{"id":69,"date":"2026-05-20T09:40:47","date_gmt":"2026-05-20T06:40:47","guid":{"rendered":"http:\/\/jahon-tarixi.test\/?p=69"},"modified":"2026-05-20T09:40:47","modified_gmt":"2026-05-20T06:40:47","slug":"xvii-asr-ikkinchi-yarmi-va-xviii-asrda-germaniya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/?p=69","title":{"rendered":"XVII asr ikkinchi yarmi va XVIII asrda Germaniya"},"content":{"rendered":"<ol>\n<li>O\u2018ttiz yillik urushdan keyin Germaniyaning ahvoli.<\/li>\n<li>Brandenburg &#8212; Prussiya davlatining tashkil topishi.<\/li>\n<\/ol>\n<p>3.Fridrix I ning tashqi siyosati va Prussiyaning qirollikka aylantirilishi.<\/p>\n<ol start=\"4\">\n<li>Germaniyada xalq xarakatlari.<\/li>\n<li>Nemis milliy madaniyati taraqqiyoti.<\/li>\n<\/ol>\n<p>O\u2018ttiz yillik urush Germaniya iqtisodiyotining umumiy turg\u2018unligiga va hatto tushkunlikka yuz tutishiga olib kelgan birdan &#8212; bir yoki eng muhim sabab bo\u2018ldi, deb hisoblash to\u2018g\u2018ri emas edi. Lekin urush natijasida yuz bergan vayronagarchilik mamlakatning ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotida reformatsiya davri hamda dehqonlar urushi yetilgan vaqtdan buyon ko\u2018rina boshlangan tendensiyalarni batamom oshkora ko\u2018rsatib berdi. Germaniyaning hamma yerida soldatlar beboshligi hukm surdi. Hamma joyda kontributsiyalar solinar, aholi talanar, uy-joylarga o\u2018t qo\u2018yilar, kishilarga jabr &#8212; zulm qilinar va o\u2018ldirilar edi. Germaniya jahon savdosidan chetga chiqib qolgan edi, jahon savdosining yo\u2018llari esa yangi tomonlarga o\u2018tib ketgan edi. Italiya va Germaniyaning shu vaqtgacha mavjud bo\u2018lgan iqtisodiy markazlari o\u2018zining ilgarigi ahamiyatini yo\u2018qotgan edi. 30 &#8212; yillik urushdan keyin Germaniya g\u2018arbiy Yevropadagi ancha taraqqiy etgan mamlakatlardan ya\u2019ni Gollandiya, Angliya va Fransiyadan orqaga qolgan va ularga qaram bo\u2018lgan davlat edi. XVI asr boshlaridagi dehqonlar urushi mag\u2018lubiyatga uchraganligining salbiy oqibatlari ham o\u2018z ta\u2019sirini ko\u2018rsatmoqda edi. Chunki, shu salbiy okibatlari natijasida mamlakatning siyosiy jihatdan parchalanishi kuchayib ketgan edi. XVII va XVIII &#8212; asrlarda Germaniya savdo-sotiq rivojlangan Gollandiyaga hamda sanoati taraqqiy etgan Angliyaga ko\u2018p jihatdan qaram bo\u2018lgan edi. Bu davrda eng katta iqtisodiy o\u2018zgarishlar Germaniyaning faqat qishloq xo\u2018jaligida yuz berdi, chunki qishloq xo\u2018jaligi kapitalistik jihatdan ancha taraqqiy etgan mamlakatlarning kapitalistik manufakturasi uchun sanoat xom-ashyosi hamda g\u2018alla yetkazib beruvchi bo\u2018lib qolgan edi. 30-yillik urushdan keyin qashshoqlashib qolgan aholi jumladan, dehqonlar ommasi kuchayib ketgan feodal-krepostnoylik ekspluatatsiyasining jabridan batamom xonavayron bo\u2018lgan edi.<\/p>\n<p>Urush vaqtida birgina Vallenshteyn armiyasi talonchilik qilib qolmadi, balki qaroqchilar otryadining boshliqlari, ya\u2019ni katolik, protestant armiyalarining ofitserlari dehqonlarni talashda bir- biridan o\u2018tib tushdilar, ulardan ba\u2019zilari million- million boylik egasi bo\u2018lib oldilar. Vallenshteynning urushda topgan boyligi qariyb 9 million geldenni tashkil qildi. Graf Kenichsmark Shvesiya armiyasida harbiy mansablarga ko\u2018tarila boshlaganda, cho\u2018ntagida sariq chaqasi ham yo\u2018q edi, umrining oxirida kelganda esa shunday boylik egasi bo\u2018lib qolgan ediki, bu boylik unga har yili 130 ming taler daromad keltirar edi. XVII asrning 2 yarmida ular aholini ortirgan boyliklarini ekon deb, yer mulkiga aylantirdilar va natijada ular ham nemis dvoryanlari safiga qo\u2018shildilar. Urushdan zarar kurgan pomeshchiklar, knyazlar va dvoryanlar dehqonlarning to\u2018lovlari va majburiyatlarini to\u2018xtovsiz oshirib borib, ular hisobiga o\u2018z ishlarini o\u2018nglab ola boshladilar.Qishloq xo\u2018jaligi mahsulotlari bahosining pastligi oqibatida dehqonlarning ko\u2018pchiligi uzolmaydigan qarzdor bo\u2018lib qoldi. Pomeshchiklar bu holdan foydalanib, dehqonlar yeri hisobiga o\u2018z mulklarini kengaytirdilar. Ular zo\u2018ravonlik qilib, dehqonlarga va qishloq jamoalariga qarashli dalalarni, yaylov va boshqa yer-suvlarni bosib olar edilar.<\/p>\n<p>Dehqonlarning yersizlanishi turli joylarda turlicha darajada yuz berdi. Sharqiy Germaniyada (Brandenburg, Prussiya, Pomeraniya, Maklenburg) dehqonlar eng ko\u2018p zarar ko\u2018rdi. Mahalliy dvoryanlar bu yerda chorvachilikni rivojlantirishni o\u2018zlari uchun eng foydali ish deb bildilar, shuning uchun XVII- XVIII asrlarda Maklenburgdagi dehqonlarning yersizlanishi va o\u2018z oqibatlari jihatidan Angliyadagi g\u2018ov tutishini eslatar edi. Pomeshchiklar dehqonlarning yerlarini bosib olib, ularni chorva mollar boqiladigan yaylovga aylantirar, dehqonlarning o\u2018zlarini esa pomestega berkitib qo\u2018yilgan batraklarga aylantirar edilar.<\/p>\n<p>Dehqonlar mulki cheklab qo\u2018yilgan edi. Badenda, Vyurtenbergda va Janubiy G\u2018arbiy Germaniyaning knyazliklarida yirik yer egalari uchun barshchina u qadar asosiy ahamiyatiga ega emas edi. Bu yerlarda Fransiyadagi senor rejimiga o\u2018xshash munosabatlar tarkib topdi. Yirik yer egasi chek yerlar uchun obrok yoki boshqa xil to\u2018lovlar tarzida feodal yer rentasi to\u2018lar, dehqonlarning shaxsiy qaramligi bilan bog\u2018liq bo\u2018lgan to\u2018lovlar va majburiyatlar esa daromadning ikkinchi darajali manbai hisoblanar edi.