{"id":71,"date":"2026-05-20T09:41:06","date_gmt":"2026-05-20T06:41:06","guid":{"rendered":"http:\/\/jahon-tarixi.test\/?p=71"},"modified":"2026-05-20T09:41:06","modified_gmt":"2026-05-20T06:41:06","slug":"xvii-asrning-ikkinchi-yarmi-va-xviii-asrda-kop-millatli-avstriya-imperiyasi-vengrlar-va-chexlar-gabsburglar-xukmronligi-ostida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/?p=71","title":{"rendered":"XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrda ko\u2018p millatli Avstriya imperiyasi. Vengrlar va Chexlar Gabsburglar xukmronligi ostida"},"content":{"rendered":"<ol>\n<li>30 yillik urushdan keyin Gabsburglar monarxiyasi.<\/li>\n<li>Avstriya podsholigidagi o\u2018lkalarning ijtimoiy- iqtisodiy ahvoli. Dehqonlar.<\/li>\n<li>XVIII asr 2-yarmida Chexiyada feodallarga qarshi milliy kurash.<\/li>\n<li>XVII asrning 2-yarmi va XVIII asrda Vengriya.<\/li>\n<li>XVII asr oxiri &#8212; XVIII asrda Chexiyada feodallarga qarshi milliy kurash.<\/li>\n<li>XVIII asrda Vengriyaning Avstriya monarxiyasi tarkibidagi ahvoli.<\/li>\n<\/ol>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u2018ttiz yil davom etgan urush Gabsburglar xonadoniga mansub bo\u2018lgan imperatorlarning o\u2018z hokimiyatini kuchaytirish va nemis knyazlarini siyosiy jihatdan o\u2018ziga bo\u2018ysundirish yo\u2018lidagi urinishlari barbod bo\u2018lganini ko\u2018rsatdi. Biroq Gabsburglar xalqlar va territoriyalar ustidan yuritib kelgan o\u2018z hukmronligini saqlab qoldi. Bu xalqlar va territoriyalar XVI asrning boshlaridan e\u2019tiboran &#171;Gabsburglar xonadonining meros o\u2018lkalari&#187; deb atala boshlagan o\u2018lkalari XIX asrdan boshlab qisqacha Avstriya deb atala boshlandi. Bu davlatning bir muncha kattaligi va uning turklar hujumidan saqlanishda janubiy sharqda tayanchlik rolini bajarib kelishi, Gabsburglarning imperator degan nomni uzluksiz saqlab kelishini ta\u2019minladi. Biroq, Gabsburglar, imperatorlar bo\u2018lib kelgan bo\u2018lsa-da, ular ko\u2018p sonli va tarqoq o\u2018lkalarning hokimlari edilar. XVII asrda, Gabsburglar qo\u2018l ostidagi markazlashgan davlatga aylanmoqda edi, bunga sabab, turklarning bosqinchilik xavfi edi. 1526 yilda Moxach yonida birlashgan chex-vengr ko\u2018shinlarining tor-mor keltirilishi, turklar tomonidan Vengriyaning ko\u2018p qismini bosib olinishi chex magnatlari va vengr dvoryanlarning bir qismini o\u2018z qo\u2018l ostidagi territoriyalarini zo\u2018r berib kengaytirishga intilib kelayotgan Gabsburglarni o\u2018z podsholari deb bilishga majbur etdi. Germaniya sostavidagi o\u2018lkalarni o\u2018ziga qo\u2018shib olishga uringan Fransiyaning bosqinchilik siyosati ham Gabsburglar hokimiyatining kuchayishiga yordam berdi. Shu sharoitda Yevropaning qoq o\u2018rtasida markazlashgan yangi katta bir davlat tashkil topdi. Bu davlat o\u2018zining etnik jihatidagina emas, balki o\u2018z sotsial strukturasi jihatidan murakkab bir davlat edi, chunki uning sostavidagi elatlar va davlatlar xo\u2018jalik va sotsial jixatidan bir-biridan juda farq qilar edi.<\/p>\n<p>Bu davlatning asosiy o\u2018zagi nemis viloyatlari yuqori-quyi Avstriya, Tirol va janubiy-g\u2018arbiy Germaniyadagi Shvabiya yerlari deb atalgan o\u2018lkalar edi. Janubda Shtiriya, Karintiya va Krayna bilan tutashgan edi, Karintiya bilan Shtirya esa asosan slovyan viloyatlari edi. Slovyan o\u2018lkalari bo\u2018lgan Chexiya, Moraviya, Sileziya va o\u2018zining entik sostavi jihatidan murakkab davlat bo\u2018lgan sobiq Vengriya qirollligining bir qismi bosib olinishi natijasida Gabsburglar qo\u2018l ostidagi o\u2018lkalarning milliy sostavi yanada murakkablashib ketdi. Feodal munosabatlar u qadar avj olmagan Tirolni e\u2019tiborga olmaganda, Gabsburglar qo\u2018l ostidagi boshqa hamma o\u2018lkalarda dehqonlar o\u2018z xo\u2018jayinlariga feodal tutqun bo\u2018lib, og\u2018ir ahvolda kun kechirar edilar. Germaniyaning qolgan qismidagi kabi, bu yerda ham yer-suvga berkitilgan dehqonlarning barshchinaga asoslangan yirik pomeshchiklar xo\u2018jaligi avj olgan viloyatlar hamda xo\u2018jayinlariga natura yoki pul shaklida feodal renta to\u2018laydigan mayda dehqonlar xo\u2018jaligi hukm surgan viloyatlar bor edi. Shafqatsiz sotsial zulm ustiga milliy qullik ham hukm surgan yerlardagi dehqonlarning ahvoli ayniqsa og\u2018ir edi. Bu hol chex xalqining boshiga tushgan musibatlarda juda yaqqol namoyon bo\u2018ldi, chex xalqining milliy mustaqillikdan mahrum bo\u2018lishning barcha oqibatlarigina emas, balki o\u2018ttiz yillik urushning mahv etuvchi natijalarini ham boshidan kechirdi. Bu urush natijasida mayda va o\u2018rta hol chex dvoryanlarining ko\u2018p qismi mamlakatdan haydab chiqarildi, yoki yer-suvdan mahrum etildi. Bu dvoryanlarning yer mulklari musodara qilindi, so\u2018ngra imperator qo\u2018shinlarining va katoliklar ligasi otryadlarining ofitserlariga ulashildi yoki kim oshdi yo\u2018li bilan sotildi. Dvoryanlarning yer mulklariga ega bo\u2018lib olgan yangi xo\u2018jayinlarning ko\u2018pchiligi nemislar edi. Bu yangi dvoryanlar dehqonlarning tutqunligini kuchaytirib yubordi. Dehqonlarning yer suvlarini talash hisobiga pomeshchiklarning yer suvlarini ko\u2018paytirdi va barshchina to\u2018lashni uzluksiz oshirib borib, dehqonlarning ahvolini yanada og\u2018irlashtirib yubordi. Chexiyada zulmning kuchayishiga dehqonlar XVII va XVIII asrlar davomida ommaviy qo\u2018zg\u2018olonlar ko\u2018tarish bilan dehqonlarning doimiy tus olib ketgan g\u2018alayonlari va Avstriya podsholigidagi ishchilar talab qiluvchi kapitalistik sanoatning rivojlana boshlashi dvoryanlarga dehqonlarni batamom qullikka olish uchun imkon bermadi. Rasman dehqonlar tutqun emas, balki fukaro deb hisoblanardi. Eng badavlat dehqonlarning bir qismi hak to\u2018lagan badavlat dehqonlar deb ataluvchilar ya\u2019ni shaxsiy tutqunlikdan haq to\u2018lab ozod bo\u2018lgan dehqonlar o\u2018z uchastkalariga rasmiy egalik qiluvchi shaxsan erkin dehqonlar edilar. Uzoq yillar davom etgan urushlar natijasida vayron bo\u2018lgan Vengriyada dehqonlarning ahvoli yana ham og\u2018ir edi. Dvoryanlar mamlakatdagi yer suvlarining hammasiga egalik qilar hamda turli xil yengillik va imtiyozlardan foydalanar edi, ular har qanday soliq va o\u2018lponlardan ozod qilingan edi. Vengr dehqonlari, Vengriya qirolligi territoriyasidagi slovyan, transilvan dehqonlari pomeshchiklarga krepostnoy tutqun bo\u2018lib, erkin suratda. bir joydan ikkinchi joyga ko\u2018chish huquqidan mahrum etilgan edi. Foydalanish uchun pomeshchik tomonidan berilgan yer uchastkasi evaziga dehqon hosilning bir qismini pomeshchikka berish, natura va pul shaklida har xil obroklar to\u2018lashi kerak edi. Pomeshchikning mulkida barshchina ishlarini o\u2018tash majburiyati vengr dehqoni yelkasidagi eng og\u2018ir yuk edi. Barshchinaning miqdorini faqat pomeshchikning o\u2018zi belgilar edi. Gabsburglar g\u2018arbiy o\u2018lkalaridagi dehqonlarning ahvoli Chexiya va Vengriyadagi dehqonlarning ahvolidan o\u2018zgacha edi. Dvoryanlar o\u2018z hovli-joylarida istiqomat qilmay, armiyada xizmat qilishni afzal ko\u2018rar va Avstriya byurokratiyasi safidan o\u2018rin olar edi. Dehqonlar o\u2018z yer uchastklaridan rasmiy foydalanuvchi yer egalaridan iborat edi, biroq jamoa yer suvlarining feodal tomonidan bosib olinishi va feodal rentaning ko\u2018payishi XVI asrdayoq Germaniyadagi dehqonlar urushi vaqtida ham, bu urushdan keyin ko\u2018pdan-ko\u2018p quzg\u2018olonlarga olib kelgan edi. Misol: 1596-1597 yillarda Shtiriyada va yuqori Avstriyada dehqonlarning katta qo\u2018zg\u2018oloni bo\u2018lib o\u2018tgan edi. Aholisi slovyanlardan iborat bo\u2018lgan viloyatlardan dvoryan pomeshchiklarning ko\u2018p qismi nemislar edi, bu esa dehqonlarning ahvolini yanada og\u2018irlashtirib yuborgan edi.