{"id":75,"date":"2026-05-20T09:42:26","date_gmt":"2026-05-20T06:42:26","guid":{"rendered":"http:\/\/jahon-tarixi.test\/?p=75"},"modified":"2026-05-20T09:42:26","modified_gmt":"2026-05-20T06:42:26","slug":"xviii-asr-oxiri-xix-asr-birinchi-yarmida-fransiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/?p=75","title":{"rendered":"XVIII asr oxiri XIX asr birinchi yarmida Fransiya"},"content":{"rendered":"<p><strong>Reja:<\/strong><\/p>\n<ol>\n<li>XVIII asr oxiri XIX asr birinchi yarmida Fransiyaning siyosiy- iqtisodiy axvoli.<\/li>\n<li>Konsullik va imperiya davrida Fransiyaning ichki va tashki siyosati.<\/li>\n<li>Napoleon imperiyasining yemirilishi va burbonlar sulolasining qayta<\/li>\n<li>Fransiyada ijtimoiy fikr rivoji: Sen-Simon va Sharl Fure.<\/li>\n<\/ol>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Buyuk fransuz inqilobidan so\u2018ng mamlakatda juda katta siyosiy,\u00a0\u00a0 ijtimoiy o\u2018zgarishlar yuz\u00a0 berdi. Jumladan, 1795 yilning kuzida\u00a0\u00a0 termidorchilar Konventi antidemokratik Konstitutsiya bo\u2018lgan &#171;Uch yil Konstitutsiyasi&#187;ni tuzib chiqdi. Bu Konstitutsiya saylovchilar uchun mulkiy senz, o\u2018rtoqlik senzi va bir qancha cheklashlar joriy qildi. Bu Konstitutsiya qonun chiqaruvchi ikki palata: Oqsoqollar\u00a0 kengashi va Besh yuzlar kengashini tuzish uchun asos bo\u2018ldi. Butun ijroiya hokimiyati besh kishidan iborat Direktoriya qo\u2018liga o\u2018tdi. &#171;Uch yil Konstitutsiyasi&#187; xalq ommasi quyi tabaqalarini qonun chiqarish va mamlakatni idora qilish ishlaridan tamomila chetlashtirdi Burbonlar monarxiyasini qayta tiklash tarafdorlari Parijdagi xalq qo\u2018zg\u2018alonlarining bostirilishidan ruhlanib ochiqdan-ochiq bosh ko\u2018tardilar. 1795 yilning 5-oktabrida monarxiyachilarning otryadlari Konvent binosini talamoqchi bo\u2018ldilar. Ammo burbonlar monarxiyasini tiklashni faqat xalq ommasigina emas, balki inqilob natijasida hukmron bo\u2018lib olgan yirik burjuaziya ham istamadi. Natijada termidorchilar hukumati general Napoleon Bonapart qo\u2018shinlarini isyonchilarga qarshi yubordi. Artileriya yordamida isyon bostirildi.<\/p>\n<p>1796 yilning martida ko\u2018tarilgan Vandeldagi monarxiyachilar\u00a0 harakati ham vaqtincha bostirildi. Fransuz respublikasining urush va diplomatiya soxasidagi yutuqlari Fransiyada yirik burjua hukmronligini mustahkamlashga yordam berdi. Fransuz qo\u2018shinlarining 1792-1795 yillardagi g\u2018alabalaridan foydalanib, Fransiya respublikasi hukumati 1795 yil 5 aprelda Bazelda Prussiya bilan separat sulh shartnomasini imzolashga erishdi. Prussiya esa Avstriya bilan ittifoqni buzdi va Fransiya istilo qilgan yerlarni jumladan, Belgiya hamda Reyn daryosining so\u2018l qirg\u2018og\u2018idagi nemis yerlarining Fransiyaga qo\u2018shib olinishini tan oldi. 1795 yilning 17 mayida Gollandiya bilan ham sulh shartnomasi imzolandi. Bu shartnomaga ko\u2018ra Finlandiyaning Gollandiyaga qarashli qismini va boshqa ba\u2019zi territoriyalariga egalik huquqini qo\u2018lga kiritdi. Shuningdek Gollandiya Fransiyaga katta tovon to\u2018lash majburiyatini o\u2018z zimmasiga oldi va nixoyat, Ispaniya ham Fransiya bilan sulh shartnomasini tuzib, Gaiti orollarining o\u2018ziga qarashli qismini Fransiyaga berdi.<\/p>\n<p>1795 yilning 26 oktabrida Konvent o\u2018z faoliyatini to\u2018xtatib, o\u2018rnini qonun chiqaruvchi Korpusga berdi. Qonun\u00a0 chiruvchi Korpus ikki palatadan ya\u2019ni Oqsoqollar kengashi va besh yuzlar kengashidan iborat bo\u2018lib, ushbu ikkala palata yangi hukumatni sayladi, unga Direktoriya (aniqrog\u2018i ijroiya Derektoriyasi) degan nom berildi. Ushbu Direktoriyada asosiy\u00a0\u00a0 rolni\u00a0\u00a0 Barras\u00a0\u00a0 o\u2018ynadi. Barras sobiq ofitser va dvoryan 6o\u2018lib, bir vaqtlar o\u2018zini sobiq yakobinchi\u00a0 qilib\u00a0 ko\u2018rsatgan,\u00a0\u00a0 poraxo\u2018rlik\u00a0 va\u00a0 o\u2018g\u2018rilik\u00a0 qilish orqasidan juda boyib olgan prinsipsiz va sotqin siyosatchi edi.<\/p>\n<p>Barrasning\u00a0\u00a0 xar\u00a0\u00a0\u00a0 qanday\u00a0\u00a0 jirkanj\u00a0\u00a0 harakatlariga\u00a0\u00a0 qaramay, Derektoriya davrida yangi sanoat korxonalari vujudga keldi, sanoat va dehqonchilikka katta mablag\u2018 sarflandi. Shunga qaramay Parij va boshqa sanoat shaharlarining ishchilari yarim och holda yashar edilar, Fransiya respublikasining boshqa ko\u2018pgina davlatlar bilan tuzgan sulh shartnomalari natijasida chetdan ko\u2018pgina buyumlar keltirila boshladi. Shu munosabat bilan\u00a0\u00a0 sanoatning bir qancha tarmoqlarida ishsizlik yuz berdi, bu esa shahar mehnatkashlarining og\u2018ir ahvolini yanada yomonlashtirdi.<\/p>\n<p>Termidorchilar\u00a0\u00a0 Konventining\u00a0\u00a0 keyin\u00a0\u00a0 Direktoriyaning xalqqa qarshi siyosati, shahar hamda qishloq kambag\u2018allarining chidab bo\u2018lmaydigan darajadagi og\u2018ir ahvoli mehnatkashlar ommasining noroziligini yanada keskinlashtirdi. Ana shunday vaziyatda Babyof boshchiligidagi fitna vujudga keddi.<\/p>\n<p>U 1760 yilning mayida burjuaziya oilasida tug\u2018ilgan, Babyof yer\u00a0\u00a0 o\u2018lchovchi bo\u2018lib ishlay boshlaydi. Ammo bu kasb Babyofga\u00a0\u00a0 sira\u00a0\u00a0 yokmasdi.\u00a0\u00a0\u00a0 Unda\u00a0\u00a0 aristokratiyaga\u00a0\u00a0 nafrat\u00a0\u00a0 va mazlumlarga xayrixoxlik hissi juda erta uyg\u2018ondi. 1789 yilda Qadimgi Rim notig\u2018i Kay Grakxning vasiyatini qabul qilgan Babyof inqilobga g\u2018ayrat, shijoat bilan ko\u2018shildi. Babyof amalga oshirmoqchi\u00a0\u00a0\u00a0 bo\u2018lgan\u00a0\u00a0\u00a0 &#171;tenglar\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 respublikasi&#187;\u00a0\u00a0\u00a0 aslida mehnatkashlar\u00a0\u00a0 faoliyatiga tayanib ish ko\u2018radigan inqilobiy diktatura bo\u2018lishi lozim\u00a0\u00a0\u00a0 edi. Ammo babyofchilar proletariatning\u00a0\u00a0 aloxida\u00a0\u00a0\u00a0 ijtimoiy\u00a0\u00a0 sinf\u00a0\u00a0 ekanligini tushunishdan yiroq edilar.