{"id":77,"date":"2026-05-20T09:42:55","date_gmt":"2026-05-20T06:42:55","guid":{"rendered":"http:\/\/jahon-tarixi.test\/?p=77"},"modified":"2026-05-20T09:42:55","modified_gmt":"2026-05-20T06:42:55","slug":"xviii-asr-oxiri-xix-asr-birinchi-yarmida-angliya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/?p=77","title":{"rendered":"XVIII asr oxiri XIX asr birinchi yarmida Angliya"},"content":{"rendered":"<ol>\n<li>XVIII asr oxiri XIX asr birinchi yarmida Angliya iktisodiyotidagi muhim o\u2018zgarishlar.<\/li>\n<\/ol>\n<p>2.Angliyaning Fransiya bilan olib borgan kurashlari.<\/p>\n<p>Z.XVIII asr oxiri XIX asr birinchi yarmida Angliyadagi qo\u2018zg\u2018olonlar.<\/p>\n<p>4.XVIII asr oxiri XIX asr birinchi yarmida Angliyaning mustamlakachilik\u00a0 siyosati.<\/p>\n<ol start=\"5\">\n<li>Irlandiyaningmustaqillik uchun<\/li>\n<li>Chartistlar harakati.<\/li>\n<\/ol>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Fransuz burjua inqilobi oldidan Angliya Fransiyadan shu bilan farq qilar ediki, u ilg\u2018or sanoat ya\u2019ni fabrika, korxonalariga, katta savdo va harbiy dengiz flotiga ega edi. 1789 yilga kelib Angliyaga\u00a0 paxta olib kirish XVIII\u00a0 asr o\u2018rtalaridagi miqdorga nisbatan 10 barobar oshdi. Angliyadan tashqariga gazlama chiqarish 12 yil ichida, ya\u2019ni 1780 yildan 1792 yilgacha qariyib olti barobar o\u2018sdi. Metall buyumlar ishlab chiqarish 1788 yilda 68000 tonna bo\u2018lgan bo\u2018lsa 1806 yilga kelib 250000 tonnaga yetib, keyingi yillarda tez o\u2018sa bordi. Ip yigirish korxonalarining mexanizatsiyalashtirilishi sanoatda boshqa tarmoqlarning rivojlanishiga ta\u2019sir ko\u2018rsatdi. Yengil sanoat uchun energiyaning yangi\u00a0\u00a0 qudratli manbaiga ehtiyoj tug\u2018ulishi bug\u2018 mashinasining takomillashishiga sabab bo\u2018ldi. 1781 yilda Jeyms Uatt o\u2018zining takomillashtirilgan bug\u2018 mashinasiga patent oldi. Ko\u2018mir va temir rudasi konlarining ko\u2018pligi mamlakatning markaziy hududlarida va boshqa rayonlarida og\u2018ir sanoatning tez o\u2018sishi uchun qulay sharoit tug\u2018ildi.<\/p>\n<p>Shu bilan bir vaqtda sanoat o\u2018zgarishi chuqur ijtimoiy o\u2018zgarishlarga olib keldi. Mashina ishlab chiqarishning o\u2018sishi hunarmandlarning xonavayron bo\u2018lishini va halokatini tezlashtirdi. Sanoat inqilobi, agrar inqilob, dehqonlarning qishloqlardan haydalishi bilan qo\u2018shilib, mehnat armiyasi rezervining vujudga kelishga yordam berdi. Ommaviy ishsizlik yangi hodisa bo\u2018lib qoldi. Jamiyatning asosiy antaganistik sinflarga burjuaziya bilan proletariatga bo\u2018linishini tobora aniq va ravshan ko\u2018rsatdi.<\/p>\n<p>Xalq ommasida odam bolasi chiday olmaydigan og\u2018ir mehnat va yomon sharoitlariga qarshi g\u2018azab tug\u2018ila boshladi. Fransiyada inqilob g\u2018alaba qilganligi haqidagi dastlabki xabarlar kelgan paytda Angliyada sinfiy nizolar oshib-toshib yotgan, og\u2018ir vaziyat vujudga kelgan edi.