<\/p>\n<p>Sanoat qishloq xo\u2018jaligida feodal munosabatlarning hukm surishi va ichki bozorning tangligi Avstriya sanoatining rivojlanishiga to\u2018g\u2018anoq bo\u2018ldi. Biroq XVII asrda mamlakatning sanoat sohasidagi taraqqiyotida bir qancha muhim o\u2018zgarishlar yuz berganini ko\u2018rsatib o\u2018tish mumkin. XVII asrda va XVIII asrning boshlarida asosiy o\u2018rinda turgan hunarmandchilik korxonalari bilan bir qatorda mamlakatda ma\u2019lum darajada qishloqdagi kosibchilik ishlab chiqarishi zaminida manufakturalar paydo bo\u2018la boshladi. XVII asrning boshlarida sexlar monopoliyasi va belgilangan tartiblarni zaiflashtirishga qaratilgan bir qancha farmonlar chiqdi. Iosif I (1705-1711) usta degan unvon berilganini bildiradigan patentlarni ko\u2018plab in\u2019om qildi. Uning vorisi Karl VI zamonida (1711-1740) shunday bir farmon chiqarildiki (1725), unda shogirdlarga, usta degan unvon olmasdan o\u2018z kasblari bilan shug\u2018ullanish ruxsat etilmadi.<\/p>\n<p>Avstriya imperiyasi siyosiy taraqqiyot sohasida Yevropadagi boshqa davlatlardan juda ham orqaga qolgan edi. Mamlakat ichida ko\u2018pdan-ko\u2018p boj, chegaralari va bojxonalar bo\u2018lishi siyosiy tarqoqlikni kuchaytirib yuborgan edi, bu boj chegaralari va bojxonalar ichki bozorning tashkil topishini juda ham qiyinlashtirib qo\u2018ygan edi. O\u2018rta asr sexchilik tuzumi, ayrim viloyat, shahar va toifalarning imtiyozlari ham davlatning iqtisodiy taraqqiyotiga va birlashuviga to\u2018g\u2018anoq bo\u2018lib kelmokda edi. Davlatni idora qilish ishining bir qadar bo\u2018sh markazlashtirilishi katta yer magnatlaridan iborat hukmron to\u2018daning manfaatlariga mos tushar edi, bu magnatlar o\u2018rta asrlardagi feodallarning siyosiy traditsiyalarini davom ettirar, davlatni mudofaa qilish manfaatlari yoki dehqonlar qo\u2018zg\u2018olonlarini bostirish zarurati talab qilgan vaqtdan boshqa mahalda qirol hokimiyatining haddan tashqari kuchaytirilishiga qarshi edi.<\/p>\n<p>XVII asr 2-yarmida Gabsburglar bilan boshqa nemis knyazlari o\u2018rtasidagi kurash butunlay to\u2018xtamagan edi. Yana boshlanib ketgan Turkiya agressiyasiga zarba berish va agressiv Fransiyaga qarshi kurashish uchun barcha german hokimlarining manfaatlari yo\u2018lida kuchli Gabsburglar davlati barpo qilish zarur edi. &#171;Imperatorlar&#187; butun Germaniya ishlariga kam aralashib, o\u2018zlarining merosiy o\u2018lkalari ichida o\u2018z hokimiyatlarini mustahkamlash ishi bilan avvalgi vaqtlarda qaraganda ko\u2018proq shug\u2018ullandilar. Chunki sinfiy ziddiyatlarning keskinlashib borayotganligi dehqonlar harakatining avj olib ketayotganligi bunga majbur qildi. Sanoatning rivoji bilan Gabsburglar barcha merosiy o\u2018lkalardagi magnatlarni sekin bo\u2018ysundira bordilar. Lekin Gabsburglarning asosiy siyosiy tayanchi o\u2018rta va mayda dvoryanlar edi. Bu hollarning hammasi va shu bilan birgalikda markaziy byurokratik jamiyat apparatining mustahkamlanishi Gabsburglar davlatining absolyut monarxiyaga aylanayotganligini bildirar edi. Mahalliy &#171;darajalar&#187; yig\u2018ilishlariga seymlar yoki lontaglarga kelganda shuni aytish kerakki ular o\u2018z ahamiyatini, toifalarining vakolatli muassasalari sifatida ish olib borish ahamiyatini asta-sekin yo\u2018qotib, juda tor huquq doirasiga ega bo\u2018lgan zemstvo yig\u2018ilishlariga aylana bordi. Ular o\u2018z oldilariga saroy tomonidan qo\u2018yilgan talablarga XVII asrdayoq majbur etilar edi. 1711 yilda Rakotsi qo\u2018zg\u2018oloni mag\u2018lubiyatga uchragandan so\u2018ng ilgarigi vaqtlarda bir qadar mustaqil bo\u2018lib kelgan, Vengriya seymi ham og\u2018ir ahvolga tushib qoldi. Gabsburglar hokimiyatining dehqonlarga qarshi kurashda mustahkam tayanch deb bilib, bu hokimiyatga umuman taslim bo\u2018ldi. Bu qo\u2018zg\u2018olonlar vaqtida pomeshchiklarning qasrlariga o\u2018t qo\u2018yilar, pomeshchiklar va ularning yer suvlarini boshqaruvchi ishboshchilar o\u2018ldirilardi. Dehqonlar barshchina o\u2018tashdan, natura majburiyatlarini to\u2018lashdan bosh tortar edilar. Davlat manfaatlarini ta\u2019minlashga qaratilgan mulohazalar ham dehqonlar reformasini o\u2018tkazishga majbur etgan jiddiy bir sabab bo\u2018ldi. Feodallar tomonidan solinayotgan haddan tashqari ko\u2018p majburiyatlar dehqon xo\u2018jaligini tushkunlikka olib kelgan edi. Dehqonlar davlat soliqlarini to\u2018lay olmas hamda rekrutlarni yaxshi yetkazib bera olmas edilar. XVIII asr boshlarida hukumat bir necha bor farmon chiqarib, bu farmonlarga pomeshchiklarning dehqonlarga nisbatan beboshligini cheklashga urindi, biroq farmonlar qog\u2018ozdagina qolib, mutlaqo amalga oshmadi. Mamlakatning yetti yillik og\u2018ir urush natijasida vayron bo\u2018lishi, dehqonlar masalasini juda ham keskinlashtirib yubordi. Avstriyaning bir qancha rayonlarida dehqonlar qo\u2018zg\u2018olonlari ko\u2018tarildi. Hukumat qo\u2018zg\u2018olonlarni bostirish uchun qo\u2018shin yubordi. Dehqonlarning rahbarlarini qatl etdi. Biroq jazo choralar ko\u2018rish yetarli yordam bermadi. Xukumat reforma o\u2018tkazishga majbur bo\u2018ldi. 1767 yilda Avstriya, Sileziyada, 1775 yil esa Chexiyada va Moraviyada qo\u2018zg\u2018olonlar ko\u2018tarildi. 1771 yil va 1775 yil 18 avgust farmonlarining chiqishiga ana shu qo\u2018zg\u2018olonlar sabab bo\u2018ldi, bu farmonlarda dehqonlar tomonidan barshchina to\u2018lanadigan obroklarning me\u2019yori belgilandi. Barshchina 10 soat bo\u2018lishi bilan haftada 3 kun o\u2018tiladigan bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Pomeshchiklarning vodchina sudi hamda ularning dehqonlarga karshi yer-suvga egalik qilish huquqlari cheklab qo\u2018yildi, imperatorning yer mulklaridagi krepostnoy huquq bekor qilindi. Mariya Tereziya chiqargan qonunlar qishloq xo\u2018jaligidagi mavjud tartiblar negizini o\u2018zgartirmadi. Yerga egalik formalariga krepostnoylikka, butun agrar munosabatlarga dahl qilmadi, Dehqonlar biriktirilganicha qolaverdi, barshchina ham dehqonlar majburiyati bo\u2018lib qolaverdi. Iosif II dehqonlar masalasini yumshatish tadbirini olg\u2018a surdi. 