{"id":79,"date":"2026-05-20T09:43:25","date_gmt":"2026-05-20T06:43:25","guid":{"rendered":"http:\/\/jahon-tarixi.test\/?p=79"},"modified":"2026-05-20T09:43:25","modified_gmt":"2026-05-20T06:43:25","slug":"mustaqillik-uchun-olib-borilgan-urushdan-keyingi-dastlabki-on-yilliklarda-aqsh","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/?p=79","title":{"rendered":"Mustaqillik uchun olib borilgan urushdan keyingi dastlabki o\u2018n yilliklarda AQSh"},"content":{"rendered":"<p><strong>Reja:<\/strong><\/p>\n<ol>\n<li>XIX asr boshlarida AQSh ning ijtimoiy-iqtisodiy axvoli.<\/li>\n<li>XIX asr boshlaridaAQShning tashki siyosati.<\/li>\n<li>XIX asrning birinchi yarmida AQShda kapitalizmning rivojlanishi.<\/li>\n<li>1823yilda &#171;Monro doktrinasi&#187; ning joriy qilinishi va moxiyati.<\/li>\n<\/ol>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Amerika xalqining mustaqillik uchun Angliyaga qarshi olib borgan urushda g\u2018alaba qozonishi AQShning mustaqil milliy taraqqiyoti uchun qulay sharoit yaratib berdi. Ayni zamonda Yevropada uzoq vaqt davom etgan urushlar Amerika respublikasiga o\u2018z chegaralarini ancha kengaytirishga imkon berdi. Qo\u2018shma Shtatlarning 1803 yilda Fransiyadan Luizianani hamda Missisipi daryosining g\u2018arbiy territoriyasini sotib olishi ayniqsa muhim ahamiyatga ega bo\u2018ldi. Luiziana sotilgan vaqtda uning chegaralari aniqlanmagan edi. AQSh bundan foydalanib 1810 yilda Ispaniyaga qarashli g\u2018arbiy Floridani ham egallab oldi.<\/p>\n<p>Luiziana AQShga qo\u2018shib olinishi bilan mamlakatning avvalgi territoriyasi ikki barobar kengaydi. Bu qo\u2018shib olish g\u2018arbga, Tinch okeani tomonga qarab harakat qilish uchun keng imkoniyat berdi.<\/p>\n<p>Amerikaliklar g\u2018arbga tomon siljib borish va yangidan-yangi territoriyalarni o\u2018zlashtirish bilan birga tub hindu aholisini surib chiqardi, uning yerlarini bosib oldi va bu aholini vaxshiylarcha qirg\u2018in qildi. Kapitalistik sivilizatsiyaga to\u2018qnash kelgan hindu qabilalarining ko\u2018pchiligi taraqqiyotning ibtidoiy jamoatchilik bosqichida edi.<\/p>\n<p>Hindular juda katta qarshilik ko\u2018rsatdilar, hindu qabilalarini bir-biridan ajratib tashlash, ular o\u2018rtasida o\u2018zaro adovat tug\u2018dirish bilan hindularning qarshiligi zaiflashtirildi. Ko\u2018chib borib o\u2018rnashuvchilar yer uchun kurashda bir qabilani ikkinchisiga gij-gijlab ularning bir-birovlarini qirib yuborishga harakat qildilar.<\/p>\n<p>1810-1811 yillarda hindular algonkinlar kosfederatsiyasining atoqli yo\u2018lboshchisi Tekumse rahbarligida o\u2018zlarining so\u2018nggi katta urushlarini boshladilar. Tekumse, amerikaliklarga qarshi Kanadadan tortib Floridagacha cho\u2018zilgan territoriyaga barcha qabilalarning mudofaa ittifoqini tuzishni o\u2018z oldiga maqsad qilib qo\u2018ygan edi. Juda mardona jang qilgan hindular ayrim yutuqlar qozonishlariga qaramay tor-mor etilib, o\u2018z territoriyalaridan ajraldilar.<\/p>\n<p>Angliya bilan Amerika o\u2018rtasida bo\u2018lgan ikkinchi urush vaqtida (1812-1815) hindu qabilalarining urush natijasida kuchi shu qadar zaiflashdiki, ayrim yutuqlarni hisobga olmaganda ular endi jiddiy qarshilik ko\u2018rsatishga ojizlik qildilar. 