<\/p>\n<p>Tovar mahsulot ishlab chiqarish xarakteriga ega bo\u2018lganligiga qaramay, pomeshchiklarning barshchina xo\u2018jaligi kapitalistik xo\u2018jalikdan shu bilan tubdan farq qilar ediki, pomeshchiklar juda kamdan-kam hollardagina yollanma mehnatdan foydalanilar edi. Dehqonlar pomeshchiklarning yerlarida barshchina asosida ishlab berardilar. Ular ish kuchinigina emas, balki yerni ishlash uchun zarur bo\u2018lgan jonli va jonsiz inventarlarni ham yetkazib berar edilar. &#8212; Dehqon xo\u2018jaligining o\u2018zini esa pomeshchik barshchina o\u2018tash uchun ish kuchi va inventar bilan ta\u2019minlab turadigan xonadon deb qarar edi Uttiz yillik urush vaqtida yerdan mahrum bo\u2018lgan dehkonlarning-juda katta armiyasi tashkil topdi. Urushdan keyin bunday dehqonlar soni yollanib ishlovchilar hisobidan yanada ko\u2018paydi. Shu tariqa qishloqda krepostnoy batraklarning alohida guruhi vujudga keldi. Ularning ko\u2018pincha kichkinagina kulbachasi-yu, bir parcha yeri bo\u2018lardi. O\u2018ttiz yillik urush qishloqni shunchalik xarob qildiki, dehqonlar qarshilik ko\u2018rsatishga ham ojiz bo\u2018lib qoldilar. Pomeshchiklar hech bir monesiz sud hokimiyatini o\u2018z qo\u2018llariga oldilar. Yer egasi dehqonlarning mulkiy va shaxsiy huquqlarini o\u2018z bilganicha cheklayverishi uchun votchina sudi yetarli darajada ishonchli vosita bo\u2018lib xizmat qildi. Dehqonlarning yoppasiga krepostnoylarga aylantirilishi Germaniyaning butun ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy hayotiga katta ta\u2019sir ko\u2018rsatdi. Dehqonlarning krepostnoylashtirish XVII-XVIII asrlarda Germaniyada sanoatning taraqqiy etishiga halal bergan asosiy sabablardan biri bo\u2018ldi. Germaniyaning qishloq xo\u2018jaligi o\u2018ttiz yillik urush tugagandan keyin mavjud sharoitga moslashishdi. Shahar sanoati tamomila boshqacha ahvolda edi. Chet el tovarlarining kirib kelishi unga halokatli darajada ta\u2019sir qildi. Nemislarning ulgurji va chakana savdogarlari Gollandiya, Angliya va Fransiya kapitalining dallollari va agentlariga aylanib qoldilar. Prussiya qiroli Fridrix II ning aytishicha, uning davlatida \u00absavdogar chet-el savdosining dasyori edi\u00bb. Savdogar boshqa mamlakatlarga jun, zig\u2018ir tolasi, kanop losi va sanoatga kerakli bo\u2018lgan boshqa xom- ashyolarni olib ketar edilar. Shu bilan bir vaqtda chet-el manufakturalari ishlagan buyumlarni juda ko\u2018p miqdorda olib kelar edilar. Ularning bu ishidan hunarmandlar ikki tomonlama zarar ko\u2018rardi, chunki zarur xom-ashyodan, yana xaridordan ham mahrum bo\u2018lar edi. XVII asr oxirlaridan e\u2019tiboran, avvalo, Brandenburgda, keyin Germaniyaning boshqa joylarida ham iqtisodiy sohada bir qadar jonlanish boshlandi. Jonlanish birinchi navbatda qishloq sanoatida yuz berib, u o\u2018zining natural xarakterini yo\u2018qotdi, avvallari bo\u2018lganidek, dehqon o\u2018zining va pomeshchikning sanoat buyumlariga ehtiyojini qondirish o\u2018rniga, endi tovarlar olib sotar va bozorda sotish uchun ishlab chiqarar edi. Dehqonlar yerlari kam bo\u2018lgan yaxshi hosil olinmaydigan joylarda kustar yoki qishloq sanoati keng yoyildi. Knyazlarga turli soliqlar va pomeshchiklarga obrok tulash uchun ular qo\u2018shimcha daromad topishga majbur edilar, lekin krepostnoy huquq va shaharlardagi sexchilik qoidalari ularni qishloqdan ketishiga yo\u2018l qo\u2018ymas edi. Olib sotarlar ana shundan foydalanib, krepostnoy dehqonlarni tekin ishlashga majbur etar edilar, lekin krepostnoy huquq va shaharlardagi sexchilik qoidalari ularni qishloqdan ketishiga yo\u2018l qo\u2018ymas edi. Qishloq sanoati Vyurembergda, Tyuringiya va Vestfaliyada, Seliziyaning tog\u2018lik rayonlarida to\u2018plangan edi. Asosan ip, don, jundan va zig\u2018ir tolasidan turli gazlamalar tayyorlanar edi. Ularni bo\u2018yash va gul ishlari odatda ayrim korchalon olib sotarlar yoki butun bir kompaniyalar tomonidan qurilgan markaziy ustaxonalarda qilinardi. Shu sababli, Germaniyadagi ko\u2018p shaharlarning hunarmandlari, olib sotarlar ham qaram ahvolga tushib qolgan edilar. Germaniyada kapitaliktik sanoatning ana shu dastlabki shakllari keng tarqalgan bo\u2018lishiga qaramay, keyinchalik to XIX asr boshlarigacha sanoat deyarli shu ahvolda qoldi.<\/p>\n<p>XVII-XVIII asrlarda shaharlarning imperiya va knyazlik shaharlariga bevosita bo\u2018ysungan shaharlar hisoblanar edi. Imperiya shaharlari imperatorga bevosita bo\u2018ysungan shahar hisoblanar edi. Bu shaharlarning tushkunlikka tushishi shunga olib keldiki, ulardan 100 taga yakiniga imperiya va cherkov xo\u2018jayinlik qila boshladi. XVIII asrda atigi 51 shahar o\u2018zining yuridik mustaqilligini saqlab kolgan edi. Imperiya shaharlarining ichki ahvoli o\u2018rta asrlaradagi shahar tuzumiga qaraganda o\u2018zgarib ketdi. Shaharlardagi demokratik elementlar hamisha ham jim yotavermas va shahar dvoryanlariga qarshi necha martalab bosh ko\u2018tarib chiqar edi. Lekin hamisha patresiylar yengilar, ular tang axvolda qolgan paytlarda qo\u2018shni knyazliklarga yordam so\u2018rab murojaat qilar, bunda o\u2018zlarining siyosiy mustaqilligini yo\u2018qotishdan qo\u2018rqmas edilar. Omon qolgan imperiya shaharlari juda kichik hajmdagi dvoryanlar respublikasiga aylana bordi. O\u2018zini-o\u2018zi idora qiluvchi shahar boshqarmasi-magistrat yer va egalik qilgan tor doiradagi oz sonli kishilarning merosi bo\u2018lib qoldi. Gabsburglardan farq qilib, ancha mustaqil shahar edi. Knyazlik ya\u2019ni zemstvo shaharlarining ahvoli bir xilda emas edi. Ulardan ko\u2018plari oddiy qishloqlardan farq qilmas va mahalliy dvoryanlar hukumatining o\u2018zboshimchaligiga butunlay qaram edi. Boshqa shaharlar esa o\u2018zini-o\u2018zi boshqarish, soliqlar yig\u2018ish va sud hokimiyati sohasida ilgarigi huquqlarining bir qismini saqlab qola olgan edilar. M. Prussiyada shahar ma\u2019muriyati faoliyati shu qadar cheklanib qo\u2018yilgan ediki, 10 ta lerdan ortiq miqdordagi har qanday mablag\u2018 sarflanishi uchun hukumatning maxsus ruxsati talab qilinar edi. Vyurtenbergda esa, aksincha, shaharlar uzlarining ilgarigi imtiyozlarini saqlab qolgan bo\u2018lib, siyosiy ta\u2019sirlari jihatidan ko\u2018pincha dvoryanlar bilan tenglashar edilar.