\u00a0\u00a0 Shu bois babyofchilar\u00a0\u00a0 ishchilar sinfining kurashdagi yetakchilik rolini anglab yetmagan edilar. Fransiya tomonidan urush xarakterining o\u2018zgartirilganligi 1796-1797 yillarda Italiyaga qilingan urush vaqtidayoq, ochiq ma\u2019lum bo\u2018ldi. Respublikachilar\u00a0\u00a0\u00a0 Fransiyani\u00a0\u00a0\u00a0 Yevropadagi feodal\u00a0\u00a0 monarxiyachilar\u00a0\u00a0\u00a0 koalitsiyasining\u00a0\u00a0 hujumidan\u00a0\u00a0 himoya qilish maqsadida Italiyada boshlangan adolatli urush fransuz qo\u2018shinlari\u00a0\u00a0 uchun\u00a0\u00a0 juda\u00a0\u00a0 muvaffaqiyatli\u00a0\u00a0 bo\u2018ldi.\u00a0\u00a0\u00a0 Fransuz qo\u2018shinlariga umumiy ko\u2018mondonlik qilish yosh general Napoleon Bonopartga yuklatilgan edi. Fransuz armiyasi Alp tog\u2018laridan mashakqat\u00a0\u00a0 bilan\u00a0\u00a0 o\u2018tib,\u00a0\u00a0\u00a0 Sardiniya\u00a0\u00a0 ko\u2018shinlarini\u00a0\u00a0 tor-mor keltirdi. Shundan keyin Napoleon ko\u2018shinlari o\u2018z zarbasini avstriyaliklarga\u00a0\u00a0 qarshi\u00a0\u00a0 qaratdi. Bir qancha janglarda fransuzlar avstriyaliklarni batamom tor-mor qildilar. 1797 yilning 17 oktabrida Italiyaning Kampo-Farmio degan shahrida Fransiya bilan Avstriya o\u2018rtasidagi sulh shartnomasi tuzildi. Avstriya fransuz istilolarini tan olishga majbur bo\u2018ldi. Natijada, Belgiya hamda Reyn daryosining so\u2018l kirg\u2018og\u2018idagi nemis yerlari,shuningdek Lombardiya Fransiyaga o\u2018tdi. 1792-1793 yillarda Fransiyaga qarshi\u00a0\u00a0 uyushtirilgan koalitsiya Fransiyaning erishgan g\u2018alabalari natijasida batamom barham topdi. Faqat Angliyagina kurashni davom ettirib, Fransiyaga yangi koalitsiya tuzish uchun zamin \u00a0tayyorlamoqda edi.<\/p>\n<p>O\u2018sha vaqtda\u00a0 Turkiyaga qarashli bo\u2018lgan\u00a0 Misrni Fransiyaning mustamlakasiga aylantirish va Angliyaga Hindiston yo\u2018lida zarba berish uchun \u00a0Direktoriya 1798 yilning bahorida Misrga yurish qilishga qaror qildi. 1798 yilning yozida Bonopart o\u2018z armiyasi bilan Misr tomon harakat boshladi va oqibatda Aleksandriyani bosib oldi. Napoleon Bonopart o\u2018ta ketgan shafqatsiz choralarni qo\u2018llay boshladi. Qarshilik ko\u2018rsatgan mahalliy aholini ko\u2018plab qatl ettirishga erishdi. U Misrning kattagina qismini o\u2018ziga bo\u2018ysundirgach, Suriya tomon yurish qildi. Biroq, fransuzlarning bu gal omadi kelmadi. Nil daryosi etagida, Abubakr yonida 1798 yilning 1 avgustida bo\u2018lgan dengiz jangida inglizlar fransuz flotini tamomila yo\u2018q qilib tashlanganliklaridan so\u2018ng fransuz ko\u2018shinlarining Misrda erishgan g\u2018alabalari o\u2018z ahamiyatini yo\u2018qotdi. Bonopart armiyasi esa mag\u2018lubiyatni tan oldi.<\/p>\n<p>1798 yilning oxirlarida Angliya Fransiyaga qarshi yangi koalitsiya tuzdi. Bu koalitsiyaning tashkilotchilaridan biri chor Rossiyasi edi, Imperator Pavel I Fransiyaga qarshi o\u2018z qo\u2018shinlarini yuborar ekan, fransuzlarni Italiyadan haydab chiqarish birinchi darajali masala deb bildi.\u00a0 Ikkinchidan Fransiyadagi respublika tuzumini ag\u2018darib tashlash va<br \/>\nburbonlar\u00a0\u00a0 monarxiyasini qayta tiklashni ham ko\u2018zda tutdi. Koalitsiya tarkibiga Angliya va Rossiyadan tashqari Avstriya, Turkiya va Neapol qirolligi kirgan edi.<\/p>\n<p>1799 yilning martida boshlangan urush harakatlarining kurash maydoni Italiya edi. Bu orada bu yerga ulug\u2018 sarkarda A.V.Suvorov boshchiligidagi rus ko\u2018shinlari yetib keldi. Qisqa muddat ichida Suvorov shimoliy Italiyani fransuz qo\u2018shinlaridan batamom tozaladi. Novi yonidagi\u00a0\u00a0 jangda Suvorov erishgan g\u2018alaba fransuz armiyasini Apennin tog\u2018larining orkasiga chekinishga majbur etdi. Rus qo\u2018shinlari Fransiya chegaralariga yaqinlashib bordilar.<\/p>\n<p>1799\u00a0 yilning\u00a0 kuzida, Avstriya\u00a0 hukumatining talabi bilan Suvorov armiyasi Shveysariyadagi Avstriya ko\u2018shinlariga ko\u2018maklashish uchun u yerga bordi. Sen- Gotar dovonida va shayton ko\u2018prik yonida fransuzlarni\u00a0 tor-mor keltirib, Suvorov\u00a0 armiyasi g\u2018oyat qiyin sharoitda Alp tog\u2018laridan oshib o\u2018tdi. Suvorov armiyasi tog\u2018dan oshib o\u2018tgach Avstriya qo\u2018mondonligining xoinona\u00a0 harakati bilan fransuz ko\u2018shinlarining qurshoviga tushib qoldi. Biroq rus qo\u2018shinlari qurshovni mardona yorib o\u2018tib, Bovariyaga chiqib oldilar.<\/p>\n<p>Respublika tuzumida sodiq atoqli sarkarda deb dong chiqargan shuxratparast va prinsipsiz Napoleon Bonopart kontrrevolyusion diktatorlik roli uchun eng maroqli odam bo\u2018lib chiqdi. Napoleonning &#171;yangi boylar&#187; doiralari bilan juda yaqin aloqada bo\u2018lishi ham muhim ahamiyatga ega edi. Bonopartning yuksak martabaga ko\u2018tarilishi qandaydir bir &#171;mo\u2018jizakor&#187; voqea, afsonani eslatar edi. Fransiyadagi bunday siyosiy vaziyat harbiy diktatura rejimi o\u2018rnatish uchun qulay zamin yaratib berdi deyish mumkin.<\/p>\n<p>Respublikaga dushman bo\u2018lgan fitnachilar to\u2018dasi general Bonopartni Parij garnizoni va butun birinchi harbiy okrug qo\u2018shinlarining qo\u2018mondoni qilib tayinlashga muvofaq bo\u2018ldilar.<\/p>\n<p>Fransiya tarixida yangi davr Napoleon Bonopart boshchilik qilgan harbiy-burjua diktaturasi davri boshlandi. 