1781 yil 1 noyabrida Chexiyada, Moraviyada va Avstriya monarxiyasining boshqa o\u2018lkalarda krepostnoy tutqunlikni yo\u2018qotish to\u2018g\u2018risida yorliq chiqardi. Bu yorliqda dehqonlarning krepostnoy tutqunligi bekor qilinib, bu tutqunlik o\u2018rniga yangi fuqaro munosabatlari o\u2018rnatildi, bunday munosabatlar Avstriyaning bir qismida qadimdan hukm surib kelar edi. Fuqarolar shundan so\u2018ng ham pomeshchiklarga itoat qilish kerak bo\u2018lsa-da, lekin shaxsiy erkinlikka chiqdilar. Dehqonlar endi o\u2018z xohishlaricha uylana olar edilar, ular pomeshchiklarning yer suvlarini o\u2018z ixtiyorlari bilan tashlab ketish huquqiga ega bo\u2018lib, o\u2018zlari xohlagan kasb va hunarni o\u2018rganishlari mumkin edi. Fuqarolar xo\u2018jayinning hovli ishini bajarish majburiyatidan ozod qilingan edi. Biroq dehqonlar o\u2018z chek yerlari uchun yer egalari foydasiga barshchina va boshqa xil majburiyatlarni o\u2018tashlari lozim edi, Dehqonlarning yer uchastkalari uchun pomeshchiklar bilan fuqarolarning ixtiyoriy kelishuvi asosida haq to\u2018lanadigan bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Dehqonlarning uchastkalari uchun haq olish keng yoyildi. 1783-1789 yillarda hukumat dehqonlar o\u2018taydigan majburiyatlarni birlashgan yer solig\u2018i joriy qilish va yangidan yer ro\u2018yxati tuzish yo\u2018li bilan tartibga solishga urindi. Hamma majburiyatlar pulga chaqib undiriladigan bo\u2018ldi. Yangi daromadning 70 %i dehqonda qoldirilib, 12 %i davlat solig\u2018i uchun, qolgan \u00a018 %i yer egasiga pomeshchikka to\u2018lanardi. Iosif II qo\u2018shimcha mahsulotni ko\u2018paytirmoqchi va hukmron sinfni agrar inqilob xavfidan saqlamoqchi bo\u2018lgan edi. Dvoryanlar namoyondalaridan birining bildirgan noroziligiga javoban Iosif II : &#171;Dehqonlar bizga hech narsa bermay qo\u2018yadigan vaqt kelishini kutib o\u2018tirmay, ularga ayrim yengilliklar berganimiz yaxshi bo\u2018lmasmikin&#187; degan edi. Iosif II o\u2018lgach (1790) . 1789 yilda Fransiyada bo\u2018lib o\u2018tgan inqilobdan so\u2018ng, reaksion dvoryanlar Iosif II o\u2018tkazgan hamma reformalarning bekor qilinishiga erishdi desak bo\u2018ladi. Absolyutizmning siyosiy tuzumi har qanday reformaga dushmanlik ko\u2018zi bilan qaradi. Avstriya absolyutizmning hamma o\u2018lka va viloyatlarning nemis dvoryanlari va bryurokratiyasiga batamom bo\u2018ysundirish yo\u2018lidagi urinishlariga monarxiyaning ayrim qismlari qarshilik ko\u2018rsatdi.<\/p>\n<p>Vengriya feodallari, dehqon va kon ishchilari harakatini bostirib, shaharlarni siyosiy jihatdan cheklanishga majbur etdi va o\u2018zaro urushlar olib borish qirolning markaziy kuchlarini zaiflashtirib qo\u2018ydi. Turklarga qarshi olib borilgan urushda vengr qo\u2018shinlari 1526 yilda Moxach yonida qattiq mag\u2018lubiyatga uchradi. Sal vaqt o\u2018tmay, Vengriya uch qismga bo\u2018lib tashlandi. Vengryaning markaziy qismini ya\u2019ni aholisi vengrlar, xorvatlar, serblardan iborat bo\u2018lgan katta qismini turklar bosib oldi, aholisi vengrlar va slovaklardan iborat bo\u2018lgan g\u2018arbiy va shimoliy qismi Gabsburglar asoratiga tushdi, aholisi valaxlardan iborat bo\u2018lgan sharqiy va janubiy sharqiy qismlari Turkiya sultoniga tobe bo\u2018ldi va Transilvaniya knyazligi deb e\u2019lon qilindi. XVII asrda Yevropada bo\u2018lib o\u2018tgan 30 yillik urush davrida Vengriya o\u2018z mustaqilligini yo\u2018qotgan, 3 qismga bo\u2018lingan holda Gabsburglar sostaviga kirdi. Reformatsiya va cherkov yerlarini musodara qilinishi venger feodallari uchun juda qo\u2018l keldi. Gabsburglar xonadoni ko\u2018p o\u2018tmay, reformatsiyaga qarshi kurash boshladi. U avval Avstriya chegarasiga yaqin joylardagi komitetlarga hujum qildi. So\u2018ngra kurash butun mamlakat ichida avj olib ketdi. Vengr feodallari va dvoryanlarning ko\u2018pchilik qismi, ya\u2019ni o\u2018zlari shafqatsizlik bilan ezayotgan krepostnoy dehqonlardan doimiy xavfsirab feodal va dvoryanlar murosaga kelish yo\u2018liga kirdi. Katolik ruhoniylaridan tortib olingan yerlarning bir qismi egalariga qaytarib berildi. Reformatsiyaga qarshi olib borilgan kurash vengr dvoryanlarning anchasini krepostnoy dehqonlarni Gabsburglar boshchiligidagi katoliklar cherkoviga qaytardi. XVII asrdayoq vengr feodallarining katta qismi, ezilgan xalq ommasidan qo\u2018rqishi sababli, Venani o\u2018ziga tayanch deb bilib, Avstriyaning itoatgo\u2018y malaylariga aylandilar. Vengr katoliklari Avstriya imperatori bilan til biriktirish yo\u2018lini tutdilar. Egr katolik Yepiskopi Suxan o\u2018sha zamonda o\u2018tgan kishilardan birining e\u2019tiroficha, soxta hujjatlar yasadi, aldash mumkin bo\u2018lgan kishilarning hammasini aldadi, qurol kuchi bilan g\u2018ayri qonuniy soliqlar yig\u2018di va yolg\u2018iz o\u2018zi shuncha gunoh qildiki, buni so\u2018z bilan ifodalash qiyin. Transilvaniyaning protestant hukmdorlari, Gabor Betlen (1580-1629) o\u2018z o\u2018lkalarining mustaqilligi uchun muvaffaqiyatli kurash olib bordilar, vengrlarning butun Vengriyani ozod qilishga qaratilgan milliy harakatini vujudga keltira olmay, mag\u2018lubiyatga uchradilar, chunki ular o\u2018z kurashlarida keng xalq ommasiga tayanmadilar. Protestantlar Transilvaniyasi katoliklar g\u2018arbiy Vengriyasidan farq qilsa-da, lekin dehqonlarni ezishda Transilvaniya pomeshchiklaridan aslo qolishmas edi. Protestant Cherei (1625-1659) Transilvaniya oliy maktabida o\u2018qish-o\u2018qitish ishlarining vengr tilida olib borilishiga erishmoqchi bo\u2018lib: &#171;G\u2018aflatda yotgan, jaholat bosgan mojar, g\u2018aflat uyqusidan uyg\u2018onish vaqting keldi&#187; deganida, uni bid\u2019atchi deb surgun qildilar. Vengr pomeshchiklari uchun krepostnoy qaysi millatdan bo\u2018lmasin ruminmi, xorvatmi, slovakmi, ukrainmi va vengrmi mutlaqo baribir edi. Ular bu krepostnoylarni birday ekspluatatsiya qilaverar va &#171;itoatsizlik qilgani&#187; uchun jazolayverar edilar, Gabsburglar o\u2018zlarining Vengriyadagi o\u2018lkalariga yangi soliqlar soldi. Bu soliqlarni yig\u2018ish uchun mas\u2019ul bo\u2018lgan vengr dvoryanlari u soliqlarning butun og\u2018irligini dehqonlar ustiga qo\u2018yishga harakat qildi. Qashshoqlikka solingan krepostnoy dehqonlar qirol soliqlarini to\u2018lash bilan bir vaqtda pomeshchik foydasiga ado etiladigan majburiyatlarni o\u2018tay olmas edilar. Vengr dehqonlari oxirgi chorak g\u2018allalarini berishga majbur bo\u2018lganliklaridan o\u2018zlari och qolar edilar. Gabsburglar soliqlar yig\u2018ish uchun Vengriyaga joylashtirilgan Avstriya qo\u2018shinlariga tayanib, dehqonlarning bor-budlarini soliqqa olardi.