joylarda kuchsizroq bo\u2018lsada, butun mamlakatga yoyildi. Ishchilarning namoyishlari, stachkalar, bo\u2018layotganligi, g\u2018allafurushlarning omborlariga, sudxo\u2018rlarning uylariga hujumlar qilinayotganligi to\u2018g\u2018risida Fransiyaning hamma yeridan\u00a0\u00a0\u00a0 xabarlar kelib turdi. Monarxiyaning ag\u2018darilishi va respublikaning e\u2019lon qilinishi Fransiyaning oddiy kishilarida ancha yorug\u2018lik, kelajakka umid tug\u2018dirgan va ularning ekspluatator zulmiga qarshi kurashi kuchayishiga yordam bergan edi. Ishchilarning Lion, Sent-Eten, Reyles Sen &#8212; Kantendagi chiqishlari ayniqsa shiddatli bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Ko\u2018pgina departamentlarda dehqonlar yirik yer egalari bir vaqtlar bosib olgan jami o\u2018rmonlaridan voz kechishni ulardan talab qildilar. 24 martda Nevr va Iona departamentlarida joylashgan pomeshchiklarning qasrini qurshab olib,\u00a0 pomeshchikni,\u00a0 \u201cmen shu yerdagi o\u2018rmonga bo\u2018lgan huquqlarimdan voz kechaman&#187;\u00a0 &#8212; deb tilxat berishga majbur qildilar.<\/p>\n<p>Fevral kunlarida Fransiyaning davlat moliyasi tamomila izdan chiqqan edi. Shu vaqtda xazinada 192 million frank naqd pul bor edi. Birjada davlat rentasining kursi to\u2018xtovsiz pasayib borardi. Muvaqqat hukumat yirik kapitalistlarning foydasini ko\u2018zlab, xalq ommasi ustiga tushgan ilgarigi soliqlarning deyarli hammasini saqlab koldi. Lekin davlat zayomlari obligatsiyalariga beriladigan foizlar ularning egalariga muddatidan oldin to\u2018landi.<\/p>\n<p>Muvaqqat hukumat yirik kapitalistlarga soliq solishdan bosh tortib, yangi moliya og\u2018irliklarini mayda burjuaziya va dehqonlar zim-masiga yukladi. 9 martdagi dekretga muvofiq, omonat kassalari omonat ko\u2018ygan kishilarga 100 frankdan ortiq naqd pul bermasligi, olinadigan pul bundan ortiq bo\u2018lsa, qimmati juda pasayib ketgan davlat rentasi kuponlari bilan to\u2018lashi kerakligini ma\u2019lum qildi.<\/p>\n<p>Soliqlarning ko\u2018paytirilishidan respublika dushmanlari, qishloq aholisining keng ommasi bilan Parij va boshqa shahar ishchilari o\u2018rtasida adovat solish uchun foydalandilar Kontrrevolyusion elementlar, ishchilar ishlashni xoxlamayapti va davlatni o\u2018zlarini boqishga majbur qilmoqda, degan ig\u2018vo\u00a0 tarqatdilar.<\/p>\n<p>Fransiya jamoatchiligi inqilobiy-demokratik o\u2018zgartirishni talab qilmadilar. Ular polyak xalqi va Yevropadagi boshqa mazlum xalqlarning ozodlik harakatini Fransiya faol qo\u2018llab-quvvatlaydi deb harakat qildilar va monarxiya davlatlariga qarshi urushni yoqlab chiqdilar. Buni tinchlikni saqlashning zaruriy sharti deb bildilar.<\/p>\n<p>O\u2018ng kanot burjua respublikachilari ta\u2019sis majlisining tezroq chaqirilishiga harakat qildilar. Ularning mo\u2018ljaliga qaraganda, tasis majlisi muvaqqat hukumatga qaraganda ko\u2018proq konservativ bo\u2018lishi kerak edi. Inqilobiy doiralar esa aksincha, saylovlarga yaxshiroq tayyorlanish va o\u2018z deputatlarining g\u2018olib chiqishini ta\u2019minlash uchun saylovni kechiktirshni yoqlab chiqdilar.