1815 yildan keyin amerikaliklar hindu\u00a0 kabilalarining qolgan qutganlarini Missisipi daryosining narigi tomonidan maxsus ajratilgan territoriyaga xayday boshladilar.<\/p>\n<p>Angliya monarxiyasiga qarashli yerlar va aristokratlarning latifundiyalari inqilobiy urush davrida musodara qilindi va keyin kichik-kichik bo\u2018laklarga bo\u2018lib sotildi. 1787 yilda konfederatsiya kongressi g\u2018arbdagi yerlarning natsionalizatsiya etilganini e\u2019lon qildi. 1800 yilgi qonunga muvofiq sotiladigan yer uchastkalarga bo\u2018linib, ularning hajmi kamaytirildi ya\u2019ni 640 akrdan 60 akrga tushirildi.<\/p>\n<p>Yevropada 1793 yildan 1814 yilgacha davom etgan urush davrida oziq-ovqat mahsulotiga bo\u2018lgan ehtiyoj fermer xo\u2018jaligining o\u2018sishiga sabab bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Paxtachilikning o\u2018sishi natijasida AQShning janubida negr qullar soni tez ko\u2018paya boshladi. Janubiy Shtatlarga Afrikadan (zo\u2018rlik bilan) qullar keltirila boshlandi.<\/p>\n<p>Shunday qilib, AQShdagi shimoliy va janubiy shtatlarning qishloq xo\u2018jaligi ikki yo\u2018l bilan rivojlandi: Janubda qullarni ekspluatatsiya qilishga asoslangan yirik plantatsiya xo\u2018jaligi hukm surdi. Bu xo\u2018jaliklar o\u2018rtasida chuqur va tobora keskinlashib boruvchi bir necha o\u2018n yilda mamlakatning shimoliy qismida kapitalistik sanoat taraqqiy qilish bilan bir vaqtda AQShda &#171;dastlabki jamg\u2018arish&#187; jarayoni davom etdi. Bu jarayonning asosiy manbalari qulfurushlik va negrlarning qullik mehnati, hindular bilan ekvivalentsiz talonchilikka asoslangan savdo-sotiq olib borish va yer olib sotish edi.<\/p>\n<p>1783 yilda sulh tuzilganidan keyin, Amerika bozorini fabrikalarda ishlab chiqarilgan arzon baholi ingliz tovarlari bosib ketdi. Amerika manufakturasida yasalgan buyumlar ingliz tovarlari bilan raqobat qilolmadi. Bunday sharoitda Amerika savdogarlari katta zarar ko\u2018rdilar.<\/p>\n<p>Inglizlarning dengizda qilayotgan zulm va o\u2018zboshimchaliklarini bahona qilib, Amerika 1807 yilda Angliya bilan savdo aloqasini uzdi. Bu esa AQShning iqtisodiy taraqqiyoti uchun, jumladan Amerika sanoatining rivojlanishi uchun juda katta turtki bo\u2018ldi. 1807-1809 yillarda 87 ta to\u2018qimachilik korxonalari qurildi. Ingliz tovarlarining yo\u2018q bo\u2018lib ketishi Amerikaning o\u2018zida ishlab chiqarilgan buyumlar uchun keng bozorni vujudga keltirdi va to\u2018qimachilik sanoatida texnika o\u2018zgarishi yuz berishiga sabab bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Birinchi ip-yigiruv fabrikasi 1789 yilda Samyuel Sleyter tomonidan Patuketda (Rod Aylendda) qurildi. Oradan 15 yil o\u2018tganidan keyin, ya\u2019ni 1804 yilda AQShda yana 4 ta ip-yigiruv fabrikasi ishga tushdi.