<\/p>\n<p>Fransiyada inqilob bo\u2018lganligi xabari Angliyada kuvonch bilan kutib olindi. Xalq ommasi bu inqilobni zulm, huquqsizlik va adolatsizlik ustidan qozonilgan g\u2018alaba deb bilar edi. Bastiliyaning shturm qilinishi va vayron etilishi inglizlar, shotlandlar, irlandlarni juda xursand qildi. Inqilob sharafiga Angliyaning hamma joyida ommaviy yig\u2018ilishlar va namoyishlar o\u2018tkazildi. Fransuzlarning urf odatini qilib &#171;Erkinlik daraxti o\u2018tkazish&#187; marosimlari o\u2018tkazildi. Bu tantanada Angliyaning ilg\u2018or kishilari qatnashdilar. Shoirlar inqilobga atab madhiya va qasidalar aytdilar. Shotlandiya shoiri Robert Berne butun dunyoda erkinlik ko\u2018lga kiritilishiga umid bildirib, she\u2019rlar yozdi.<\/p>\n<p>Fransuz inqilobi boshlanganidan keyin birinchi yillarda ingliz burjua radikallari o\u2018z faoliyatini faollashtirib yubordi. Bosh ministr kichik Pitt bu kayfiyatlarni e\u2019tiborga olib, ayrim progressiv reformalar o\u2018tkarishni, ya\u2019ni saylov huquqini kengaytirishni, qulfurushlikni bekor qilishni talab qilib chiqdi. 1792 yilning yanvarida Londonda &#171;Xat va xabar&#187; deb nomlangan etikdo\u2018z Tomas Gardi rahbarlik qilgan tashkilotning tuzilishi katta siyosiy voqea bo\u2018ldi. U jamiyat, mamlakat siyosiy hayotida keng xalq ommasini qatnashtirishni o\u2018z oldiga maqsad qilib qo\u2018ygan edi. Bunday tashkilotlar tez orada fabrikalar joylashgan yirik shaharlarda jumladan; Manchestr, Shefild, Lida, Derbi, Glazgo va Gerfort, Bost, Tyuksberi va boshqa joylarda vujudga kelgan edi.<\/p>\n<p>&#171;Xat-xabar&#187; jamiyatlari qizg\u2018in siyosiy munozaralar maydoni bo\u2018ldi. Bu munozaralarda qatnashish xalq, ommasini faol siyosiy hayotga tortdi. Vaqt o\u2018tishi bilan jamiyatlar tarkibi ham tobora kengaydi. 1794 yilning iyunida birgina London jamiyatida qatnashuvchilarning soni 20 ming kishiga yetdi.<\/p>\n<p>&#171;Xat-xabar&#187; jamiyati a\u2019zolarining siyosiy ideallari burjua demokratik dastur doirasidagi ideallar edi. London jamiyatining 1793 yilda tasdiqlangan dasturi bo\u2018yicha fuqarolarning qonun oldida teng bo\u2018lishi, mulk, so\u2018z va diniy e\u2019tiqod erkinligi kabi maqsadlar ko\u2018rsatilgan edi.<\/p>\n<p>Shotlandiyada, ayniqsa sanoat shaharlari va tumanlari bo\u2018lgan Glazgo, Peysli va boshqalarda demokratik harakat keng yoyildi. 1793 yilning noyabrida Edinburgda xalq delegatlarining ingliz konventi to\u2018planib, bunda ingliz &#171;xat-xabar&#187; jamiyatlarining vakillari qatnashdi. Konvent umumiy saylov huquqi va xar yili yig\u2018ilib turadigan parlament joriy qilishni o\u2018z faoliyatining maqsadi deb e\u2019lon qildi va xalqni &#171;Konstitutsion prinsiplariga zid keladigan parlament qonunlariga qarshilik ko\u2018rsatishga&#187; chaqirdi. Natijada hukumat konventni tarqatib yubordi. Ko\u2018p odamlarni qamoqqa oldi.