18 &#8212; bryumerdagi davlat to\u2018ntarishi konterrevolyusiyaning yanada kuchayganini bildirar edi.<\/p>\n<p>1799 yil dekabr oyining oxirlarida Fransiyaning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Bu Konstitutsiya respublika tuzumini rasmiy jihatdan saqlab qolgan bo\u2018lsa ham, lekin amalda butun hokimiyatni o\u2018n yil muddatga saylangan\u00a0 konsulga topshirgan edi. Napoleon Bonopart birinchi konsul bo\u2018ldi, U juda katta hokimiyatni ministrlar, amaldorlar, elchilar, tayinlash qurolli kuchlarning barchasiga qo\u2018mondonlik qilish, qonun loyihalarini tayyorlash huquqlarini o\u2018z qo\u2018liga olgan edi. Ikkinchi va uchinchi konsul faqat maslahat bershi huquqiga ega edilar holos.<\/p>\n<p>21 yoshga yetgan fransuz erkaklarining hammasi rasman saylov huquqidan foydalansa ham, lekin ular deputatlarni emas, balki deputatlikka nomzodi ko\u2018yilgan odamlarni saylar edilar. So\u2018ngra bu nomzodlarning umumiy ro\u2018yxatidan hukumat, davlat kengashi a\u2019zolarini, tribunat tanlab olar edi. Napoleon hukumronligi davrida Fransiyaning davlat apparat politsiyachi-byurokratik markazlashtirish negizida qurilgan edi. Fransiya 88 departamentga bo\u2018lingan bo\u2018lib, departamentlarning har biriga birinchi konsul tayinlagan prefekt bosh bo\u2018lar edi.<\/p>\n<p>Fransuz ko\u2018shinlarining g\u2018alabalari Napoleonning diktatorlik hokimiyatini mustahkamlashga juda katta yordam berdi. 18-bryumer to\u2018ntarish paytida Fransiya Yevropaning ikkinchi koalitsiyasi bilan urush holatida edi. Biroq bu koalitsiya tez tarqalib ketdi. 1800 yilda Rossiya urushdan chiqdi. Shu bilan birga inglizlar bilan ruslar orasida munosabatlar yomonlashdi. Inglizlar tomonidan Malta orolining bosib olinishi bu janjal uchun tashqi bahona bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Pavel I Angliyaga qarshi ittifoq tuzish to\u2018g\u2018risida Fransiya hukumati bilan diplomatik muzokara olib borishga kirishdi. Muzokara natijasida tuzilajak ittifoqqa Turkiya, Rossiya, Fransiya va Avstriya asosiy rol o\u2018ynashi va janubiy Italiyaning ishlariga Rossiya bilan Fransiyani birgalashib ta\u2019sir ko\u2018rsatish loyihasi asos qilib olinishi kerak edi. Shu sababli rus hukumatining Angliyaga nisbatan tutgan dushmanlik siyosati mamlakatda dastavval saroy ichida va g\u2018arbiy doiralarda kuchli norozilik chiqishlariga sabab bo\u2018ldi. Bu hol Peterburgda saroy fitnasini uyushtirishga Pavel I ni o\u2018ldirishga (1801 yil 23 mart) olib keldi. Ingliz diplomatiyasi vakillarining maxfiy aralashishi bilan Pavel I o\u2018ldirildi.<\/p>\n<p>Aleksandr I taxtga o\u2018tirganidan so\u2018ng Napoleon bilan ittifoq tuzishdan voz kechsada markaziy Yevropa va janubiy Italiya ishlariga Rossiya\u00a0\u00a0 bilan Fransiyaning birgalashib ta\u2019sir o\u2018tkazish prinsipini tan olish asosida u bilan sulh shartnomasini tuzdi. Rossiya bilan Angliya o\u2018rtasidagi diplomatik munosabatlar qaytadan boshlandi. Shundan keyin Fransiya\u00a0 Misrdan ko\u2018shinlarini olib chiqib ketish majburiyatini oldi.<\/p>\n<p>Ittifoqchilaridan ayrilib qolgan Angliya 1802 yilning martida\u00a0\u00a0\u00a0 Amenda Fransiya bilan sulh, shartnomasini imzolashga majbur bo\u2018ldi.\u00a0\u00a0\u00a0 Bu\u00a0\u00a0 shartnomaga ko\u2018ra Angliya seylonni va Tirinida orolini (Vest-Indiya) o\u2018z qo\u2018lida saqlab koldi. U o\u2018z zimmasiga Gollandiya, Germaniya,\u00a0 Italiya, Shveysariya ishlariga aralashmaslik va Maltani Malta ritsarligiga qaytarib berish majburiyatini oldi. Fransiya Misrga bo\u2018lgan\u00a0\u00a0 da\u2019volaridan voz kechdi, lekin Antil orollarini o\u2018ziga qaytarib oldi. Fransiyaning koalitsiyaga qarshi kurashda erishgan g\u2018alabalari Napoleon hokimiyatining yanada kuchayishiga yordam berdi. 1802 yil qabul qilingan yangi Konstitutsiyaga muvofiq Napoleonga davlatning umrbod boshlig\u2018i degan unvon berildi. O\u2018sha yili muhojirlarni avf etish to\u2018g\u2018risida qonun chiqarildi. Bu qonun yordami bilan Napoleon hukumati eski dvoryanlarni burbonlarga madad berishdan qaytarib olish va ularni o\u2018z tomoniga tortishni mo\u2018ljallangan edi. Muhojirlar avf etishlaridan foydalanib Fransiyaga qaytib keldilar va ularning bir qismi xatto yangi hukumatning xizmatiga kirdilar.<\/p>\n<p>Amen sulhi qisqa muddatli nafasni rostlash bo\u2018lib chiqdi. Ikkala tomon ham o\u2018z ustiga olgan majburiyatlarini bajarmadi. Fransuz hukumati Misr, Suriya va Gaiti orolini yangidan egallash fikridan qaytmagan edi. 1802 yilda Gaiti oroliga fransuz qo\u2018shinlari tushirildi.<\/p>\n<p>1803\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 yilning mayida Angliya bilan Fransiya o\u2018rtasida yangidan urush boshlanib ketdi.<\/p>\n<p>1804\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 yilning boshlarida bir gurux fransuz muhojirlarining\u00a0\u00a0\u00a0 fitnasi fosh qilindi. Bu\u00a0\u00a0\u00a0 dvoryan muhojirlar o\u2018zaro birlashib fitna\u00a0\u00a0 uyushtirgan edilar. Fransuz burjuaziyasining va Napoleon hukumatining ko\u2018prok istilochilik rejalarining muvaffaqiyatli amalga oshuvi uchun shu\u00a0\u00a0 narsa\u00a0\u00a0 juda\u00a0\u00a0 katta\u00a0\u00a0 qulaylik tug\u2018diradiki, o\u2018sha vaqtda Fransiya bilan chegaradosh mamlakatlardagi davlatlar markazlashgan yirik davlatlar emas, balki mayda gersoglik va grafiklardan iborat edi.