<\/p>\n<p>Qabul qilingan Konstitutsiya asosida AQShda milliy hukumat tuzildi. Bu esa shtatlar o\u2018rtasida boj urushiga xotima berdi. Mamlakat g\u2018arbida yangi vujudga kelayotgan shtatlarni huquqiy jihatdan avvalgi 13 shtat bilan tenglashtirish va bir davlat qilib birlashtirish asosiy maqsad qilib qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>XIX asr boshlarida AQShda reaksiya kuchaydi. Prezident federalist Jon Adame tashabbusi bilan bir qancha reaksion qonunlar chiqarildi. Fransiya bilan Irlandiyadan borgan inqilobiy muhojirlar &#171;chet eldagi muhojirlar to\u2018g\u2018risida&#187; gi qonun asosida ta\u2019qib qilina boshlandi.<\/p>\n<p>Jon Adams hukumatining reaksion siyosatiga javoban katta norozilik harakati ko\u2018tarildi. Harakatga respublikachilar rahbarlik qildilar.<\/p>\n<p>Kentukki va Virginiya shtatlarining qonun chiqaruvchi majlislari agar hukumat o\u2018z siyosatini o\u2018zgartirmasa &#171;inqilob qilinadi, yoki qon to\u2018kiladi&#187; deb hukumatga taxdid soluvchi qarorlar qabul qildilar.<\/p>\n<p>Plantatorlarning va o\u2018rta darajadagi burjuaziyaning bir qismidan, mayda burjuaziya va fermerlardan iborat antifeodalist siyosiy blokka tayangan respublikachilar 1800 yilgi saylovda g\u2018alaba qozondilar va Jeffersonni prezident qilib sayladilar.<\/p>\n<p>Jefferson, Adams chiqarilgan reaksion qonunlarni bekor qilib, progressiv reformalar o\u2018tkazdi. Bu reformalar orasida g\u2018arbdagi natsionalizatsiya qilingan yerlarni fermerlarga berishning yengillashtirilishi \u00a0eng katta ahamiyatga ega bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>1803 yilda Luiziananing sotib olinishi va 1802-1809 yillarda Rossiya bilan birinchi marta diplomatik munosabatlar o\u2018rnatilishi Jefferson tomonidan tashqi siyosat sohasida amalga oshirilgan eng muhim tadbirlardan biri edi.<\/p>\n<p>Yevropada uzoq vaqt davom etgan urush Yevropa davlatlarining diqqatini g\u2018arbiy yarim shardan chalg\u2018itib, ularning bu rayondagi mustamlakachilik faoliyatini zaiflashtirdi. Ayni zamonda urushayotgan davlatlarning g\u2018allaga va mustamlaka tovarlariga extiyoji kattaligidan foydalanib, AQSh burjuaziyasi Yevropada o\u2018z mahsulotlari bilan, shuningdek, mustamlaka tovarlari bilan savdo qilishni avj oldirib yubordi. Amerika burjuaziyasi urushayotgan xar ikkala tomon bilan savdo qilishga harakat qildi. Biroq bu davrda u to\u2018sqinliklarga uchradi. Shu davrda, urishayotgan ikkala tomon bilan AQSh o\u2018rtasida bir qancha katta janjallar chiqdi. Amerikaning Angliyaga yuk ortib borayotgan savdo kemalariga 1798 yilda hujum qilindi. Bu Fransiya bilan AQSh o\u2018rtasida chiqqan tortishuv, hamda ikkala davlat o\u2018rtasidagi munosabatlarning jiddiy suratda keskinlashuviga sabab bo\u2018ldi. AQSh bilan Fransiyaning harbiy va qurollangan savdo kemalari bir-birining payiga tushdi. Uch yil ichida (1797-1800) amerikaliklar fransuzlarning 15 ta kemasini qo\u2018lga tushirib oldilar. Napoleon Amerika savdosiga qarshi bo\u2018lgan tadbirlarini 1799 yilning dekabrida bekor qilgandan keyingina, AQSh bilan Fransiya o\u2018rtasida urush chiqish xavfi yo\u2018q bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Birok sal vaqt o\u2018tmay, xuddi ana shu masalada AQSh bilan Angliya o\u2018rtasida munosabatlar yomonlashdi. 1806 yidda Angliya hukumati Yevropa kit\u2019asining qamal etishini e\u2019lon qildi.