<\/p>\n<p>1793 yilning fevralida Fransiyaga qarshi boshlangan urush ingliz\u00a0 hukmron\u00a0 sinflarining manfaatlarini\u00a0 ko\u2018zda tutib boshlangan edi. Ingliz\u00a0 hukmron doiralari Yevropadagi inqilobiy o\u2018choqlarni yo\u2018qotishga va ayni zamonda\u00a0 Fransiya davlatini kuchsizlantirishga, uning ta\u2019sirini yo\u2018k qilishga, mollarini chiqarib tashlashga va bir yo\u2018la uning mustamlakalarini qo\u2018lga kiritib olishga intilar edilar. 1804 yilda yana hukumat boshlig\u2018i bo\u2018lgan kichik Pitt Fransiyaga qarshi urushni juda katta g\u2018ayrat bilan olib bordi. Pitt o\u2018lganidan keyin ham Angliya Fransiyaga nisbatan tutilgan o\u2018sha siyosatni davom ettirdi. Ingliz hukumati Fransiya ustidan g\u2018alaba qilish uchun asosiy vosita, Yevropa\u00a0 davlatlarining Fransiyaga qarshi koalitsiyasini tuzishdan iborat deb bildi.<\/p>\n<p>Urushning dastlabki kunlaridan boshlab ingliz floti Fransuz savdosiga xalaqit qilish uchun kurash olib bordi. 1793 yil 8 iyunda ingliz kemalari Fransuz portlariga ketayotgan hamma kemalarni, xalqaro huquqqa rioya qilmay, bosib ola boshladi. Inglizlar Fransiyani va istilo qilingan mamlakatlarni qamal qilib, fransuz savdosini yo\u2018q qilishga urindilar. Inglizlar 1797 yilda Ispaniyaning harbiy flotini, keyin esa Kemperdaun burnida Gollandiyaning harbiy flotini tor-mor keltirdilar. Bu ikkala mamlakat Fransiya bilan ittifoqda edi. Angliya bilan Fransiyaning savdo uchun olib borgan urushi Amen sulhi buzilganidan keyin keskinlashib ketdi va Napoleon 1804 yilning martida Angliya bilan har qanday savdo olib borishni man qildi.<\/p>\n<p>Angliya hukumati 1807 yilning 11 va 26 noyabrida buyruq chiqarib, bunga asosan Yevropa bilan savdo qilishga ijozat olish uchun barcha mamlakatlarning kemalarini Angliya portlariga kirishga majbur qildi.<\/p>\n<p>Angliya\u00a0\u00a0 dengiz\u00a0\u00a0 flotiga tayanib, birinchi navbatda, Fransiya mustamlakalarini bosib olishga urindi. Inglizlar 1793 yilning aprelida fransuzlarga qarashli Tabogo orolini, sentabrda esa fransuzlarning Vest- Indiyadagi San-Damingo boy mustamlakasini bosib oldilar: 1794 yilning martida Fransiyaning g\u2018arbiy yarim sharidagi qolgan\u00a0\u00a0 mustamlaka o\u2018lkalari- Martinika, Sent-Lyusiya, Gvadelupa orollari inglizlar\u00a0\u00a0\u00a0 qo\u2018liga o\u2018tdi. 1793 yilning yozidayoq Angliya Fransiyaning Hindistondagi oxirgi territorial o\u2018lkalarini Chapnernagor, Yanaon, Karikal, Mae va fransuzlarning Hindistondagi eng muhim o\u2018lkasi hisoblangan Pandisherint ham bosib oldi. Inglizlar janubiy Hindistondagi o\u2018z mustaqilligini bir qadar saqlab qolgan so\u2018nggi yirik davlat Maysuraga qarshi 1799 yilning 2 mayida Maysuraning poytaxti Seringapatamni shturm bilan oldilar. Undan keyingi yillarda inglizlar Hindistonning bir qancha knyazliklarini (Karnatik, Tanjur) bosib oldilar, Angliya Xindistonning katta bir qismiga xo\u2018jayin bo\u2018lib oldi. Inglizlar\u00a0 fransuz mustamlakalari bilan qanoatlanmay boshqa davlatlarning mustamlakalarini ham bosib olishga kirishdilar. Bu yillarda Angliyaning mustamlakalar bosib olishdan ko\u2018zlangan birinchi maqsadi: ingliz\u00a0 mollarini sotish,\u00a0 yangi bozorlar va ingliz fabrikalari uchun xom ashyo topish edi.