{"id":65,"date":"2026-05-20T09:39:29","date_gmt":"2026-05-20T06:39:29","guid":{"rendered":"http:\/\/jahon-tarixi.test\/?p=65"},"modified":"2026-05-20T09:39:29","modified_gmt":"2026-05-20T06:39:29","slug":"shimoliy-amerikada-mustaqillik-uchun-olib-borilgan-urush-amerika-qoshma-shtatlarning-tashkil-topishi-xvii-asr-ortalarida-shimoliy-amerikadagi-ingliz-mustamlakalarining-ahvoli","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/?p=65","title":{"rendered":"Shimoliy Amerikada mustaqillik uchun olib borilgan urush. Amerika Qo\u2018shma Shtatlarning tashkil topishi. XVII asr o\u2018rtalarida Shimoliy Amerikadagi ingliz mustamlakalarining ahvoli"},"content":{"rendered":"<ol>\n<li>Mustaqillik uchun olib borilgan urush arafasida Amerikada ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyot.<\/li>\n<li>Amerikada birinchi burjua inqilobi va uning sabablari<\/li>\n<li>1775-1783 yillarda mustaqllik uchun kurash. AQSh ning tashkil topishi.<\/li>\n<li>&#171;Mustaqillik dekloratsiyasi&#187; va &#171;AQSh Konstitutsiyasi&#187; ning qabul qilinishi.<\/li>\n<li>Shimoliy Amerikada bo\u2018lib o\u2018tgan inqilobning tarixiy ahamiyati.<\/li>\n<\/ol>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Amerika qit\u2019asi Kolumb tomonidan kashf etilgandan keyin, bu hududlarga yevropaliklar ko\u2018chib kela boshladilar. 1607 yilda Shimoliy Amerikaning Atlantika sohilidagi hindlar yashaydigan yerlarida birinchi ingliz mustamlakalariga asos solindi.<\/p>\n<p>XVII asr boshlarida Ispaniya Shimoliy Amerikadagi Floridani, Texas, Koliforniyani, bulardan ham oldinroq butun Markaziy va Janubiy Amerikani bosib oldi. Fransuzlar Kanadada (1604 yillardan boshlab) Missisipi daryosi havzasida Luizianada (1699 yildan boshlab) o\u2018rnashib oldilar. Doimiy mustamlakaga aylantirish 1607 yildan, ya\u2019ni Virginiya deb nomlanadigan mustamlaka barpo qilingandan keyin boshlandi.<\/p>\n<p>May guli kemasida kelgan mustamlakachi-puritanlar (ziyoratchi ruxoniylar) 1620 yilda Nyu Pdimutga asos soldilar va uni 1691 yildan Massachusesetesga qo\u2018shib oldilar. Shundan keyin tez-tez poseleniyalar vujudga kela boshladi, ular asta-sekin qo\u2018shilib, shimolda Nyu Gempshir (1622) , Massachusetes (1628) , Konnektikut (1634-1637) , Rod-Aylend (1636-1643) , Nyu-Geven (1637-1643) nomli mustamlakalar vujudga keltirildi. Bu mustamlakalar-Yangi Angliya deb atalib, Angliya burjua inqilobi boshlanib ketishi natijasida mustamlakalar bilan metropoliyalar o\u2018rtasidagi aloqa zaiflashib, hindular bilan kurash kuchayib ketganligi tufayli bu mustamlakalar ichki boshqarish ishlarida to\u2018la mustakillikni saklaganlari holda, &#171;Yangi Angliyaning birlashgan mustamlakalari&#187; (1642-1643) degan nom ostida ittifoq tuzdilar.<\/p>\n<p>Boshqa mamlakatlarning shimoliy Amerikadagi mustamlakalaridan farq qilib, inglizlarga qarashli xududlarni aholisi tezroq ko\u2018paymoqda edi.<\/p>\n<p>Bunga Angliyada dehqonlarning yerdan mahrum qilinishi natijasida ularning mustamlakalarga emigratsiyasining kuchayishi, shuningdek diniy ta\u2019qiblar sabab bo\u2018ldi. Hatto Gollandiya mustamlakalarida axolisining yarmiga yaqinini inglizlar tashkil qilar edi. Bularning hammasi ingliz mustamlakalarini yanada mustahkamladi va burjua inqilobidan keyin Angliyani Shimoliy Amerikadagi o\u2018z raqiblarini asta-sekin surib chiqarish imkoniyatini yaratib berdi. 1664 yildayoq Angliya Yangi Gollandiyani va uning Yangi Amsterdam shahrini bosib oldi uni keyinroq Nyu-York deb atay boshladilar. 