\u00a0 Shundan keyin ikki tomon Angliya bilan Fransiya AQShning Yevropadagi savdosini tobora ko\u2018proq,\u00a0\u00a0 cheklay boshladilar, dengizda ustun bo\u2018lgan Angliyaning hatti-harakatlari Amerika savdogarlarining manfaatlariga juda katta ziyon yetkazdi. Ingliz ma\u2019murlari qochoqlarni qidirish bahonasi bilan Amerika kemalarini ochiq dengizda to\u2018xtatar, kema a\u2019zolarini zo\u2018rlik bilan olib ketar edilar. 1807 yilda ingliz harbiy kemasi Amerikaning\u00a0 &#171;Chezapik&#187;\u00a0 nomli kichik hajmdagi yelkanli harbiy kemasini o\u2018qqa tutdi. Natijada 20 ga yaqin kishi o\u2018ldi va yarador bo\u2018ldi, kemada tintuv o\u2018tkazildi va rahbarlaridan 4 a\u2019zosi hibsga olindi. Bu voqeaga AQSh da &#171;milliy suverenitetga suiqasd qilish&#187; &#8212; deb baho berildi. Mamlakatda qattiq g\u2018azab alangasi ko\u2018tarildi.<\/p>\n<p>1812 yilda Angliya bilan Amerika o\u2018rtasida ikkinchi marta\u00a0\u00a0 urush\u00a0\u00a0 boshlandi. Bu urushning eng muxim sababi Angliyaning AQSh milliy suverenitetini tan olmasligi bo\u2018lib, mustakillik uchun olib borilgan urushdan keyingi dastlabki 30 yil davomida Angliya AQShning asosiy dushmani\u00a0\u00a0 bo\u2018lib qolaverdi. O\u2018zining sobiq mustamlakalari\u00a0 mustaqilligini harbiy mag\u2018lubiyat natijasidagina tan olishga majbur bo\u2018lgan Angliya o\u2018z mustamlakalari ustidan bo\u2018lgan hukmronligi umididan butunlay voz kechdi.1793 yilgi sulh shartlariga qarama-qarshi o\u2018laroq Angliya qulay payt poylab, shimoliy-g\u2018arbiy istehkomlardagi qo\u2018shinlar yordami bilan urush harakatlarini yana boshlab yuborishi mumkin edi.<\/p>\n<p>1812 yilgi urushning kelib chiqish sabablaridan biri Luiziananing AQSh ga qo\u2018shib olinishi bo\u2018ldi. Inglizlarning Luiziana va Floridadagi josuslari zo\u2018r berib AQSh bilan Ispaniya o\u2018rtasida harbiy to\u2018qnashuv chiqarishiga urinmoqda edilar.<\/p>\n<p>Amerika\u00a0 savdosi\u00a0 uchun\u00a0 qo\u2018yilgan cheklashlarni bekor qilish haqida AQSh bilan Angliya\u00a0\u00a0 o\u2018rtasida uzoq vaqt davom etgan muzokaralar ijobiy natija bermadi.\u00a0 1812 yilning 18 iyunida kongressning ikkala palatasi Angliyaga urush e\u2019lon qilishni yoqlab ovoz berdi. Angliyaning dushmanlik siyosati natijasida kelib chiqqan 1812-1815 yillardagi urush AQSh uchun ozodlik urushi edi. Bu urush AQSh tarixida mustaqillik uchun olib borilgan ikkinchi urush deb ataldi.<\/p>\n<p>AQSh urushga tayyor emasdi. Uning harbiy flotida bor-yo\u2018g\u2018i 16 ta kema bor edi. Jefferson armiya sonini qisqartirib 3 ming kishiga tushirgan edi va 1809 yildan keyin, ya\u2019ni taxt vorisi Jeyms Medison (1809-1817) davrida armiyaning soni 10 ming kishiga yetgan edi.<\/p>\n<p>AQShning harbiy jihatdan zaif ekanligi kuruklikda olib borilgan urush harakatlarining boshidayok ochiq, ma\u2019lum bo\u2018lib koldi. Angliya mustamlakachilik kudratining Shimoliy Amerikadagi tayanchi bo\u2018lgan Kanada asosiy urush maydonlaridan biriga aylandi. U yerda Amerika bir necha bor mag\u2018lubiyatga uchradi. Medison hukumati Kanadaning bosib olinishiga qarshi edi va hujum operatsiyalari olib borishga to\u2018sqinlik qilib kelayottan qo\u2018mondonlikka juda liberallik bilan qaradi.