{"id":73,"date":"2026-05-20T09:41:49","date_gmt":"2026-05-20T06:41:49","guid":{"rendered":"http:\/\/jahon-tarixi.test\/?p=73"},"modified":"2026-05-20T09:41:49","modified_gmt":"2026-05-20T06:41:49","slug":"xvii-asr-ikkinchi-yarmi-xviii-asrdagi-xalqaro-munosabatlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/?p=73","title":{"rendered":"XVII asr ikkinchi yarmi XVIII asrdagi xalqaro munosabatlar"},"content":{"rendered":"<ol>\n<li>30 yillik urushdan so\u2018ng xalqaro maydondagi siyosiy voqealar.<\/li>\n<li>Shimoliy urush tamom bo\u2018lishidan buyuk Fransiya burjua inqilobi boshlanguncha o\u2018tgan davr ichidagi xalqaro munosabatlar.<\/li>\n<li>XVII asrda Rossiyaning Yevropa mamlakatlari bilan olib borgan aloqalari.<\/li>\n<li>Rossiyaga qarshi blokning tashkil topishi.<\/li>\n<\/ol>\n<p>O\u2018ttiz yillik urush tugagandan keyingi xalqaro munosabatlarda avvalo uchta eng muhim voqea ro\u2018y berdi. Birinchidan, Angliyada burjua inqilobi g\u2018alaba qilgandan so\u2018ng xalqaro ijtimoiy-siyosiy sistemalari turlicha bo\u2018lgan ikki xil gruppa, ya\u2019ni burjua davlatlari (Angliya va Gollandiya) hamda feodal (dvoryan) davlatlari bir-biriga ta\u2019sir ko\u2018rsatmokda edi. Bu ziddiyat Yevropadagi xalqaro ahvolni murakkablashtirib yubordi. To\u2018g\u2018ri, feodal monarxiyalar koalitsiyasining Angliyaga qarshi intervensiyasi, ya\u2019ni ingliz inqilobi yillarida zo\u2018r berib propaganda qilingan va tayyorlangan oshkora intervensiya amalga oshmadi, chunki qit\u2019adagi buyuk davlatlar o\u2018rtasidagi bartaraf qilib bo\u2018lmaydigan ziddiyatlar, shuningdek bu davdatlarning ichki ijtimoiy siyosiy qiyinchiliklari, ayniqsa Fransiyadagi Fronda bu intervensiyani amalga oshirishga imkon bermadi. Buning ustiga, Angliya, ya\u2019ni burjua Angliyasi o\u2018zining birinchi urushini qandaydir dvoryan monarxiyalariga emas, balki boshqa bir burjua respublikasiga Gollandiyaga qarshi olib bormoqda edi. Buning boisi shu ediki ikkala yosh burjua davlati ham dengizlarda hukmronlik qilishga intilardi, ular birinchi galda Yevropa qit\u2019asida gegemonlik qilishga emas, balki jahon savdo yo\u2018llarida bepoyon okean kengliklarida uzok joydardagi xalqlar va mamlakatlarning bozorlarida gegemonlik qilishga qiziqardi. Lekin bu ikki burjua davlati o\u2018rtasidagi raqobat sal vaqt o\u2018tmay yo\u2018qoldi, chunki Gollandiya kuchsizlik qildi va xalqaro siyosatda Angliyaning ikkinchi darajali sherigi bo\u2018lib qatnashishga majbur bo\u2018ldi. 1688 yildan boshlab Angliya bilan Gollandiya o\u2018rtasida ittifoq vujudga keldi, chunki Gollandiya qiroli Vilgelm III Angliya hukmdori bo\u2018lib qolgan edi. Aksincha, burjua Angliya &#8212; Gollandiya davlatlari gruppasi bilan qit\u2019adagi feodal monarxiyalarning boshlig\u2018i bo\u2018lgan Fransiya o\u2018rtasidagi ziddiyat to\u2018xtovsiz kuchayib bordi. Bu esa xalqaro munosabatlar sohasida ikki ijtimoiy &#8212; iqtisodiy sistema raqobatining namoyon bo\u2018lishi edi. Bularning birinchisi burjua ijtimoiy- iqtisodiy sistema to\u2018xtovsiz mustaxkamlab va kuchayib bormoqda edi, ikkinchisi, feodal sistema esa o\u2018z ustunligini barcha vositalar bilan muhofaza etuvchi taraflaridan tortib to harbiy tajovuzkorlikkacha o\u2018z ichiga olgan vositalar bilan zo\u2018r berib himoya qilmoqda edi. Sharqiy Yevropa qudratli davlat &#8212; feodal Rossiya monarxiyasi Yevropa davlatlari sistemasiga aktiv kuch sifatida qo\u2018shilgan vaqtdan boshlab bu sistema tushunchasining o\u2018zi hiyla kengaydi. Rossiya XVII asrdayoq Yevropadagi o\u2018ttiz yillik urushning borishiga ta\u2019sir ko\u2018rsatganidan so\u2018ng uning roli juda ham ko\u2018zga ko\u2018rindi. XVII asrning 30 yillari o\u2018rtalaridan boshlab rus hukumatining asosiy diqqat e\u2019tibori janubda Krim tatarlariga qarshi kuchli mudofaa liniyasi vujudga keltirishga qaratilgan edi, lekin 40-yillarning oxirlariga kelib Rossiya yana Yevropadagi xalqaro munosabatlarning qudratli omili sifatida maydonga chiqdi.<\/p>\n<p>Mustahkamlanib borayotgan rus davlatining tashqi siyosiy vazifasi asosan, shimoliy &#8212; g\u2018arbda va janubda siqib qo\u2018yayotgan va xuddi qamal holatidagiday tutib kelayotgan uchta davlatga, ya\u2019ni Shvesiya, Polsha va Turkiyaga qarshi kurash olib borishdan iborat edi. Bu uch davlatning biri o\u2018tmishda boshqa ba\u2019zi xalqlarni, o\u2018lkalarni bosib olgan ko\u2018p millatli davlat edi. Shunday qilib, Rossiyaning hukmron sinfi o\u2018z territoriyasini kengaytirish uchun Shvesiyaga, Polsha va Turkiyaga qarshi olib borgan kurashi o\u2018rinli kurash edi, chunki bu kurash rusdan zo\u2018rlik bilan tortib olingan territoriyalarni qayta qo\u2018lga kiritish uchun olib borgan urush edi. Ammo Shvesiya va Turkiyaga qarshi kurash Rossiyaning Boltiq dengiziga va Qora dengizga chiqishi uchun, dengiz orqali bo\u2018ladigan jahon savdosida va umum Yevropa siyosiy hayotida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo\u2018lish uchun olib borilgan kurashi edi.