<\/p>\n<p>Ingliz burjuaziyasining keng doiralariga Hindistonni talash uchun yo\u2018l ochib berish maqsadida, 1813 yilda Ost-Indiya kompaniyasi savdo monopoliyasini bekor qildi. Angliya hukumati ingliz burjuaziyasining xuddi shu doiralari manfaatini nazarda tutib, 1788 yilda Avstraliya kit\u2019asini ingliz territoriyasi deb e\u2019lon qildi. Angliyada ishlab chiqarilgan arzon mollar hamma joyda sotiladigan bo\u2018ldi. Fransuz raqobatining yo\u2018q qilinishi ingliz tovarlarining yanada chakqon sotilishiga yo\u2018l ochib berdi. 1773 yilga kelib Angliyaning chetga mol chiqarishi o\u2018rtacha hisobda yiliga 41 million funt sterlingga yetdi. Urush Angliyaning mulkdor sinflariga judda katta foyda keltirdi. Burjuaziya urushga va armiyaga qurol-yaroq yetkazib berishdan, ittifoqchi davlatlarning harbiy buyurtmalaridan bozorlarda fransuz raqobatining zaiflashganidan katta foyda olmoqda edilar<\/p>\n<p>Lendlordlar ham urushdan katta foyda oldilar. Yevropadan g\u2018alla va boshqa maxsulotlar keltirilishining kamayishi natijasida g\u2018allaning narxi oshib ketdi.<\/p>\n<p>Shu yillarda Angliyada ekin maydoni ancha kengaydi. Lendlordlar yerni ko\u2018paytirish payiga tushib, dehqonlarni yerlaridan zo\u2018r berib hayday boshladilar.<\/p>\n<p>Urushning hamma og\u2018irligi mehnatkash ishchilar, dehqonlar, mayda xunarmandlar zimmasiga tushdi. Pitt joriy qilgan daromad solig\u2018i davlat daromadlarining oz qismini tashkil qilib, urush xarajatlarini mablag\u2018 bilan ta\u2019minlashning asosiy vositasi ko\u2018pchilik iste\u2019mol kiladigan buyumlarga solinadigan egri soliqlar edi. Hukumat daromad manbalarini ko\u2018paytirish maqsadida soliq solinadigan narsalar doirasini to\u2018xtovsiz kengaytira bordi.<\/p>\n<p>Angliyaning iqtisodiy ravnaq topishiga qaramay urush yillarida mamlakatdagi mehnatkashlarning ahvoli to\u2018xtovsiz yomonlasha bordi Bunga pulning qadrsizlanishi va iste\u2019mol buyumlar narxining oshishi sabab bo\u2018ldi. Natijada real ish haqki kamayib, urushning dastlabki yilarida, ya\u2019ni 1792 yildan 1800 yilgacha to\u2018quvchi ishchilarning ish haqi 64%, 1805 yildan 1812 yilgacha o\u2018tgan davrda esa yana ikki barobar kamaydi.<\/p>\n<p>Xalq ommasi harakatlarining bevosita ta\u2019siri ostida 1797 yilda ingliz floti dengizchilarining juda katta qo\u2018zg\u2018oloni bo\u2018lib, 6u qo\u2018zg\u2018olonga La-Mansh eskadrasi va shimol eskadrasi kemalaridan anchaginasi qatnashdi. Matroslar sharoitning og\u2018irligi, huquqsizlik va ovqatning yomonligidan norozilik bildirdilar. Spitxed portida to\u2018plangan La-Mansh eskadrasi 1797 yilning 17 aprelida qo\u2018zg\u2018olon ko\u2018tardi. Hukumat qo\u2018zg\u2018olonning kengayib ketishiga yo\u2018l qo\u2018ymaslik uchun, ba\u2019zi bir talablarni qondirishga majbur bo\u2018ldi. May oyining o\u2018rtalarida esa shimol eskadrasining qo\u2018zg\u2018oloni boshlandi, lekin tezda ular taslim bo\u2018lishga majbur bo\u2018ldilar. Shundan keyin qo\u2018zg\u2018olonchilarni shafqatsizlik bilan jazolash boshlandi.