<\/p>\n<p>Sobiq Vengriya qirolligining deyarli hamma territoriyasini Gabsburglar monarxiyasi sostaviga qo\u2018shib olish ishi ana shunday vaziyatda, Avstriya bilan Turkiya o\u2018rtasidagi qirg\u2018in soluvchi urushlar jarayonida, XVII asr oxirlarida tugallandi. Imperator tomonidan bosib olingan territoriyada vengr magnatlari chegaralaridagi qal\u2019alarini qo\u2018riqlash ishlarini 1618 yildayoq avstraliyaliklarga topshirgan edi. 1683 yil Avstriya va Turkiya o\u2018rtasida urush chiqdi. 1686 yil Avstriya qo\u2018shinlari Buda qal\u2019asini turklar asoratidan ozod qildi. Turklar Vengriyadan asta-sekin chiqarila boshlandi, 1699 yildan e\u2019tiboran butun Vengriya Gabsburglar qo\u2018l ostiga o\u2018tdi. 1687 yil gabsburglar qo\u2018shinlari turklarni Transilvaniyadan surib chiqardi, Transilvaniya avval vassal mamlakat deb e\u2019lon etildi, Transilvaniyada batamom Gabsburglar hokimiyati o\u2018rnatildi. Transilvaniya pomeshchiklar yangi sharoitda o\u2018zlarining feodallik imtiyozlarini saqlab qolib, rumin va vengr dehqonlarini ezishni davom ettirdilar. Imperator tarafdori, Vengriya noibi pal Esterxazi bu vaqtda Avstriya malaylari to\u2018g\u2018risida quyidagilarni yozgan edi: &#171;Ular aholidan shu qadar ko\u2018p ozuqa tortib olayaptiki mamlakatda ochlik boshlanmoqda va xalq o\u2018zining bolalarini, xotinlarini, yosh qizlarni ajnaviylarga sotishga majbur bo\u2018lmoqda. . . Ko\u2018p kishilar o\u2018z oilalarini, o\u2018zlarini ham o\u2018ldirmokda. Minglab kishilar o\u2018rmonlarda bekinib jon saqlamoqda\u00bb. Gabsburglarning harbiy kismlarini Vengriya qirolligi yerlariga joylashtirish sistemasi dehqonlarning ahvoliga juda og\u2018ir ta\u2019sirini ko\u2018rsatib o\u2018tish lozim. Gabsburglar bu sistemani 1671 yilda joriy etdilar va uni XVII asrda ham qo\u2018lladilar.<\/p>\n<p>Dehqonlar soldatlarga &#171;yashash&#187; uchun joy berish bilan birga, ularni ozuqa bilan ham ta\u2019minlashga majbur edilar. Bu sistema esa dehqonlarni talashdan boshqa narsa emas edi. Avstriya va Turkiyaning 1683-1699 yillardagi urush vaqtida shunday hollar ro\u2018y berib turdiki, harbiy qismlar tomonidan talangan qishloqlar huvillab qolardi, hamma oziq-ovqat mahsulotlari tortib olingandan so\u2018ng dehqonlar xotinlari, bola chaqalari va ko\u2018ch-ko\u2018ronlari bilan qochib ketardilar yoki ochdan o\u2018lardilar. Avstriya qo\u2018shinlarining talonchilik bilan shug\u2018ullanishi natijasida Vengriya tekisligidagi boy shaharlar tushkunlikka yuz tutdi. Masalan, general Karaff qo\u2018mondonligidagi Avstriya qo\u2018shinlari Avstriya- Turkiya urushi vaqtida Debresin aholisidan 1800 ming forint soliq olgandan so\u2018ng bu shahar uzoq vaqtgacha vayron bo\u2018lib yotgan. Gabsburglar tomonidan bosib olingan vengr yerlari Avstriya saroy ahllariga va generallariga sotildi, vengr feodallari o\u2018z yer mulklarini katta pul to\u2018lash yo\u2018li bilan qo\u2018llarida saqlab koldi. Vengr yer magnatlari Gabsburglarga yoqish maqsadida 1687 yilda Gabsburglar sulolasini Vengriyadagi qirol hokimiyatining vorisi deb e\u2019lon qildi. Vengr feodallari &#171;Oltin yorliq&#187; dan qirolning g\u2018ayri qonuniy harakatlariga qarshilik ko\u2018rsatish to\u2018g\u2018risidagi moddani chikarib tashladilar. Avstriya bilan Turkiyaning 1683-1699 yillardagi urushi turklarning haydab chiqarilishiga va Vengriya bilan Transilvaniyaning Gabsburglar monarxiyasiga qo\u2018shib olinishiga olib keldi. Turk istilochilari o\u2018rniga Gabsburglar homiyligidagi mustamlakachilar keldi. Ko\u2018p millatli Vengriya kirolligining parchalab tashlangan yerlari turklar xaydab chiqarilganidan so\u2018ng Gabsburglar qo\u2018l ostida birlashdi, biroq Vengriyaning ba\u2019zi o\u2018lkalarigina bevosita Vena saroyiga bo\u2018ysundirildi, qolgan o\u2018lkalarida butun hokimiyat Avstriya amaldorlari qo\u2018lida qoldi. Gabsburglar Vengriyani o\u2018z monarxiyasining boshqa viloyatlardan hech qanday farqi bo\u2018lmagan oddiy viloyatiga aylantirish maqsadida, aholisi vengrlar, slovaklar, ruminlardan va boshqa xil xalqlardan iborat bo\u2018lgan viloyatlarda Gabsburglar muntazam ravishda nemislashtirish va katolik dinini yoyish ishlarini olib bordilar. Bu viloyatlarda ko\u2018chirib keltirilgan ko\u2018pdan- ko\u2018p nemislar paydo bo\u2018ldi. Nemis tili davlat tiliga aylana boshladi. Avstriya ma\u2019murlari milliy ongning har qanday ko\u2018rinishini darhol yo\u2018qotdilar. Protestantlarni ta\u2019qib etish kuchliroq suratda yangidan boshlanib ketdi. Iezutlar ahvoliga katolik dinini zo\u2018rlab qabul qildirdilar.<\/p>\n<p>Faqat ozgina vengr dvoryanlari, Gabsburglarga qarshi kurash uyushtirishga urindilar. Bu urushlarning hammasi muvaffaqiyatsiz tugadi. Masalan; 1670-1671 yillarda Ferens I Rakotsi rahbarligida uyushtirilgan kurash gruppasi fosh qilinib, unda qatnashganlarning ko\u2018pi qatl etildi. Bunday kurashlarning muvaffaqiyatsizlikka uchrash sabablari kurash qatnashchilarning xalq ommasidan batamom ajralib qolganligi, bu xil kurash tashkilotchilarning faqat tashqaridan yordam olmoqchi bo\u2018lib, ish ko\u2018rganligi bo\u2018ldi. Vengr dvoryanlari bu tajribani 70 yillarning oxirlarida boshlab ma\u2019lum darajada e\u2019tiborga olib ish ko\u2018radigan bo\u2018ldilar. Avstriyaning kolonizatsiya siyosati, katolik cherkov zulmining kuchayishi, Avstriya ma\u2019muriyati va yollanma qo\u2018shinlari tomonidan qilinayotgan jabr sitamlar keng dehqonlar harakati ko\u2018tarilishiga sabab bo\u2018ldi (1678-1685) , vengr dvoryanlari bu harakatdan o\u2018z sinfiy manfaatlari uchun foydalanishga urindi. Jabr-zulmlar vengr va slovak dehqonlarini issiq o\u2018rinlarini sovutib, qochib ketishiga majbur etardi, 1514 yilda bo\u2018lib o\u2018tgan dehqonlar urushida qatnashganlarni xotirlash maqsadida &#171;kuruslar&#187; deb atalgan qochoq dehqonlar Transilvaniya bilan chegaradosh bo\u2018lgan sharq rayonlariga borardilar. Ular bu rayonlardan yordam olishni umid qilar edilar. Gabsburglarga qarshi kurashda qatnashgan dvoryanlar, protestantlar ham shu rayonlarga kelib bekingan edilar. Dehqonlarga 1671 yilda qatl etilgan dvoryanlarning do\u2018sti Imre Tyokyoi boshchilik qilardi. Unga bu vaqtda imperatorga qarshi urush olib borayotgan Fransiya qiroli Lyudovik XIV yordam berishni va\u2019da qilgan edi. 1678 yilda kuruslar Tyokyoi rahbarligi ostida Shimoliy Vengriya uyushqoqlik bilan hujum boshladi. Vengr va slovak dehqonlari kuruslarni shod &#8212; xurramlik bilan kutib olib, Gabsburglarning qo\u2018shinlariga qarshi kurashda ularga yordam berdilar. Sal vaqt ichida Vengriyaning ancha hududi, Transilvaniya chegarasidan tortib to Garamgacha ozod qilindi va Tyokyoi o\u2018zini ozod qilingan territoriyaning knyazi deb e\u2019lon qildi. Biroq, Tyokyoining xalqqa tayanishdan ko\u2018ra, avval Fransiyaga so\u2018ngra esa vengr va slovak aholini ezib, xonavayron qilib kelgan Turkiyaga ko\u2018proq tayanishga intilishi butun harakatini barbod etdi. Imperator Leopold I avval yon berdi-yu, lekin turklar Venani qamaldan bo\u2018shatgandan so\u2018ng, hujumga o\u2018tdi. Avstriya qo\u2018shinlari 1684-1685 yillar mobaynida Tyokyoidan Tarnavani deyarli butun Slovakiyani tortib oldi, natijada 1685 yilda Tyokyoi knyazligi tugadi. 