<\/p>\n<p>XVII asrning ikkinchi yarmida Shvesiya bilan Turkiya bosqinchilik, tajovuzkorlik siyosati yurgizganliklari uchun sharqiy Yevropadagi xalqaro ahvol juda ham jiddiylashib ketgan edi. Ilgari Boltiq dengizining qariyib butun sohilini bosib olgan Shvesiya endi sohilning ichkarisidagi territoriyalarni, ya\u2019ni Boltiq dengizi orqali olib boriladigan savdo uchun qishloq xo\u2018jalik mollari yetkazib beruvchi Rossiya va Polsha bilan kuch sinashardi. Shvesiyaning bosqinchilik siyosati uning Boltiq bo\u2018yida hukmronlik qilishi uchun olib borilayotgan kurashning davomi edi, mahsulotlarni sotish orqali g\u2018oyat katta boylik orttirish uchun imkon beradigan kuch edi. Shved dvoryanlari va savdogarlari zo\u2018r berib bu maqsadga erishish uchun intilar va o\u2018z hukumatini ig\u2018vogarlikka, bosqinchilikka qaratilgan tashqi siyosat yurgizishga undardilar. Ayni paytda Janubiy-Sharqiy Yevropada Turkiyaning bosqinchiligi qayta boshlandi. Turkiya bilan Eron o\u2018rtasidagi bir qancha urushlar natijasida Turkiyaning Yevropadagi agressiyasi XVII asr boshlaridayoq to\u2018xtatilgan edi. Lekin XVII asrning 60- yillarida Eron -Turkiya antagonizmi susayinshi bilan Usmon imperiyasi yana o\u2018zining Yevropadagi yer mulklarini kengaytirishga tushdi. So\u2018l qirg\u2018oq Ukrainani Moskva davlatiga qo\u2018shgan Xmelniskiy rahbarligida Rech Pospolitiya o\u2018rtasida 1654 yilda urush boshlandi, rus ko\u2018shinlari Polshaga zafar bilan kirib bordi. Lekin o\u2018sha vaqtda Rossiyaning &#171;ittifoqchisi&#187; Shvesiya shoshib- pishib polyaklar yerlarini shimoldan bosib olishga kirishdi. Natijada Rossiya Shvesiyaga qarshi urush boshladi va shved qo\u2018shinlarini Boltiq sohiliga siqib ko\u2018ygandan keyingina yana Polshaga qarshi urushni davom ettira oldi.<\/p>\n<p>1667 yildagi Indrusovoda tuzilgan yarash ahdiga binoan So\u2018l qirg\u2018oq Ukraina rasman Rossiyaga qo\u2018shib olindi. Lekin o\u2018sha vaqtda Turkiya janubdan o\u2018ng qirg\u2018oq Ukrainaga bostirib kirishga shoshilmoqda edi. Moskva tashqi siyosatiga endi Turkiya xavfini harbiy vositalar bilan ham, diplomatik vositalar bilan ham daf etishga to\u2018g\u2018ri keldi.<\/p>\n<p>Shunday qilib sharqiy Yevropadagi xalqaro ziddiyatlar butun Yevropa davlatlari sistemasiga Yevropadagi barcha xalqaro munosabatlar bobidagi butun ahvolga chuqur ta\u2019sir ko\u2018rsatmay qola olmas edi. Uchinchidan, 30 yillik urushdan so\u2018ng harbiy feodal monarxiyalarining o\u2018z orasida kuchlarning joylashuvi xiyla darajada o\u2018zgardi. XVII asrning birinchi yarmida Avstriya va Ispaniya Gabsburglari \u00a0G\u2018arbiy Yevropaning xalqaro hayotida gegemonlik qilgan bo\u2018lsa, XVII asrning ikkinchi yarmida bu gegemonlik, shubhasiz Lyudovik XIV Burbon saroyiga o\u2018tdi. Gabsburglar siyosati millat manfaatlariga qarshi katoliklar &#171;universalizm&#187; tendensiyalari bilan bog\u2018langan edi. Ammo 30 yillik urushda Gabsburglar batamom tor-mor etilgani yo\u2018q edi va xalqaro kuch bo\u2018lib qolaverdi. XVII asr 60 yillarida Lyudovik XIV monarxiyasining ichki axvoli shu qadar mustahkamlandiki, u kurashni yangidan boshlashi imkonini berdi. Lekin kurashning mazmuni o\u2018zgardi. XIV asr o\u2018rtalarigacha Gabsburglar bilan olib borilgan urush asosan milliy mudofaa xarakteridagi urush edi. Lyudovik XIV olib borgan urush keyinchalik bosqinchilik urushiga aylanib bordi. U Yevropa imperiyasini vujudga keltirish, dastavval g\u2018arbiy Germaniyani egallash orzusida edi. Pireniya sulhini tuzishdayoq Mazarini bu sulhnomada Fransiyani kelajakda Ispaniya taxtini da\u2019vo qilish uchun bahona qilgan edi. Ispaniya qirolining qizi va vorisi Mariya Tereza Lyudovik XIV ga tegdi. U Ispaniya taxtini egallashi mumkin edi. Ispaniya bunga yo\u2018l qo\u2018ymaslik uchun Pireniya sulhi tekstiga Mariya Terezaning o\u2018zi va zurriyodining Ispaniya taxtini da\u2019vo qilish huquqlaridan voz kechish kerak degan modda kiritilishini talab qildi. Mazarini bunga rozi bo\u2018ldi. Lekin Mariya Tereza buning evaziga 500 ming ekyu oltin pul to\u2018lashi kerak dedi. Mazarini bu pulni Ispaniya to\u2018lay olmasligini bilar edi. Ammo bu pul to\u2018lanmasa Mariya Terezaning voz kechishi bekor qilinar edi yoki to\u2018lanmagan pul badaliga Fransiya Ispaniyaning muayyan hududini talab qilishi mumkin edi. Mazarinining diplomatik tuguni yarim asrdan so\u2018ng yechildi. Belgilangan pul haqiqatdan ham to\u2018lanmadi. Ispaniya qiroli Filipp XIV 1665 yilda vafot etdi, Fransiya o\u2018z merosini janubiy Niderlandiyadan berilishini talab qildk. Ispaniya uni rad qildi. Natijada 1667 yilda Fransiya Ispaniya urushi boshlandi. Bu urush &#171;Devolyusiya urushi yoki vorislik urush&#187; deyildi. Lyudovik XIV Brabatan va Flandriyani armiyasi yo\u2018qligi tufayli ximoyasiz deb o\u2018yladi, Ispaniya ularga qo\u2018shin yetkazib berolmas edi. Fransuzlarning 1667 yilgi boji og\u2018ir bo\u2018lib, Gollandlarning savdo ishlariga putur yetkazgandi. Bundan g\u2018azablangan Gollandlar tajovuzkor Fransiya bilan qo\u2018shni bo\u2018lishdan qo\u2018rqib, janubiy Niderlandiyaning ular tomonidan bosib olinishiga yo\u2018l qo\u2018ymaslikka axd qildilar. Ular ashaddiy dushmanlari Ispaniya qirollari bilan ittifoq tuzishni afzal ko\u2018rib, ular talablariga rozi bo\u2018ldilar. 