1754 yildayoq Shimoliy Amerikada Fransiya bilan xarbiy to\u2018qnashuvlar bo\u2018lib o\u2018tdi, ikki yildan keyin esa yetti yillik urush boshlanib, bu urush Fransiya mag\u2018lubiyati bilan tugadi. Mustamlakalarda bir million kishi yashar edi, ular orasida 300 ming dan ortiqrog\u2018i qul negirlar edi. XVIII asr 60-yillarida aholi soni mustamlakalarda tez sur\u2019atlarda o\u2018sib bordi, buning natijasida mustamlakalardagi aholi soni 2, 6 millionga yetdi, shuning 500 mingga yaqinrog\u2018i negrlar bo\u2018lib, negrlarning 90% qullardan iborat edi. Feodallar zulmi va qashshoqlikdan qutilish uchun Yevropadan qochib kelganlar, Angliyaning Shimoliy Amerika mustamlakalarida ham tilaklariga yetolmas edilar, ularning ko\u2018pchiligi mustamlakachi burjuaziya va quldor plantatorlar tomonidan shavqatsiz ekspluatatsiya qilinar edi.<\/p>\n<p>Amerika burjua tarixchilari ta\u2019riflaganidek Shimoliy Amerika orzu qilingan yer va ozodlik beshigi emas edi, albatta,<\/p>\n<p>Angliya va Gollayadiyadan kirib kelgan burjua munosabatlari ekspluatatsiyaning kapitalizmgacha bo\u2018lgan shakllari bilan ya\u2019ni feodalizm, quldorlik, elementlari bilan muayyan qorishib ketgan edi. Kapitalistik tuzumning vujudga kelishi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning murakkabligi aholining sinfiy qiyofasining ham xilma-xil qilib qo\u2018ydi.<\/p>\n<p>Nyu-York mustamlakasida 25 million ar yirik yer egalari qo\u2018lida edi, ulardan biri Jonsonning 50 ming ar yeri bo\u2018lib, Shimoliy Korolinada butun mustamlaka yerlarining 1\/3 qismi Lord Prenvill qo\u2018lida edi. Massachusetsdagi Papperelning yeri butun qirg\u2018oq bo\u2018ylab 30 milga cho\u2018zilgan edi. Yirik yer egalari yerlarni nasldan-naslga qoldirish sharti bilan ijoraga berar, yoki kichik-kichik bo\u2018laklab sotar edilar.<\/p>\n<p>XVII asrniyag 30-yillarida qirol buyrug\u2018i bilan yangi territoriyalarga ijozatsiz ko\u2018chib borish, yerlarni bosib olish va chegara posyolkalaridan tashqariga chiqish taqiqlandi. Buning usgiga mustaqillik uchun olib borilgan urush arafasida Allegangacha bo\u2018lgan barcha yerlar egallab olingan edi. 1763 yili qirol buyrug\u2018i bilan Allegandan nariga ko\u2018chib borish taqiqlandi va shunday qilib, yer masalasi juda qattiq ahamiyat kasb etib, mustamlaka zulmiga qarshi kurashning va inqilobning asosiy sabablaridan biri bo\u2018ldi. Skvaterlik progressiv voqea bo\u2018lsa ham, uning Amerika inqilobiga chuqur ta\u2019sir qoldirgan tomoni ham bor edi, ammo bosib olinayottan yerlar, Amerika burjua tarixchilari e\u2019tirof etganidek, bo\u2018sh yerlar emas edi, bu yerlarni kolonistlar teng bo\u2018lmagan bitimlar tuzish yoki ochiqdan-ochiq kuch ishlatish yo\u2018li bilan hindulardan tortib olgan edilar, bu tortib olingan yerlarda kolonistlarning asosiy mashg\u2018uloti dehqonchilik edi. Hatto yangi Angliyaning sanoati eng rivojlangan rayonlarida ham aholining 90% qishloq xo\u2018jaligi bilan shug\u2018ullanar edi. 1790 yilda birinchi marta ro\u2018yxatdan o\u2018tkazilganda, 8 mingdan ortiq aholisi bo\u2018lgan hollarda butun axolining 3,3% yashagan ishchilarning ahvoli esa juda og\u2018ir, biroq Yevropadagi ishchilarning ahvolidan tuzukroq edi. Ish kuni tong otardan to quyosh botgunga qadar davom etardi va barcha mustamlakalarda ma\u2019murlar ish haqini mavsumiy belgilab qo\u2018ygan edilar.<\/p>\n<p>Mustamlakalardagi aholining ko\u2018pchilik qismini asoratga tushgan xizmatkorlar, oq tanli ishchilar va negir-qullar, janubda esa aholnning 40% negir qullar tashkil qilar edi.<\/p>\n<p>Negirlarni qul qilish juda kuchayib ketdi. 