<\/p>\n<p>1814 yilning avgustda inglizlar AQShning poytaxti Vashingtonga yorib o\u2018tdilar va uning eng yaxshi binolariga (Kapitoliy, Oq uy va boshqalarga) o\u2018t ko\u2018ydilar. Inglizlar hammayoqni vayron qilib, tinch aholini talab, keyin Baltimor va Nyu-Yorkka qarab yo\u2018l oldilar.<\/p>\n<p>Hokim sinflar orasidagi kelishmovchilikka va \u00abqo\u2018mondonlikning harakatsizligiga qarama-qarshi o\u2018laroq, xalq bir yoqadan bosh chiqarib, vatanparvarlik namunalarini namoyish qildi va lashkar tuzib, dushmanga qarshilik ko\u2018rsatdi. Baltimorning muvaffaqiyatli mudofaa qilinishi sharafiga AQShning milliy gimni yaratildi.<\/p>\n<p>Dengizdagi urush amerikaliklar uchun ancha muvaffaqiyatli bo\u2018ldi. Ular Angliya flotiga katta shikast yetkazdilar. Amerikaliklar dengizdagi urushni asosan kemalar yordamida olib borib, inglizlarning 1300 dan ortiq kemasini bosib oldilar.<\/p>\n<p>Angliya tashabbusi bilan 1814 yilning avgustida sulh muzokaralari boshlandi. Inglizlarning AQShda Missisipi daryosi vodiysini ajratib olish to\u2018g\u2018risidagi taklifni muhokama qilishga amerikaliklar ko\u2018nmaganidan keyin inglizlar g\u2018alaba qozonishga ko\u2018zi yetmay, 1812 yildan ilgarigi holatni saqlab kolinishiga rozilik bildirdi, 1814yilning 24 dekabrida Gent shahrida AQSh bilan Angliya o\u2018rtasida sulh shartnomasi imzolandi.<\/p>\n<p>XIX asrning birinchi yarmida AQShning iqtisodiy taraqqiyoti murakkab va ziddiyatli jarayondan iborat edi. Mamlakatning janubida, ya\u2019ni subtropik ekinlar yetishtiriladigan viloyatlarida ayniqsa paxtachilik shtatlarida negrlarni qul qilib ishlatishga asoslangan plantatsiya xo\u2018jaligi rivojlanib bordi.<\/p>\n<p>Shimolda kapitalistik taraqqiyot jiddiy to\u2018siqlarga uchramay, tez sur\u2019atlar bilan o\u2018sib bordi. Pensilvaniya va Nyu-York shtatlarida xunarmandchilik va manufaktura o\u2018rnini yirik kapitalistik ishlab chikarish ola boshladi. Shu 10 yilliklar davomida g\u2018arbda hindu qabilalaridan zo\u2018rlik bilan tortib olingan, qo\u2018l tegizilmagan bepoyon yerlarda yuz minglab mustaqil mayda fermer xo\u2018jaliklari bunyod etildi. Xususan XIX asrning 40-50 yillarida shimoliy-sharqning tez industriyalashib borishiga qaramay, mamlakat umuman agrar mamlakat edi. Amerikaning chetga chiqaradigan butun maxsulotlari orasida xom-ashyo, asosan paxta muhim o\u2018rin tutar edi. Chetdan keltiriladigan sanoat mahsulotlari xorijga chiqariladigan sanoat maxsulotlariga qaraganda ancha ko\u2018p edi. AQSh Yevropadagi ilg\u2018or mamlakatlar va ayniqsa Angliya uchun xom-ashyo olib ketiladigan sanoat mollari sotiladigan bozor bo\u2018lib xizmat qilar edi.<\/p>\n<p>XIX asrning birinchi yarimida AQSh tarixiy taraqqiyotining xarakterli xususiyati shu ediki, bu mamlakatda kapitalizmning tez rivojlanib borganligi yaqqol ko\u2018zga tashlandi. Bu esa AQSh hukmron sinflarining yangi territoriyalarini bosib olish siyosati bilan mahkam bog\u2018langan edi.<\/p>\n<p>1812-1815 yillardagi urushdan keyin hindu qabilalarini Missisipi daryosining g\u2018arb tomonidagi yomon va chekka yerlarga, hindular uchun ajratilgan rezervatsiyalarga majburan ko\u2018chirish boshlandi.