1665-1667 yillarda Angliya Gollandiyaga qarshi ikkinchi muvaffaqiyatsiz urush olib borayotgan edi, lekin Angliya parlamenti 1668 yil Karl II ni o\u2018z yo\u2018lini o\u2018zgartirishga va Fransiyaga qarshi Gollandiya bilan ittifoq tuzishga majburladi. Bungacha qirol Fransiyaga Angliya bilan ittifoq tuzishni taklif qildi, lekin Lyudovik XIV uni qabul qilmadi, chunki unga ko\u2018ra Ispaniyaning hamma mustamlakalari Angliyaga o\u2018tishi kerak edi. Shunday qilib, Gabsburglarga qarshi kurashda kechagina ittifoqchi bo\u2018lgan Gollandiya, Shvesiya, Angliya, Ispaniya bilan birlashib Fransiyaning dushmaniga aylandi. Fransiya urushga diplomatik jihatdan yaxshi tayyor emasdi. Shu sababli Gollandiya va Ispaniya Germaniya ustiga qilgan yurishlar keskin bo\u2018lsa-da, Lyudovik V bir yildan so\u2018ng 1668 yidayoq urushni shoshilinch sur\u2019atda to\u2018xtatishga majbur bo\u2018ldi. Axen sulhiga ko\u2018ra Fransiya Finlyandiyaning bir qismini ya\u2019ni Liml shahrini o\u2018zida saqlab qola oldi.<\/p>\n<p>1672 yili eng yaxshi lashkarboshilari Tyurek va Konde rahbarligidagi fransuz armiyasi janubiy Niderlandiyaga va Gollandiyaga xujum qildi. Olib bo\u2018lmaydigan mustahkam deb hisoblangan va bir vaqtlar ispanlarga qarshi qurilgan golland qal\u2019alari olindi. Fransuz qo\u2018shinlari Gollandiyaning ichiga bostirib kirdi. Amsterdam Oranskiy juda keskin harbiy choralar ko\u2018rdi, to\u2018g\u2018onlar buzdirildi, katta bir territoriyani suv bosdi, Fransuz qo\u2018shinlari chekinishga majbur bo\u2018ldi. Lekin Vilgelmning choralari muvaffaqiyatliroq edi. Uning choralari Fransiyani bir qism qo\u2018shinlarini Germaniyaga yuborishga majbur qildi, bu qo\u2018shinlar Germaniyada hamma yoqni xarob qildi. Shunday qilib xalqaro vaziyat Fransiya uchun yana noqulay tus ola boshladi. Lyudovik XIV 1679 yilda Nimvegon sulhini tuzdi. Ispaniya unga janubiy Niderlandiyadagi yana bir qancha shaharlarni berdi. Bu shartnoma birinchi Fransuz tilida yozilgan shartnoma bo\u2018ldi. Lyudovik XIV ning ishtahasi osha bordi, u shimoliy Italiyani, butun g\u2018arbiy Germaniyani, uning toj-taxtini da\u2019vo qila boshladi. Imperator Leopold I ning ahvoli mushkul edi, u ikki tomonlama savdoda &#8212; Fransiya va Turkiya xavfi ostida edi. 1686 yili asosan Gollandiya shatatgalteri Vilgelm III Oranskiyning diplomatik aktivligi tufayli Augsburg ligasi vujudga keldi. Fransiyaga qarshi mamlakatlar va papa Innokentiy XI homiyligida Fransiyaning keyingi vaqtlarda qiladigan har qanday territorial da\u2019volarga qarshi mudofaa ittifoqi tuzdilar. Lyudovik XIV Risvik sulhini tuzib, Ispaniya merosidan katta ulush olishni mo\u2018ljallangan ed. Ispaniya qiroli Karl II ning erkak zuriyodi yo\u2018q edi. Merosxo\u2018rlar: Mariya-Tereza bilan Lyudovik XIV ning o\u2018g\u2018li, Margarita-Terezaning eri Leopold I va Bavariyaning go\u2018dak shahzodasi Leopold II edi. Lyudovik XIV Augsburg ittifoqi bilan yarashishdan foydalanib, Ispaniya o\u2018lkalarini uchta merosxo\u2018r o\u2018rtasida do\u2018stona taqsimlash haqida, Ispaniyani aralashtirmay Ausburg ittifoqi a\u2019zolari bilan 1698 yildayoq yashirincha kelishib olgan edi. Biroq 1696 yilda yuqoridagi til biriktirishga muvofiq Ispaniya taxtiga chiqishi lozim bo\u2018lgan Bavariya shaxzodasi to\u2018satdan vafot etdi. Imperator Leopold II o\u2018zining Ispaniya merosiga doir huquqlarini o\u2018z o\u2018g\u2018li gersog Karlga berishni e\u2019lon qildi.<\/p>\n<p>Shu orada Ispaniya qiroli Karl II saroyida ikki guruh kishilar: Avstriya va Fransiya tarafdorlari o\u2018rtasida kurash borayotgandi. Fransiya tarafdorlarining Karl II ga ta\u2019siri katta edi. Ular Ispan hukmdorlarini pora berib sotib olish yo\u2018li bilan g\u2018alaba qozondi. Karl II Ispan va Fransuz saltanatini birlashtirmaslik sharti bilan o\u2018z qo\u2018li ostida hamma o\u2018lkalarni Fransiyadagi merosxo\u2018riga Lyudovik XIX ning ikkinchi nabirasi Filipp Anjuyskiyga berishni vasiyat qildi.<\/p>\n<p>Sal o\u2018tmay Lyudovik XIV siyosati Yevropada yangi urush bo\u2018lishini muqarrar kilib qo\u2018ydi. Filipp Anjuyskiy 1701 yil boshlarida Ispaniyaga kelishi va Filipp V nomi bilan Ispaniya qiroli deb e\u2019lon qilingani bilan cheklanmay, Lyudovik Ispan va Fransuz yerlarini birlashtirmasligi to\u2018g\u2018risidagi shartga mutlaqo rioya qilmoqchi emas edi. U endi &#171;General yo\u2018q&#187; deb da\u2019vo kilib, Filipp II ning Fransuz taxtiga merosxo\u2018rligini rasmiy hujjat bilan tasdiqladi. U Ispaniya o\u2018lkalarini Filipp V nomi bilan idora qila boshladi. Inglizlar bilan gollandlarning Ispaniyada &#171;savdo-sotiq imtiyozlari berilishi haqidagi talablari Lyudovik XIV tomonidan rad qilindi. 1701 yil Vilgelm II vafot etib, Lyudovik XIV Risvik sulhidan tan olgan majburiyatlarini buzib, Yakov II ning o\u2018g\u2018lini Angliya qiroli deb tan oldi. Angliya va Gollandiya, Angliyaning yangi qirolichasi Anna ham Fransiyaga urush ochishdan o\u2018zga iloji yo\u2018qligini tan oldi.<\/p>\n<p>1701 yilda imperator Leopld I ning Lyudovik XIV ga qarshi urush boshlashga, bosib olingan yerlarini qaytarib olish va yangi istilolarning oldini olishga harkat qilish uchun hech nima xalaqit bermas edi. Fransuz ko\u2018shinlarining Milan gersogligini bosib olishga to\u2018sqinlik qilish maqsadida Leopold I rasmiy ravishda urush e\u2019lon qilmasdan oldinroq 1701 yilda Italiyaga qo\u2018shin yubordi.