1619 yildayoq Afrikada ilk bor negrlar olib kelingan edi. XVII asrning o\u2018rtalaridan boshlab negirlarning qullarga aylantirish tez tarqalib 1775 yildayoq Shimoliy Amerikada negirlarning soni deyarli yarim millionga yetib qolgan edi. Qul-negirlar har qanday ijtimoiy va siyosiy huquqlardan mahrum etilgan bo\u2018lib, qul egalari ularni o\u2018ldirish, sotish, qarzga berishi mumkin edi, ularga jonli inventar deb qarar edilar. XVII asrninr ikkinchi yarmida quldorlik xo\u2018jaligi kuchli krizisga duchor bo\u2018ldi, bunga tamaki va boshqa traditsion ekinlarning ekilaverishi natijasida yer kuchining ketganligi hamda janubiy mustamlakalar maxsulotini Yevropada sotish qiiyinlashib ketganligi sabab bo\u2018ldi. Bu krizis XIX asrning boshlaridagina paxta tozalash mashinasi ixtiro etilgandan keyin bartaraf etildi. Paxta bozori esa Buyuk Britaniyaga fabrikalashgan ip gazlama sanoati tez rivojlanganligi tufayli vujudga kelgan edi.<\/p>\n<p>Amerikada madaniyatning rivojlanishiga va ilg\u2018or g\u2018oyalarning shakllanishiga prutanlarning diniy xurofoti, bid\u2019ati va fanatizmi to\u2018sqinlik qilmoqda edi. Ilm maorif ishlariga ruxoniylar ta\u2019siri juda kuchli bo\u2018lib, adabiyotda diniy tematika ustunlik qilar edi.<\/p>\n<p>Alvasti ovlash va afsungarlik uchun qatl qilish hatto eng taraqqiy etgan yangi Angliyada ham XVIII asr boshlarigacha saqlanib qoldi. Masalan: Salim qishlog\u2018ida, 1693-1696 yillarda afsungarchilik qilganligi uchun 19 kishi qatl qilingan edi, 150 kishi qamoqda olingan va 200 kishi jodu qilishga ayblanib jazolangan. Erkin fikr qilishgina emas balki dunyoviy mavzulardagi har qanday asar ham gunoh hisoblanar edi, ba\u2019zi mustamlakalarda hatto teatr tamoshalari ham taqiqlangan edi. Butun mustamlakachilik davr mobaynida erkin fikr va demokratiyaning progressiv g\u2018oyalari jaholatga qarshi kurash olib bordi. Bu g\u2018oyalar dastlabki paytlarda diniy sektantchilikning traditsion formalarida ifoda etilar edi. Puritanizm so\u2018l qanotining siyosiy qarashlari xalq ommasinini noroziligini va orzu tilaklarini bir oz ifoda eta olar edi. Bu so\u2018l qanot arboblari XVIII asr Amerika ma\u2019rifatchilarining o\u2018tmishdoshlari edilar. Mustamlakalarda fan va falsafa, adabiyot va san\u2019at keng tarzda rivojlanib ketolmadi bu esa ko\u2018p jihatdan Amerika burjuaziyasiga xos bo\u2018lgan tor faoliyatga bog\u2018liq edi. Amerikaliklar o\u2018zlarining metropoliyaga qarshi olib borayotgan kurashini asoslash uchun Goobe, Milton, Lokk, Russo va boshqa Yevropa mutafakirlarining g\u2018oyalaridan foydalandilar. Amerika burjua ma\u2019rifatchilari eng ko\u2018zga ko\u2018ringan va ajoyib kishilari Benjamin Franklin (1706-1790) va Tomas Jeferson (1743-1826) edi. Bular Amerika maorifida so\u2018l demokratik tendensiya vakillari va shakllanib kelayotgan Shimoliy Amerika millati, o\u2018sib kelayotgan ongning mafkurachilari edilar. Otashin vatanparvar kolonistlar huquqi uchun eng dastlabki kurashchilaridan biri B. Franklin Bostonda hunarmand oilasida tug\u2018ilgan edi, keyinchalik u Filodelfiyada yashaydi. Yoshligida u bosmaxonada harf teruvchi bo\u2018lib ishladi va o\u2018tkir jurnalist-publitsist bo\u2018lib yetishib, akasining gazetasida akasi bilan birga ishladi. G\u2018oyat iste\u2019dodli mexnatsevar va quntli bo\u2018lganligi uchun mustaqil ravishda o\u2018qib bilim oldi. Amerikada ma\u2019rifatchilarning birinchi namoyondasi bo\u2018lib yetishishi bilan u jaholat va nodonlikka qarshi kurash olib bordi. Franklin Amerikada birinchi marta tuzilgan