<\/p>\n<p>Imperiya shaharlari hisobiga poytaxt shaharlarining o\u2018sishi, muhim siyosiy oqibatlarga olib keldi va nemis burjuaziyasining sinfiy yetagida bevosita o\u2018z aksini topdi. Poytaxtlardagi aholining moddiy farovonligi butunlay mahalliy hokimlarning siyosati bilan belgilanar edi. Knyazlarning o\u2018z shaxsiy turmushi uchun, saroy xodimlari, armiya amaldorlarini boqish uchun savdogarlar va hunarmandlar uchun &#171;ichki bozor&#187; hajmini belgilar edi. Knyaz va uning saroy a\u2019yonlarining hatto vaqtincha boshqa yerga kelishi yoki ayrim harbiy qismning bir joydan ikkinchi joyga ko\u2018chirilishi ham butun bir yilgacha iqtisodiy hayotni izdan chiqarib qo\u2018yishi mumkin edi. Xulosa shuki, XVII- XVIII asrlarda Germaniyada nemis millatining tashkil topishi uchun zarur bo\u2018lgan shart sharoit va imkoniyatlar yo\u2018q edi. Nemis millatining tashkil topishi XVI asrning 20-yillaridagi revolyusion harakatning mag\u2018lubiyatga uchrashi natijasida to\u2018xtab qolgan bo\u2018lib, bu jarayon keyinchalik nihoyatda sekinlik bilan bordi.<\/p>\n<p>Xukmron feodallar sinfi, yer boyligining hajmiga qanchalik siyosiy ta\u2019sirga ega bo\u2018lganligiga qarab, ilgaridek bir necha gruppaga bo\u2018lingan edi va bu bo\u2018linish turli tuman feodal unvonlari nomenklaturasida o\u2018z ifodasini topgan edi. Feodallar pog\u2018onasining boshida imperator, imperiya knyazlari, oxirida esa imperiya ritsarlari hamda knyazlarning-fuqarosi va oddiy pomeshchiklar bo\u2018lib qolgan dvoryanlar turar edi. Ilgari juda ko\u2018p bo\u2018lgan imperiya ritsarlari kundan-kunga kamayib borar va XVII asrning 2-yarmiga kelganda o\u2018z &#171;davlatining suveren sohibi&#187; bo\u2018lgan ritsarlar atigi 1475 kishi kolgan edi. Krepostnoy dehqonlar hisobiga kun ko\u2018rishga majbur bo\u2018lgan ritsarlar ularni shafqatsiz ekspluatatsiya qilar edilar. Imperiya ritsarlarining asosiy ko\u2018pchiligi Shvesiyada, Frankoniyada va Reyn-bo\u2018yi Germaniyasida to\u2018plangdn edi Ular imperiya seymlariga vakillar yuborish xuquqiga ega bo\u2018lib, o\u2018z manfaatlarini himoya qilish uchun alohida ittifoqqa ham ega edilar. Biroq bularning bu ittifoqi Germaniyaning o\u2018sha vaqtdagi siyosiy hayotida hech qanday rol o\u2018ynamasdi. Ritsarning juda yaxshi omadi kelsa knyaz hokimiyatiga bo\u2018ysungan dvoryan bo\u2018lib olar edi. Ritsarning pomeshchikka aylanishi Shimoliy-sharqiy Germaniya uchun ayniqsa tipik bo\u2018lgan bir holdir. Germaniyaning qolgan qismida esa yirik dvoryanlar, ya\u2019ni personalitlar ko\u2018pchilikni tashkil qilardi. Shaharlarning vakillari odatda landtaglarda biron bir ta\u2019sirga ega emasdilar va landtaglar mahalliy pomeshchiklarning tor toifaviy manfaatlarini himoya qilar edi.<\/p>\n<p>Germaniyaning tarixiy sharoitida davlat hokimiyati tashkilotning eng muvofiq formagi knyaz aosolyutizmi bo\u2018lib qoldi. Fransiya va Angliyada absolyut monarxiyani yuzaga keltirgan shart-sharoit shaharlarning va burjuaziyaning rivoj topganligida edi. Germaniyada esa iqtisodiy birlik yo\u2018qligi XVI asr oxirlaridan boshlab, Germaniyaning xalqaro savdo sotiq doirasidan chetga chiqib qolganligi, XVII-XVIII asrlarda o\u2018ninng iqtisodiy hayoti uchun umuman turg\u2018un xarakterda bo\u2018lganligi mamlakatda uzoq vaqtgacha siyosiy tarqoqlik hukm surishga sabab bo\u2018ldi. Knyazlar qo\u2018l ostidagi bosqinchilik, talonchilik va har xil diplomatik nayranglar ob\u2019ekti bo\u2018lib qolgan edi, lekin knyaz absolyutizmi dehqonlarni yoppasiga krepostnoylarga aylantirish uchun dvoryanlar qo\u2018lidagi eng kuchli vosita bo\u2018lib xizmat qildi.<\/p>\n<p>Dehqonlardan keyin navbat shaharlarga ham keldi, shaharlar o\u2018zlarining iqtisodiy mavqelarini yo\u2018qota borib, qo\u2018shni knyazlarning mo\u2018maygina o\u2018ljasi bo\u2018lib qoldilar. Vestfaliya sulh shartnomasi Germaniya imperiyasining davlat tuzumini reforma qilishni nazarda tutgan edi, shu maqsadda Nyurenbergda alohida seym chaqirilib, bu seym 1653 yil iyunidan 1654 yil mayigacha davom etdi. Biroq imperator hokimiyati bilan imperiyaning yuqori martabali egalari, ya\u2019ni ulug\u2018lari o\u2018rtasida ziddiyatlar chiqqanligi sababli, seym natijasiz tamom bo\u2018ldi. Unda faqat 2-darajali masalalar yuzasidagina qarorlar qabul qilindi. Ilgaridek, imperiya teppasida umrbod saylab qo\u2018yiladigan imperator turar edi. Fransiya uning ittifoqchilari qarshilik ko\u2018rsatilganligi hamda Vestfaliya sulhining ta\u2019qiqlashiga qaramay, Gabsburglar imperatorlik tojini o\u2018z dinastiyalari qo\u2018lida saqlab qola olmadilar. 1658 yilda Leopoll 1 (1658-1705 yillar) imperator bo\u2018ldi. Biroq u imperator ulug\u2018lari foydasiga xakiqiy imperatorlik hokimiyatidan voz kechganligi tufayli, uning nomzodi muvaffaqiyat qozongan edi. Umumimperiya ahamiyatiga ega bo\u2018lgan barcha masalalar imperiya seymi, ya\u2019ni restoya ish doirasiga kirar, reyxstagda esa o\u2018sha kyurfrstlar quriyasini tashkil etar edi. Imperiya generallari va yuqori martabadagi amaldorlar ularning ruxsati bilan tayinlanar edi. Imperiya seymlarida knyazlar quriyasi uzining siyosiy salmog\u2018i jihatdan 2 chi o\u2018rinda turar edi. Knyazlar quriyasi 98 knyazdan (62 ta duneviy va 36 ta cherkov knyazlaridan) tashkil topgan edi. Ko\u2018pdan-ko\u2018p mayda feodallar imperiya va oddiygina janoblar deb ataladigan mulk egalari, knyazlar qo\u2018riyasida atigi 4 ovozga ega edi. Odatda knyazlar imperator hokimiyatini cheklash siyosatini quvvatlar edilar. Lekin shu bilan birga ular kyurfyurstlarning siyosiy zo\u2018ravonligidan norozi bo\u2018lishga, quriya o\u2018rtasida kamdan-kam hollardagina bir bitimga kelinar, bu hol imperiya seymining faoliyatini juda qiyinlashtirib qo\u2018yar edi. Imperiya shaharlarining vakillari uchinchi, ya\u2019ni shahar qo\u2018riyasini tashkil etar edi. XVII asr o\u2018rtalarida imperator ham knyazlar ham seymga kelmaydigan bo\u2018ldi, bularning o\u2018rniga ularning vakillari qatnashib, ular har bir masala bo\u2018yicha ovoz berishdan oldin, bu to\u2018g\u2018rida o\u2018z xo\u2018jayinlarining ruxsat etishini so\u2018rab turardilar. Natijada har qanday masalaning hal etilishi ham juda cho\u2018zilib ketar edi, 1663 yilda chakirilgan seymning faoliyati to 1806 yilda imperiya bekor qilgunga qadar davom etdi. Uning \u00abDoimiy seym\u00bb deb atalishi shundan kelib chiqqan.