<\/p>\n<p>1702 yil mayida Angliyaga va Gollandiyadan so\u2018ng Leopold I ham Fransiyaga urush e\u2019lon qildi. Ersgersog Karl 1702 yil ingliz flotining himoyasida Portugaliyaga keldi va o\u2018zini Ispaniya qiroli Karl III deb e\u2019lon qildi va Madridda turgan qirol Filipp V ga qarshi urush boshladi. Ispaniya merosi uchun olib borilgan urush ayni bir vaqtda to\u2018rtta jang maydonida: Italiyada, Ispaniyada, g\u2018arbiy Germaniyada va Niderlandiyada olib borilmoqda edi. Urushning birinchi davri (1702-1704) Fransiya uchun qulay bo\u2018ldi. Mahoratli lashkarboshilar qo\u2018mondonligidagi fransuz armiyalari Niderlandiya va Reyn viloyatida mudofaa janglarini olib bordilar.<\/p>\n<p>Lekin 1705 yilda Fransiyaning nechog\u2018lik holdan ketganligi ayon bo\u2018ldi. U o\u2018z dushmanlariga so\u2018nggi zarbani berolmadi, chunki Fransiyaning mablag\u2018lari tugagan edi.<\/p>\n<p>Ispaniya merosi uchun olib borilgan urushning ikkinchi davri 1705 yildan boshlandi. Bu davrda Fransiya tobora ko\u2018p harbiy omadsizliklarga va mag\u2018lubiyatlarga uchradi. 1706 yilda Fransuz qo\u2018shinlari Niderlandiyadan, 1707 yilda Milan gersogligidan yengildi, natijada Italiya ham Ispaniya qirolining hukmronligidan butunlay qutulib, imperator va inglizlar qo\u2018l ostida o\u2018tdi. G\u2018arbiy Germaniyada hamma narsa qo\u2018ldan ketgan edi. Dushmanlar shimol va janubdan Fransiyaga bostirib kirdi. Lyudovik XIV taslim bo\u2018lish lozimligini sezsada, uni tan olgisi kelmadi. Lekin 1710 yildan boshlab Angliyaning siyosatida keskin burilish yuz berdi, shu sababli o\u2018sha vaqtda Ispaniya merosi uchun olib borilgan urush tarixida uchinchi davr boshlandi. Ba\u2019zi ingliz tarixchilari bu burilishning sababi juda ochiqdan-ochiq boyib olgan gersog Malboroning ingliz burjuaziyasi orasida obro\u2018yi qolmaganligidir deydilar. Yo\u2018q, unday emas, buning bir qancha sabablari bor.jumladan: Pyotr I ning Poltava yonida Karl XII ustidan qozongan g\u2018alabasi (1709) va Shimoliy Sharqiy Yevropadagi kuchlar nisbatining o\u2018zgarganligi asosiy sababdir. 1711 yil imperator Iosif I vafot etdi, uning vorisi bo\u2018lmagani uchun taxt Leopold I ning ikkinchi o\u2018g\u2018li Karlga topshirildi.<\/p>\n<p>Angliya bilan Fransiya o\u2018rtasida dastlabki sulh shartlari 1712 yil oktabrida imzolandi. 1713 yili Utrektdagi sulh kongressi, Fransiya va Ispaniya o\u2018rtasida, ikkinchidan Fransiya, Angliya, Gollandiya, Brandenburg, Savoyya va Portugaliya o\u2018rtasida Utrekt shartnomasining tuzilishiga olib keldi. Filipp V ning Ispaniyaga va okean nariyog\u2018idagi mustamlakalariga hukmronlik qilish huquqi tan olindi, imperator Karl VI esa buning evaziga ilgarigi Ispaniya Niderlandiyasini va Ispaniyaning Italiyadagi sobiq o\u2018lkalarini olishi kerak edi. Shunday qilib Avstriya Gabsburglari Yevropadagi o\u2018z kuchlarini ancha ko\u2018paytirdilar. Uetraxt sulhiga ko\u2018ra go\u2018yo Angliya juda oz narsa olgandek tuyulsa-da, lekin bu sulh aslida Angliya mustamlakachi imperiyasining rivojlanishiga olib keldi. U Gibraltarni va O\u2018rta dengizdagi Meorka orolini, Shimoliy Amerikada muhim ahamiyatli territoriyalarni Nyufaundlendini, mukaddas lavrentiy daryoni quyilish joyini, Akadiyani, Fransiya Kanadasini qo\u2018lga kiritdi, Ispaniya va uning Amerikadagi mustamlakalari bilan savdo-sotiqda alohida huquqlarga ega bo\u2018ldi. Gollandiya amalda hech narsa olmadi va shartnomadan so\u2018ng uchinchi darajali davlat holatiga tushib qoldi.<\/p>\n<p>1712 yildayoq Angliyaning Gaagadagi vakili Shvesiyaning vayron qilinishiga va shimoliy davlatlar o\u2018rtasidagi muvozanatning buzilishiga Angliyaning yo\u2018l ko\u2018ymasligini rus elchisiga rasmiy ravishda bildirdi. Lekin Pyotr I Shimoliy Yevropada o\u2018z ta\u2019sirini tez oshirib borib, u Shvesiyaga tobora yangidan-yangi zarbalar berdi. Rus floti Gangut yonida shved floti ustidan g\u2018alaba qozonganidan keyin (1714) Boltiqda hukmron kuch bo\u2018lib qoldi. Pyotr I Angliya qiroli Georg I ning Boltiq dengizidagi munosabatlarini ko\u2018rib, 1717 yilda o\u2018zining fransuzlarga qarshi kayfiyatini o\u2018zgartirib yubordi. &#171;Yevropada umumiy tinchlikni saqlash uchun&#187; Fransiya, Rossiya va Prussiya o\u2018rtasida Amsterdamda shartnoma tuzildi.<\/p>\n<p>Ammo Pyotr I ning diplomatik va harbiy muvaffaqiyatlari Angliyaning Pyotr I ga qarshi harakat qilish istagini kuchaytirdi. 1719 yili Angliya qiroli o\u2018z navbatida Gannover kurfyursti ham edi, shu sababli Rossiyaga qarshi Shvesiya bilan ittifoq tuzdi. Ingliz floti Boltiq dengiziga kirdi. Daniya bilan Prussiya Rossiyaga xiyonat qildi, endi Angliya bilan bir oz inoqlashayotgan Fransiya ham zimmasidagi majburiyatlaridan bosh tortdi. Ingliz diplomatiyasining Shimoliy-Sharqiy Yevropadagi yangi vaziyatni va Rossiya Boltiqda birinchi darajali davlatga aylanganini tan olish zarurligiga qat\u2019iy ishonch hosil qilmog\u2018i uchun Rossiya yangi harbiy muvaffaqiyatlarga erishmog\u2018i lozim bo\u2018ldi. 1721 yil Shimoliy urush Nishdat sulhi bilan tugadi va Rossiya bosib olgan hududlariga ega bo\u2018lib qoldi.