<\/p>\n<p>Muvaqqat hukumat oldiga: qo\u2018shinlarning qolgan qismini Parijdan olib chiqib ketish va ta\u2019sis majlisiga saylovlarni 31 maygacha kechiktirish talablari qo\u2018yildi. Ba\u2019zi inqilobiy klublarning delegatlari hukumat siyosatini tanqid qildilar va uning tarkibini xalqning to\u2018la ishonchiga sazovor emasligiga ishora qildilar. Lui Blan ishchilarni, muvaqqat hukumat sizlarning extiyojingiz haqida tinmay g\u2018amxo\u2018rlik qilmokda va talablaringizni ko\u2018rib chiqishda darhol kirishadi, deb ishontirish uchun o\u2018zining bor kuchini ishga soldi.<\/p>\n<p>1848 yil 23 aprelda ta\u2019sis majlisiga saylovlar bo\u2018ldi. Reaksion unsurlar demakratik guruxlarning o\u2018z nomzodlarini o\u2018tkazishga xalaqit berish uchun hamma vositalarni ishga soldilar Saylovni o\u2018tkazish ishlari eski monarxiya ma\u2019muriy apparati qo\u2018liga topshirilgan edi va reaksion unsurlar yana shu apparatlarga ishongan edilar. Ko\u2018p ishchilar saylovchilar ro\u2018yxatiga kiritilmagan edi. Lekin boy odamlar yashirincha bir nechtadan byulleten olgan edilar. Demokratik kayfiyatdagi saylovchilarga qo\u2018pol ravishda tazyiq ko\u2018rsatdilar, jazo beramiz deb ularni ko\u2018rqitdilar. Ikkilanadigan o\u2018rta tabaqalarni qo\u2018rqitishga mo\u2018ljallangan targ\u2018ibot nixoyatda keng, avj oldi. Ana shularning hammasi natijasida saylovlar o\u2018ng qanot burjua respublikachilarining g\u2018alabasi bilan tugadi.<\/p>\n<p>Saylovlar nixoyatda keskin bir vaziyatda o\u2018tdi. Uchta sanoat markazida\u00a0 Ruan, Elber va Limojda ish qurolli kurashgacha borib yetdi. Saylanganlar orasiga ashaddiy kontrrevolyusionerlar kirib qolganligidan g\u2018azablangan Ruan ishchilari saylovlar bo\u2018layotgan binoga bostirib kirib ma\u2019muriyat vakillarini saylovlarni soxtalashtirishga aybladilar. Ruandada ikki kun davomida 27 va 28 aprelda burjua milliy gvardiyasi bilan qo\u2018zg\u2018olon ko\u2018targan ishchilar o\u2018rtasida qattiq ko\u2018cha janglari bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Ruandadagi voqealar butun mamlaktga kuchli ta\u2019sir ko\u2018rsatdi. Parijdagi inqilobiy klublar ma\u2019murlarning shafqatsiz harakatlarini qattiq qoraladi va Ruanda ishchilari qirg\u2018inining aybdorlari ustidan tergov va sud o\u2018tkazishni talab qildilar.<\/p>\n<p>Ta\u2019sis majlisi a\u2019zolarining umumiy soni 880 ta edi. Unda burjua partiyasi bo\u2018lgan &#171;uch rangdagi bayroqli respublikachilar&#187; eng ko\u2018p deputatga va ta\u2019sirga ega bo\u2018lgan partiya edi. Ta\u2019sis majlisida kuchlarning bunday nisbati ishchilardan fevral inqilobi natijasida qo\u2018lga kiritilgan demokratik erkinliklarni tortib olishga intilayotgan reaksion kuchlarning oshkora hujumga o\u2018tishiga imkon berdi.<\/p>\n<p>Ta\u2019sis majlisi Ijroiya komissiyasi deb atalgan yangi hukumat tuzdi. Undagi a\u2019zolarning juda ko\u2018pchiligi o\u2018ng qanot burjua respublikachilari edi. Bu hukumat tarkibiga bironta ham sotsialist kiritilmagan edi. Ta\u2019sis majlisining bu ishi Parij ishchilari o\u2018rtasida qattiq norozilik tug\u2018dirdi. 