\u00a0\u00a0 Fransiya bu mayda gersoglik va grafiklardagi ichki nizolardan foydalanib, ularning ba\u2019zilarini o\u2018z tomoniga og\u2018dirib oldi. Siyosiy jihatdan tarqoq bo\u2018lgan Germaniyada, Saksoniya va Bavariya, shuningdek boshqa mayda davlatlar uzoq vaqtgacha Napoleon Fransiyasining\u00a0 vasalli bo\u2018lib\u00a0 qoldi. Bu mayda\u00a0 davlatlar Prussiyaga dushman bo\u2018lganliklari uchun o\u2018z territoriyalarini kengaytirishga intilganliklari uchun Napoleonni va uning nemis xalqini asoratga solish siyosatini faol ravishda qo\u2018llab quvvatladilar. Fransuz hukumati o\u2018sha vaqtda Avstriya va Prussiya,\u00a0\u00a0\u00a0 Avstriya bilan Bavariya o\u2018rtasidagi keskin ziddiyatlardan ham muvaffaqiyatli suratda foydalandi. Avstriya ustidan g\u2018alaba qozongach, fransuz hukumati janubiy va g\u2018arbiy Germaniyaning taqdirini hal qiluvchi haqiqiy xo\u2018jayini bo\u2018lib oldi. O\u2018rta Yevropada Fransiya hukmronligini mustahkamlash maqsadida, 1806 yilda &#171;Reyn ittifoqi&#187; tuzilib, unda dastlab nemis davlatlaridan 16 tasi kirdi. &#171;Reyn ittifoqi&#187; Fransiyaga tamomila tobe bo\u2018lib qoldi. Napoleon bu ittifoqning protektori deb e\u2019lon qilindi.<\/p>\n<p>1806 yilda Neapolda hukmronlik qiluvchi burbonlar dinastiyasi fransuz ko\u2018shinlari tomonidan haydab yuborildi va ingliz floti himoyasida Sitsiliyaga qochib bordi. Napoleonning akasi Jozef Bonapart Neapolga, Napoleonning ukasi Lui Bonapart Gollandiyaga ega bo\u2018ldi. 1806 yilda Angliya bilan Rossiya Fransiyaga qarshi (to\u2018rtinchi) koalitsiya tuzdilar. Bu koalitsiyaga Prussiya bilan Shvesiya ham qo\u2018shildi. Birinchi zarba Prussiyaga berildi. Prussiya armiyasi urushga mutlaqo tayyorgarlik ko\u2018rmagan edi. Prussiya armiyasi 200 ming atrofida bo\u2018lib, ulardan faqat 113 mingi jang maydoniga to\u2018plangan edi. Prus oliy qo\u2018mondonligi harbiy ishda deyarli qoloq va aristokratok xurofotlarga mukkasidan ketgan kishilardan iborat edi.<\/p>\n<p>Bir kunda, ya\u2019ni 1806 yilning 14 oktabrida Ien va Auentedtdagi bo\u2018lgan ikki jangda Napoleon va Martal Davu boshchiligidagi fransuz ko\u2018shinlari prus ko\u2018shinlarini batamom tor mor keltirdilar. Prus armiyasi sarosimaga tushib qoldi, \u00abFransuz qo\u2018shinlari xech qanday qarshilikka uchramay Berlinga kirib keldilar. Shundan keyin Prussiyaning kattagina qismi ishg\u2018ol qilindi. Napoleon 1806 yilning 21 noyabrda dekretga qo\u2018l qo\u2018ydi. Bu, dekretga muvofiq Britaniya qamal holatida deb e\u2019lon qilindi. Yevropa qit\u2019asining Fransiya qo\u2018l ostidagi mamlakatlarining Angliya bilan savdo qilishi ta\u2019qiqlandi.<\/p>\n<p>1807\u00a0\u00a0 yilda\u00a0\u00a0 Napoleonning\u00a0\u00a0 territoriyalarini bosib olishdan\u00a0 ko\u2018zlangan asosiy vazifasi bitta bo\u2018lib, u ham bo\u2018lsa Angliyani Yevropa qit\u2019asida batamom qisib qo\u2018yish va qit\u2019aning hamma kuchlaridan Angliyaga qarshi kurashish uchun foydalanish edi. Shu maqsadda Fransiya Pireney yarim orolini ham bosib olmoqchi bo\u2018ldi. Ko\u2018p vaqtlardan Angliyaga iqtisodiy jihatdan batamom qaram bo\u2018lib kelayotgan Portugaliya qit\u2019asini qamal qilishdan bosh tortgan edi. Bunga javoban Napoleon hukumati Portugaliyani Fransiya bilan Ispaniya o\u2018rtasida taqsimlab olish to\u2018g\u2018risida Ispaniya hukumati bilan shartnoma tuzdi. Shundan keyin fransuzlar Portugaliyaga bostirib kirib, Lissabonni ishg\u2018ol qildilar. Shaxzoda o\u2018sha vaqtda Portugaliyaning mustamlakasi bo\u2018lgan Braziliyaga qochib ketdi.<\/p>\n<p>1809 yilda Angliya Fransiyaga qarshi yangi (beshinchi) kaolitsiya uyushtirishga muvaffaq bo\u2018ldi. Yangi kaolitsiyaga fransuz qo\u2018shinlarining Pireney yarim orolidagi muvaffaqiyatsizliklaridan ruhlangan Avstriya ham kirgan edi. Erfrutdagi uchrashuv vaqtida qabul qilingan qarorlarga muvofiq, Rossiya Galitsiyaga o\u2018z qo\u2018shinlarini kiritdi, lekin Avstriyaga qarshi xech qanday urush harakatlarini boshlamadi.<\/p>\n<p>1809 yilning 5-6 iyulida Vagram yonidagi jangda Napoleon armiyasi Avstriya qo\u2018shinlari ustidan qat\u2019iy g\u2018alaba qozondi. Bu g\u2018alaba urushning oqibatini hal qildi. O\u2018sha yilning oktabrida Shenbrun sulh shartnomasi imzolandi. Bu shartnoma shartlariga ko\u2018ra Avstriya imperiyasi 3,5 million aholisi bo\u2018lgan territoriyasidan mahrum bo\u2018lib, o\u2018z armiyasini kamaytirib 150 ming kishiga tushirish, Fransiyaga 85 million frank kontributsiya to\u2018lash va qitani qamal qilishga qo\u2018shilishi lozim edi.<\/p>\n<p>Napoleon Fransiyasi yangidan yangi hududlarni bosib olishni davom ettirdi. 1809 yilda\u00a0 Napoleon Rimni va Tiy VII ning boshqa yerlarini\u00a0\u00a0 o\u2018z\u00a0\u00a0 imperiyasiga ko\u2018shib oldi. Papa Fransiyaga olib ketilib, u yerda asir holatda tutildi. 1810 yilda Gollandiya Fransiya imperiyasiga qo\u2018shib\u00a0 olindi. Gollandiya qiroli Lui Bonapart golland savdogarlariga yaxshi ko\u2018rinish uchun qit\u2019a qamalining buzilishiga yo\u2018l qo\u2018yib, imperatorni\u00a0\u00a0 norozi qildi, aslida bosib olingan barcha hududlar, Napoleonning fikricha, Fransiyaning Angliyaga qarshi kurashini yengillashtirishi lozim edi.<\/p>\n<p>1810 yilning o\u2018rtalarida Fransiyada savdo va sanoat inqirozi boshlanib, u 1811 yilning o\u2018rtalarigacha davom etdi. Bu inqiroz Fransiyaning sanoat markazlarigagina emas, balki uning savdo portlariga ham zarba berdi.<\/p>\n<p>Napoleon hukumatining iqtisodiy jihatdan muvaffaqiyatsizlikka uchrashi Fransiya aholisi keng tabaqalarining Bonoapart diktaturasiga nisbatan noroziligini kuchaytirib yubordi. Napoleon siyosatining natijalaridan ixlosi qaytgan sanoat burjuaziyasi asta-sekin hukumatdan yuz o\u2018gira boshladi. Savdo portlarining burjuaziyasi unga ochiqdan-ochiq dushmanlik ko\u2018zi bilan qaray boshladi. 