<\/p>\n<p>Ispaniya merosi uchun olib borilgan urush va shimoliy urush Yevropa davlatlarining kuchi nisbatida zo\u2018r o\u2018zgarishlarga olib keldi. Fransiya sharqiy Yevropada gegemonlik qilish huquqidan mahrum bo\u2018ldi. Shvesiya qisqa davr qudratli davlat bo\u2018lib turib, keyin ikkinchi darajali davlat holiga aylandi. O\u2018ttiz yillik urushda o\u2018z maqsadlariga erisha olmagan Avstriya Gabsburglari yana kuchaydi va o\u2018zlarining Yevropadagi yerlarini kengaytirdi. Germaniyada kuchli Prussiya qirolligi vujudga keldi. Gollandiya, Polsha va Turkiya Yevropadagi xalqaro hayotda aktiv rol o\u2018ynamaydigan bo\u2018lib qoldi.<\/p>\n<p>XVIII asrda Rossiya qudratining oshishi Yevropadagi butun xalqaro vaziyatning o\u2018zgarishiga olib keldi. Rossiya Boltiq dengizi bilan Tinch okean o\u2018rtasidagi territoriyalarni o\u2018z ichiga olgan g\u2018oyat katta imperiyaga aylandi. Yevropa tarixida bunday imperiya hali tuzilmagan edi.<\/p>\n<p>Rossiya juda katta o\u2018lkalarga ega bo\u2018lishga qaramay uning territoriyasi tobora kengayib bormoqda edi. Rossiyaning g\u2018arb bilan, shuningdek, Eron bilan kattagina savdo sotiq aloqalari bor edi. Hukmron pomeshchiklar sinfi bilan rus savdogarlari savdo yo\u2018llarini mustahkamlab borishga, chegaralarni strategiya jihatdan mustahkam joylardan o\u2018tkazishga va Rossiyaning territoriyasini tobora kengaytirib va xalqaro ta\u2019sirini oshirib borishga intilardi. Shimolda Rossiya oldida Boltiqdagi pozitsiyalarni mustahkam himoya qilish vazifasi turar edi. Petr I ning g\u2018alabalaridan keyii Shvesiya Yevropaning shimolida juda kuchli davlat bo\u2018lmasada, poytaxtga Shvesiya tomonidan tahdid qilish xavfi mavjud edi.<\/p>\n<p>Rossiyaning Polshadagi ta\u2019sirini kuchaytirish masalasi ruslarning g\u2018arbdagi siyosatida eng muhim o\u2018rin tutardi. Janubdagi vazifa &#8212; Azovni ishg\u2018ol etish, Qora dengizda savdo qilish huquqini qo\u2018lga kiritish, Turkiyaga qarshi yana kurash olib borishdan iborat edi.<\/p>\n<p>Mustamlakalar uchun va Yevropa qit\u2019asida ta\u2019sir kursatish uchun Angliya va Fransiya manfaatlari to\u2018qnashadigan joy dengizlarning nariyog\u2018idagi mamlakatlar edi. Bu mamlakatlar Kanada va Ost &#8212; Indiya bo\u2018lib, Kanadani fransuzlar XVII asrdayoq bosib olgan edi. Ost-Indiya territoriyasida esa Ingliz va Fransuz istilochilari qattiq kurash olib borardi. Angliya bilan Fransiya o\u2018rtasida Yevropadagi ayrim hududlar uchun ham keskin ziddiyatlar bor edi. Angliya hukumati Fransiyaning Avstriya Niderlandiyasini va uning eng muhim qal\u2019asi Antverpenni egallab olishga yo\u2018l qo\u2018ymaslikka intilar edi. Antverpenning fransuzlar ko\u2018lida bo\u2018lishi Angliya uchun xavf tug\u2018dirishi mumkin edi. Antverpen fransuzlar qo\u2018lida bo\u2018lsa, Britaniya flotining kuchlari Yevropada band bo\u2018lib, Angliyaning mustamlakachilik agressiyasi muvaffaqiyatli avj olmasdi. Mudofaa maqsadida emas, mustamlakalarni talash maqsadida Angliya burjuaziyasi va aristokratiyasi Niderlandiyani Fransiyaning ta\u2019siri ostida bo\u2018lishga yo\u2018l qo\u2018yishni istamasdi. Shu maqsadga erishish uchun Angliya burjuaziyasi Yevropada Fransiyaning quruqlikdagi kuchlarini band qilib tura oladigan ittifoqchi topishga tirishdi.<\/p>\n<p>Angliya hukumati 1713 yilda Ispaniya merosi uchun urushdan so\u2018ng, Niderlandiyaning Avstriyaga berilishiga erishgach, XVIII asrning birinchi yarmida Avstriya gabsburglarini, ya\u2019ni Fransiya raqiblarini qo\u2018llab keldi. Angliya Gollandiyaga ta\u2019sir ko\u2018rsatish uchun Fransiyaga qarshi kurashdi. Gannover siyosatini murakkablashtirib yubordi. Fransiyaning Gannoverni bosib olish mumkinligi Fransiyaga qarshi kurashish uchun Angliyaning ittifoqchilar orttirish ehtiyojini yanada kuchaytirdi. Angliya o\u2018zining savdo va mustamlakalaridan kelgan foyda orqali Fransiyaga qarshi birovlarning kuchi bilan kurash olib bordi.<\/p>\n<p>Angliyaning boshqa bir dushmani Ispaniya esa Gibraltar bug\u2018ozi va Menorkaning inglizlar tomonidan bosib olinganligini tan olmay kelayotgandi. Ingliz burjuaziyasi Ispaniya mustamlakalarida savdo huquqiga erishmoqchi va Ispanlarning Shimoliy Amerikadagi yerlarini egallab olmoqchi edi. Angliyaga qarshi kurash Ispaniyani Fransiya bilan birlashtirdi. Burbonlar sulolasining Ispaniya taxtiga o\u2018tirishi ham bunga yordam berdi.<\/p>\n<p>XVIII asrning birinchi yarmida Ispaniya bilan Fransiya Avstriya Gabsburglarining ashaddiy dushmanlari edi. Gabsburglarga qarshi kurashda Shvesiya va Turkiyadan Fransiya o\u2018z ittifoqchilari sifatida foydalanishga intildi. Fransiyaning urinishi Rossiya dushmanlarining ittifoqchisi sifatida noqulay ahvolda qoldi. Gabsburglarga qarshi qaratilgan &#171;Sharqiy g\u2018ov&#187; degan mash\u2019um sistema uzoq vaqtgacha Fransiyani Rossiya dushmanlarining ittifoqchisi deb hisoblab keldi. Ispaniya Italiyadagi o\u2018lkalari uchun Gabsburglarga qarshi kurash olib bordi. Ispaniya Burbonlari Ispaniya merosi uchun olib borilgan urushdan keyin Avstriya Gabsburglarining qo\u2018lida qolgan ulkan Sitsiliya qirolligining o\u2018z qo\u2018llariga o\u2018tishini talab qildilar. Italiyadagi bu davlatning Ispaniya Burbonlari qo\u2018liga o\u2018tishi Ispaniyaning O\u2018rta dengizdagi mavqeini mustahkamladi va Angliyaga qarshi kurashishda muhim ahamiyatga ega bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Ispaniya merosi uchun olib borilgan urushdan keyin 1733 yili Polsha tufayli birinchi katta xalqaro janjal boshlandi. Shlyaxta Polshasi juda ham zaiflashib qolgan edi.