15 mayda ko\u2018pchiligi ishchilar va mayda hunarmandlardan iborat bo\u2018lgan ikki yuz ming kishilik namoyishchilar ish ko\u2018rayotgan burbonlar saroyi binosiga qarab yurdi. Namoyish tashkilotchilari Parijdagi inqilobiy klublar bo\u2018lib, namoyishchilarning bir qismi majlislar zaliga bostirib kirdi. Raspayl, Blanki, Barbes va boshqa inqilobiy arboblar nutq so\u2018zlab, o\u2018z nutqlarida yirik kapitalistlarga 1 milliard frank miqdorda soliq solishni, hukumat ishlarini nazorat qilib turish uchun komitet tuzishni, qo\u2018shinlarni Parijdan olib chiqib ketishni, ishsizlar va muhtojlarga yordam berishni, Poznandagi polyaklarning ozodlik harakatiga madad berish uchun fransuz qo\u2018shinlarini yuborishni taklif qildi.<\/p>\n<p>Bu takliflardan birontasi ham ta\u2019sis majlisi deputatlari tomonidan ma\u2019qullanmadi va xatto muhokama ham qilinmadi.<\/p>\n<p>Deputatlarning ko\u2018pchiligi qochib ketdi. Blanki va Raspayl ta\u2019sis majlisini tarqatib yuborish uchun siyosiy vaziyat hali yetilgani yo\u2018q deb hisoblab, namoyishchilarni tarqatishga urindilar. Ta\u2019sis majlisi yana o\u2018z ishini davom ettirdi. Barbes bilan Alber qamoqka olindi, o\u2018sha kuni Raspayl, bir necha kundan keyin esa Blanki ham qamoqqa olindi. Parijning ishchilari va mayda burjua demokratlari o\u2018zlarining eng yaxshi yo\u2018lboshchilaridan ajraldilar. Reaksion matbuot milliy ustaxonalar ishlab chiqarish hayotini tiklashga halaqit berdi, degan bahonalar bilan ularni yopishni talab qilib, ularga qarshi hujumga o\u2018tdi. Milliy ustaxonalarda ishlayotgan ishchilarning inqiloby klublar bilan yaqinlashayotganliklari yirik burjuaziyani qattiq tashvishga solib qo\u2018ygan edi.<\/p>\n<p>22 iyunda hukumat farmoyishi e\u2019lon qilinib, unda milliy ustaxonalarda ishlayotgan 18 dan 25 yoshgacha bo\u2018lgan va Parijda doimiy turar joyi bo\u2018lmagan ishchilarning armiyaga olinishi buyurilgan edi. 25 yoshdan oshgan ishchilarga provinsiyalarda yer qazish ishlariga jo\u2018nash uchun tayorgarlik ko\u2018rish taklif etilgan edi.<\/p>\n<p>Bu farmoyish ishchilarni qattiq, g\u2018azablantirdi. Ishchilar sinfining ilg\u2018or vakillari Parijdan uzoqlashtirishga harakat qilinayotganini\u00a0\u00a0\u00a0 ishchilar tushindilar. Milliy ustaxonalar brigadalari markaziy byurosining a\u2019zolari jamoat ishlari ministriga xat bilan murojaat qilib, unda &#171;respublika tuzumining daxlsizligini ta\u2019minlaydigan demokratik, sotsial ximoya ta\u2019minlanmaguncha ishchilar Parijdan ketmasligini bildirdi&#187; lar.<\/p>\n<p>1848 yil iyun barrikadalari ustida hilpiragan bayroqlarga yozilgan jangovor chaqiriqlar iyun qo\u2018zg\u2018olonini proletar qo\u2018zg\u2018oloni xarakterida ekanligini ko\u2018rsatar edi. Yo non, yoki ko\u2018rg\u2018oshin, yo\u00a0 ko\u2018rg\u2018oshin, yo ish. Yo ishlab yashaylik yoki jang qilib\u00a0\u00a0 halok\u00a0\u00a0 bo\u2018laylik! &#187; Yo\u2018qolsin kishini kishi ekspulatatsiya qilishi!