1685 yildan boshlab, ya\u2019ni Avstriya qo\u2018shinlari turklarni surib chiqarib, bu hududlar ishg\u2018ol qilganidan keyin vengr isyonchilarini jazolashga kirishildi. Ammo vayronlik keltiruvchi urushlar to\u2018xtovsiz bo\u2018lib turgan hamda sotsial va milliy zulm kuchayib borayotgan bir sharoitda XVII asrning oxiri va XVIII asr boshlarida dehqonlarning bir necha yangidan- yangi katta qo\u2018zg\u2018olonlari bo\u2018lib o\u2018tdi. Gabsburglar olib borayotgan mustamlakachilik siyosatidan eng ko\u2018p jafo chekayotgan krepostnoy dehqonlar avstriys bosqinchilariga va ular bilan hamkorlik qilayotgan vengr feodallariga qarshi kurash olib bordilar. O\u2018rmonlarda va botqoqliklarda bekinib yurgan qochoq krepostnoy dehqonlar otryad-otryad bo\u2018lib to\u2018planib, nemis va vengr yer magnatlarini yer mulklariga juda ko\u2018p hujumlar qilib turdilar. Dehqonlar otryadlari muntazam avstriys qo\u2018shinlariga ham katta talofat yetkazdilar. Slovakiya, shimoliy Vengriya, Zakarpat Ukrainasi asosiy jang maydoniga aylanmagan bo\u2018lsa ham, lekin har holda Gabsburglarning nemis landeknextlari (yollanma soldatlari) ko\u2018p jabr kurgan o\u2018lkalarda, 1696 yilda Tamash Ese boshchiligida dehqonlar qo\u2018zg\u2018oloni ko\u2018tarildi. 1697 yilda shimoliy-g\u2018arbiy Transilvaniyada rumin va vengr krepostnoy dehqonlarning katta qurolli qo\u2018zg\u2018oloni ko\u2018tarildi. Bu qo\u2018zg\u2018olonga Ferens Tokai, Dvyord, Salontai va Marton Kabai singari dehqonlarning ko\u2018p otryadlari qo\u2018shildi. Qo\u2018zg\u2018olonchilar Avstriya qo\u2018shinlaridan g\u2018olib kelib, Sharoshtanak va Tokai qal\u2019alarini ishg\u2018ol qildilar, qo\u2018zg\u2018olonchilar 3 oydan ortiq vaqt davomida Avstriya qo\u2018shinlarining hammalarini muvaffaqiyatli suratda daf qilib turdilar, shundan so\u2018ng Gabsburglar bilan vengr feodallari qo\u2018zg\u2018olonchi otryadlarni katta kuch yordami bilangina tor-mor keltirdilar. Bu qo\u2018zg\u2018olon butun Transilvaniya tomonidan quvvatlab, vengr va rumin krepostnoy dehqonlarning feodallar ekspluatatsiyasiga qarshi kurashni kuchayotganligini ko\u2018rsatdi. Gabsburglar qo\u2018shinlarining shavqatsizligi vengr xalqining o\u2018z zolimlariga bo\u2018lgan nafratini kuchaytirdi.<\/p>\n<p>Ispaniya merosi uchun olib borilgan urush vaqtida, Avstriya armiyasining g\u2018arbdagi janglar bilan band bo\u2018lishi 1703-1711 yillarda Vengriyada Gabsburglarga qarshi milliy ozodlik urushi boshlanishi uchun zamin tug\u2018dirdi. Dehqonlarning XVII asrdagi qo\u2018zg\u2018olonlari stixiyali bo\u2018lgan bo\u2018lsa-da, bu urush endi stixiyali emas edi. Bu urushda butun vengr xalqi qo\u2018zg\u2018aldi. Bu qo\u2018zg\u2018olon bayrog\u2018iga &#171;Vatan uchun, ozodlik uchun&#187; degan shior yozilgan edi. qo\u2018zg\u2018olon ko\u2018targan dehqonlar krepostnoy huquqdan qutulish umidida edilar. Dvoryanlarning o\u2018t qo\u2018yilgan hovli joylarining yonishi tunlarda qo\u2018zg\u2018olonchilar yo\u2018lini yoritib turardi. Qo\u2018zg\u2018olon 1703 yilda Munkach rayonida boshlandi. Avval u faqat dehqonlar qo\u2018zg\u2018oloni bo\u2018lib, pomeshchiklarga, soliq yig\u2018uvchilarga, olib sotarlarga va hannotlarga qarshi qaratilgan edi. qo\u2018zg\u2018olon ko\u2018targan dehqonlar feodallar foydasiga to\u2018lanadigan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortdilar. Gabsburglarning mahalliy ma\u2019murlari binolarini kunpayakun qildilar, musodara qilingan oziq-ovqat mahsulotlari omborlariga hujumlar qildilar, ayrim hollarda manfur zolimlarni jazoladilar. Bu harakat tusiga kirib, aholining boshqa tabaqalari, ya\u2019ni Gabsburglar zulmidan norozi bo\u2018lgan tabaqalar shahar kambag\u2018allari, oz va o\u2018rtacha miqdorda yer mulki bo\u2018lib, Gabsburglar tomonidan xonavayron qilingan dvoryanlar, quyi darajadagi ruhoniylar ham qo\u2018shildi. Krepostnoy dehqonlar qo\u2018zg\u2018oloni o\u2018sib, keng milliy ozodlik harakatiga aylana boshladi. Qo\u2018zg\u2018olonga Ferens II Rakotsi rahbarlik qildi, u dvoryanlar tomonidan imperatorga qarshi uyushtirilgan kurashda qatl etilgan Ferens I ning o\u2018g\u2018li edi. Ferens II Rakotsi vengr xalqiga qaratilgan xitobnomalarida uni Vengriyaning mustaqilligini tiklashga va ajnaviy Gabsburglar hukmronligini yo\u2018qotishga chaqirdi. Bu chaqiriqdan ilhomlangan dehqonlar krepostnoy tutqunlikdan qutulishdan iborat bo\u2018lgan o\u2018z maqsadlarini kurash jarayonida amalga oshirmoqchi edilar.<\/p>\n<p>Dehqonlarning yo\u2018lboshchilardan biri tamash Ese Rakotsiga bunday xat yozgan edi: &#171;qo\u2018liga qurol olib, siz janoblarga sadoqat bilan xizmat qilayotgan krepostnoy dehqonlar bundan so\u2018ng krepostnoy bo\u2018lmaydilar&#187;. &#171;Kurash kambag\u2018allarni ezuvchi zolimlarga qarshi boshlandiku axir&#187;, qo\u2018zg\u2018olon bir necha hafta ichida butun mamlakatni qamrab oldi. Kuruslar paydarpay g\u2018alaba qozondilar. Kuruslarning ko\u2018p otryadlariga Tamash Ese, Tamash Borbeli, Albert Kish va boshqalar rahbarlik qildilar. Dehqonlarning jangovar g\u2018alabalariga erishuvida katta ahamiyatga ega bo\u2018lgan narsa, qo\u2018zg\u2018olonda kuruslarning XVII asr oxirlarida bo\u2018lib o\u2018tgan dehqonlar qo\u2018zg\u2018olonida qatnashgan kuruslarning eski qo\u2018shinlarining yaxshi qurollangan otryadlari ham qatnashdi. 1707 yil sentabrda Varshavada shartnoma imzolandi, shartnomada Rakotsi bu davrda Pyotr I bilan mustahkam aloqa bog\u2018ladi. Pyotr I unga Polsha taxtini bermoqchi bo\u2018ldi. Shartnomada Rakotsi Polsha taxtiga o\u2018tiradigan bo\u2018lsa, Pyotr I Vengriya bilan Transilvaniyani ozod qilishda Rakotsiga yordam berishini va\u2019da qildi, Fransiya esa Rossiya bilan ittifoqchi bo\u2018lish to\u2018g\u2018risida shartnoma imzolaydigan bo\u2018ldi. 1708 yil yozida Rakotsi huzuriga rus elchisi bordi. Birok shvedlarning Polshani bosib olish va Fransiya bilan olib borilgan muzokaralarning muvaffaqiyatsiz tugashi Varshava shartnomasini amalga oshirishga halal berdi.