qullikka qarshi jamiyatning asoschilaridan biri edi. Franklin oligarxik idora usulining va mustamlakachilikning xavfli ekanligini yaxshi tushinar edi. Biroq u ko\u2018prok mu\u2019tadil siyosiy qarashlarini yoklab keldi, uzoq vaqt metropoliyaga qarshi inqilobiy kurashga qaraganda liberallarcha kompromiss usulini yoqlab keldi, uzoq vaqt metropoliyaga qarshi siyosatda qat\u2019iy va izchil bo\u2018lmadi. Mustamlakachi burjuaziyaning ilg\u2018or manfaatlarini himoya qilib, Franklin dastlab Britaniya imperiyasi doirasida mustamlakalarini birlashtirishga va o\u2018z-o\u2018zini boshqarishni kengaytirishga harakat qildi. Franklin bu imperiyani &#171;chini kosaga o\u2018xshatgan va uning bir cheti uchib ketsa o\u2018z qimmatini yukotadi&#187; degan edi. Ammo uning fikricha, bu imperiyaning markazi Shimoliy Amerika bo\u2018lishi, poytaxt Londondan shu yerga ko\u2018chirilishi kerak edi. Biroq metropoliyalar o\u2018rtasidagi ziddiyatlarning murosasizligi tufayli Franklin va burjuaziyaning keng doiralari xar qalay milliy mustaqillik uchun inqilobiy kurash yo\u2018liga tushib olishga majbur bo\u2018ldilar.<\/p>\n<p>Tomas Jefferson Virginiyadagi plantatorlar aristokratiyasi oilasidan chiqqan. U har tomonlama keng ma\u2019lumot oldi. Unga katta shuhrat keltirgan Britaniya Amerikasining huquqlari haqida xulosa (1774) degan o\u2018zining dastlabki pamfletlaridan&#187; birida Jefferson Georg 3 ga Karl I bilan Yakov 2 ning qismatini eslatib xalq suvereniteti ideyalarini hamda mustamlakalarning qo\u2018zg\u2018olon qilish huquqini himoya qildi. So\u2018nggi asarlarida qullikni qattiq tanqid qildi, hindularning qirg\u2018in qilinishini qoralandi. Ammo Jefferson izchil demokrat emas edi. Uning ommaviy faoliyati bilan nazariyasi ko\u2018pincha bir-biriga to\u2018g\u2018ri kelmas edi. Jefferson kapitalizmning ba\u2019zi salbiy xususiyatlarini, masalan: mol-mulkning bir to\u2018da shaxslar qo\u2018lida to\u2018planishini tanqid qilgan bo\u2018lsa ham, uning qarashlari keyinchalik burjua liberalizmi tomonida evolyusionlashgan edi. Jefferson o\u2018z faoliyatlarida ayniqsa XIX asr boshidan u respublika prezidenti bo\u2018lgach, burjua respublikasini mustaxkamladi, hamda asosan burjuaziya va plantatorlar manfaatini ifoda etuvchi siyosat yurgizdi.<\/p>\n<p>1765 yilda Angliya parlamenti mustamlakalarga qarshi qaratilgan ikkita qonun qabul qildi, bulardai biri qo\u2018shinlarni joylashtirish qonuni bo\u2018lib, bu qonun ingliz hukumatiga mustamlakalariga cheklanmagai miqdorda qo\u2018shinlar yuborish va ularni axoli uylariga joylashtirish huquqini berar edi. 2-qonun har qanday hujjatlar, gazetalar, broshuralar, e\u2019lonlar ustidan gerb solig\u2018ini solish to\u2018g\u2018risida edi.<\/p>\n<p>Bu qonunlar mustamlakalarda juda katta g\u2018azab uyg\u2018otdi va burjua elementlarining qarshi ta\u2019sir ko\u2018rsatishiga qaramay, ommaviy g\u2018alayonlarga aylanib ketdi. Bostonda hurriyat farzandlarining rahbarligi ostida ishchi va hunarmandlarning g\u2018alayonlari 13 avgustdan 18 avgustgacha davom etdi. Mitinglar o\u2018tkazilib, kechasi mash\u2019allar yoqib yurishar edilar. Chinovniklarning uylariga o\u2018t qo\u2018ydilar, sud arxivlarini yokib yubordilar.<\/p>\n<p>Gubernator yuborgan qurolli otryadlar haydab yuborildi. Gubernatorning yordam yuborish to\u2018g\u2018risidagi iltimosiga politsiya boshlig\u2018i mening odamlarimni endi topib bo\u2018lmaydi: ular xalqqa qo\u2018shilib ketdi deb javob berishi ahvolning naqadar tang ekanligini ko\u2018rsatdi.