&#187; , &#171;Yashasin assotsiatsiya tuzish yo\u2018li bilan mehnatni tashkil qilish!&#187; degan so\u2018zlar ularning eng umumiy shiori edi. Qo\u2018zg\u2018alon g\u2018alaba kozonganidan so\u2018ng e\u2019lon qilish mo\u2018ljallangan &#171;demokratik va sotsial respublika hukumati&#187; a\u2019zolarining ro\u2018yxatlari barrikadalarga tarqatilgan edi.<\/p>\n<p>1848 yil iyun qo\u2018zg\u2018alonining eng ko\u2018zga ko\u2018ringan rahbarlaridan biri ish tashlash harakatida ishtirok etgan inqilobchi, ishchi-mexanik Rakari edi. Iyun qo\u2018zg\u2018oloni kunlarida Vogezlar maydonini mudofaa qilishda rahbarlik qilgan Rakari zo\u2018r g\u2018ayrat ko\u2018rsatib, atrofdagilarga so\u2018zi bilan ham ishi bilan ham dalda berib turdi. Bu qo\u2018rqmas qo\u2018zg\u2018olonchi oxir-oqibat\u00a0\u00a0 hibsga olinib, qo\u2018zg\u2018olonda qatnashgani uchun qatorgaga surgun qilindi. Iyun qo\u2018zg\u2018olonida sotsialistik gazeta bo\u2018lgan &#171;Mehnatni tashkil qilish&#187; gazetasining muharriri Lakolonj (yoki\u00a0 Delakolonj) katta rol o\u2018ynadi. Qo\u2018zg\u2018alon ko\u2018targan ishchilar sakkizinchi okrug armiyasi joylashgan binoni egallaganlarida, qo\u2018zg\u2018olon rahbarlari orasida Kenzven klubi raisining o\u2018rinbosari, optika masteri Defer va inqilobiy klubning kotibi sobiq ofitser Pelle ham bor edi. Ibryun to\u2018qqizinchi okrugdagi qurolli kurashga rahbarlik qildi. Duradgorlik ustaxonasining egasi milliy gvardiya 8-legionning rahbari Desterakt barrikadalarga qo\u2018mondonlik qildi. Provinsiyalardagi shaharlarning ilg\u2018or ishchilari Parij ishchilariga hayrixox ekanliklarini bildirdilar va inqilobiy chiqishlar bilan ularni quvvatlashga urindilar. Luveda katta-katta namoyishlar bo\u2018lib, &#171;yoki ishlab yashaylik, yoki jang qilib halok bo\u2018laylik!&#187; degan xitoblar eshitilar edi. Essonda, Fentenblyuda joylashgan askarlarning Parijga yetib kelishiga to\u2018sqinlik qilish uchun barrikadalar qurilgan edi. Biroq provinsiyalardagi mehnatkashlarning Parijdagi qo\u2018zg\u2018olon ko\u2018targan ishchilarga yordam berish uchun qilgan bu urinishlari juda ham kuchsiz edi. Iyun barrikadalarida Parij proletarlari yolgiz o\u2018zlari kurashdilar, mayda burjuaziya va dehqonlar yirik burjuaziya tomonida bo\u2018lib koldi. Yirik burjuaziya aldov va bo\u2018htonlari bilan ularni Parij ishchilariga qarshi qilib qo\u2018ygan edi.<\/p>\n<p>1848 yil 12 noyabrda respublikaning ikkinchi Konstitutsiyasi e\u2019lon qilindi. Uni ta\u2019sis majlisi ishlab chiqqan va qabul qilgan edi. 1848 yil Konstitutsiyasi yirik burjua manfaatlariga tamomila mos kelar edi. Bu Konstitutsiyada e\u2019lon qilingan burjua demokratik erkinliklarga ko\u2018pgina cheklashlar ko\u2018yilgan edi. Masalan: Konstitutsiya umumiy saylov huquqini e\u2019lon qilgan edi, ammo 21 yoshga kirgan va saylovlar o\u2018tayotgan joyda kamida olti oy yashagan erkaklargina saylov huquqiga ega deb saylovchilar doirasi cheklab qo\u2018yilgan edi. Konstitutsiyada so\u2018z, matbuot, majlislar, ittifoq erkinligini e\u2019lon qilgan edi. Bu erkinliklarning hammasidan foydalanish &#171;jamiyat xavfsizligi&#187; manfaatlariga muvofiq ravishda cheklandi va keyinchalik ishlab chiqiladigan &#171;asl qonunlar&#187; bilan tartibga solinib turishi kerak deb izoh berib qo\u2018yilgan edi.