<\/p>\n<p>XVIII asrda nemis knyazlari orasida qimorxonalar ochilib, shu qimorxonalar orqali o\u2018z fuqarolarini ko\u2018tara va chakanalab boshqa mamlakat podsholariga soldat qilib sotish singari yo\u2018llari bilan daromadlar topish keng rasm bo\u2018ldi. XVIII asrda, ya\u2019ni Angliya va Fransiya o\u2018rtasida ayovsiz kurash olib borilgan vaqtda, Germaniyadagi knyazlarning qo\u2018llariga oltinlar ko\u2018plab oqib keldi. Nemis knyazlari fuqarolarni ana shu tariqa sotish yo\u2018li bilan daromadlar topishga erishdilar. XVII asrda ya\u2019ni Angliya va Fransiya o\u2018rtasida kurash olib borilgan vaqtda, Germaniyadagi knyazlarning saroylariga oltinlar yomg\u2018irlardek yog\u2018ilib kelar edi. O\u2018z mustaqilligi uchun kurashgan Amerikaliklarga qarshi Angliya olib borgan urush vaqtida bitta Landgraf Gussenskiyning o\u2018zi Angliyaga kamida 17 ming nochor fukaroni sotdi Knyazlarning \u00abichki siyosati\u00bb ham \u00a0tashqi siyosati bilan bir xil darajada turar edi, chunki ichki siyosat ham nuqul daromadlar undirishga qaratilgan edi. Bir knyaz kofe iste\u2019mol etishni ta\u2019qiqlab, fuqarolarning uylarida tintuv o\u2018tkazar va kofe tortadigan tegirmonlarni musodara qilgan bo\u2018lsa, ikkinchisi tangalarning ichiga jez aralashtirib chiqarar, o\u2018zi esa hech narsa aralashmagan, tozasini tanlab olardi. Uchinchisi esa tuz, pivo, o\u2018tin savdosini monopoliya qilib olar edi.<\/p>\n<p>G\u2018arbda Fransiya absolyut manarxiyasi o\u2018z kuchi qudratining eng yuqori nuqtasiga chiqqan bo\u2018lib, butun Yevropada o\u2018z hukmronligini o\u2018rnatishga ochikdan-ochiq intilayotgan edi, buning uchun Germaniyadagi mavqeini saqlash, ya\u2019ni Vestfaliya sulhining kafili bo\u2018lib turishi lozim edi. XVII asrning butun 2 chi yarmi davomida podsholik qilgan Leapold I zamonida Germaniya imperiyasi xalqaro siyosatida aktiv rol o\u2018ynamay qo\u2018ygan bo\u2018lsa, ham, Vestfaliya qaror toptan syyosiy munosabatlar sistemasi sharoitida u endi yuz berayotgan kurashdan bir chekkaga qola olmadi. Vestfaliya sulhidan \/1648 y\/ keyin to shimoliy urush tamom bo\u2018lguncha o\u2018tgan 73 yil ichida 10 katta urushlar bo\u2018lib, ularning hammasi qariyib 65 yil vaqtni oldi. Ba\u2019zi hollarda Germaniya qurolli kurashda bevosita qatnashishga majbur bo\u2018lsa, boshqa hollarda uning territoriyasi qo\u2018shni davlatlarning o\u2018rtasida rasman ittifoq bo\u2018lmagan paytlarda ham odatda birgalikda harakat qilishda imperiyaning og\u2018ir ahvolini yanada mushkullashtirib yuborar edi. Shvesiya Germaniyadagi mulklardan mahrum bo\u2018lish xavfi ostida qolgan paytlarda Fransiya bir necha marta uning joniga oro kirdi. Shvesiya o\u2018z navbatida Fransiyaning Germaniyada olib borgan urushlarida unga yordamlar ko\u2018rsatdi. XVI asr boshlaridayoq Fransiya va Turkiya o\u2018rtasida ham shunday xamkorlik mavjud edi.<\/p>\n<p>Germaniyaning Fransiyaga qarshi kurashda uning ittifoqchilari Fransiyaga dushman bo\u2018lgan Gollandiya, Angliya va Ispaniya edi. Lekin Gollandiya bilan Angliya savdo-sotiq hukmronligi mavqega ega bo\u2018lishni talashib, o\u2018zaro raqobatlashar edilar, shu sababdan birgalikda harakat qilinadigan bo\u2018lsa, quruqlikdagi kurashning asosiy og\u2018irligi Germaniya imperiyasi qo\u2018shinlari zimmasiga tushar edi. Turkiyaga qarshi urushlarda imperiyaning ahvoli bir qadar tuzukroq bo\u2018ldi, chunki u Turkiyaga qarshi Venesiya hamda Polshaning, keyinroq Rossiyaning roli ayniqsa kuchli bo\u2018ldi. Rossiya avval Turkiyaga qarshi, keyin esa Shvesiyaga qarshi kurash olib bordi. Rossiya uchun g\u2018alaba bilan tugallangan shimoliy urush (1700-1721) Shvesiyani buyuk davlatlar qatoridan chiqarib tashladi. XVII asrning ikkinchi yarmida Mazarini va Lyudovik XIV Rishele boshlagan Germaniyani bo\u2018ysundirish siyosatini davom ettirdilar va yanada kuchaytirdilar, bunda ular birinchi navbatda nemis knyazlarining sotqinligidan foydalandilar. Nimvogen sulxidan (1679) keyin Fransiya hukumati ko\u2018shib olish palatalari deb atalgan muassasa tuzdi, bu palatalar esa, imperiyaning Fransiya bilan chegaradosh bo\u2018lgan u yoki bu territoriyasi Fransiyaga karashi kerak edi, degan da\u2019volarni isbotlash bilan shug\u2018ullandi. 1681 yilda Lyudovik XIV ko\u2018shinlari Starsburgni ishg\u2018ol qildi. Xolbuki, Germaniyaning o\u2018zida Leopold I yakkalab ko\u2018yilgan edi.<\/p>\n<p>Brandenburg &#8212; Prussiya davlati Gabsburglar monarxiyasi va imperator hokimiyatining xavfli raqibi bo\u2018lib qoldi. Shunday qilib davlat hududi 2 baravar kengaydi. Germaniya xaritasida pogensrllernlarga qarashli bo\u2018lgan orollarda bir-biridan ajralib qolgan 3 guruh yer paydo bo\u2018ldi. Ana shu vaqtdan boshlab, Gogensonlar o\u2018zlarining tarqoq holda joylashgan hududlarini yaxlit qilib olish uchun zo\u2018r berib harakat qildilar. Savdo yo\u2018llarining Atlantika okeani sohillariga ko\u2018chganligi \u00a0Brandenburg &#8212; Prussiya davlatining yuksalishi uchun iqtisodiy shart-sharoit yaratib berdi. XVII asrning 2 chi yarmida, ya\u2019ni janubiy o\u2018rta Germaniyaning ayrim rayonlari, ilgaridek iqtisodiy jihatdan shimoliy Italiya va Ispaniyaga emas, balki Brandenburgga qaram bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Germaniyaning Reyn, Vezer, Elba va Oder singari shimoliy dengiz hamda Boltiq dengiziga quyiladigan hamma sersuv daryolari Brandenburg ko\u2018l ostidagi territoriyadan o\u2018tar edi. Saksoniya, Sleziya, Chexiya va qisman janubiy-g\u2018arbiy Germaniya sanoat rayonlarining tashqi savdosi, shuningdek, sharqiy o\u2018rta Germaniyada qishloq xo\u2018jalik mahsulotlarining eksport qilinishi ko\u2018p jihatdan Brandenburg kyurfyurstlarning siyosatiga bog\u2018liq edi. Brandenburgning qulay geografik joyda joylashganligi va Yevropadagi kapitalistik yo\u2018ldan taraqqiy etib borayotgan mamlakatlar bilan bog\u2018langanligi XVII asrda uning iqtisodiy yuksalishiga yordam berdi. G\u2018arbiy Yevropaning iqtisodiy markazlari Atlantika okeani sohillariga ko\u2018chishi hamda Niderlandiya va ayniqsa Angliyada kapitalistik sanoatning taraqqiy etishi bilan shimoliy sharqiy Germaniyadagi yirik yer egalari uchun qulay sharoit yuzaga keldi.