<\/p>\n<p>Xalq xarakatidan qo\u2018rqib ketgan mansabdorlar o\u2018z lavozimlaridan voz kechdilar. Gerb to\u2018g\u2018risidagi qonun kuchga kirgach 1 noyabr kuni yangidan xalq g\u2018alayonlari ko\u2018tarilib, ko\u2018p kishilik mitinglar va namoyishlar uyushtirildi, gerbli qog\u2018ozlar qo\u2018ydirib yuborildi. Xalk &#171;umumiy ittifoqlik&#187; yoki o\u2018lim, erkinlik yoki o\u2018lim kabi degan shiorlar bilan kurashni kuchaytirdilar. Mustamlakalardagi bu harakatlar xalqning qanday kuchga ega ekanligini ko\u2018rsatdi va ko\u2018p o\u2018tmay gerb qonunining bekor qilinishiga kattagina yordam berdi. Mustamlakalar vakillari kongressni chaqirish to\u2018g\u2018risida qaror qabul qilishdi. Gubernatorning taqiqlashiga qaramay kongress 1675 yil 7 oktabrda Nyu-Yorkda ochildi.<\/p>\n<p>Yuqori tabaqalar petitsiya bilan murojaat qilib, hech narsaga erishib bo\u2018lmasligini ma\u2019lum qildi. Oktabr oyi oxirlarida ingliz tovarlari butun mustamlakalarga yoyildi. Metropoliya burjuaziyasi mustamlaka bozorlaridan mahrum bo\u2018lib qolishdan qo\u2018rqib, mustamlakalar bilan bo\u2018lgan nizoni tezroq bartaraf qilinishini talab qildilar. 1766 yil martida gerb solig\u2018i to\u2018g\u2018risidagi qonun bekor qilindi.<\/p>\n<p>Ammo shu bilan ingliz parlament ilgarigi qonunlarga asosan mustamlakalarga soliq solish huquqi saqlab qolganligi qayd qilindi. Qo\u2018shinlarni joylashtirish qonuni va boshqa qonunlar kuchda qoldi. Taunshend qonuniga binoan 1767 yil bir qancha tovarlarga bojxona to\u2018lovi joriy qilindi. To\u2018lovdan tushgan daromad mansabdorlar va harbiy ma\u2019murlarning ta\u2019minotiga sarflanar, shu bilan birga ular kolonistlardan mustaqil bo\u2018lib qolgan edilar.<\/p>\n<p>Jazo choralari kuchaytirilib g\u2018alayonni bostirish va ko\u2018zg\u2018alonni oldini olish uchun 1768 yil Bostonga harbiy yordamchi kuchlari bilan to\u2018la kemalar kirib keldi. So\u2018ngra hukumat siyosiy jinoyatlarda ayblangan kolonistlarni Angliyaga olib ketib, o\u2018sha yerda sud qilishni buyurdi, ma\u2019murlarga qarshilik ko\u2018rsatgan mustamlaka majlislari tarqatib yuborildi.<\/p>\n<p>Bu tadbirlarning hammasi kolonistlarning g\u2018azabini oshirdi. Mustamlakalarda ko\u2018pgina pamfletlar paydo bo\u2018ldi. Mitinglar va maxfiy yo\u2018nalishlar oddiy tusga kirib klublar va maxfiy jamiyatlarning faoliyati ancha jonlandi. Vashington gubernatori tomonidan tarqatib yuborilgan Virginiya majlisi ba\u2019zi deputatlarning tashabbusi bilan ingliz tovarlarga bokot e\u2019lon qildi. Ingliz tovarlarini Shimoliy mustamlakalariga olib kelib sotish 1768 yilgi 1363 funt sterlindan, 1769 yilda 504 ming funt sterlingga tushib qoldi.<\/p>\n<p>Kolonistlar ko\u2018shinining olib chiqib ketilishini, o\u2018zlarining huquqlarini poymol qiluvchi qonunlarning bekor qilinishini talab qildilar. Parlament taushend qonunini bekor qilish bilan yana qisman yon berishga majbur bo\u2018ldi. Mustamlaka burjuaziyasi kurashning passiv metodlarini mahkam ushlab olgan edi va hukumatga qisman yon berish bilan qanoatlanishga rozi edi. Biroq mehnatkashlar xarakati tobora inqilobiy tus olmoqda edi. 1763 yilda Shimoliy Korolinada tenglashtiruvchilar nomi baln mashhur bo\u2018lgan fermerlar harakati boshlanib ketdi. 4 yil davom etgan bu kurash qatnashchilari qonga botirildi. 1768-1774 yilda Allegan shtatidagi fermerlar ingliz harbiy kuchlariga ochiqdan-ochiq kurash olib bordilar.<\/p>\n<p>Sharqiy rayonlarda ayniqsa Massachusetsda ishchilar, hunarmandlar va fermerlar metropoliyaning aktiv tarafdorlarini ushlab olib, qattiq jazolay boshladilar. 