<\/p>\n<p>Konstitutsiya prezidentga juda katta vakolatlarni berdi. Konstitutsiyada hokimiyatning bir-biridan mustaqil bo\u2018lgan ikkita nufuzli organi: prezident va parlament bo\u2018lishi ko\u2018rsatilgan edi. Prezident ikkinchi qayta to\u2018rt yilga saylana olmas, majlisni ham bekor kila olmas edi. Lekin nazoratsiz ish ko\u2018rar edi. Bu hol respublika uchun jiddiy xavf tug\u2018dirardi.<\/p>\n<p>1848 yil 10 dekabrda respublika prezidentligiga saylov bo\u2018ldi. Oltita nomzod ko\u2018rsatilgan edi. Parijning ilg\u2018or ishchilari bu vaqtda turmada o\u2018tirgan Raspayl\u2019 nomzodini ko\u2018rsatdilar. Mayda burjuaziya demokratik tabaqalarning nomzodi Ledro Rollen edi. Burjua respublikachilarining asosiy ommasi Kavinyakni yokladi. Lekin Kavinyakka Napoleon I ning jiyani shaxzoda Lui Bonapartdek xavfli raqib bor edi. Respublikani yo\u2018q qilishga intilgan va Lui Bonapartning saylanishi monarxiya tiklanishini yengillashtiradi deb hisoblagan yirik burjuaziyaning e\u2019tiborli doiralari uni mablag\u2018lar bilan ta\u2019minlayottan edi. Ishchilarga tilyog\u2018lamachilik qilgan, o\u2018zini &#171;mehnatkashlar do\u2018sti&#187; qilib ko\u2018rsatgan makkor avantyurist Lui Bonapart hamma sinflarga va\u2019dalar berib, ularning qo\u2018ltig\u2018ini puch yong\u2018oqqa to\u2018ldirdi. Saylov natijasi quyidagicha bo\u2018ldi: Lui Bonapart 5534520 ovoz (hamma ovozning75%), Kavinyak 1448302 ovoz, Ledro Rollyan 371431 ovoz, Raspayl 36964 ovoz oldi.<\/p>\n<p>Lui Bonopart saylanishida mamlakat aholisining ko\u2018pchiligini tashkil etgan dehqonlarning tutgan pozitsiyasi hal qiluvchi rol o\u2018ynadi. Dehqonlar Lui Bonapartta ovoz berar ekan, bu bilan qishloq aholisi zimmasidan soliqlar og\u2018irligini oshirgan burjua-respublikachi hukumati siyosatiga qarshi o\u2018z noroziligini bildirgan edi. Bonapartning agentlari dehqonlarni aldab, Lui Bonapart prezident bo\u2018lganidan keyin 45 santelilik ko\u2018shimcha soliqni bekor qiladi va qishloq aholisining keng tabaqalarni\u00a0 sudxo\u2018rlar zulmidan xolos qiladi, deb ishontirgan edilar. Bonapartchilar Fransiya qishloqlarida Napoleon I xotirasi xali ham unitilmaganligidan foydalandilar. Chunki dehqonlarning bir qismi feodal zulmni\u00a0 yo\u2018qotgan XVIII asr oxiridagi burjua inqilobi xotirasini Napoleon I\u00a0 ning nomi bilan atar edilar. Dehqonlarning bu umidlari ro\u2018yobga chiqmadi. Davlatning yangi boshligi yirik kapitalistlarning sodiq xizmatkori bo\u2018lib chiqdi.<\/p>\n<p>Lui Bonapart 1848 yil dekabrda prezidentlik lavozimiga o\u2018tirdi. 21 dekabrda yangi ministrlik tuzilib, unga demokratiya va sotsializmning ashaddiy dushmani, Barro bosh bo\u2018ldi. Odilon Barro ministrlarni respublikachilardan ommaviy suratda &#171;tozaladi&#187; va ularning o\u2018rniga monarxistlarni qo\u2018ydi. O\u2018sha vaqtlarda monarxistlar bir-biri bilan dushmanchilik qilayotgan ikki fraksiyaga: legimistlar va orleanchilarga bo\u2018lingan edi.