<\/p>\n<p>Fransiyaga qarshi olib borilgan urush yillarida Angliyada avj olgan xalq qo\u2018zg\u2018olonlari tarqoq holda bo\u2018lganligidan, hukumat ularni osonlik bilan bostirdi. Garchi dehqonlarning harakatlari ba\u2019zi hollarda ommaviy tusda bo\u2018lgan va kattagina territoriyalarga yoyilgan bo\u2018lsa ham, ularning kurashi tarqoq holda bordi va tezda bostirildi.<\/p>\n<p>Angliyaning Amerikadagi qo\u2018zg\u2018olon ko\u2018targan mustamlakalariga qarshi olib borgan urush davridagi qiyinchiliklaridan foydalangan Irlandiya burjuaziyasi Angliyaning ba\u2019zi jihatdan yon berishiga majbur qildi.<\/p>\n<p>Natijada Irlandiya parlamenti qisman mustaqillik oldi va sanoat uchun belgilangan cheklashlar yumshatildi.<\/p>\n<p>1791 yilda tuzilgan &#171;Birlashgan irlandlar jamiyati&#187; Irlandiyaning mustaqil bo\u2018lishiga erishish va mustaqil respublika deb e\u2019lon qilishni tez oldiga maqsad qilib, kurashni kuchaytirdi. Bu jamiyatga burjuaziyaning, asosan mayda burjuaziyaning ilg\u2018or vakillari\u00a0 dehqonlar, ziyolilar kirgan edi. Bu jamiyatga aravasozning o\u2018g\u2018li publitsist, advokat UolfTon boshchilik qildi. U Danton bilan Tomas Peynning yordamchisi edi. Irlandiyaning mustaqillik yo\u2018lidagi urinishlari Angliya hukumatiga yoqmadi va favqulodda choralar ko\u2018rib bordi.<\/p>\n<p>&#171;Birlashgan irlandlar jamiyati&#187; faoliyati taqiqlandi. Natijada Irlandiya inqilobchilari Fransiya bilan bog\u2018lanib, 1798 yilda qo\u2018zg\u2018olon ko\u2018tardilar. Ularga yordam berish uchun Fransiyadan bir nechta otryad yetib keldi. Bu otryadlardan biriga Ton qo\u2018mondonlik qildi. Birok qo\u2018zg\u2018olonchilar keng dehqonlar ommasini qo\u2018zg\u2018olonga torta bilmadilar. Garchi Fransiya aralashgan bo\u2018lsada, inglizlar bu qo\u2018zg\u2018olonni bostirdilar. Shundan so\u2018ng shafqatsiz jazolashlar va qatl etishlar boshlandi. Asir qilib olingan Uolf Ton o\u2018zini o\u2018zi o\u2018ldirdi. Angliya hukumati qattiq jazo choralari qo\u2018llash bilan kanoatlanmay, Irlandiyadagi parlamentni yo\u2018qotishga qaror qildi. Inglizlar Irlandiya parlamentining deputatlarini pora berib, o\u2018zlariga og\u2018dirib oldilar va Angliya uniyasi uchun ovoz berishga erishdilar. Natijada 1890 yildan e\u2019tiboran, Irlandiya Angliya qirolligining bir qismi bo\u2018lib koldi-yu, Angliya hukumatining bu ishi Irlandiyada Robert Emmet rahbarligida 1802 yilda yangi qo\u2018zg\u2018olon ko\u2018tarilishini tezlashtirdi. Bu yangi qo\u2018zg\u2018olonning tor doiradagi fitnadan iborat bo\u2018lishi uning muvaffaqiyatsiz chiqishiga olib keldi. Emmet qo\u2018lga tushirilib, qatl etildi.