<\/p>\n<p>Dvoryanlarning katta kismi kuruslarning g\u2018alabalariga erishayotganini amalda ko\u2018rgach, qo\u2018zg\u2018olonni Avstriyaga qarshi kurashga aylantirib yuborishga urinib, bu harakatda rahbarlik mavqeini egalladi. Bu pomeshchiklar qo\u2018zg\u2018olondan o\u2018zlarining Gabsburglar cheklab qo\u2018ygan barcha feodallik huquqlarini tiklash uchun foydalanishga intildi. Dvoryanlarning ikkinchi bir qismi, asosan katta yer-suv magnatlari qo\u2018zg\u2018olonchilarga qarshi kurashib, gabsburglar qo\u2018shinlariga yordam berdi. Masalan, Esterxazi Gabsburglar bilan shartnoma tuzdi, bu shartnomaga ko\u2018ra milliy ozodlik harakati mag\u2018lubiyatga uchragandan so\u2018ng musodara qilinadigan hamma yer-suvlarning 25% unga berilishi kerak edi. Harbiy sanoat markazi Debresin shahri edi. Rakotsi progressiv tadbirlarni amalga oshirdi, lekin u qo\u2018zg\u2018olonchi dehqonlarning asosiy ommasini qiziqtirgan eng muhim masalani hal qila olmadi. Krepostnoy huquqni bekor qila olmadi. U feodallar foydasiga o\u2018tiladigan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortgan dehqonlarni qattiq jazolay boshladi. qo\u2018zg\u2018olon rahbarlarining roli yildan-yilga pasayib bordi. Dehqonlar orasidan tayinlangan komandirlar vazifasidan olinib, ularning o\u2018rniga aristokrat-generallar tayinlandi. Bu generallar kuruslarga dushmanlik nazari bilan qarar edi. Natijada qo\u2018zg\u2018olonning sotsial zamini toraydi va dehqonlar Rakotsi armiyasidan sekin-sekin chiqib keta boshladi. Hatto 1704 yilda Onat seymining Gabsburglarni Vengriya taxtidan mahrum etish va Rokotsining davlat boshlig\u2018i deb e\u2019lon qilinishi ham dehqonlarni zavqlantira olmadi. Oqibatda Gabsburglarga qarshi olib borilgan kup yillik urushning mashshaqatlari dehqonlar ustiga tushdi Rakotsi o\u2018z armiyasining tarqalib ketishining oldini olish maqsadida, 1709 yilda farmon chiqardi, ozodlik urushida qatnashgan barcha dehqonlar unga ko\u2018ra, erkin deb e\u2019lon qilindi va bir qancha yengilliklar berildi. Biroq farmon kechikib chiqarilgan edi, shuning uchun ham u e\u2019tiqodi qaytgan dehqonlarni armiyaga torta olmadi va ozodlik harakatiga yangi kuch baxsh eta olmadi. Rakotsi tashqaridan yordam olishni Gabsburglarga qarshi olib borilgan urush muvaffaqiyatli tugallashi uchun zarur bo\u2018lgan asosiy shart deb hisoblardi. Lyudovik XIV Vengriya qo\u2018zg\u2018oloniga hech qanday harbiy yordam bermadi. Rakotsining Polsha, Shvesiya, Turkiya va Prussiyaga qilgan murojaati ham hech qanday natija bermadi. Monaxlarning birortasi Gabsburglar bilan ochikdan-ochiq to\u2018qnashishga va Vengriya taxtini qabul qilishga ko\u2018nmadi. Rakotsi armiyasi bir qancha vaqt katta janglarda mag\u2018lubiyatga uchragandan so\u2018ng 1710 yilda Mulkachga chekindi. Ana shu og\u2018ir paytda Rakotsi Pyotr I huzuriga borib, Rossiyadan yordam so\u2018radi. Poltava jangidan so\u2018ng Rossiya va Vengriya o\u2018rtasidagi uchrashuvlar do\u2018stona tus olib ketdi. Rakotsi shved armiyasining qolgan qutganini o\u2018z qo\u2018l ostidagi territoriyadan o\u2018tkazishdan bosh tortdi. Rakotsining Fransiya saroyidagi vakili Fransiya bilan Rossiya o\u2018rtasida ittifoq tuzish to\u2018g\u2018risida ilgari olib borilgan muzokaralarning yangidan boshlanishiga tashabbuskor bo\u2018ldi. Biroq ruslar va turklar o\u2018rtasida 1711 yilda boshlangan urush Pyotr I ning Rakotsiga qurolli yordam ko\u2018rsatishga halal berdi. Hukumat va armiyaga joylashib olgan reaksion dvoryanlar Rakotsining harbiy mag\u2018lubiyatlarga va tashqi siyosat sohasida qiyinchiliklarga uchrashidan foydalanib, Gabsburglar bilan murosaga keltiruvchi sulh tuzishga intildi. Rakotsining generallaridan biri graf Shandor Karoy 1711 yil 1 mayda avstraliyaliklar bilan Satmar shartnomasini imzoladi. Rakotsi bu voqeadan ilgari Vengriyadan chiqib ketgan edi. Avstriya qo\u2018shinlari Ferens II Rakotsi rahbarligida ko\u2018tarilgan milliy ozodlik qo\u2018zg\u2018olonini vengr feodallarining yordami bilan bostirgandan so\u2018ng, kuruslar qurolsizlantirildi va jazolandi, milliy ozodlik kurashida qatnashgan kishilarning yer &#8212; suvlari Vena sohibkorlari va yuqori mansabdagi katolik ruhoniylar qo\u2018liga o\u2018tdi. O\u2018z Vataniga xiyonat qilgan vengr dvoryanlari ham o\u2018z ulushlarni oldilar. Ularga yer mulklari bilan birga gersog, graf va baron degan unvonlar in\u2019om qilindi.<\/p>\n<p>Gabsburglar bilan vengr feodallari birlashib Vengriyani Gabsburglar monarxiyasining mustamlakasiga aylantirishga harakat qildilar. Gabsburglar oyog\u2018iga yiqilgan vengr dvoryanlari vengr, xorvat, serb, slovak, rumin, ukrain dehqonlarini ekspluatatsiya qilishni kuchaytirdilar. Dvoryanlar xalq ommasiga xiyonat qildi. Ammo xalq ommasi kurashni davom ettirdi. Kechagi kuruslar o\u2018rmonlarga chiqib ketib, batyalarga (qaroqchi) &#8212; partizanlarga aylandilar. 1711-1713 yillarda slovak dehqonlarining partizanlik harakati ko\u2018tarilib, vengrlar, chexlar, polyaklar ham qo\u2018shildi. Slovak xalqi qahramoni-kuruslar tomonidan olib borilgan ozodlik urushi qatnashchisi Yuriy Yanoshik rahbarligidagi partizan otryadlari imperator qo\u2018shinlari ustidan bir necha marta g\u2018alabalar qozonishdi<\/p>\n<p>Avstriya saroyi Vengriyada bir-biri bilan raqobat qilayotgan feodallardan iborat yangi aristokratiya barpo qildi. Bu aristokratiya birgina ishora: &#171;Imperator talayversin, biz ham talasak bo\u2018lgani&#187; degani ishoraga amal qildi. Gabsburglar bilan vengr pomeshchiklari sinfining xalq ommasiga qarshi qaratilgan til biriktirishi XVII asr birinchi yarmida bir qancha qonunlar bilan &#8212; Progmatik sanksiya, 1741 yildagi qonun va boshqa bir qancha qonunlar bilan mustahkamlandi. 1741 yilgi qonunga ko\u2018ra dvoryanlarga soliq solishga doir masalalar umuman hech mahal seymda muhokama qilinmasligi va feodallarning yer-suvlariga umrbod soliq solinmasligi kerak edi. Vengr dvoryanlari bu davrda komitetlar tarqoqligini kuchaytirib yubordi. Ko\u2018pdan-ko\u2018p urushlar bo\u2018lib turishi natijasida Vengriya shaharlari juda tushkunlikka yuz tutdi. Janr maydonlari zonasidagi bir qancha shaharlar vayron bo\u2018ldi. Shaharlar keyingi bir necha 10 yil mobaynida ham yuksaldi. 1777 yilda Vengriyadagi 8 mln. cha aholidan atigi 30 ming kishigina sanoatda ishlar edi. Dehqonchilik esa basharti rivojlangan takdirda ham, faqat ekstentiv suratda rivojlandi. Yerga ishlov berishda hech qanday yangi metodlar qo\u2018llanilmadi. Vengriyadagi krepostnoy dehqonlarning bobokalonlari yerga 500 yil oldin qanday usullar bilan ishlov bergan bo\u2018lsalar, bu dehqonlar ham o\u2018shanday usullar bilan ishlov berardilar. Avstriya hukumati Vengriyani qishloq xo\u2018jalik mahsulotlarini va xom ashyosini faqat Avstriyaga chiqarishga majbur etardi. Avstriya hukumati Vengriya, Slovakiya, Zakarpat Ukrainasi, Transilvaniya va Xorvatiyani Avstriyaning agrar mustamlakasiga aylantirishga intilar edi. Mariya Tereziya va Iosif II hukumatlari Vengriyadan Avstriyaning sanoat mollari sotiladigan bozor sifatida foydalanishga harakat qildi. 1775 yilda o\u2018tkazilgan boj reformasi umuman boj va xiroj to\u2018lovlarni 20% kamaytirgan reforma Vengriyaga nisbatan tadbiq etilmadi. Vengriyadagi eski sistema chetdan keltiriladigan va chetga chiqariladigan mollarga haddan tashqari ko\u2018p soliq solish sistemasi kuchaya bordi. Mariya Tereziya, ayniqsa Iosif II Vengriya seymiga mutlaqo e\u2019tibor qilmay farmonlar chiqardi.