<\/p>\n<p>Ba\u2019zi qabilalar o\u2018z ozodliklarini yo\u2018qotmaslik uchun kurashni davom ettirdilar. Floridada hindu qabilalaridan Kriklar va Seminollarga qarshi olib borilgan urush, 1817-1818 yillarda shu qabilalarning mag\u2018lubiyati bilan tugadi. Ammo Seminollar qarshilik ko\u2018rsataverdilar va 1835 yildan 1842 yilga qadar sakkiz yil davom etgan ikkinchi katta urushdan keyingina o\u2018zlariga ajratiladigan rezervatsiyalarga ketishga rozi bo\u2018ldilar.<\/p>\n<p>AQSh ga birinchi paravoz 1828 yilda Angliyadan keltirilgan edi, lekin ko\u2018p o\u2018tmay AQSh temir yo\u2018l qurilish sur\u2019ati jihatidan boshqa hamma mamlakatlardan o\u2018zib ketdi. 1830 yilda AQSh da 23 milya temir yo\u2018l bor edi. 1850 yilda esa 9 ming milyaga yetdi, biroq relslar ko\u2018p vaqtgacha hamon Angliyadan keltirilib turildi.<\/p>\n<p>AQShda 1837-1842 yillarda bo\u2018lib o\u2018tgan birinchi krizisdan so\u2018ng sanoat juda ham yuksalib ketdi. Meksikadan yaqinginada tortib olingan Kaliforniyada oltin konlarni topilganligi AQShning industriyalashuviga yordam berdi. Shunga qadar AQSh moliyaviy jihatdan Angliya kreditlariga butunlay qaram bo\u2018lib qolayotgan edi.<\/p>\n<p>Paxtaga talab juda katta bo\u2018lganligi sababli eski yerlarni o\u2018g\u2018itlashdan ko\u2018ra, yangi yerlarni o\u2018zlashtirish paxta plantatorlari uchun juda qulay edi. Shu sababli ular janubiy-g\u2018arbdagi yangi rayonlarga siljib boraverdilar. Qullarning soni 1820 yilda 1 million 538 ming bo\u2018lgan bo\u2018lsa, 1850 yilda 3 million 200 mingga yetdi. Shu davr ichida qulning baxosi 400 dollardan 200 ming dollargacha ko\u2018tarildi.<\/p>\n<p>1808 yilda kongress AQSh ga qullar keltirilishini taqiqlash to\u2018g\u2018risidagi qonunni qabul qilganidan so\u2018ng Virginiya na Merilend quldorlari yangi shtatlarga qullar va ularning bolalarini olib borib sotish bilan shug\u2018ullana boshladilar. Bu esa juda serdaromad ish edi. Plantator quldorlar juda katta moddiy boylikka ega bo\u2018lib, ular boylik orttirish ketidan kuvib, qulchilik \u201cxayrli ish va xudoning irodasidir&#187;, deb ochiqdan-ochiq davo qilardilar.<\/p>\n<p>1812-1815 yillardagi urushdan keyin federalistlar partiyasi\u00a0\u00a0\u00a0 inqirozga yuz tutgan edi. Shu sababdan respublikachilar 1816-1819 yil-larda unchalik oppozitsiyaga duch kelmay, prezidentlik lavozimiga o\u2018z nomzodi Jeyms Monroni o\u2018tkazdi. Ko\u2018p o\u2018tmay respublikachilar partiyasi ichidan tug\u2018ilib kelayotgan sanoat burjuaziyasining manfaatlarini ko\u2018zlagan guruh ajralib chiqdi. Bu guruh o\u2018zini &#171;milliy respublikachilar&#187; &#8212; deb atay boshladi. 1812 yilgi saylovlarda yangi Angliya yirik burjuaziyasining manfaatlarini ifodalagan va milliy respublikachilarga yaqin turgan Jon Kvinsi Adams prezident qilib saylandi. Adams hukumati to\u2018rt yil ichida tosh yo\u2018llar va kanallar qurish bilan shug\u2018ullangan korporatsiyalarga subsidiyalar berish uchun katta mablag\u2018 sarfladi.