<\/p>\n<p>Slovyan aholisini ekspluatatsiya qilish, talash va qirib tashlashning harbiy-feodal usullari, ya\u2019ni o\u2018rta asrlarda tevton ordeni ritsarlari hamda nemis knyazlari tomonidan joriy qilgan harbiy feodal usullari Ost- Elba yunkerlariga ham meros bo\u2018lib o\u2018tgan edi, ular esa bu usullarni XVII asr oxirlaridan boshlab, o\u2018sha vaqtgacha shaxsiy erkinligini va o\u2018zlarining chek yerlarida foydalanishda merosiy huquqlarini saqlab kelgan kolanist dehqonlarga nisbatan ham qo\u2018llay boshlagan edilar. 30-yillik urushdan keyin dehqonlarning ko\u2018pchiligi (masalan sharqiy Prussiyada) merossiz Lassitlarga aylantirildi, lassitlarning yerlarini pomeshchiklar o\u2018z bilganicha tortib ola boshladi. Dehqonlarni asoratga olinishi talonchi va xo\u2018jayinning ekin maydonlarini kengaytirish uchun yashab turgan yerlaridan haydalishi oddiy hodisa bo\u2018lib qoldi. 30 yillik urushdan keyin dehqonlarning yoppasiga talanishi, pomeshchiklarning dehqonlar yerlarini bosib olinishi boshlandi. Shunday qilib nemis dvoryanlarining xususan Ost-Elba dvoryanlarning hamma yer mulklari dehqonlardan tortib olingan yerlaridan tashkil topdi va agar ana shu yerlar hech qanday haq to\u2018lanmay talonchilardan tortib olinsa, o\u2018shanda ham ular qilmishlariga yarasha jazolarini olmagan bo\u2018lar edi.<\/p>\n<p>Dehqonlarning talash, ekspluatatsiya qilish harbiy feodal usullari hamda yirik barshchina xo\u2018jaligi tashkil etilganligi g\u2018ayri iqtisodiy yo\u2018l bilan majbur etuvchi tegishli apparat mavjud bo\u2018lishini talab etar edi. Uzoq vaqtdan beri tushkunlik va rizolatga yuz tutishi boskichida turgan imperatorlik xokimiyati Ost- Elba yunkerlarining talablarini kondirolmas edi. Bu yunkerlarga ijozatsiz krepostnoylarning tezda jazosini bera oladigan xamda ularni doim qo\u2018rquvda tutib tura oladigan kuchli harbiy politsiya hokimiyati kerak edi. Keyinchalik Prussiya qirollari bo\u2018lib olgan Brandenburg kyurfyurstlari Gogentsankperkayinning knyazlik xokimiyati ana shu talablarning xammasiga tula muvofik kelar edi. &#171;Oliy janob&#187; Ost Elba dvoryanining shark tomondagi xuddi shunday &#171;Mulkdor Oliy Janob Knyaz &#171;bilan fikrlari bir xilda bulishi va ular o\u2018rtasidagi yaqin hamkorlik dehqonlarni birgalikda ekspluatatsiya qilishda uz ifodasini topar edi. Pomeshchik dexqonlar yeri xisobiga uz ekin maydonini kengaytira bordi. XVIII asrning boshlariga kelganda sharqiy Prussiyada obrok dehkonlar gardanidagi hamma majburiyatlarning 30%, barshchina esa 70-78 <em>% <\/em>tashkil etar edi.<\/p>\n<p>1685 yilda, ya\u2019ni Nant farmoni bekor qilingandan keyin Fridrix Vilgem I Fransuz muxojir gugenotlariga boshpana hamda imtiyozlar berish to\u2018g\u2018risida qonun chiqardi. 1703 yilgacha Brandenburgda fransuzlardan kariyb 20 ming protestant va boshqa mamlakatlardan 13000 protestant kelib joylashdi. Ko\u2018chib kelganlarning asosiy ko\u2018pchiligi yuqori malakali hunarmandlardan, shuningdek, savdogarlardan iborat edi. Ular mamlakatda o\u2018z kapitallarini va eng muhimi o\u2018zlari bilan texnikaviy malakalarini hamda mahoratlarini olib keldilar. Brandenburg va sharqiy Prussiyaning o\u2018sha vaqtgacha hunarmandchilik juda ayanchli bo\u2018lgan kichik-kichik shaharlarda manufaktura paydo bo\u2018ldi va sanoatning yangi tarmoqlari vujudga keldi. Chet elliklar tomonidan birinchi marta jun va ipak gazlama manufakturalari vujudga keldi. Yangi sanoat korxonalari anchagina mikdorda ishlovchi kishilarni talab etar edi. Krepostnoy huquq mavjud bo\u2018lgan bir sharoitda, erkin kishilar soni juda cheklangan bo\u2018lib, yollanma ishchi bo\u2018lishni xohlovchilar kam edi.<\/p>\n<p>Kyurfyurst Fridrix-Vilgem I bu masalani boshqa ko\u2018pgina davlatlardan o\u2018rnak olib hal qildi, &#171;jun va shoyi manufakturalarini rivojlantirish maqsadida&#187; u 1687 yili Shpandavda daydi va yo\u2018qsillarni, shu bilan birga bekor sang\u2018ib yuruvchi bolalarni ham qamash uchun yangi turma ochdi. Jinoyatchilardan hamda turma xudoyixona va yetimxonalarda kun ko\u2018ruvchilardan ham ana shu maqsadlardan foydalanishga harakat qildi. Brandenburg kyurfyurstlari XVII asrda nixoyatda uddaburonlik bilan o\u2018zlarining tashqi siyosatdagi maqsadlari yo\u2018lida Shvesiya, Polsha, Daniya va Rossiyaning Boltiq dengizidagi raqobatidan foydalandilar va qulay fursatni poylab turib, ko\u2018shnilaridan yangi-yangi territoriyalar yulib ola boshladilar.<\/p>\n<p>1654 yilda Moskva davlatining Polshaga qarshi kurash boshlagan vaqtda, Shvesiya rus ko\u2018shining tor-mor etilganidan foydalanib, Varshavani bosib oldi. F.Vilgem I Prussiya gersogi bo\u2018lganligi sababli Polsha qirolining vassali hisoblanar edi, lekin o\u2018z so\u2018ziga sodiq bo\u2018lish to\u2018g\u2018risida ichgan kasamini buzib, Polshani birgalikda talash uchun Shvesiya qiroli bilan harbiy ittifoq tuzdi. Biroq Shvesiyaning yangidan bostirib kirishiga javoban, davlatlarning kuchli koalitsiyasi tashkil topib, koalitsiya sostaviga Rus davlati, Germaniya, Polsha, Daniya, Gollandiya kirdi. Rus armiyasi Liflyandiyani katta qismini ishg\u2018ol qildi va Riga ostonalariga yaqinlashib qoldi. Shvesiya qiyin ahvolda qoldi,Shvesiya ittifoqchisi bo\u2018lgan Brandenburg, kyurfyursti unga xiyonat qilib, Shvesiyaga dushman davlatlar koalitsiyasiga qo\u2018shildi va o\u2018zining ikki marta xiyonati evaziga mukofotlandi.<\/p>\n<p>Brandenburg kyurfyurstlari har qanday yo\u2018llar bilai imperiyani zaiflashtirishga harakat qildilar. Prussiya, Germaniya imperiyasi tarkibiga kirganligi sababli ular Prussiya gersoglari ekanliklarini pesh qilib, imperator hokimiyatiga ham bo\u2018ysunmas edilar. Fridrix III (1688-1713y) imperiyaning xalqaro munosabatlardagi qiyinchiliklardan foydalandi va Ispaniya merosi uchun olib borilgan urushda o\u2018zining ishtirok etishi evaziga dastlabki shartlaridan biri sifatida, 1710 yilda Prussiya qiroli unvonini oldi. Utrext sulhi (1713 yil) ga binoan, Peldirin gersogligining bir qismini egallab, o\u2018z hududini kengaytirdi. Shunday qilib, Brandenburgda Prussiya davlati slovyan yerlarini bosib olish yo\u2018li bilan hamda knyazlari hisobiga o\u2018sib bordi, Uning siyosiy sohadagi yutuqlari esa imperator hokimiyatining zaiflashuvi bilan bevosita bog\u2018langan edi.