<\/p>\n<p>1815 yildan keyin Angliya sanoat taraqqiyoti yanada tezlashdi. 1830 yildan e\u2019tiboran og\u2018ir sanoat tez o\u2018sa boshladi, mashinalar joriy qilish kuchaydi. 30-yillarning boshlarida ip-gazlama ishlab chiqarishda ham qo\u2018l mehnatidan foydalanilar edi. Qo\u2018l mehnati bilan ishlatiladigan 240000 tikuv stanogidan faqat 60 mingi mexanik stanok edi holos.<\/p>\n<p>XIX asrning o\u2018rtalariga kelib, qo\u2018l mehnatiga asoslangan ishlab chiqarish tugab mashina va fabrika ishlab chiqarishi joriy etildi.<\/p>\n<p>Sanoatning texnik jihatdan qayta qurollanishi metallga bo\u2018lgan extiyojni oshirdi. Metall ishlash va mashinasozlik katta muvaffaqiyat qozondi. Maxsus stanoklar: tokarlik, randalash, frezerlik stanoklari qabilar paydo bo\u2018ldi. Bu narsa mashinalarning detallarini juda puxta va tez ishlashini ta\u2019minlashga imkon berdi.<\/p>\n<p>XIX asrning birinchi yarmida Angliyaning iqtisodiy taraqqiyotida temir yo\u2018llar muxim rol o\u2018ynadi. Savdo-sotiq ahamiyatiga ega bo\u2018lgan va passajirlar tashish uchun mo\u2018ljallangan birinchi temir yo\u2018l 1830 yilda Liverpul bilan Manchester o\u2018rtasida qurilgan bo\u2018lib, 1850 yilga kelib Angliyadagi temir yo\u2018l tarmog\u2018ining uzunligi 10 ming kmga yetdi. Temir yo\u2018l ichki bozorning rivojlanishiga, iqtisodiy aloqalarni mustahkamlanishiga yordam berdi.<\/p>\n<p>1811 yildan 1854 yilgacha qo\u2018shma qirollik aholisi 1 million 865 ming kishidan 2,760 ming kishiga yetdi. Shuni ham e\u2019tiborga olish kerakki, bu yillarda 2 millionga yaqin kishi Angliyani tashlab, chet ellarga ketib qoldi. 1831 yildayoq Angliyada ishga yaroqli butun aholining kamida uchdan bir qismi qishloq xo\u2018jaligida ishlar edi. 1851 yilda Angliyada butun mamlakat aholisining 34% shaharlarda yashar edi. Shaharlarning xar birida 20 mingdan ortiq kishi yashayotganligidan dalolat edi. Shimoliy va shimoliy g\u2018arbiy grafliklarda sanoat shaharlari va ushbu sanoat shaharlarida asosan to\u2018qimachilik fabrikalari vujudga keldi. Angliyaning qoq o\u2018rtasida metallurgiya ishlab chiqarish tumani bunyod bo\u2018ldi. Janubiy o\u2018lkalarda metall quyish Shotlandiyada kemasozlik rivojlandi.<\/p>\n<p>1819 yilda Angliyaning hamma joyida ko\u2018p kishilik miting va namoyishlar bo\u2018lib, bu miting va namoyishlarda siyosiy reforma o\u2018tkazish talab qilindi. 1819 yilning 16-avgustida Manchesterning Piterfild maydonidagi ommaviy miting vaqtida qurolli hokimiyat qo\u2018shinlari xalq ommasiga hujum qilib, aholini vaxshiylarcha kaltaklay boshladi. 15 kishi o\u2018ldirildi; 400 dan ko\u2018proq odam yaralandi. Bu hujumda Vaterloo bo\u2018sag\u2018asida jang qilgan ingliz qismlari qatnashdi. Xalq 16 avgust voqeasini: &#171;Piterloo yonidagi jang&#187; deb atadilar.