<\/p>\n<p>XVI asrdayoq shlyaxta Polshani G\u2018arbiy Yevropa uchun g\u2018alla yetkazib beruvchi mamlakatga aylantirib, Niderland ingliz va nemis mollarining bojsiz keltirilish uchun chegaralarni keng ochib bergandi. Bu hol polyak sanoatini bug\u2018di, burjuaziyaning rivojiga yo\u2018l bermadi. Shaharlarning pul bilan yordam bermasligi qirol hokimiyatining mustahkamlashiga yo\u2018l bermadi qirol hokimiyatining moliyaviy imkoniyatini ham, armiyasi ham juda zaif edi. Polyak magnatlarining va shlyaxtaning tashqi siyosati ham mamlakatning inqirozga yuz tutishiga sabab bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>XVI-XVIII asrlarda polyak magnatlari va shlyaxta sharkdan shiddatli agressiya olib bordi, u bir necha davlat qirollari bilan til biriktirib ish ko\u2018rdi. Bunday halokatli siyosat polyak xalqining manfaatlariga zid kelib, Polshaning g\u2018arbdagi o\u2018z yerlarini qaytib olishga halal berdi. XVIII asrda Polsha shu qadar zaiflashgan ediki, kuchli davlat ya\u2019ni Rossiyaga qarshi davlatlar Polshadan istalgan vaqtda foydalanishlari mumkin edi. Polshani o\u2018z vassaliga aylantirishga va uning taxtiga o\u2018z odami Stanislav Leshchinskiyni o\u2018tkazishga uringan Karl XII ning qo\u2018shinlari Polshani strategik nuqtalarini egallashga muvaffaq bo\u2018lgan edi. Avstriyaning eng xavfli dushmani Prussiya davlati edi. Prussiyaning bosqinchilik siyosati qirol Fridrix II zamonida juda ham avj olib ketdi. Prussiyaning tashqi siyosati qo\u2018shni davlatlarga nisbatan hiyla-nayrang ishlatishga va uz ittifoqchilariga nisbatan hayosizlik bilan xiyonat qilishga asoslangandi. Fridrix II o\u2018zining nihoyatda surbetligi bilan boshqalardan ajralib turardi. 1740 yili Karl VI vafot etgach, uning o\u2018rniga Mariya Tereza o\u2018tirdi. Fridrix II hukmronligining birinchi yilidayoq urush e\u2019lon qilmay turib, Avstriyaning eng boy va sanoat jihatdan taraqkiy qilgan viloyati Sileziyani bosib oldi. Prussiya tomonidan bosib olingan yerlarga o\u2018xshash Sileziya ham polyaklarning qadimiy yeri edi.<\/p>\n<p>Bovariya bilan Fransiya Fridrix II ning ittifoqchilari bo\u2018lib, bu ikkisi Avstriya qo\u2018lidagi Niderlandiyani bosib olishga bel bog\u2018lagandi. Avstriyaning dushmanlari uni zaiflashtirish maqsadida Bavariya kyurfyurstining imperator qilib saylanishga va Chexiyaning Bavariyaga qo\u2018shib olinishiga erishmoqchi edi. Kyurfyurst Saksonskiy va Polsha qiroli Avgust III Fridrix II ning ta\u2019siriga berildi. U Rossiya va Avstriya bilan tuzilgan ittifoqqa xiyonat qildi va Moraviyani bosib olish maqsadida Prussiya tomonida turib urushga qatnashdi. Ispaniya ham Avstriyaning dushmanlari qatoriga qo\u2018shildi.<\/p>\n<p>Ruslarning Polo\u2018nadagi ta\u2019sirini mustahkamlash, Rossiyaning Qora dengiz qirg\u2018oqlari uchun kurashida ham alohida ahamiyatga ega edi, chunki Turkiyaga qarshi urushlar olib borish uchun Rossiyaning Polsha bilan tutashgan yon tomoni xavfsiz bo\u2018lishini ta\u2019minlash kerak edi.<\/p>\n<p>1763 yili Avgust III Saksoniskiy vafotidan so\u2018ng Polshaga yangi qirol saylanishi kerak edi. Yangi qirol saylash hamisha shunday bir holga olib kelardiki, qo\u2018shni davlatlar Polsha taxtiga o\u2018zlariga yoqadigan nomzodning o\u2018ltirishi uchun kurashardilar. Fransiya bilan Avstriya yangi qirolni o\u2018z siyosatining quroliga aylantirish umidida yana Saksonskiy xonadonidan nomzodlar ko\u2018rsatishdi. Yekaterina boshqacha reja tutdi. Polsha taxtiga Yekatirina o\u2018zining sobiq mahbubi Stanislav Ponyatovskiyning o\u2018tirishni ta\u2019min etishga intildi, u eski Polsha qirollarining Giestlar xonadoniga mansub edi. Yekaterina bu nomzodni o\u2018tkazish yolg\u2018iz o\u2018ziga qiyin bo\u2018lishini anglab, o\u2018z rejasining muvaffaqiyatli amalga oshuvini ta\u2019minlash uchun Prussiya bilan inoqlasha bordi.<\/p>\n<p>1764 yili Fridrix II bilan Yekaterina o\u2018rtasida Polsha ishlariga umumiy aralashish zaminida ittifoq tuzildi. Rossiya Turkiyaga yordam berish majburiyatini o\u2018z zimmasiga oldi. Fridrix II esa Rossiya-Fransiya munosabatlarining keskinlashuvidan o\u2018zining Yevropadagi ahvolini yaxshilash uchun foydalandi.<\/p>\n<p>Rossiyaning tazyiqi natijasida Stanislav Ponyatovskiy Polsha qiroli qilib saylandi. 1767 yili esa dissidentlarning huquqini katoliklar huquqi bilan tenglashtirish haqida qonun chiqarildi. Polshani tobora zaiflashtirish, uning Rossiyaga qaramligini kuchaytirish maqsadida Yekaterina Polsha bilan shartnoma tuzdi. Shuni aytish lozimki, dastlab Yekaterina Polshada qirol hokimiyatining bir muncha kuchayishiga erishmoqchi va shu tariqa mustahkamlangan Polshadan Turkiyaga qarshi o\u2018zining ittifoqchisi va vassali sifatida foydalanmoqchi bo\u2018ldi. Lekin Fridrix II polyaklarning vatanparvarlik intilishlariga dushmanlik pozitsiyasida bo\u2018lib, u Polsha bilan Rossiyaning inoqlashishidan qo\u2018rqib, Polshada reforma o\u2018tkazmasligini talab qildi.<\/p>\n<p>Fridrixga yon berib Yekaterina polyaklarga reforma o\u2018tkazishga ruxsat bermadi, bu hol polyaklarni ruslarga qarshi qattiq g\u2018azablantirdi.<\/p>\n<p>XVIII asrning 60 yillarida o\u2018z zamonining eng katta diplomatlaridan biri bo\u2018lgan Nikita Ivanovich Panin Yekaterinaning eng yaqin yordamchisi edi. U Yekatirena bilan birga rus siyosatining shimoliy sistemasi degan sistemani ishlab chikdi.