<\/p>\n<p>Legimistlar Burbonlar monarxiyasini tiklashga harakat qilar va Fransiya taxtining davogari qilib Karl X ning nabirasi graf Shamborni ko\u2018rsatdilar Orleanchilar orleanlar monarxiyasining tiklanishiga tarafdor bo\u2018lib,taxt davogarligiga Lui Filipning naberasini ko\u2018rsatdilar.<\/p>\n<p>1849 yil 13 mayda qonun chiqaruvchi majlisga saylovlar bo\u2018ldi. Saylovda monarxiyachi partiyalarning uchalasi-legimistlar, orleanchilar, bonapartchilar mayda burjua demokratlari bilan sotsialistlar blokiga qarshi turgan\u00a0 yagona &#171;tartib partiyasi&#187; 500 ta o\u2018rin oldi. Ung qanot burjua respublikachilari esa faqat 70 ta ovoz ola oldilar. Ammo demokratik-sotsialistik blok 180 o\u2018ringa ega bo\u2018ldi xolos.<\/p>\n<p>1849 yil 26 mayda ta\u2019sis majlisi yopildi, ikki kun utgandan keyin esa qonun chiqaruvchi majlisning yig\u2018ilishlari ochildi, majlis ichida uning\u00a0\u00a0 reaksion ko\u2018pchiligi bilan demokratik ozchiligi o\u2018rtasida kurash qizib\u00a0 ketdi. Keskin to\u2018qnashuvning boshlanishiga Fransiya ko\u2018shinlarining Rim respublikasiga qarshi kurashi uchun Italiyaga yuborilishi sabab bo\u2018ldi. Respublikachi Fransiyaning Rimdagi inqilobga qarshi intervensiyasi Fransiya respublikasining qurolli kuchlaridan boshqa xalqning erkinligiga qarshi foydalaishni taqiqlagan 1848 yil Konstitutsiyasini qo\u2018pol ravishda buzish demak edi.1849 yil 11 iyunda Ledro-Rollen demokratik &#8212; sotsialistik blok nomidan prezident va uning ministrligini Konstitutsiyani buzganligi uchun\u00a0 sudga berish to\u2018g\u2018risida taklif kiritdi. Qonun chiqaruvchi majlis ko\u2018pchilik ovoz bilan bu taklifni rad etdi, Parijda qo\u2018zg\u2018olon ko\u2018tarish uchun urinishlar natija bermadi. Mayda burjua demokratiyasining yetakchilari ommani kurashga chaqira olmadilar. Bundan bir yil ilgari mag\u2018lubiyatdan zaiflashib qolgan Parij ishchilar sinfi voqealarning borishiga jiddiy ta\u2019sir ko\u2018rsata olmadi. Qo\u2018shinlar bir necha naridan beri qurilgan va mudofaasi bo\u2018sh bo\u2018lgan barrikadalarni osongina bosib oldi. &#171;Tartib&#187; partiyasining kontrrevolyusion siyosati respublika tuzumini ag\u2018darish va monarxiyani o\u2018rnatish maqsadida\u00a0\u00a0\u00a0 bo\u2018lgan bonapartchilar to\u2018ntarishiga yo\u2018l ochib berdi.<\/p>\n<p>Bonapartchilar matbuoti yirik\u00a0 burjuaziyani &#171;kizil sharpa&#187; bilan ishchilar sinfining 1852 yilda prezidentlikka va yangi qonun chiqaruvchi majlisga saylovlar vaqtida go\u2018yo boshlanishi kerak bo\u2018lgan yangi inqilob bilan ko\u2018rqitar edilar.<\/p>\n<p>Lui Bonapart va uning to\u2018dasi ko\u2018pdan beri tayyorlab kelgan davlat to\u2018ntarishi 1851 yil 2 dekabrga o\u2018tar kechasi amalga oshirildi. Artilleriyaga ega bo\u2018lgan ko\u2018p sonli qo\u2018shinlar poytaxtni barcha strategik punktlarini eg\u2018alladi. Prezident Parijni qamal holatda deb e\u2019lon qildi. Qonun chiqaruvchi majlisni tarqatib yubordi. Bonapartizmga qarshi partiyalarning yo\u2018lboshchilari qamoqqa olindi.