1768 yilda Massachusetsda oq tanli qullarning g\u2018alayoni ko\u2018tarildi. qo\u2018shinlar bilan to\u2018qnashuvlar tez-tez bo\u2018lib turdi. Bostonda 1775 yil 5 mart kuni aholi bilan to\u2018qnashuvlar vaqtida soldatlar 4 ishchini o\u2018ldirdilar va 5 kishini yarador qildilar. O\u2018ldirganlar orasida qochoq qul negir Attaks bor edi. O\u2018ldirganlarning dafn etish marosimi xalq namoyishiga aylanib ketdi. &#171;Boston qotilligi&#187; inqilobiy jarayonlarning rivojlanishiga turtki bo\u2018ldi. Nihoyat inqilobiy vaziyat yetilib kelmoqda edi.<\/p>\n<p>Inqilobning asosiy harakatlantiruvchi kuchlari ishchilar, hunarmandlar va fermerlar bo\u2018lib, bular birgina mustaqillik uchun kurashmasdan, shuningdek iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy huquqlar uchun ham kurashdilar. Biroq xalq ommasi uyushmagan edi. Ommaviy xarakatlarga rahbarlik ishlarini yirik burjuaziya bilan quldorlar o\u2018z qullariga olgan edilar, ular o\u2018z navbatida xalq inqilobidan qo\u2018rqar, toji-taxt bilan kelishib qo\u2018ya qolmoqchi edilar.<\/p>\n<p>Ularning maqsadi metropoliyaning hukmron sinflariga bo\u2018lgan huquqlarga ega bo\u2018lish edi, xolos.<\/p>\n<p>Metropoliyaning murosasizligi hamda xalqning ishchilar, hunarmandlar va fermerlarning avj olib ketgan qurolli kurashi ostida sinfiy kuchlar tobora tabaqalarga bo\u2018linib ketayotgan edi. Quldorlar, yirik burjuaziya, ruxoniylarning bir qismi ommaviy harakatlarni keng quloch yoyib ketayotganligidan qo\u2018rqib ketib, royalistlar lageriga o\u2018tib ketdi va qirol tomonda turib kurashdi.<\/p>\n<p>Biroq ikkilanish va og\u2018ishlar yo\u2018lini bosib o\u2018tgan burjuaziyaning bir qismi har holda metropoliyaga qarshi kurashga boshchilik qildi, ammo xalq xarakatini keng quloch yoymasligiga tirishdi.<\/p>\n<p>Xalqdan qo\u2018rkib qolgan bu burjuaziya ommadan o\u2018z manfaati yo\u2018lida foydalanib, o\u2018zining cheksiz hukmronligini o\u2018rnatish uchun payt poylar edi. 1775 yil 10 mayda Filodelfiyada ochilgan ikkinchi kontinental kongresda hukmron burjuaziya va plantatorlar vakillari, ya\u2019ni mo\u2018tadillar bo\u2018lib ular Vashington, Radolf, T. Jefferson, P. Genri S. Adams va boshkalar edilar. Bular yangi burjua demokratlarning o\u2018z tashkilotlari ham yo\u2018q edi. ular o\u2018zaro kelishmasdan ish ko\u2018rar edilar. Shunga qaramay, kongress ularning tashabbusisiz to\u2018plangan armiyani vaziyat ostida o\u2018z qaramog\u2018iga olib, Jorj Vashingtonni bosh qo\u2018mondon qilib tayinladi.<\/p>\n<ol>\n<li>Vashington (1732-1799) Virginniyalik plantatorlarning boy aristakrat oilasidan chiqqan ma\u2019lumotli kishi edi. Uning akalari Ogayo yer kompaniyasiga boshchilik qilar, bu kompaniya 18 yoshar Jorjni dastlab yer o\u2018lchovchi qilib tayinlagan edi. Bu yerda u yigitlik chog\u2018idayoq hindular bilan bo\u2018lgan to\u2018qnashuvlarda ko\u2018ngilli askarlar qo\u2018mondoni sifatida, 1754 yil 1756 yillarda uncha katta bo\u2018lmagan otryadlari bilan bo\u2018lgan janglarda dong chiqargan edi. Vashington sof vijdonli g\u2018ayratli va jasur kishi bo\u2018lib, juda katta tashkilotchilik qobiliyatiga ega edi.<\/li>\n<\/ol>\n<p>U kamgap, vazmin, o\u2018zining hamkasblariga hamda qo\u2018l ostidagi xodimlariga talabchan, g\u2018amxo\u2018r va xaqiqiy vatanparvar edi.<\/p>\n<p>Kongress umumiy armiya tuzish to\u2018g\u2018risida qaror qabul qilib, shu bilan bir vaqtda qirolga petitsiya yubordi. Petitsiyada kongress o\u2018z sadoqatini ta\u2019qidlagan va barcha masalalarni tinch yo\u2018l bilan hal qilishni so\u2018ragan edi.