<\/p>\n<p>&#171;Piterloo yonidagi jang&#187; xalq ommasida katta nafrat uyg\u2018otdi. Biroq, ma\u2019murlarning hatti-harakati bilan ommaviy mitinglar va matbuotga qarshi maxsus qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar \u201curush uchun chiqarilgan olti qonun&#187; deb ataldi. Bu qonunlar fukarolarning ommaviy mitinglarga qatnashish huquqlarini cheklab qo\u2018ydi, qurol-yaroq taqib yurish man qilindi.<\/p>\n<p>Ishchilar orasida sotsialistik g\u2018oyalarni propaganda qilishda va ingliz ishchilari sinfining harakatida Robert Ouen (1771-1858) katta rol o\u2018ynaydi. Ouen faoliyatini o\u2018z fabrikasidan boshlab, ishchilarning mehnatini yengillashtiradigan ba\u2019zi choralarni amalga oshirdi ya\u2019ni, ish soatini qisqartirib 10,5 soatga tushirdi, ko\u2018pdan-ko\u2018p jarimalarni bekor qildi, mukofotlar berish tizimini keng qo\u2018lladi. Ouen bolalar mehnatini man etishni talab qilib, keng targ\u2018ibot olib bordi.<\/p>\n<p>Katta yer egalarini yon berishga majbur qilish uchun sanoat burjuaziyasi parlamentni reforma qilishga karatilgan ommaviy xalq harakatini qo\u2018llab-quvvatlay boshladi.<\/p>\n<p>Harakatning dastlabki bosqichida bu harakatga burjua radikallar ham ko\u2018shildilar. Ular ishchilar harakatidan o\u2018z maqsadlari uchun foydalanishga intildilar. 1836 yilda xunarmand U. Lovett rahbarligi ostida tuzilgan &#171;London ishchilar jamiyati&#187; siyosiy harakatning tashkiliy markazi bo\u2018ldi: 1838 yilning may oyida matbuotda e\u2019lon qilingan xalq xartiyasida olti punktdan iborat dastur, ya\u2019ni yalpi huquqiy erkinliklar berish (yoshi 21 dan oshgan erkaklarga), teng saylov okruglari tuzish, yashirin ovoz berish, deputatlikka nomzodi ko\u2018rsatilgan kishilar uchun xar qanday senzni bekor qilish, deputatlarga maosh belgilash va parlamentni xar yili qaytadan saylash dasturi ilgari surildi. Bu albatta demokratik islohotlar dasturi edi.<\/p>\n<p>1838\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 yilning oktabrida Manchestrda to\u2018qimachilik fabrikasining egasi Richard Kobden tashabbusi bilan g\u2018alla bojlariga qarshi kurash uyushmasi tuzildi. Bu ittifoq burjuaziya bergan katta mablag\u2018 yordami bilan erkin savdoni zo\u2018r berib og\u2018zaki va matbuot orqali propoganda qila boshladi. Shu bilan birga chartistlar burjuazyaning g\u2018arazli maqsadlarini payqab, uni fosh qila boshladilar.<\/p>\n<p>1839\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 yilning 4 fevralida Londonda chartistlarning birinchi s\u2019ezdi ochildi, bu s\u2019ezd Buyuk Britaniya sanotida ishlovchi ishchilarning umumiy konventi deb ataldi. Bu s\u2019ezdda Angliyaning hamma joyidagi ommaviy mitinglarda saylangan 53 delegat qatnashdi. Chartistlar konventi harakatning rahbarlik markaziga aylanishi kerak edi. Biroq rahbarlar orasida eng muhim masalalar ustida jiddiy ixtiloflar chiqdi.