<\/p>\n<p>1851 yil 2 dekabrda to\u2018ntarish bilan birga shafqatsiz politsiya terrori olib borildi. Qamoqka olinganlar soni 26 ming kishidan ortdi. Minglab\u00a0\u00a0 odamlar qamaldi, surgun qilindi, Fransiya tuprog\u2018idan chiqarib yuborildi.<\/p>\n<p>1852 yil 14 yanvarda yangi Konstitutsiya e\u2019lon qilindi. Bu Konstitutsiya\u00a0\u00a0\u00a0 Fransiyadagi butun hokimiyatni o\u2018n yilga saylanadigan respublika prezidenti ko\u2018liga topshirdi.<\/p>\n<p>1852 yil 2 dekabrda Lui Bonapart Napoleon III nomi bilan imperator deb e\u2019lon qilindi, Ikkinchi respublika yo\u2018q qilinib, uning o\u2018rnini ikkinchi imperiya oldi. Bonapartchilar monarxiyasining o\u2018rnatilishi yirik burjuaziyaning eng reaksion va eng agressiv qatlamlari hukmronligining mustahkamlanishini bildirar edi. Fransiyada uzoq davom etgan siyosiy reaksiya davri boshlandi.<\/p>\n<p>1848 yil inqilobi o\u2018z xarakteriga ko\u2018ra burjua-demokratik inqilobi edi. Fransiyadagi 1848 yil inqilobining harakatlantiruvchi kuchlari\u00a0\u00a0\u00a0 ishchilar sinfi va mayda burjuaziya edi. Monarxiyani ag\u2018darishda va respublikani o\u2018rnatishda proletariat hal qiluvchi rol o\u2018ynadi. Proletariatning 1848 yil iyunida Parijda ko\u2018targan qo\u2018zg\u2018oloni tarixiy ahamiyatga ega bo\u2018ldi. Demokratik o\u2018zgarishlar sekin-asta bekor qilina boshlandi va hokimiyat borgan sari o\u2018ng siyosiy guruhlar qo\u2018liga o\u2018tishi bilan inqilobiy o\u2018zgarishlar o\u2018rnini reaksion qonunlar egallay boshladi. Shunday qilib Fransiyada burjua &#8212; demokratik o\u2018zgarishlar oxirigacha amalga oshmay qoldi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Reja: \u00a0 Fransiyada inqilobning kelib chiqish sabablari. Inqilobning boshlanishi va borishi, ikkinchi respublikaning e\u2019lon qilinishi. Inqilobning yengilishi va uning oqibatlari. 4.Lui Bonapart Napoleonning Fransiyadagi hukumronligi. &nbsp; 1848 yil boshlarida, Fransiyada inqilobiy vaziyat yetilayotgan vaqtda saylov reformasi o\u2018tkazishni yoqlab harakat ya\u2019nada kuchaydi. Ammo ministrlar sovetining raisi Gizo boshchiligidagi hukmron doiralar saylov\u00a0\u00a0\u00a0 tizimini demokratlashtirish to\u2018g\u2018risidagi hamma talablarni [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-81","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-lessons"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/81","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=81"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/81\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":82,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/81\/revisions\/82"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=81"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=81"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=81"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}