1812 yil bahorida g\u2018allaning qimmatlashib ketishi natijasida bir gektolitr g\u2018alla ZZ frankka yetgan edi. (1809 yilda 15 frank turar edi) Fransiyaning bir qancha shahar va qishloqlarida ochlar qo\u2018zg\u2018olon ko\u2018tardilar. Omborxonalarga o\u2018t qo\u2018yib yuborildi, bozorlarda to\u2018polonlar yuz berdi.<\/p>\n<p>Fransiyada norozilik kuchayishi bilan birga bonopartchi burjua imperiyasi hukumatining ijtimoiy bazasi toraydi. Buning ustiga yana tobe va qaram mamlakatlardagi fransuz ma\u2019murlarining agressiv va despotik siyosatiga qarshi qaratilgan norozilik ham kuchaydi.<\/p>\n<p>Fransiya bilan Rossiya o\u2018rtasidagi ziddiyatlar birinchi o\u2018ringa chiqib oldi. 1807 yilda Fransiya bilan Rossiya O\u2018rtasidagi tuzilgan ittifoq shartlari Rossiyaning iqtisodiy va siyosiy manfaatlariga javob bermas edi. O\u2018sha vaqtda chet davlatlarga ko\u2018proq qimmatbaxo vino, attorlik mollari, zeb-ziynat buyumlari eksport qiladigan Fransiya Rossiya uchun kerakli sanoat mollarini yetkazib beradigan Angliyaning o\u2018rnini bosa olmas edi. Chunki 1810 yilning oxirlaridan boshlab, Rossiyaga keltiriladigan fransuz mollari uchun to\u2018lanadigan bojlar ko\u2018paytirilgani bois savdo-sotiq tobora kamayib ketdi.<\/p>\n<p>Umuman, Fransiya-Rossiya munosabatlarining keskinlashuviga boshqa sabablar ham bor edi. 1807 yilgi ittifoqchilik shartnomasiga qaramay Yaqin va O\u2018rta sharqda Fransiya va Rossiya o\u2018rtasidagi to\u2018qnashuvlar davom etardi.<\/p>\n<p>Podsho Rossiyasining hukmron doiralari Napoleon Fransiyasining polyaklar masalasidagi siyosatidan ham juda qattiq tashvishga tushgan edilar. Fransiya vassal Varshava gersogligidan Rossiyaga hujum qilish uchun plasdarm sifatida foydalanishga intilib, 1809 yilda bu gersoglikka Prussiyaning g\u2018arbiy qismini qo\u2018shib berib, uning xududini ko\u2018paytirdi. 1812 yilning 24 fevralida Fransiya bilan Prussiya o\u2018rtasida esa harbiy ittifoq tuzildi.<\/p>\n<p>Napoleon hukumati 1809 yilda Rossiya istilo qilgan Finlandiyani Shvesiyaga qaytib olib berishga va\u2019da qilib, Shvesiyani ham bu urushga tortmoqchi bo\u2018ldi. Shvesiyaning valiaxd shaxzodasi Karl Angliya va Rossiya bilan yaqinlashishni afzal ko\u2018rdi. Fransuz qo\u2018shinlarining okupatsiya qilib turishi va qit\u2019a qamalining Shvesiyaga yetkazgan zarari uning bu masalani hal qilishiga katta rol o\u2018ynadi. 1812 yilning 5 aprelida Rossiya va Shvesiya o\u2018rtasida o\u2018zaro ittifoqchilik shartnomasi tuzildi. Bu shartnoma Rossiyaning shimoliy-g\u2018arbiy chegaralari xavfsizligini ta\u2019minladi.<\/p>\n<p>1812 yilning mayida Buxarestda Turkiya bilan sulh shartnomasi tuzilishi ham rus diplomatiyasining katta yutug\u2018i bo\u2018ldi. Rossiya bilan Turkiya o\u2018rtasida uzoq, vaqtdan beri davom etib kelayotgan urushni tamomlagan bu sulh shartnomasi, Rossiyaga turk flotidan Fransiyaga qarshi foydalanish imkonini berdi.<\/p>\n<p>1812 yilning 24 iyuniga o\u2018tar kechasi Napoleon armiyasining asosiy kuchlari urush e\u2019lon qilmasdan chegaradan o\u2018tib Rossiya tuprog\u2018iga bostirib kirdi. Chegaradan o\u2018tgan armiyaning umumiy soni qariyb 575 ming kishidan iborat bo\u2018lib, ularning ixtiyorida 1372 ta zambarak bor edi.<\/p>\n<p>Napoleoning rejasi shundan iborat ediki, u rus armiyalarining bir-biridan uzoqligidan foydalanib ularning har birini alohida-alohida yanchib tashlamoqchi edi. Barklay De Tolli dushman kuchlarining son jihatidan g\u2018oyat darajada ko\u2018pligini e\u2019tiborga olib, mamlakatning ichkarisiga qarab chekindi va jang kili\u0449dan bosh tortdi.<\/p>\n<p>Barklay armiyasi bilan Bagration armiyasi 3 avgustda Smolensk yonida birlashdi. Fransuz qo\u2018mondonligining bu armiyalarning bir-birovidan ajratib yuborish yo\u2018lidgi urinishlari behuda bo\u2018lib chiqdi. Bir necha kun davom etgan janglardan keyin 18 avgustda fransuz qo\u2018shinlari Smolenskni egalladi. Smolensk himoyachilarining matonatidan gangib qolgan Napoleon Rossiyaning ichkarisiga kirib borishni davom ettirishdan voz kechishga tayyor edi. Biroq siyosiy mulohazalar hujumni davom ettirishga majbur qildi.<\/p>\n<p>Ommaning tazyiqi bilan Aleksandr I 20 avgustda Barklayni bo\u2018shatishga va uning o\u2018rniga Suvorovning shogirdi va\u00a0 sevgan kishisi &#8212; Mixail\u00a0\u00a0 Illarionovich Golenishchev &#8212; Kutuzovni tayinladi. U ko\u2018shinlar orasida va mamlakatda juda katta shuhratga ega edi. Kutuzovning tayinlanishi armiyada zo\u2018r quvonch bilan kutib olindi, &#171;Kutuzov fransuzlarni do\u2018pposlash uchun\u00a0\u00a0 keldi&#187; -deyishar edi soldatlar.\u00a0 Kutuzov urushni birgina katta jang bilan bartaraf etib bo\u2018lmasligini tushunar edi. U bir qancha janglar natijasida urushda yutib chiqish mumkin. Buning uchun armiyani\u00a0 doimiy\u00a0 zahiradagi kuchlar bilan to\u2018ldirib turish kerak der edi. Rus qo\u2018mondonligi majburiy chekinishni davom ettirar ekan, keyin hujumga o\u2018tish maqsadida\u00a0 urushning borishida\u00a0 qat\u2019iy o\u2018zgarish yasash\u00a0 uchun kerakli shart-sharoit yaratishga intildi. Napoleon qo\u2018shinlarining bundan keyingi olga siljishini to\u2018xtatish va uning asosiy kuchlariga zarba berish uchun Kutuzov jang qilishga farmon berdi. Moskvadan 110-112 km g\u2018arbda Borodino qishlig\u2018i \u00a0\u00a0yonida 1812 yil 7 sentabrda katta jang bo\u2018ldi. Rus armiyasida 120 ming soldat, 640 ta zambarak, fransuz armiyasining esa 135 ming soldat va 587 ta zambaragi bor edi. Asosiy urush harakatlari rus\u00a0\u00a0 qo\u2018shinlarining\u00a0\u00a0 Bagration\u00a0 ko\u2018mondonlik kilayotgan so\u2018l kanotida, ya\u2019ni Semyonov istehkomlari oldida bo\u2018ldi. Napoleon qanday qilib bo\u2018lsa ham\u00a0\u00a0 istehkomlarni egallash uchun o\u2018z qo\u2018shinlarini bir necha marta hujumga tashladi. Bu hujumlar yetti marta daf qilindi. Sakkizinchi marta hujumga o\u2018tishda fransuz ko\u2018mondonligi istexkomlarni ximoya kilayotgan 18 ming kishiga qarshi 45 ming kishi va 400 ta zambarakni qaratdi.