<\/p>\n<p>Shuningdek, ingliz xalqiga qarata murojaat ham qabul qilingan edi. Angliya mustamlakalaridagi xalq bir-birovlari bilan urush olib borishga qarshi bo\u2018lib, kolonistlar kurashiga xayrixoxlik qo\u2018rsatmoqda edilar. Ularni mustamlakalaridagina emas, balki, Angliyaning o\u2018zida ham hukm surib kelayotgan reaksiya va zulmga qarshi kurash zarurligini tushunish tuyg\u2018usi birlashtirar edi Angliya o\u2018z qo\u2018lidagi mustamlakalarni boy berishdan qo\u2018rqqan va mustamlakalar bilan savdoning keskin tushib ketganligi natijasida ziyon ko\u2018rgan burjuaziyaning ma\u2019lum bir qismi, parlamentga yuborgan petitsiyalarida nizoni bartaraf qilishni keskin talab qilgan edi. Angliya xukumati ushbu talablarni rad etib, mustamlakalarni isyon holatida deb e\u2019lon qildi va ular bilan savdo sotiqni ta\u2019kikladi, ularning to\u2018la kamal holatida ekanligini e\u2019lon qildi. Muntazam armiya 55 ming kishiga, flotning shaxsiy sostavi 28 ming kishiga yetkazildi.<\/p>\n<p>Ingliz burjuaziyasi hamma vaqt birovlarning qo\u2018li bilan urush qilishni yaxshi ko\u2018rar edi. Nemis hukmronlari tomonidan Angliyaga sotilgan 29 ming nemis soldati Amerikaga jo\u2018natildi. Ingliz ma\u2019murlari hindu qabilalarini va plantatorlar qaramog\u2018idagi negirlarni kolonistlarga qarshi otlantirishga harakat qildi. Biroq hindu qabilalarining ko\u2018pchilik qismi Angliya tomonida o\u2018tib, Oneydo qabilasi qo\u2018zg\u2018olonchilarni qo\u2018llab quvvatladi, irokezlar esa o\u2018zlarini betaraf deb e\u2019lon qilgan bo\u2018lsa, negirlarning ko\u2018pchiligi inqilobning tarafdorlari edilar.<\/p>\n<p>Mustamlakalarda o\u2018z tarafdorlarini ko\u2018paytirish, quzg\u2018olonchilar o\u2018rtasida ixtilof chiqarish va ularning kuchlarini zaiflashtirish uchun inglizlar ig\u2018vo qilish va pora berib o\u2018ziga og\u2018dirib olish usulini ishga soldilar. 1775 yilning oxirlarida 20 mingga yaqin royalistlar metropoliya tomonida turib urushdilar. Royalistlarning qurolli kurashga o\u2018tishi va ko\u2018pgina ruhoniylarning inqilobga qarshi tashviqoti avj oldirib yuborilganligi tufayli kongres 1776 yil 2 yanvarda ular ustidan nazorat qilishni mahalliy ma\u2019murlar zimmasiga topshirishdi. Shundan so\u2018ng ularni qurolsizlantirish (1776 yil mart) va mol mulkini musodara qilish (1777 yil noyabr) to\u2018g\u2018risida qaror qabul qilindi.<\/p>\n<p>Mamlakatning deyarli hamma joylarida tuzilgan xavfsizlik komitetlari bu qaror chiqishidan ilgariyoq royalistlarni qamoqqa olib, mol-mulklarini musodara qila boshlagan edilar.<\/p>\n<p>Kongress singari kontinental armiya ham, payt poylash va mudofaa taktikasini qo\u2018llayotgan edi. To\u2018g\u2018ri, Kanadani bosib olishga urinib ko\u2018rildi, bu esa mustamlaka burjuaziyasining eng muhim siyosiy va strategik vazifasi edi. Biroq bu urinish to\u2018la muvaffakdyatsizlik bilan tugadi. 1776 yilning boshlarida Vashington, uning sustkashligidan juda ko\u2018p noroziliklar tug\u2018ilganligi tufayli Bostonni olishga tayyorgarlik ko\u2018rish boshlandi. Bostonni kamal qilish uchun armiyaning barcha asosiy kuchlari bir joyga to\u2018plandi va ingliz qo\u2018shinlari Dorchestr tepaliklarini qo\u2018lga kiritish yo\u2018lidagi urinishlari muvaffaklyatsiz bo\u2018lib chiqqanidan keyin 17 martda Bostonni tashlab chiqib ketdilar. Ingliz kemalariga qarshi qo\u2018zg\u2018olonchilarning qurolli qismlari jang qildilar, qo\u2018lga tushirilgan qurollar va kiyim-kechaklar qo\u2018zg\u2018olonchilar armiyasini ta\u2019minlashga sarf qilinar