<\/p>\n<p>1828 yilgi saylovda Jekson qat\u2019iy g\u2018alaba qozondi. Plantatorlar Jeksonning prezidentlikka saylanishini qulchilikning saqlanib qolishini ta\u2019minlaydigan vosita deb bildilar. Bularning hammasi Jekson bizni shimoliy sharqning bankirlariga qarzdorlik asoratiga tushib qolishdan himoya qiladi, deb kutgan edilar. Jekson tarafdorlari milliy respublikachilardan farq qilish uchun o\u2018zlarini &#171;demokratik respublikachilar&#187; yoki demokratlar deb atay boshladilar.<\/p>\n<p>Shu tariqa\u00a0 1828 yilda demokratlar partiyasiga asos solindi. O\u2018sha\u00a0 vaqtda partiya yirik kapitalning siyosatiga qarshilik ko\u2018rsatishdan iborat umumiy vazifa tevaragida birlashgan plantatorlar quldorlar, fermerlar, mayda burjuaziya va qisman ishchilarning siyosiy blokiga boshchilik qildi. U o\u2018zini &#171;oddiy kishilar&#187;ning do\u2018sti va ularni &#171;puldor aristokratiya&#187; dan himoya qiluvchi deb ko\u2018rsatdi. Fermerlarning keng doiralari va hatto ishchilarning bir qismi orasida obru-e\u2019tibor qozondi. 20- yillarning boshlarida bir qancha shtatlarda saylov huquqining kengaytirilishi, Jeksonning g\u2018alaba qozonishiga yordam beradi. Shu bilan bir vaqtda sharqda saylov sistemasini demokratlashtirish uchun fermerlar, shahar mayda burjuaziyasi Nyu-Yorkda, Virginiyada va boshqa shtatlarda erkaklar uchun saylov huquqi kengaytirildi. Saylovchilarning yangi tabaqalarini o\u2018z ta\u2019siriga olish uchun shimol burjuaziyasi bilan\u00a0\u00a0 janub plantatorlari o\u2018rtasida kurash bordi.<\/p>\n<p>1828 yilda Filadelfiyada Tomas Skidman rahbarligida ishchilar partiyasi tuzildi. Bir yildan keyin esa Nyu-Yorkda ham ishchilar partiyasi paydo bo\u2018ldi, 30-yillarning boshlarida Merilenddan shimolroqdagi hamma shtatlarda ishchi partiyalar tarkib topdi. Bu partiyalarning xarakterli xususiyati shundan iboratki, ular o\u2018zining tarkibi jihatidan sof proletar partiyalari emas edi. Balki mayda savdogarlar, hunarmandlar hamda fermerlardan tarkib topgan partiyalar edi.<\/p>\n<p>Sanoatda kapitalistik munosabatlar rivojlanib va fermerlik qishloq xo\u2018jaligida tarkib topib borgan sari qulchilikni tugatish vazifasi tobora qat\u2019iy tus ola bordi. 1833 yilda Garrison raisligida quldorlikka qarshi Amerika jamiyati tuzildi. 1840 yilda bu jamiyatning 2000 ga yaqin bo\u2018limi va 200 ming a\u2019zosi bor edi. 1831 yilda Virginiyada negr targ\u2018ibotchisi Nat Terner rahbarligida qulchilikka qarshi qo\u2018zg\u2018olon ko\u2018tarildi.<\/p>\n<p>1831 yil 21 avgustda diniy miting vaqtida Nat Terner negrlarni quldorlarga qarshi shafqatsiz kurash boshlashga chaqirdi va eng avval o\u2018zi o\u2018z xo\u2018jayinini o\u2018ldirib, ibrat ko\u2018rsatdi. Ko\u2018p o\u2018tmay 24 avgustda politsiya va federatsiya qo\u2018shinlari kuchi bilan bu qo\u2018zg\u2018olon shafqatsiz suratda bostirildi. Terner boshlik yigirmata\u00a0 qo\u2018zg\u2018alonchi dorga osildi<\/p>\n<p>1823 yilning dekabrida AQSh hukumati tashki siyosatga doir deklaratsiyani ishlab chiqdi. Bu deklaratsiya o\u2018sha vaqtdagi prezident Monro nomi bilan &#171;Monro doktrinasi&#187; deb atalgan edi.