<\/p>\n<p>1784 yildan boshlab vengr maktablarida o\u2018qish- o\u2018qitish ishlarini faqat nemis tilida olib borish ruxsat etildi, gimnaziyalarga ham nemischani biladigan o\u2018g\u2018il bolalargina olinar edi. Ma\u2019muriy til ham nemis tili bo\u2018ldi, davlat xizmatiga nemischani biladigan kishilargina qabul qilinar edi. Iosif II ning mazlum xalqlarga reformalar o\u2018tkazish va nemislashtirish yo\u2018li bilan yaxlit Avstriya davlati barpo qilishga urinishi vengr xalqining milliy adabiy tilini rivojlantirish yo\u2018lidagi intilishini kuchaytirib yubordi. 1779 yilda &#171;Vengriya vatanparvarlik jamiyati&#187; tashkil etildi, lekin Iosif II bu jamiyatning o\u2018z ishini keng yo\u2018lga qo\u2018yishga ruxsat bermadi. Birinchi ommaviy qiroatxona, so\u2018ngra 1792 yilda kutubxona ochildi. 1784 yilda Budada vengr tilida birinchi marta teatr qo\u2018yildi. XVIII asrning ikkinchi yarmida Chexiyada yirik yer mulkining ko\u2018payishi jarayoni kuchayib ketdi. O\u2018rta va mayda darajadagi yer egaligining hissasi 10% gacha qisqardi. 30 yillik urushning oxirlariga kelib katta feodallar Chexiyadagi jamoa yerlarining 2\/3 qismini o\u2018z qo\u2018liga oldi. Bu katta feodallarning ko\u2018pchiligi Chexiyaga 1618-1620 yillardagi qo\u2018zg\u2018olonni bostirish maqsadida Fernand II bilan birgalikda bostirib kirgan ajnabiylar qo\u2018lida edi. Shvarsenberglar, Vallenshteynlar, Lixtenshteynlar, Forstenberglar, Konleredo-Mansfeldlar va Chexiyadagi boshqa katta yer-mulklari ana shu vaqtdan e\u2019tiboran to\u2018plana boshladi. Bu katta yer egalari 1618-1648 yillardagi urushdan so\u2018ng ishlovsiz qolgan yerlarni ham o\u2018z qo\u2018liga oldi. Huquqi tiklangan katolik yer egaligi ham ajnabiylar qo\u2018lida edi. Chexiya tuprog\u2018ida feodallarning katta yer egaligi XVII asrning ikkinchi yarmida avj olib ketdi. Bu yer mulklarda feodal xo\u2018jaliklar tashkil qilinib, bu xo\u2018jaliklarda ko\u2018plab g\u2018alla yetishtirildi, baliqchilik qilish uchun katta hovuzlar qurildi. qo\u2018y boqish uchun yaylovlar kengaytirilib, ayrim xo\u2018jaliklarda qo\u2018ylar soni mingga yetdi. Tabiiy sharoiti imkon bergan xo\u2018jaliklarda yog\u2018och oqizildi. Sotish uchun g\u2018alla, baliq, yung, yog\u2018och-taxta, pivo yetishtiriladigan bo\u2018ldi. Feodal xo\u2018jaliklar dastlabki vaqtlarda ichki bozor ehtiyojlarini ham ta\u2019minlay boshladi. Tovar mahsulot ishlab chiqarishning o\u2018sishi qishloq xo\u2018jaligidagi ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishidan dalolat beradigan ko\u2018rsatgich edi. Katta feodal xo\u2018jaliklarning tashkil topish jarayoni tugallanishi bilan dehqonlarning ikkinchi marta tutqunlikka solinishi kuchaydi. Bu jarayon tugallanishi bilan Chexiya nemislashtirilib va milliy zulm kuchayib bordi. XVII asr o\u2018rtalarida dehqonlar xo\u2018jaligi yerning hiyla qismidan mahrum bo\u2018ldi, yerlarni feodallar yaylov, o\u2018tloqlar tashkil qilish va hovuzlar qurish uchun tortib olgan edi. XVII asrning 50-70 yyllarida dehqonlarning ko\u2018pdan-ko\u2018p g\u2018alayonlari bo\u2018lib o\u2018tdi, bu g\u2018alayonlarning ko\u2018tarilishiga yangidan barshchina joriy qilinishi sabab bo\u2018ldi. 1680 yilda qo\u2018zg\u2018olon ko\u2018tarilib, butun Chexiyani va Movarxiyaning bir qismini o\u2018z ichiga oldiki, bu qo\u2018zg\u2018olon XVII asrda bo\u2018lib o\u2018tgan hamma dehqonlar harakatlarining eng kuchlisi bo\u2018ldi. Dehqonlar Praga noibiga qirol hokimiyatining Chexiyadagi vakiliga barshchinaning va boshqa majburiyatlarning kamaytirilishini iltimos qilib ko\u2018pdan-ko\u2018p nomalar yubordilar. Bu iltimoslar hech qanday natija bermaganidan so\u2018ng, dehqonlar feodallarga qarshi bosh ko\u2018tarib, barshchinani bajarishdan bosh tortdilar va qirol amaldorlarini o\u2018z boshlariga tushgan musibatlarning asosiy aybdorlari deb hisoblab, ularni juda qattiq jazoladilar. Chegara rayonlarida chex dehqonlari bilan nemis dehqonlari birgalikda ish ko\u2018rdilar. Shuning uchun ham Gabsburglar 1680 yilda barshchina to\u2018g\u2018risida birinchi qonun chiqarishga majbur bo\u2018ldi. Qo\u2018zg\u2018olon bostirilgandan so\u2018ng chiqarilgan qonundan ko\u2018zlangan maqsad feodallarning imtiyozlarini dahlsiz qoldirgan holda dehqonlarni tinchlantirish edi. Dehqonlarning g\u2018alayonlari to\u2018xtamaganligi natijasida XVIII asr boshlarida barshchina to\u2018g\u2018risida yana bir nechta qonunlar chiqarildi. Xodlar yo\u2018lboshchisi Yan Kozinani chex xalqi milliy qahramon sifatida xotirlaydi. XVII asrning birinchi yarmida Chexiyada manufaktura ishlab chiqarishi rivojlana boshladi. Chexiyaning shimolida, ya\u2019ni unumdor yerlari bo\u2018lmagan, lekin o\u2018rmonlari, suvi ko\u2018p bo\u2018lgan va qadimdan dehqonlar hunarmandchiligi bilan dong qozongan bu o\u2018lkada mato, movut, ip gazlama, oyna ishlab chiqarishi keng yoyildi. Bu tashkilotchilarning ba\u2019zilari Chexiyaning shimolidagi butun rayonlarni o\u2018z nazoratiga olib, tikuvchilarni ip bilan ta\u2019minlab turdi va muayyan turda mato ishlab chiqarishni talab etdi. Tarqoq manufakturalarning dastlabki tashkilotchilari orasida janubiy vositachilari ham bor edi. XVII asrning oxirlarida Oseskiy monastirining movut manufakturasi vujudga keldi. 1715 yilda Gornoe Litvinovada graf Vallenshteyn Avstriya imperiyasida eng katta korxona bo\u2018lgan movut manufakturasini tashkil kildi, bu manufakturaning ustaxonalarida 400 kishi ishlar edi va tevark &#8212; atrofdagi qishloqlarda istikomat kiluvchi ko\u2018pdan-ko\u2018p xonaki yigiruvchilar mazkur manufaktura bilan bog\u2018langan edi. Zodagonlar zo\u2018r berib sohibkorlik ishi bilan shug\u2018ullandi. Graf I. Kinskiy vositachi, bar qancha manufakturalar tashkilotchisi, savdo jamiyatining a\u2019zosi edi. Frank Lotarinskiy yirik manufakturalar egasi bo\u2018lib, sharq bilan savdo-sotiq ishlari olib borish uchun ikkita savdo jamiyati tashkil etdi. Shaharliklar tashkil kilgan manufakturalar ancha oz bo\u2018lib, ularda ishlovchi ishchilar soni odatda 100 kishidan oshmas edi. Markazlashgan manufakturalarda mehnat taqsimoti izchillik bilan olib borilar edi, masalan: movut manufakturasida sex hunarmandchiligidagi 8 operatsiya o\u2018rniga 45 ta operatsiya olib borildi. Mehnat taqsimoti yangi, takomillashgan uskunalar vujudga kelishiga mehnat unumdorligining oshuviga olib keldi. XVIII asrning o\u2018rtalaridan e\u2019tiboran manufakturalar mahsulotining tobora ko\u2018p kismi o\u2018sib borayotgan ichki bozorda sotila boshlandi. Gabsburglar manufakturalar tashkil etish ishini rag\u2018batlantirdi. Manufaktura tashkil etgan kishilarga yordam pul (dotatsiya) berilardi, manufaktura tashkil etgan kishilar chet mamlakatlardan olingan xom-ashyo uchun boj to\u2018lashda yengillik olar va mamlakatning o\u2018zida xom-ashyo