<\/p>\n<p>XVIII asrda Prussiya ko\u2018p jihatidan Ost-Elba yunkerining kengaygan mavqeiga o\u2018xshar edi, chunki undagi tartib qoida odatdagi feodal turmush tarzi va qisman egasining shaxsiy moyilligi bilan belgilanar edi, qirollar Fridrix I (1701-1713) , F. Vilgem I (1713-1740) yilgacha va Fridrix II (1740-1786) xarakterli va layoqatlari jihatidan bir-birlaridan farq qilsalar ham, lekin ularning hammasi yirik pomeshchilarning namoyondalari edi.<\/p>\n<p>Fridrix I davlat mablag\u2018lariga andishasizlik bilan qarar, ularni o\u2018z kisasidagi puldek sarflashga odatlanib qolgan edi. Davlat daromadlari bor yo\u2018g\u2018i 3 mln. dan sal ko\u2018proqni tashkil etgani holda, u toj kiyish marosimining bir o\u2018zigagina 6 mln. sarfladi. Fridrix I o\u2018z a\u2019yonlari bilan Kenigabergga toj kiyish marosimiga yo\u2018lga chiqqanda, navbatma-navbat 30 ming otga minib borishdi. XVIII asrda Prussiya siyosiy sistemasini yaratgan kishi F. Vilgelm I (1713-1740) deb hisoblanadi, holbuki u ham otasi singari ot va itlarga juda ishqiboz bo\u2018lib, lekin farqi shunda ediki, ortiqcha pul sarf qilishdan qo\u2018rqardi. U otasi o\u2018lgandan keyin ko\u2018p saroy a\u2019yonlarini haydab yubordi. Pulning tashqariga chiqib ketishiga xalaqit berish maqsadida u ko\u2018pchilik chet el tovarlarining keltirilishini ta\u2019qiqlab qo\u2018ygan edi. Madaniyat va san\u2019at sohalarini taraqqiy etishiga yo\u2018l qo\u2018ymas edi. Uning podsholigi vaqtida Prussiya armiyasi 2 baravar ko\u2018paydi. Yeri kam bo\u2018lgan uning kichikroq bir mamlakatini Yevropada 4-o\u2018rinda turgan armiyani boqishga majbur edi.<\/p>\n<p>Prussiya territoriyasining hajmi (118, 4 ming kv. m) jihatidan 10 o\u2018rinda, aholisining soni (22 mln) jihatdan esa 13 o\u2018rinda turar edi. Shu sababli soliqlar sistemasini haddan tashqari kuchaytirishni talab etar edi. F. Vilgelm I dvoryanlar qarshiligini sindira oldi, bu harakat avjiga chiqqan paytda, u mag\u2018rurlik bilan shunday dedi: &#171;Men o\u2018z maqsadimga egaman va davlatni mustahkamlayman, toj-taxtni bronza qoyadek mahkam kilib qo\u2018yaman&#187;. Bora-bora pomeshchiklar qirolning soliqlar solish siyosatiga ko\u2018nikib qoldilar. Yunkerlar orzu qilgan o\u2018lka klassik feodal- krepostnoylik tuzumi hukm surgan Prussiyada kuchli armiya mavjud bo\u2018lgandagina yashay olishni ular tushundilar. Bundan tashqari soldatlar soni ham ortdi.<\/p>\n<p>Prussiya monarxiyasining ichki siyosati deyarli armiya to\u2018g\u2018risida g\u2018amxo\u2018rlik qilishidan iborat bo\u2018ldi. Byurokratik apparatni itoatgo\u2018y ijrochilar bilan to\u2018ldirish maqsadida F. Vilgelm I inligenat deb atalgan qoida bilan, ya\u2019ni mahalliy dvoryanlarning provinsiyalaridagi lavozimlarni egallashga bo\u2018lgan favqulodda huquqi bilan hisoblashib o\u2018tirmadi. Saroyda va yuqori idoralar tepasida odatda dvoryanlardan bo\u2018lgan ofitserlar turar edi. Markaziy boshqarma 1723 yildan boshlab &#171;Moliya, ko\u2018shin va yer-mulklar olish boshqarmasi&#187; shaklida tashkil qilingan bo\u2018lib, bevosita qirolga bo\u2018ysundirilgan edi. Sud mahkamasiga hammadan kam e\u2019tibor berildi. qirolning so\u2018zlariga qaraganda, dvoryan arzandalaridan armiyaga ham, soliqlar yig\u2018ishiga yaramaydigan &#171;Kaltafahm mal\u2019unlar\u201d ni shu mahkamaga yuborishar edi. F. Vilgelm I o\u2018zi sud idoralarida &#171;bilimdonlik o\u2018rniga kaltak&#187; ishlatish uchun ko\u2018p mehnat sarf qildi. 1740 yil 31 mayda F. Vilgelm I o\u2018ldi va taxtga uning o\u2018g\u2018li Fridrix II o\u2018tirdi, u darhol armiyani ko\u2018paytirib, unga yana 16 bataleon piyoda askar, 5 eskadron gusar 1 eskadron gvardiya qo\u2018shdi.<\/p>\n<p>Fridrix II shaxsiy tabiati otasinikidan farq qilar edi. F. Vilgelm I bo\u2018sh vaqtida ov qilib, yoki krujkada pivo ichib o\u2018tirib hamda o\u2018zining &#187; tamaki shinavandalari&#187; bilan qo\u2018pol hazil mutoyibalar qilib, hordiq chiqarar edi. Fridrih II nay chalishga va qovushmagan fransuzcha she\u2019rlar yozishga juda berilgan bo\u2018lib, &#171;Hushtakvoz shoir&#187; edi. Ammo siyosatda Fridrix II otasi izidan bordi. Yetti yillik urush tamom bo\u2018lgandan keyin. Yevropaning ko\u2018pchilik mamlakatlarida hukmron feodal doiralari ma\u2019rifatli absolyutizm deb nom olgan siyosatga o\u2018ta boshladilar. Dinga adovatning juda eskirib qolgan formalarini, toifachilik imtiyozlaridan ba\u2019zilarini, feodal tarqoqlikni va mahalliy separatizmni tugatish bu sistemada yuqoridan turib, reformalarni amalga oshirishda mamlakat fuqarosining ishtirok etishiga yo\u2018l qo\u2018ymaydigan samoderjaviya hokimiyatining qonunlar chiqarish yo\u2018li bilan o\u2018tkazilar edi.<\/p>\n<p>XVIII asrdagi feodal Fransiyasida burjuaziya bilan dvoryanlar o\u2018rtasida sinfiy ziddiyatlar endi shunday darajada keskinlashgan ediki, u sharoitda bu sinflar o\u2018rtasida siyosiy hamkorlik bo\u2018lishi mumkin emas edi. Shu sababdan &#171;Ma\u2019rifatli absolyutizm&#187; ruhida islohotlar o\u2018tkazish uchun qilingan hamma urinishlar bu yerda asossiz bo\u2018lib chiqdi. Lekin Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Daniya, Prussiyalarning iqtisodiy va siyosiy jihatdan qoloqligi tufayli, &#171;Absolyut monarxiyaning&#187; &#171;ma\u2019rifatli absolyutizm&#187; singari sistemasi ravnaq topishi uchun eng qulay sharoit vujudga keldi.<\/p>\n<p>Absolyut monarxiya kuchli boshqaruv apparatini, ko\u2018p sonli armiyani vujudga keltirgan udi. Bularni boqish uchun juda katta mablag\u2018lar kerak edi. Shu sababdan &#171;ma\u2019rifatli absolyutizm&#187; siyosati asosan moliya boshqarmasini qayta qurishga qaratildi. Yetti yillik urushdan keyin barcha dvoryan monarxiyalarida soliqlar solish ayniqsa kuchaytirildi, lekin shu bilan bir vaqtda davlat xarajatlarini tartibga solishga ham e\u2019tibor berildi. Budjet degan tushuncha paydo bo\u2018ldi, davlat xo\u2018jaligi to\u2018g\u2018isidagi fan maydonga keldi, Fridrix II o\u2018zining \u00abSiyosiy vaziyatida\u00bb deb nomlangan kitobchasida hukumat shunday siyosiy sistemani tutmog\u2018i, kerakki, unda hamma tadbirlar oldindan yaxshi o\u2018ylangan, bo\u2018lishi xamda moliya, siyosat va harbiy ish o\u2018sha bitta maqsadga davlatni mustahkamlash va uning kuch-qudratini oshirishga qaratilgan bo\u2018lishi lozim degan edi.