<\/p>\n<p>&#171;Monro doktrinasi&#187;ning maqsadi g\u2018arbiy yarim sharda AQShning e\u2019tiborli mavkeini mustahkamlashdan iborat bo\u2018lib, Ispaniya reaksiyasi va muqaddas ittifoqning Lotin Amerikasi mamlakatlari ustidan Ispaniya hukmronligini tiklashga qarshi qaratilgan edi. &#171;Monro doktrinasi&#187; AQSh nint g\u2018arbiy yarim sharda o\u2018zining zo\u2018ravonligini ta\u2019minlash uchun imkon berar edi. Keyinchalik &#171;Monro doktrinasi&#187; dan o\u2018sha vaqtda hukmronlik qilgan quldor guruhlar 1844-1848 yillarda Meksikaga qarshi olib borilgan talonchilik, bosqinlik urushini oqlash maqsadida foydalandilar. Meksika tarkibiga kirgan Texas shtati masalasida chiqqan janjal shu urushning sabablaridan biri bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>1844 yilgi saylovlarda &#171;demokrat&#187; quldorlar va ularning tarafdori Jeyms Polk qulchilik territoriyalarini anneksiya qilishga qarshilik ko\u2018rsatgan respublikachilarning nomzodi ustidan g\u2018alaba qozondi.<\/p>\n<p>1847 yil fevralda AQSh hukumati Kaliforniyani anneksiya qilganligini e\u2019lon qildi. 1847 yil martida AQSh qo\u2018shinlari Verakruzga kelib tushdi. 1847 yil 14 sentabrda ular Meksika armiyasini tor-mor keltirib, Meksika poytaxti Mexiko shahriga kirdilar.<\/p>\n<p>Meksika territoriyalarining bosib olinishi natijasida qulchilik yangi territoriyalarga yoyilishi uchun imkoniyat vujudga keldi. Bu masala 40-yillarning oxirida siyosiy hayotda markaziy o\u2018rin tutdi va siyosiy partiyaning qaytadan guruhlarga bo\u2018linishiga asos soldi.<\/p>\n<p>1846 yilda Pensilvaniyalik demokrat David Vilmot Meksikadan AQShga qo\u2018shib olinadigan territoriyalarning hammasida qulchilikni taqiqlash to\u2018g\u2018risidagi Konstitutsiyaga tuzatish kiritishni taklif qildi. Vilmot taklifi vakillar palatasidan o\u2018tgan bo\u2018lsada ammo senat uni rad etdi.<\/p>\n<p>Ammo shunga qaramay AQShda demokratik o\u2018zgarishlar kiyinchilik bilan bo\u2018lsada amalga oshib bordiki, bu keyingi, siyosiy jarayonlarga o\u2018zining ijobiy ta\u2019sirini ko\u2018rsatdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Reja: XIX asr boshlarida AQSh ning ijtimoiy-iqtisodiy axvoli. XIX asr boshlaridaAQShning tashki siyosati. XIX asrning birinchi yarmida AQShda kapitalizmning rivojlanishi. 1823yilda &#171;Monro doktrinasi&#187; ning joriy qilinishi va moxiyati. &nbsp; Amerika xalqining mustaqillik uchun Angliyaga qarshi olib borgan urushda g\u2018alaba qozonishi AQShning mustaqil milliy taraqqiyoti uchun qulay sharoit yaratib berdi. Ayni zamonda Yevropada uzoq vaqt davom [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-79","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-lessons"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/79","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=79"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/79\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":80,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/79\/revisions\/80"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=79"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=79"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=79"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}