<\/p>\n<p>&#171;Shimoliy sistema&#187; yetti yillik urushning oxirlarida ro\u2018y bergan ziddiyatlarning kuchayishidan kelib chiqqan muqarrar natija edi. Bu sistema \u00abjanubiy\u00bb davlatlarning &#8212; Fransiya, Avstriya va Turkiyaning Rossiyaga dushmanligi sababli vujudga kelgan bo\u2018lib, uning mohiyati &#171;shimoliy&#187; davlatlar bilan, birinchi navbatda Prussiya va Daniya bilan inoqlashishdan iborat edi. Yekatirina bilan Panin janubda o\u2018z mayliga ish ko\u2018rib, &#171;shimoliy&#187; davlatlarning qo\u2018llashidan foydalanib, Rossiyaning Polsha va Yaqin Sharkdagi ta\u2019sirini mustaxkamlash niyatida edi. Yekatirina II Prussiya bilan ittifoq tuzishdan tashkari Daniya bilan ham ittifoq tuzdi (1765) va Angliya bilan savdo shartnomasini tuzdi. (1766) Bularning hammasi Rossiyaning xalqaro ahvolini yaxshilash uchun qilindi.<\/p>\n<p>Rus diplomatiyasining Polshadagi yutuqlari Fransiya bilan Avstriyani Rossiyaga qarshi ish ko\u2018rishga sabab bo\u2018ldi. Natijada 1768 yilda Turkiya Rossiyaga hujum qildi. Urush boshlanib ketdi, bu urushda Turkiya batamom mag\u2018lubiyatga uchradi va fransuz diplomatiyasining hamma rejalari barbod bo\u2018ldi. Turkiyaning mag\u2018lubiyatga uchraganligi butun Yevropaga ma\u2019lum bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Yekatirina II Rossiya dvoryanlari imieriyasining Qora dengizga chiqishini, rus pomeshchiklari va savdogarlarning xarbiy savdo-sotiq maqsadida Qora dengizda suzish erkinligiga, dengizdan boshqa dengiz va okean yo\u2018llariga chiqishni ta\u2019minlab bermoqchi edi. Kora dengiz bo\u2018yidagi dashtlarni o\u2018zlashtirib bo\u2018lmasdi, chunki Krim tatarlarining bosqinlari va Turkiyaning doimiy xavf solib turishi bu serhosil yerlarni egallash imkonini bermasli.<\/p>\n<p>Lyudovik XV va Mariya -Terezaning Turkiyadan kutgan umidlari puchga chikdi, rus qo\u2018shinlari va floti Turkiyaga zarba berdi. Arxipelag yonida rus floti turk flotini mag\u2018lubiyatga uchratdi (1770) . Turkiyaning dengiz kuchlariga barxam berildi. Rossiya quruqlikda, Dunay knyazligi va Zakavkazeda ulkan g\u2018alabalarga erishdi.<\/p>\n<p>O\u2018sha vaktda graf P. A. Rumyansev Rus xarbiy mahoratini o\u2018stirishda juda katta rol o\u2018ynadi, u rus otliq askarlarini qayta tuzish va piyoda askarlar harakatida kolonna-kolonna bo\u2018lib yurishdan iborat jangovor tartibni va yoyilib saf tortishni birinchi bo\u2018lib qo\u2018lladi. Rumyansevning asosiy strategik maqsadi dushman armiyasini yo\u2018q qilishdan iborat deb hisoblardi, bu maqsadga u ustalik bilan ya\u2019ni tashabbusni ko\u2018lga olish va dushman qo\u2018shinlarini bo\u2018lak bo\u2018lak qilib tor-mor etish orqali erishishga intilardi.<\/p>\n<p>Polshani taqsimlashni boshlovchi Prussiya edi. Lekin XIX asrda Vena kongressidan keyin Polshaning asosiy o\u2018lkalari chorizm asoratiga tushib kolgach, polyak va ayniqsa prus publitsistlari, Polshani taqsimlash Peterburgda ishlab chiqilgan degan fikrlarni bildirgan edilar.<\/p>\n<p>Polshani birinchi taqsimlashda (1772) Fridrix II Polshaning dengiz bo\u2018yini bosib oldi. U olgan yerlar Avstriya va Rossiya olgan yerlardan kam, biroq ahamiyati jixatdan yuqori edi. Fridrix II sharkiy Prussiyani boshqa territoriyalari bilan butun kilib birlashtirish imkoniyatiga ega bo\u2018ldi. Rossiyaga Belorussiyaning bir qismi-eng katta, lekin aholisi eng kam qismi berildi, Avstriyaga berilgan qismida esa aholisining soni kam, iqtisodiy rivojlanishi past edi.<\/p>\n<p>Polshaning birinchi parchalab yuborilishi Polsha shlyaxta davlatining Prussiya, Rossiya va Avstriya tomonidan batamom yo\u2018q qilinishining boshlanishi edi.<\/p>\n<p>1772 yilgi taqsimlashni yakunlashda shuni aytish lozimki. Rech Pospoliyataning qolgan butun territoriyasi Chor Rossiyasi ta\u2019siriga o\u2018tdi.<\/p>\n<p>1768-1772 yillardagi Rossiya &#8212; Turkiya urushi Turkiyani taksimlashni umum Yevropa miqyosidagi masalaga aylantirdi. 1774 yili Kuchuk-qaynarjada Rossiya bilan Turkiya o\u2018rtasida sulh tuzildi. Rossiya Qora dengiz bug\u2018ozlarida savdo kemalarining yurish xuqukiga ega bo\u2018ldi, Azov va Kerchni oldi. Turkiya Krimni mustaqilligini tan oldi, pravoslav cherkovini ta\u2019qib kilmaslikni o\u2018z zimmasiga oldi. Bu sulh Rossiyaning tashqi syyosat sohasida erishgan juda katta yutug\u2018i edi.<\/p>\n<p>1787 yili Rossiya-Fransiya savdo shartnomasi tuzildi, bu shartnomaga muvofiq Marselda rus tovarlari eng og\u2018ir bojlardan xalos bo\u2018ldi, fransuzlar ham imtiyozga ega bo\u2018ldilar.<\/p>\n<p>Fransiyada burjua inqilobi yetilib kelayotgan vaqtda, Yevropaning markazida Avstriya bilan Prussiyaning kurashi davom etmoqda edi. 1778 yil Kurfyurst Bavarskiy vafotidan keyin, Iosif II Gabsburg Bavariyani Avstriyaning meros mulklariga qo\u2018shib olish maqsadida, bosib olishga urindi, ammo u Prussiyaning qarshiligiga uchradi. Meros uchun janjal boshlandi, vositachi Rossiya bu janjaldan foydalandi. Diplomatlarning Teshindagi kongressida (1779) u Avstriyaning Bavariyadan voz kechishga majbur qildi, Vestfaliya shartnomasiga ko\u2018ra Rossiya german davlatlari o\u2018rtasidagi janjallarga aralashish huquqiga ega bo\u2018ldi, Ruslarning ta\u2019siri butun Germaniyaga \u00a0yoyildi.