<\/p>\n<p>Borodino jangi 14 soat davom etib, yarim kechaga borib tamom bo\u2018ldi. Bu jangda fransuzlar 58 ming kishidan, ruslar 38,5 ming kishidan ajraldilar. Rus armiyasi kurashda katta matonat ko\u2018rsatdi.\u00a0\u00a0 Fransuz\u00a0 ko\u2018shinlariga\u00a0 juda katta\u00a0 moddiy zarar yetkazildi.\u00a0\u00a0 Xuddi\u00a0 shu\u00a0 paytdan\u00a0 boshlab urushning\u00a0 borishida Rossiya foydasiga o\u2018zgarish yuz berdi.<\/p>\n<p>Borodino jangi haqidagi xabar butun Yevropada juda kata ta\u2019surot qoldirdi. Fransuz targ\u2018ibotchilarining bu jang Napoleon armiyasining g\u2018alabasi bilan tamom bo\u2018ldi deb urunishlariga\u00a0 qaramay, farosatli\u00a0\u00a0\u00a0 kishilar bu jangda Napoleon armiyasi mag\u2018lubiyatga uchraganligini o\u2018sha vaqtdayoq tushungan edilar. Borodino jangi muvaffaqiyat bilan tamom bo\u2018lishiga qaramay, rus qo\u2018shinlari katta talofot bergan bo\u2018lsada, Kutuzov yangi jang qilish fikridan qaytdi. Rus qo\u2018mondonligi Moskvani jang qilmasdan tashlab ketishga majbur bo\u2018ldi. Bu juda katta qurbon berish edi, lekin o\u2018sha sharoitda shunday qilish zarur edi. Armiyani saqlab qolmoq, qarshi hujumga o\u2018tish uchun fursatdan foydalanmoq kerak edi.<\/p>\n<p>Rus armiyasi bilan birgalikda deyarli butun aholi Moskvadan chiqib ketdi. Yevropaning boshqa poytaxtlariga o\u2018xshash Napoleonni deputatlar chiqib kutib ham olmadi, xech kim shaharning kalitini unga topshirmadi. Xullas, ish Napoleon o\u2018ylaganidek bo\u2018lib chiqmadi. Rus kumondonligi qarshi hujumga o\u2018tish uchun zo\u2018r berib tayyorlanar edi. Qisqa vaqt ichida yangi polklar tuzildi, 1812 yilning oktabr oyi boshlarida rus armiyasi 120 ming kishi va 622 ta zambarakka ega bo\u2018ldi. Bu armiya Napoleon qo\u2018shinlarining janubga karab boradigan yo\u2018lini bekitib, ularni Moskvada kamal qildi.<\/p>\n<p>Napoleonning Moskvada o\u2018zi uchun foydali sulh tuzish mo\u2018ljali puchga chiqdi. Rus hukumati Napoleonning sulh haqidagi taklifini rad etdi. Moskvada turish o\u2018z qo\u2018shinlarining halokati bilan tomom bo\u2018lishi mumkinligidan qo\u2018rqqan Napoleon, urushni 1813 yilda qaytadan boshlamoq niyatida g\u2018arbga qarab chekinishga qaror qildi, Napoleon qo\u2018shinlari ketayotib, Moskva Kremlida portlatish tadbirlarini ko\u2018rib ko\u2018ygandilar. Rus vatanlarvarlari ushbu san\u2019at yodgorligini juda katta qiyinchilik bilan saqlab koldilar. Fransuz qo\u2018shinlarining janub tomonga &#8212; Kaluga va Tulaga oziq-ovqat maxsulotlari va qurol-yaroqlardan iborat katta zahiralar to\u2018plagan tomonga yorib o\u2018tish yo\u2018lidagi urinishi Maloyaroslaves yonidagi jangda muvaffaqiyatsiz chiqdi.<\/p>\n<p>Rus armiyasi fransuzlarni bir qancha janglar qilishga majbur etdi. Bu jangda Napoleon qo\u2018shinlari tor-mor qilindn. Napoleon 26-28 noyabrda o\u2018z armiyasi bilan Berezina daryosidan katta mashaqqat bilan kechib o\u2018tib, 6 dekabrda armiyaning qolgan kutganlari ustidan qo\u2018mondonlik qilishni marshallariga topshirib, o\u2018zi shoshib-pishib Parijga jo\u2018nadi. Rus xalqi Rossiyaga bostirib kirgan fransuz armiyasi ustidan g\u2018alaba qozondi.<\/p>\n<p>1812 yilning oktabrida Bonapart rejimi dushmanlari Parijda Napoleonni ag\u2018darishga urindilar. Fitnaning boshlig\u2018i general Male edi. U Napoleonga qarshi kishi deb gumon qilinib, 1808 yildayok. Politsiya tomonidan qamoqqa olingan, lekin keyinchalik qamoqdan ozod etilgan edi. Malening eng yaqin yordamchilari respublikachilik kayfiyatidagi boshqa ikki general &#8212; Logare bilan Gidal bo\u2018lib, 1812 yilning oktabrida Male va uning fikrdoshlari Napoleon Rossiyada asir olingan, uning armiyasi esa yo\u2018k qilingan degan shov-shuvni tarqatdilar. Fitnachilar ba\u2019zi harbiy qismlarni o\u2018z tomonlariga og\u2018dirishga, ko\u2018zga ko\u2018ringan bir necha mansabdorlarni qamoqqa olishga muvaffaq bo\u2018lib, yangi hukumat tuzildi deb e\u2019lon qilingan varakqa tarqatishga erishdilar. Napoleon tarafdorlari fitnani tezlik bilan bostirdilar. Male va uning yaqin tarafdorlari sudga berildi va otib o\u2018ldirildi.<\/p>\n<p>Angliya, Rossiya, Avstriya va Prussiyaning hukmron doiralari Yevropadagi mazlum xalqlarning milliy ko\u2018tarilishidan foydalanib, fransuzlarni istilo qilgan mamlakatlardan haydab chiqarish uchungina emas, balki o\u2018z hukmronligini mustahkamlash, o\u2018zlarining bosqinchilik maqsadlarini amalga oshirish uchun ham tirishdilar.<\/p>\n<p>1814 yilning boshlarida ittifoqchi armiyalar turli tomondan Fransiya xududiga kirdilar. Bu vaqtda Napoleon imperiyasining axvoli juda og\u2018ir edi.<\/p>\n<p>1813 yilning dekabr oyi oxirida qonun chiqaruvchi Korpus qaror qabul qilib, bu qarorda jumladan, Napoleonning istilochilik siyosati juda extiyotkorona shaklda qoralandi. Shundan keyin oradan bir necha kun o\u2018tgach, qonun chiqaruvchi Korpusning sessiyasi Napoleonning buyrug\u2018i bilan to\u2018xtatildi. Bu esa burjuaziyaning keng doiralari o\u2018rtasida Bonapart rejimidan norozilikni yanada kuchaytirib yubordi harbiy xizmatdan bosh tortuvchilar soni kun sayin ko\u2018paya bordi. Armiyaga chaqirilishi lozim bo\u2018lgan 300 ming kishidan, faqat 1814 yilning boshlarida 63 ming kishi yig\u2018ildi holos. 