sotib olishda boshqalardan ko\u2018ra imtiyozliroq huquqga ega edilar. Chet ellarga xom-ashyo chiqarish va mamlakatning o\u2018zida ishlab, chiqariladigan buyumlarni chet ellardan keltirish ta\u2019qiqlangan edi. Manufaktura ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida XVIII asrning 30 yillaridan e\u2019tiboran sexlarning faoliyati cheklana boshlandi. Avstriyaning Sileziyadan ajralib qolishi Chexiyada sanoatning yanada tezroq rivojlanishi uchun yordam berdi. Chexiya XVIII asr o\u2018rtalaridan boshlab, Avstriya monarxiyasining eng sanoatlashgan viloyatiga aylana bordi. Chit va boshqa gazlama ishlab chiqaruvchi ip gazlama sanoati shu davrda vujudga keldi. Graf Bolzaning Kosmoposhidagi manufakturasida 400 ta ishchi ishlar edi, tevarak atrofidagi qishloqlarda o\u2018z uyida ishlovchi 4 ming ishchi ham shu manufakturaning ishini qilar edi. XVIII asr ikkinchi yarmida Chexiyaning Praga, Libersa va boshqa shaharlarida chitga gul bosish sanoati rivojlana boshladi. XVIII asr o\u2018rtalarida Chexiya qog\u2018oz ishlab chiqarishda Avstriya imperiyasida yetakchi o\u2018ringa chiqdi, Chexiya oynasi Yevropada va boshqa qit\u2019alarda dong chiqardi. qon ishi g\u2018oyat darajada tushkunlikka uchradi. Kutna tog\u2018ining o\u2018zidagina kon ishchilarning soni XVI asr o\u2018rtalaridan XVIII asr o\u2018rtalarigacha 20 baravar kamaydi va yanada qisqarib bormoqda edi. To\u2018quvchilik ishlab chiqarishi Chexiya sanoatining yetakchi tarmog\u2018iga aylandi, to\u2018quvchilik ishlab chiqarishda 1775 yilda 25 ta markazlashgan manufaktura bor edi. Ishchilarning 95 % to\u2018quvchilik sanoatida ishlar edi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishi natijasida XVIII asr o\u2018rtalarida Chexiya aholisi ko\u2018payib, 2100 ming kishiga yetdi. Manuftura ishlab chiqarishi eng ko\u2018p taraqqiy qilgan shimoliy Chexiya aholisi juda tez ko\u2018paydi. Gornoe Litvinovadagi xonadonlar soni XVIII asr boshlaridan to 1775 yilgacha 20 baravardan ziyodroq ko\u2018paydi, kichkinagina qishloqcha bo\u2018lgan Gornoe Litvinova natijada katta shaharga aylandi.<\/p>\n<p>Gabsburglar davlat hokimiyatini yanada markazlashtirishga va turli o\u2018lkalardagi davlat muassasalarini umum Avstriya davlat apparati bilan birlashtirishga intildi. XVIII asr o\u2018rtalarida doimiy yer solig\u2018i joriy qilindi. XVIII asr 2-choragida Chexiya saroyining Venadagi mahkamasi umum Avstriya davlat muassasalari bilan birlashtirib yuborildi, viloyat boshqarmasi esa yo\u2018qotildi. Chexiya ustidan hukmronlik yuritish Venadagi markaziy sud va moliya muassasalariga o\u2018tdi. Chexiyaning davlat mustaqilligini sekin- asta yo\u2018qotish Mariya Tereziya tomonidan 1749 yilda tugallandi. 1775 yilgi qo\u2018zg\u2018olon va dehqonlarning keyingi vaqtlaridagi g\u2018alayonlari dahqonlarning shaxsiy tutqunligini bekor qilish va ularga bir joydan ikkinchi joyga o\u2018tish huquqini berish to\u2018g\u2018risida 1781 yili qonun chiqarilishiga sabab bo\u2018ldi. Bu qonun feodal krepostnik sistemani batamom tugatmadi, chunki qishloqda dehqonlarning yerga egalik qilishi bilan bog\u2018liq bo\u2018lmagan feodal majburiyatlar va pomeshchiklarning dehqonlarga hukmronlik qilishi saqlanib qolgan edi. O\u2018sha 1781 yilda din erkinligi to\u2018g\u2018risida qonun chiqarildi, bu qonunda barcha dindagi kishilarga hunarmadchilik, savdo sotiq ishlari, sohibkorlik bilan shug\u2018ullanish ruxsat etildi. Milliy zulm chex madaniyatining ta\u2019qib etilishida ham infodalandi. Praga Universiteti iezuitlar tashkiloti qo\u2018lida edi. Iezut Koniash ta\u2019qiqlangan kitoblar ro\u2018yxatini bostirib chiqardi, 1414 yildan to 1750 yilgacha nashr etilgan chex kitoblarini shu davr ichida yozilgan hamma chex kitoblarining 1\/3 qismini mazkur ta\u2019qiqlangan kitoblar ro\u2018yxatiga kiritdi.<\/p>\n<p>Jaholatparast Koniash, shaxsan o\u2018zim 35 ming kitobni yo\u2018q qildim, deb maqtangan edi. Yan Amos Komenskiy (1592-1670) kabi mashhur chex olimlari mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo\u2018lishdi. Chexiyaning XVII asrda o\u2018tgan vatanparvari monarx Boguslar Balbin o\u2018z ona tilini yo\u2018qlab chiqqani uchun ta\u2019qib qilindi. Biroq chex xalqi avvalo dehqonlar nemislashtirishga rozi bo\u2018lmadi. U o\u2018z ona tilini va urf odatlarini saqlab qoldi. Chex xalq ashulalari va qissalari nasldan-naslga o\u2018tib keldi. Chex dehqonlari eng qattik ekspluatatsiya hukm surgan sharotida ham xalq madaniyatini himoya qildilar. XVII-XVIII asrlarda xalq ijodi, she\u2019riyat, qo\u2018shiqlar, pesalar, bashoratnomalar yozish katta rivoj topib, bu asrlarda dehqonlarning feodallarga va cherkovga qarshi qaynab toshgan qahr &#8212; g\u2018azabi ifodalandi. &#171;Panlarga hech qanday shafqat qilmaymiz&#187;! &#171;Ularning gunohlarini kechirmaymiz&#187;, degan so\u2018zlar bilan tugaydigan bu ashula kurashga da\u2019vat qiluvchi chaqiriq bo\u2018lib yangradi. Bu davrda tasviriy san\u2019at barokko uslubi huqm surib, bu uslubning atoqli namoyondalari rassomlik sohasida K. Shikreta, haykaltaroshlik sohasida &#8212; F. M. Brakov edi.<\/p>\n<p>Ko\u2018pdan-ko\u2018p xorlar, bastakorlar, operalar ko\u2018pgina chex muzikachilarning chet ellarga dong\u2018i ketishi chex xalqining traditsion san\u2019ati bo\u2018lgan muzika san\u2019atining yanada rivojlanganidan dalolat berar edi.<\/p>\n<p>Shunday qilib, chexiya tarixida &#171;Jaholat&#187; deb nom olgan feodal va katolik reaksiya davri, yana shunday davr ham bo\u2018ldiki, unda ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan milliy madaniyat rivojlandi va chex xalqining ravnaq topishiga halal berayotgan qora kuchlarni yengishiga zamin yaratildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>30 yillik urushdan keyin Gabsburglar monarxiyasi. Avstriya podsholigidagi o\u2018lkalarning ijtimoiy- iqtisodiy ahvoli. Dehqonlar. XVIII asr 2-yarmida Chexiyada feodallarga qarshi milliy kurash. XVII asrning 2-yarmi va XVIII asrda Vengriya. XVII asr oxiri &#8212; XVIII asrda Chexiyada feodallarga qarshi milliy kurash. XVIII asrda Vengriyaning Avstriya monarxiyasi tarkibidagi ahvoli. &nbsp; O\u2018ttiz yil davom etgan urush Gabsburglar xonadoniga mansub [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-71","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-lessons"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/71","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=71"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/71\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":72,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/71\/revisions\/72"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=71"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=71"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=71"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}