<\/p>\n<p>Chartistlar orasidagi ikkilanish va ixtiloflar ingliz proletariatining g\u2018oyaviy jihatdan yetilmaganligini ko\u2018rsatar edi. Chartistlar harakatining ko\u2018zga ko\u2018ringan arbobi jurnalist Bronterr O Brayen bu harakat g\u2018oyasiga katta ta\u2019sir ko\u2018rsatdi.<\/p>\n<p>Chartistlar konventi 12 avgustda butun mamlakatda juda katta yalpi &#171;muqaddas oylik&#187; o\u2018tkazish to\u2018g\u2018risida qaror qabul\u00a0 qildi. Birok hukumat bu qarorni tez orada bekor qildi<\/p>\n<p>40-yillarning boshlarida chartistlar harakati yangi boskichga ko\u2018tarildi. 1840 yilning boshida Manchesterda bo\u2018lib o\u2018tgan konferensiyasida chartistlarning milliy uyushmasi ya\u2019ni ishchilar sinfi partiyasining ko\u2018rtagi barpo qilindi.<\/p>\n<p>1842 yilning 2 mayida chartistlarning talablarini o\u2018z ichiga olgan ikkinchi petitsiya parlamentga kiritildi. Bu petitsiyaga 3315752 kishi imzo chekkan edi. Bu petitsiyada &#171;Angliyadagi mavjud siyosiy despotizm va ikkinchi tomondan &#171;tahkirlovchi qullik tuzumi&#187; ekanligi ko\u2018rsatilib, xalq, ommasining og\u2018ir axvolda kun kechirayotganligini ma\u2019lum qildi. Ammo Angliya o\u2018zining mustamlakachilik siyosatini bir daqiqa ham susaytirmasdan, inglizlar o\u2018zlari bosib olgan territoriyalarga tayanib turib, 1815 yildan keyin Hindistonni istilo qilishni davom ettirdi. Ikki yil davom etgan urushdan keyin, 1816 yilda inglizlr tog\u2018 knyazligi Nepalni bosib oldi. Bir qancha urushlar olib borib, bir necha hind knyazliklarini tor-mor keltirdi.<\/p>\n<p>Xullas, XIX asr o\u2018rtalarida Angiya eng katta mustamlakachi davlatga aylandi: 1850 yilda uning Hindistondagi va boshqa mustamlakalarining territoriyasi 11700 ming kvadrat km bo\u2018lib, bu mustamlakalardagi aholi 160 million kishidan oshib ketdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XVIII asr oxiri XIX asr birinchi yarmida Angliya iktisodiyotidagi muhim o\u2018zgarishlar. 2.Angliyaning Fransiya bilan olib borgan kurashlari. Z.XVIII asr oxiri XIX asr birinchi yarmida Angliyadagi qo\u2018zg\u2018olonlar. 4.XVIII asr oxiri XIX asr birinchi yarmida Angliyaning mustamlakachilik\u00a0 siyosati. Irlandiyaningmustaqillik uchun Chartistlar harakati. &nbsp; Fransuz burjua inqilobi oldidan Angliya Fransiyadan shu bilan farq qilar ediki, u ilg\u2018or sanoat [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-77","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-lessons"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/77","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=77"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/77\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":78,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/77\/revisions\/78"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=77"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=77"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=77"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}