1814 yilning 12 martida Bordo shaxri ingliz qo\u2018shinlarining bosh korpusiga o\u2018z darvozalarini ochib berdi. Bu korpus shtabida burbonlar dinastiyasining a\u2019zosi gersog Angulemskiy bor edi. 30\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 martda ittifoqchilarning 100 ming kishilik armiyasi Parijga yaqinlashib koldi. Bu armiyaning poytaxtga kelish yo\u2018lini to\u2018sib turgan fransuz ko\u2018shinlari tor-mor qilindi va orqa tomondan harakat qilayotgan Napoleon shoshib-pishib Parijga ketdi. 9 soat davom etgan jangdan keyin yuqori tabaqalar orasidan chiqqan xoinlar knyaz Taleyrom boshchiligida poytaxtni taslim bo\u2018lishiga erishdilar.<\/p>\n<p>Ertasi kuni 1813 yil 31 martda ittifoqchilarning imperator Aleksandr I boshchiligidagi qo\u2018shinlari Parijga kirdi. Eski fransuz aristokratiyasining vakillari ittifoqchilarni quvonch bilan kutib oldilar. Napoleon urushni davom ettirmoqchi edi, lekin uning marshallari bu rejaga qarshi chiqdilar. Ularning tazyiqi bilan Napoleon o\u2018z o\u2018g\u2018li go\u2018dak &#171;Rim qiroli&#187; foydasiga taxtdan voz kechdi. Ittifoqchi davlatlarning buyrug\u2018i bilan senat Napoleonni taxtdan ag\u2018darish va Lyudovik XVI ning ukasi &#8212; 1791 yilda Fransiyadan qochib ketgan graf Provanskiyni fransuz taxtiga qirol qilib ko\u2018tarish to\u2018g\u2018risida qaror qabul qildi.<\/p>\n<p>Ingliz hukumati Fransiyada Burbonlar monarxiyasini tiklanishida hal qiluvchi rol o\u2018ynadi. Ingliz hukumati bu sulolaning muhojirlikdagi vakillari bilan yaqin alokada bo\u2018lgan edi. Lyudovik XVII fransuz qiroli deb nom olgan yangi qirol tezda Parijga keldi. Chet ellarda hamon qolib ketgan dvoryan muhojirlar ham uning ketidan Fransiyaga kaytib keldilar. Napoleon (Italiyaga yaqin) Elba oroliga surgun qilindi. Bu orol unga umrbod mulk qilib berildi.<\/p>\n<p>1814 yilning 30 mayida Parijda g\u2018olib davlatlar bilan mag\u2018lub Fransiya o\u2018rtasida sulh, shartnomasi imzolandi. Bu shartnoma Fransiyani XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida istilo qilgan barcha territoriyalaridan mahrum qildi. Parij \u00a0\u00a0ishg\u2018ol qilinmasdan oldinroq oltinchi koalitsiyaning asosiy qatnashchilari diplomatik kongress chaqirishni va\u2019dalashib qo\u2018ydilar. 1814 yilning sentabrida Venada juda katta kongres ochildi. Ilgari xech qachon bunday katta kongress chaqirilmagan edi. Kongressga birgina Turkiya imperiyasidan 216 vakil keldi. Kongressda Napoleonni yenggan eng kuchli davlatlar. Rossiya, Angliya, Avstriya asosiy rol o\u2018ynadi.<\/p>\n<p>Vena kongressida Polsha to\u2018rtinchi marta taqsimlandi. Polshaning yangidan taqsim qilinishi natijasida Rossiya, Avstriya, Prussiyaning reaksion hukmron sinflari polyak milliy harakatini birgalikda bostirishdan avvalgidek manfaatdor bo\u2018lib qolaverdilar. Faqat Krakov shu qadar janjalli manzil bo\u2018lib qoldiki, uning kimga qarashi to\u2018g\u2018risida bir fikrga kelish mumkin bo\u2018lmadi. Krakov shaxri va unga bevosita tutashgan xududda kichik bir mustaqil respublika barpo etildi. Polshani navbatdagi taqsimlashda va polyak xalqini ezishda chorizmning Prussiya va Avstriya bilan hamkorlik qilishi Yevropada feodal reaksiyani mustahkamlashga yordam berdi.<\/p>\n<p>Napoleon Elba orolidan chiqib, Parijga qarab yo\u2018lga tushgan vaqtida, Vena kongressi tomom bo\u2018lib qolgan edi. Fransiyada Bonapart imperiyasi qaytadan tiklanishidan qo\u2018rqib kongress qatnashchilari yechilmagan janjalli masalalarni yig\u2018ishtirib darhol yangi(yettinchi) koalitsiya tuzdilar. Napoleonning Vaterloo yonidagi jangda so\u2018nggi marta yengilishdan sal oldinroq, 1815 yilning 9 iyunida Vena kongressining asosiy oxirgi hujjati imzolandi. Bu hujjatda Fransiyaning sharqiy chegaralarida fransuz agressiyasining yangi ko\u2018rinishlariga qarshi mustahkam to\u2018siqlar barpo qilish ko\u2018zga tutilgan\u00a0 edi.<\/p>\n<p>Vena kongressi nemis davlatlaridan va Avstriya imperiyasiga qarashli yerlarning bir qismidan German ittifoqini tuzdi.<\/p>\n<p>Vena kongresi Germaniyaning 38 davlatga parchalab yuborishni \u00a0mustahkamladi. Kongres barcha nemis sulolalarini qaytadan tikladi. Vena kongresi Skandinaviya davlatlarining chegaralarini mustahkamlab berdi.\u00a0\u00a0 Daniyaga qarashli Norvegiya zo\u2018rlab Shvesiyaga qo\u2018shib berildi. Shvesiya Finlandiyadan ajralganligi va Daniyadan farq qilib, Napoleon tomoniga\u00a0 o\u2018tmaganligi uchun mukofot oldi. Fransiyaning yangi istilochilik urushlarini yangidan boshlab yuborishga qarshi\u00a0 moneliklar vujudga keltirish\u00a0 va\u00a0 to\u2018siq davlatlar tizimini mustaxkamlash uchun, Parijda imzolangan ikkinchi sulh, shartnomasiga ko\u2018ra, Fransiyaning chegaradagi ba\u2019zi kichik-kichik territoriyalari\u00a0\u00a0 Shveysariyaga\u00a0\u00a0 berildi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari Fransiya chegaralari yonidagi istehkomlarni buzib tashlash taklifi o\u2018rtaga tashlandi. Angliya hukumati Parijda imzolangan ikkinchi sulh shartnomasidan tashkari, Fransiyaga qarshi qo\u2018shimcha tadbirlar ko\u2018rishni lozim topdi. Londonning taklifiga ko\u2018ra, 1815 yilning 20 noyabrida to\u2018rt davlat: Angliya, Rossiya, Avstriya, Prussiya Bonopartlar sulolasining Fransiya taxtiga qaytadan utirishiga yo\u2018l qo\u2018ymaslikni shart qilib, 1814 yilgi ittifoqni yangidan vujudga keltirdilar. Ittifoqchilar o\u2018z ustlariga bu shartnomani qurol kuchi bilan ximoya qilish va inqilobiy harakatga qarshi kurashni kuchaytirib yuborish majburiyatini oldilar. Ular, hatto ittifoqchilarning Fransiyadan olib