<\/p>\n<p>Fridrix II solinadigan soliqlarni butun og\u2018irligini shaharliklarga va ko\u2018proq darajada dehqonlar zimmasiga yuklab pruss yunkerlarining cho\u2018ntaklarini ayadi. Uning &#171;ma\u2019rifatli despotizm&#187; siyosati dvoryanlarining iqtisodiy farovonligini ravnaq toptirishga har tomonlama yordam berdi. Misol: pivo, vino va boshqa mahsulotlar, agar ular dvoryanlarning imenielarida yoki uy xo\u2018jaligida iste\u2019mol qilish uchun mo\u2018ljallangan bo\u2018lsa, egri soliqlar to\u2018lashdan ozod qilingan edi. Qirol, mashinalar aholi sonining kamayib ketishiga sabab bo\u2018lishi mumkin, deb hisoblar, sanoatda mashinalar ishlatishga qarshi edi. U dushman armiyasining bostirib kirishi qiyin deb, yangi tosh yo\u2018llar qurishni, yoki eskilarni tuzatishni man etgan edi. XVIII asrdagi Prussiya qishloqlarida &#171;dehqonlarni yerdan haydash&#187; protsessi kuchaydi. Xalqaro g\u2018alla bozorida g\u2018alla narxi oshganligi munosabati bilan, pomeshchiklar dehqonlar yeri hisobiga o\u2018z ekin maydonini kengaytirishdan yanada ko\u2018proq manfaatdor bo\u2018lib qoldilar. Pomeshchiklar soliq to\u2018lashdan ozod etilganligi sababli dehqonlarni yersizlantirish davlat daromadlarini kamaytirar edi.<\/p>\n<p>Davlat imenielarida krepostnoy huquqni yo\u2018q qilish to\u2018g\u2018risida (1719-1723) yillarda qilingan urinishlar barcha dvoryanlarning qarshiligiga uchradi. Pomeraniyada krepostnoy qaramlikni tugatish to\u2018g\u2018risida Fridrix II (1763) yilda e\u2019lon qilgan qonuni ham xuddi shu sababdan amalga oshmay qog\u2018ozda qolib ketdi. Shu tariqa, butun XVIII asr davomida xususan Prussiyada dehqonlarning yerdan haydalishini to\u2018xtatadigan farmonlar birin ketin chiqarila boshlandi. Lekin bu farmonlarning qismati, xuddi buyuk Karl farmonlari singari natijasiz bo\u2018ldi. Fridrix II dvoryan zodagonlarni davlatning tayanchi deb hisoblar edi, ularning kuch-qudrati esa katta -katta yerlarga ega bo\u2018lishda va dehqonlarni ekspluatatsiya qilishdadir, deb qattiq ishongan edi. Uning davrida mamlakatda dehqonlar ahvoli bir oz yaxshilandi, chunki 1777 yilgi farmon ularga yer uchastkalarini mulk qilib olish va meros qilib qoldirish huquqini berdi. Lekin shu bilan birga, hukumat jamoaga qarashli yaylovlarni taqsimlab olishga ruxsat etish bilan, asosiy dehqonlar ommasini iqtisodiy jihatdan xonavayron bo\u2018lishini tezlashtirdi.<\/p>\n<p>Prussiya monarxiyasi XVIII asrda batamom pruss yunkerlarning harbiy-politsiya davlatiga, dvoryan-krepostnoylarning, pruss yunkerlarining sinfiy manfaatlariga xizmat qiladigan monarxiya harbiy zo\u2018ravonlik davlatiga aylandi. XVIII asrdan boshlab &#171;yunkerlar&#187; degan so\u2018z feodal-krepostnoylik tuzumida burjuaziya talablariga yon berish tomon reformalar yoki islohotlar o\u2018tkazish yo\u2018lidagi har qanday urinishlariga qarshi o\u2018zining feodal huquqlari va imtiyozlariga mahkam yopishib olgan reaksion dvoryanlar degan tushunchaning sinonimi bo\u2018lib qoldi. Pruss yunkerlari Fridrix II juda katta harbiy mashinasidan agressiya tashqi siyosat maqsadlarida foydalandi. Sileziya urushlari hamda Polshaning 1-marta taqsimlanishi ana shu agressiv siyosatning asosiy bosqichlari bo\u2018ldi. Slavyan aholisi hisobidan nemis dehqonlarini yerdan mahrum etish (yerdan haydash) hisobidan dvoryanlarning katta yerlari maydonga keldi, ya\u2019ni qishloq xo\u2018jaligiga kapitalizmning &#171;prusscha&#187; yo\u2018ldan taraqqiy etishi uchun tarixiy shart-sharoitlar paydo bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Ingliz inqilobi nemis shaharlarida xususan Gamburgda o\u2018z aks sadosini berdi, XVII asrning 2 yarmida Gamburgdagi ichki kurashda ingliz inqilobi g\u2018oyalari va amaliyotining ma\u2019lum darajadagi ta\u2019sirini ko\u2018rish mumkin. Masalan: shaharlarning plebey va mayda byurger unsurlarini birlashtirgan \/populyar\/ guruhining bayonotlari inglizlarning 1699 yilgi manifestida ilgari surgan g\u2018oyalariga yaqin turadi. Inqilob Bremen, Lyubek, Ganza shaharlaridagina emas, balki Germaniyaning juda katta hududlarida ham ko\u2018rindi. Masalan: Rotenburg shahar sovetiga kurashgan guruh o\u2018zini &#171;parlament grajdanlari&#187; deb atadi. Drezdenda 1697 yilda, Angliya qirolligida bo\u2018lgani kabi, oliy amaldorlardan birini toshbo\u2018ron qilishga chaqirgan xitobnoma. paydo bo\u2018ldi. Ma\u2019muriyat vakillari, \u00abgermaniyada puritanlik prinsiplari keng tarqalgan\u00bb, deb shikoyat qilar edilar. qaytadan maydonga kelgan diniy sektalar faoliyatida revolyusion ta\u2019sirni ko\u2018rish mumkin edi, inqilob ta\u2019siri hatto nemis qishloqlariga ham kirib bordi. Masalan: Ganoverdagi Brutvezel okrugida dehqonlar 1655 yili &#171;parlamentga&#187; deputatlar saylashdi va shundan keyin dehqon g\u2018alayonlari boshlanib ketdi.<\/p>\n<p>Dehqonlar g\u2018alayonlari bir necha yillar davom etib, 1684 yilda graf Reyes Shleys soliqlarining og\u2018irligi va dehqonlarning shikoyatlarini rad etgandan keyin, dehqonlar o\u2018z yig\u2018inlarida barshchina o\u2018tashdan bosh tortishga qaror qildilar. Oradan bir necha yil o\u2018tgach, harbiy ekspeditsiya yordamidagina graf ularni itoat ettira oldi. 1650 yilda Shenburg grafligida g\u2018alayonlar boshlanib, ular 30 yilcha to\u2018xtamadi. Bu g\u2018alayonlarda bir necha ming dehqonlar qatnashdi. Dehqonlarning qarshilik ko\u2018rsatishlari juda xilma-xil shakllarda bo\u2018ldi. Ular barshchinaning bajarishdan, soliqlarni to\u2018lashdan bosh tortar edilar. Feodallarni ov qilish huquqi dehqonlarni qattiq g\u2018azabga keltirar edi. Dehqonlarning ko\u2018chib ketishi ekspluatatsiyaga qarshi norozilik vositasi edi. 1761-1771 yillarda janubiy Germaniyaning turli rayonlarida harakat qilgan va dehqonlarning aktiv madadiga tayangan Matias Klostemayer dehqonlarning ushbu chiqishlariga rahbarlik qildi. Dehqonlarning yordami tufayli Karl Shtyulo\u2018nerning &#171;qaroqchilar&#187; otryadi tog\u2018lar orasida 1780-1803 yilgacha harakat qila oldi. 1705-1706 yillarda Bavariyada dehqonlarning juda katta qo\u2018zg\u2018olonlari bo\u2018lib o\u2018tdi. Bavariyaning turli qismlarida dehqonlarning ko\u2018p ming kishilik otryadlari tuzilib, ular Avstriyaning okkupatsiyachi qo\u2018shinlari bilan janglar qildilar, feodal huquqlarni bekor qildilar. Qo\u2018zg\u2018olon ko\u2018targan dehqonlar 1705 yil dekabrida Bavariya poytaxti Myunxenni ishg\u2018ol qilishga urindilar, lekin 1705 yil 25 dekabrda ularning otryadlari jiddiy mag\u2018lubiyatga uchradi. 