<\/p>\n<p>1784 yili Avstriya yana mag\u2018lubiyatga uchradi, imperator Iosif II Gollandiyadan Shelda daryosining quyilish joyida, ya\u2019ni Avstriya niderlandiyasining asosiy savdo yo\u2018lini Belgiya savdosi uchun ochib qo\u2018yishni talab kildi. Shelda daryosining quyilish joylari XVII asrdan boshlab, Belgiya savdosi uchun yopib qo\u2018yilgan edi. Bu Belgiyadagi viloyatlarning iqtisodiy rivojlanishiga to\u2018sqinlik qildi. Fransiyaning yordami bilan gollandlar Iosif II dan 10 mln. florin pul to\u2018lab qutuldilar, bundan 4, 5 florinini fransuz saroyi to\u2018ladi.<\/p>\n<p>Iosif II bu mag\u2018lubiyatidan keyin o\u2018zining qolgan o\u2018lkalaridan uzoqda bo\u2018lgan zaif Niderlandiya viloyatlaridagi xukmronligini mustahkamlashdan umidini uzib, Avstriya Niderlandiyasini Bavariyaga almashtirmoqchi bo\u2018ldi. Fridrix II bu maxfiy rejani bilib qoldi va 1786 yili Avstriyaga qarshi Shimoliy Germaniya bilan O\u2018rta Germaniyaning &#171;knyazlar ittifoqini&#187; tuzdi. Iosif II chekinishga majbur bo\u2018ldi. Ittifoq tarqaldi.<\/p>\n<p>1772 yilda Iosif II bilan Yekatirina II Usmon imperiyasini taksimlab olish fikriga keldilar. 1781 yilda ular Turkiyaga qarshi xarbiy ittifoq tuzdilar. Iosif II Serbiyani bosib olish va Avstriyaning Adriatika dengiziga chiqishga erishish niyatida edi Avstriya bilan ittifoq tuzilishi Rossiyaning sharkda keskin hujumga o\u2018tishi imkonini berdi. 1783 yildayoq Krim qo\u2018shib olindi va Gruziya ustidan rus protektorati o\u2018rnatildi.<\/p>\n<p>Usmon imperiyasida rus va avstriys savdogarlarining huquqlari fransuz savdogarlarining huquqlari bilan tenglashtirildi. Qora dengiz bo\u2018yining, shu jumladan, Turkiya hukmronligi zamonida Rossiyani vayron qiluvchi bosqinlar kilib turgan Qrim tatarlarning tayanchi bo\u2018lib kelgan Qrimning Rossiyaga qo\u2018shib olinishi, Rossiya janubida ishlab chikaruvchi kuchlarining rivojdantirishga imkon yaratdi.<\/p>\n<p>Qurolli betaraflik ittifoqining vujudga kelishi, Rossiyaning aktiv siyosat yurgizishi va Polshaga va yaqin sharqqa ta\u2019sir o\u2018tkazish sohasida erishgan muvaffaqiyatlari Angliya-Rossiya munosabatlarining keskinlashuviga sabab bo\u2018ldi. Uilyam Pitt Rossiyaga qarshi Usmon imperiyasini qo\u2018llab-quvvatlay boshladi. 1788 yili tuzilgan Angliya-Prussiya-Gollandiya ittifoqi Yekatirinaning tashqi siyosatiga qarshilik ko\u2018rsatdi. Yekaterina Uch davlat ittifoqiga qarshi to\u2018rt davlat koalitsiyasini ya\u2019ni (Fransiya, Ispaniya, Rossiya, Avstriya) ittifoqini tuzmoqchi bo\u2018ldi. Ammo bunga erisha olmadi.<\/p>\n<p>Angliya, Prussiya va Polshani gij-gijlayotgan Turkiya 1787 yili Rossiya tomonidan siqib qo\u2018yilgandi. Vengriyada va Belgiyada unga qarshi qo\u2018zg\u2018olon ko\u2018tarilishi xavfi bor edi, o\u2018z raqibidan qasdini olish uchun qulay fursat poylab turgan Prussiya hujum kilib qolishi mumkin edi.<\/p>\n<p>1788 yili Avstriya ko\u2018shinlari turklar tomonidan tor-mor keltirildi. Sarosimaga tushib, qochish vaqtida kechasi imperatorning o\u2018z soldatlari tomonidan o\u2018ldirilishiga sal qoldi. 1788 yil 3 iyunda ruslarning F. F. Ushakov rahbarligidagi Qora dengiz floti Feodosiya yonida turk flotini yengdi. Ushakov Ochakov qal\u2019asini uzok vakt qamal kilib turib, 1788 yilning dekabrida ishg\u2018ol qildi. 1789 yilning 23 sentabrida esa buyuk sarkarda A. V. Suvorov boshchiligida Rimpik daryosi yonida Turk armiyasini tor-mor qildilar.<\/p>\n<p>Natijada rus harbiy san\u2019ati Yevropada birinchi o\u2018ringa ko\u2018tarildi. Yetti yillik urush vaqtida rus armiyasi Prus armiyasidan ustunligini isbot qildi. O\u2018z sostavi jihatidan milliy armiya bo\u2018lgan rus armiyasi qariyib uchdan bir qismi yollanma askarlardan tuzilgan Prus qo\u2018shinlaridan farq qilardi hamda Avstriya va Fransiya qo\u2018shinlaridan ancha ustun turardi. Suvorov manevr va shiddatli urushga ahamiyat berardi. Suvorovning ajoyib sarkardalik talanti 1787-1791 yillardagi Rossiya-Turkiya urushida ravnaq topdi va rus diplomatiyasining muvaffaqiyatlariga muhim omil bo\u2018ldi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>30 yillik urushdan so\u2018ng xalqaro maydondagi siyosiy voqealar. Shimoliy urush tamom bo\u2018lishidan buyuk Fransiya burjua inqilobi boshlanguncha o\u2018tgan davr ichidagi xalqaro munosabatlar. XVII asrda Rossiyaning Yevropa mamlakatlari bilan olib borgan aloqalari. Rossiyaga qarshi blokning tashkil topishi. O\u2018ttiz yillik urush tugagandan keyingi xalqaro munosabatlarda avvalo uchta eng muhim voqea ro\u2018y berdi. Birinchidan, Angliyada burjua inqilobi g\u2018alaba [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-73","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-lessons"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/73","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=73"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/73\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":74,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/73\/revisions\/74"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=73"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=73"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=73"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}