chiqib ketilganidan keyin ham, bu ittifoq o\u2018z kuchini saqlab qoladi, dedilar. Yevropada vujudga keltirilgan siyosiy muvozanat tizimi hamda o\u2018zlari o\u2018rnatgan davlat tartiblarini saqlashga oid umumiy masalalarini ko\u2018rib chiqish uchun vaqti-vaqti bilan s\u2019ezdlar (kongresslar) o\u2018tkazib turish majburiyatini o\u2018z zimmalariga oldilar. To\u2018rtlar ittifoqi to\u2018g\u2018risidagi bu shartnoma va Muqaddas ittifoq \u00a0akti 1818-1822 yillardagi diplomatik kongresslarning faoliyatiga asos bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Sobiq imperator 1815 yilning 1 martida 1000 kishilik otryad bilan Fransiyaning janubiy qirg\u2018og\u2018iga tushib, Parijga qarab yo\u2018l oldi. Burbonlar hukumati tomonidan Napoleonga qarshi yuborilgan askarlar qarshilik ko\u2018rsatmasdan uning tomoniga o\u2018tdilar.<\/p>\n<p>Yevropadagi boshqa davlatlarning hukumatlari Fransiyada yuz bergan yangi o\u2018zgarishlarni tan olmadilar. Angliya, Rossiya, Avstriya, Prussiya, Shvesiya, Ispaniya va Yevropadagi boshqa davlatlarning ko\u2018pchiligi Fransiyaga qarshi (yettinchi) koalitsiya tashkil qilish to\u2018g\u2018risida shartnoma tuzdilar.<\/p>\n<p>1815 yil 18 iyunda Vaterloo yonidagi jangda Napoleon armiyasi son jihatdan juda ko\u2018p bo\u2018lgan ingliz va prus askarlari tomonidan tor-mor qilindi. Deyarli uzluksiz davom etgan urushlarda darmoni qurigan Fransiya koalitsiyaning juda katta armiyalari hujumiga zarba bera olmadi.<\/p>\n<p>Napoleon 1815 yil 22 iyunda taxtdan voz kechdi. Ingliz va prus askarlari iyul oyining boshlarida Fransiya poytaxtiga kirdilar. Napoleon mamlakatdan xech qanday yordam ololmay kolgach, ingliz ma\u2019muriyatiga asirga tushdi. Shundan keyin u Avliyo Yelena oroliga yuborildi. Olti yildan keyin shu orolda vafot etdi.<\/p>\n<p>Sen-Simon ko\u2018zga ko\u2018ringan sotsialist-utopist edi. 1760 yilda aslzoda dvoryan oilasida tug\u2018ilgan, mutafakkir Sen-Simon 1802 yilda &#171;Jenevada turuvchining xatlari&#187; degan asari orqali ko\u2018pchilikka tanildi. U &#171;Hamma kishilar ishlashi kerak&#187; degan fikrni ilk bora ilgari surdi.<\/p>\n<p>Sen-Simonning aytishicha, tarixiy jarayonning negizi kishi faxmining yuksalishidan iborat bo\u2018lib, bu yuksalish uchun uch bosqichni: teologik, metafizik va pozitiv bosqichlarni bosib o\u2018tadi. Bu uch bosqichga siyosiy tuzumning yuksalishidagi uch davr: Avvalo feodalizm va zamindorlik hukmronligi so\u2018ngra hokimiyatga harbiylar bilan huquqshunoslar egalik qiladigan o\u2018tish davri nixoyat siyosiy hokimiyat sanoatchilari qo\u2018lida bo\u2018ladigan industrial tuzum mos keladi. Jamiyatning birinchi bosqichida jamiyatga ruxoniylar, ikkinchi bosqichida metafiziklar, uchinchi bosqichida fan va texnika namoyondalari rahbarlik qiladilar.<\/p>\n<p>Sen-Simon ta\u2019limoti uning shogirdlari tomonidan yozilgan asarlarda yanada rivojlantirildi, ular o\u2018z asarlarida kapitalistik jamiyatda hukm surayotgan anarxiyani ochiq tankid qildi. Lekin Sen-Simonning o\u2018zi ham, uning izdoshlari ham yangi ijtimoiy tuzum uchun kurashning inqilobiy metodlarini rad etdilar. Ular ommaviy ishchilar harakatidan chetda turib, oxirgi tor sektantlik gruppasiga aylanib koldilar.<\/p>\n<p>Sharl Fure 1772 yilda burjua oilasida tug\u2018ilgan va ko\u2018p yillar\u00a0\u00a0 davomida\u00a0 savdo\u00a0 korxonalarida\u00a0 xizmat\u00a0 qilib, xaridorlarni aldashni yaqindan kuzatib borish imkoniyatiga ega bo\u2018lgan edi. Fure o\u2018zi yashagan jamiyatni tankid qilar ekan, bir to\u2018da boylar tobora boyib borgan sari xalq, battarroq qashshoqlashayapti degan\u00a0 edi.\u00a0\u00a0 Fure yangi ijtimoiy tuzum tuzishni mufassal rejasini ishlab chiqdi. Bu rejaga \u00a0muvofiq, falanga qishloq\u00a0 xo\u2018jaligini\u00a0 sanoat\u00a0 ishlab\u00a0 chiqarish\u00a0 bilan birlashtiradigan\u00a0\u00a0 ijtimoiy bo\u2018g\u2018in bo\u2018la olishini aytdi. Falanga a\u2019zolari o\u2018z xoxishlaricha ishlab chiqarish jarayonlarini uyushtirish mehnatga qiziqtirish g\u2018oyasiga, maxnat musobaqasiga asoslanmog\u2018i lozim edi. Falanganing yangi daromadi ikki qismga bo\u2018linardi. Birinchi qismi jamiyat extiyojlarini qoplashga, ikkinchi qismi esa ishlab chiqarish xarajatlariga sarflanardi deb e\u2019tirof etgan edi.<\/p>\n<p>Xullas,\u00a0\u00a0 usha\u00a0\u00a0 paytda\u00a0\u00a0 Fransiya\u00a0\u00a0 ijtimoiy\u00a0\u00a0 fikrlar rivoji markaziga ham aylangan edi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Reja: XVIII asr oxiri XIX asr birinchi yarmida Fransiyaning siyosiy- iqtisodiy axvoli. Konsullik va imperiya davrida Fransiyaning ichki va tashki siyosati. Napoleon imperiyasining yemirilishi va burbonlar sulolasining qayta Fransiyada ijtimoiy fikr rivoji: Sen-Simon va Sharl Fure. &nbsp; Buyuk fransuz inqilobidan so\u2018ng mamlakatda juda katta siyosiy,\u00a0\u00a0 ijtimoiy o\u2018zgarishlar yuz\u00a0 berdi. Jumladan, 1795 yilning kuzida\u00a0\u00a0 termidorchilar Konventi [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-75","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-lessons"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/75","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=75"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/75\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":76,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/75\/revisions\/76"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=75"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=75"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=75"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}