1706 yil yanvarida esa dehqonlar tor-mor etildi. Ana shu qo\u2018zg\u2018olon haqidagi, uning temirchi Kokel singari qahramonlari haqidagi xotiralar Bavariya folklorida hozirga qadar saqlanib kelmoqda, Prussiyada bir necha marta dehqonlarning isyonlari ko\u2018tarildi 1720 yilda Mark grafligida odamlarni zo\u2018rlab reklutlikka olinishiga qarshi va domenlardagi mayda ijarachilarning ahvoli yomonlashganligiga qarshi katta isyonlar ko\u2018tarilib, ular 3 yilga yaqin davom etdi.<\/p>\n<p>Biroq shaharlardagi harakatlar odatda qishloqlardagi harakatlar bilan bog\u2018lanmagan edi. Shahar harakatlari har xil formalarda bo\u2018lib, ularning xarakteri Vestfaliya sulhidan to XVIII asr oxirlarigacha bo\u2018lgan davrda avvalo kapitalistik munosabatlar rivojlanishi bilan ancha o\u2018zgardi.<\/p>\n<p>Nemis milliy madaniyatining rivojlanishi nemis xalqi boshidan kechirgan og\u2018ir sharoit, nemis madaniyatining rivojlanishida aks etmasligi, uning ko\u2018zga qurigan namoyondalari faoliyatiga ta\u2019sir etmasligi mumkin emas edi. Lekin garchi sekinlik bilan borayotgan bo\u2018lsada, yangi kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga turtki bo\u2018ldi, nemis madaniyati milliy xarakterda bo\u2018lishi uchun XVII asr 2 yarmi va XVIII asrda inteligensiyaning ilg\u2018or namoyondalari olib borgan kurash muhim o\u2018rin tutdi. Ilg\u2018or olimlar nemis tilini fan tiliga aylantirishga intildilar. Yurist xristian Gamazius birinchi bo\u2018lib 1687 yilda universitet leksiyalarini lotin tilida emas nemis tilida o\u2018qiy boshladi. U 1688 yilda tashkil qilingan ilmiy jurnali ham maqolalarni nemis tilida bosib chiqardi va 1694 yilda Galiy shahrida universitet ochilishida katta rol o\u2018ynadi. Bularning hammasi XVII asr oxiridan boshlab tarkib topa borgan nemis ma\u2019rifatparvar ideologiyasining namoyon bo\u2018lishi edi. Nemis ma\u2019rifatparvarlari g\u2018arbiy Yevropadagi ilg\u2018or tendensiyalarni o\u2018zlashtirib olib, nemis madaniyati rivojiga katta hissa qo\u2018shdilar.<\/p>\n<p>Nemis ma\u2019rifatparvarligining dastlabki namoyondalaridan biri yirik filosof, Leybnis birinchilardan bo\u2018lib yagona Germaniya barpo etish g\u2018oyasini targ\u2018ib qildi. Leybnis ta\u2019limotiga ko\u2018ra, moddiy dunyoning negizini ruhiy substansiyalar- moddalar tashkil qiladi, ular ierarxiya tartibida tuzilib, tabiat taraqqiyotining umumiy qonunlari asosida rivojlanadi deb uqtirar edi. U matematik, tabiatshunos va filosof edi. Nemis ma\u2019rifatpar- varlarining eng yirik namoyondasi Immanuel Kant edi. Kant falsafasining asosiy xususiyati materializm bilan idealizm o\u2018rtasida yo\u2018lni topishga intilishdan iborat bo\u2018lib: Kant falsafasi uning &#171;Sof aql tanqidi&#187; (1781) degan asarida bayon qilingan edi. Kant ob\u2019ektiv dunyoning mavjudligini e\u2019tirof etar, lekin uni kishilarning bilishi prinsipial suratda mumkin bo\u2018lmagan &#171;narsa&#187; deb hisoblar edi. Shu bilan birga Kant makon, zamon va tabiat qonunlarining ob\u2019ektiv mavjudligini inkor etar edi. XVIII asr 70-80 yillarida &#171;bo\u2018ron va tazyiq&#187; adabiy harakati keng yoyildi. Bu harakatning namoyondalari o\u2018z asarlarida germaniya davlatlarining bir butun davlat bo\u2018lib, birlashishini ifoda etdilar. Eng yirik nemis yozuvchilari Iogann Volfrang Gyote (1749-1832) va Ioganni Fridrix Shiller (1759-1805) o\u2018zlarining dastlabki asarlarida xalq ommasining kurashini ifodalab, Germaniyada demokratik respublika barpo etishga da\u2019vat qildilar. Ma\u2019rifatparvarlik g\u2018oyalari nemis tasviriy san\u2019ati, arxitekturasi, ayniqsa muzikasida ham o\u2018z aksini topdi. Eng yirik nemis kompozitori Ioganni Fridrix Gendel va Yogan Sebastyan Baxning ijodlari feodal va cherkov uslublari tematikasi bilan tobora ko\u2018proq aloqani uzib, yangi muzikadan darak berar edi. Ma\u2019rifatparvarlik g\u2018oyalarini muzikada ifoda etuvchi kishi Kristof Villibold Glyuk edi. Bu g\u2018oyalar Avstriyada yashagan Volfgang Amadey Mosart va Iozef Gaydni ijodida xam o\u2018z ifodasini topdi. Xullas, nemis madaniyati XVIII asrda gurkirab rivoj topdi va qo\u2018shni xalqlar madaniyatiga ijobiy ta\u2019sir qildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018ttiz yillik urushdan keyin Germaniyaning ahvoli. Brandenburg &#8212; Prussiya davlatining tashkil topishi. 3.Fridrix I ning tashqi siyosati va Prussiyaning qirollikka aylantirilishi. Germaniyada xalq xarakatlari. Nemis milliy madaniyati taraqqiyoti. O\u2018ttiz yillik urush Germaniya iqtisodiyotining umumiy turg\u2018unligiga va hatto tushkunlikka yuz tutishiga olib kelgan birdan &#8212; bir yoki eng muhim sabab bo\u2018ldi, deb hisoblash to\u2018g\u2018ri emas edi. [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-69","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-lessons"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/69","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=69"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/69\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":70,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/69\/revisions\/70"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=69"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=69"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=69"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}