edi. Mustamlaka qo\u2018shinlari yomon qurollangan, arteleriyasi oz, ko\u2018pincha eng zarur kiyim va oziq-ovqatlar yetishmas edi. Sanoat urush talablariga tezda moslasha olmasa ham, lekin urushning borishida ancha yutuqlarga erishdi. qishloq xo\u2018jaligiga urush juda kam ta\u2019sir qildi. Shunday bo\u2018lsada ko\u2018p joylarda ayniqsa, shaxarlarda va janubiy mustamlakalarda qo\u2018shinlar va xalq ochlikdan azob chekayotgan edi. Narxlarning oshib va chaykovchilikning misli ko\u2018rilmagan darajada kuchayib ketganligi natijasida mexnatkashlar ommasining ahvoli og\u2018ir edi. Burjuaziya va yirik yer egalaridan iborat vatanparvarlar Amerika qog\u2018oz pulidan ingliz tillasini afzal ko\u2018rar, Amerika aholisi ochlikdan xalos bo\u2018layotgan bir paytda ingliz qo\u2018shinlarini ta\u2019min qilar edi. Vashingtonning o\u2018zi 1775 yilda bunday degan edi. Fuqarolik burchini, odamgarchilikni bu qadar unutib yuborish, bu qadar chaykovchilik, foyda olish uchun bu qadar xiyla ishlatish hollarini men hech qachon ko\u2018rgan emasman.<\/p>\n<p>Vakolatli hukumatning va boshqaruvning markazlashtirilmaganligi, provinsializm ruhining va mustamlakalar o\u2018rtasida ziddiyatlarining hukm surishi ham halokatli ta\u2019sir ko\u2018rsatdi. Mustamlakalar: tamoman mustaqil bo\u2018lib, ular qo\u2018shinlar ta\u2019minotini tashkil etishlari kerak edi, lekin urush ularning territoriyalariga yetib bormaguncha bu ishni qilishga shoshilmadilar. Barcha qiyinchiliklarni bartaraf qilib va yengib chiqish uchun birlashgan davlatlar barpo qilish kerak edi. Lekin bu uchun oldin mustakillik e\u2019lon qilinishi lozim edi. Keng xalq ommasining eng yaxshi ijtimoiy xayotga erishish yo\u2018lidagi umidlari mustaqil respublika e\u2019lon qilinishi bilan bog\u2018liq edi. Xalqning va burjua demokratlarning mustaqillik xaqidagi talablari klublarda va gazetalarda qat\u2019iyroq yangramokda edi. Milliy mustaqillikni tashviqot qilishda 1776 yil yanvarida nashr etilgan va ikki oy ichida 120 ming nusxa sotilib bulgan &#171;Tetik fikr&#187; degan pamflet katta rol o\u2018ynadi. Uning muallifi inqilobchi-demokrat T. Pein (1737-1809) Angliyada hunarmand oilasida tug\u2018ilgan qobiliyati tufayli u mustaqil o\u2018kish bilan kuchli publitsist va jamoat arbobi bo\u2018lib yetishgan shaxs edi.<\/p>\n<p>Pein 1775 yilning noyabridayok kongress tomonidan ta\u2019sis etilgan maxfiy komitet sekretari vazifasida ishlay boshladi. Keyin u demokrat general Nataniel Grinning yordamchisi sifatida urushda qatnashdi. Peip va boshqa demokratlar propoganda qilgan mustaqillik talabi rad qilib bo\u2018lmaydigan talabga aylandi. Kongress ikkilanib turganda Shimoliy Korolinada, Virginiyada va boshqa mustamlakalarda 1776 yilning aprel-mayida mustaqillik e\u2019lon qilindi. Mustamlakalar o\u2018zlarini shtat deb e\u2019lon qildilar. O\u2018shanda kongress ham 1776 yilning mayida qaror qabul qilib, unda mustamlakalarga Angliya bilan aloqani uzish tavsiya qilingan edi. Nixoyat, 1776 yilning iyunida kongress &#171;Mustaqillik dekloratsiyasini&#187; qabul qildi. Dekloratsiya loyixasi burjua demokratik ruxda yozilgan edi, lekin u kongressning o\u2018ng qism a\u2019zolari tomonidan o\u2018zgartirilib yuborildi. Munozara fakat mustaqillik to\u2018g\u2018risida emas, balki davlatning xarakteri to\u2018g\u2018risida ham edi. Mustaqillik dekloratsiyasi kishilarga juda katta imkoniyat yaratib bergan xujjat edi.<\/p>\n<p>Demokratik ruxdagi bu dekloratsiya xalqning katta g\u2018alabasi edi, chunki kurash avjiga chiqqan paytda xalq ommasi shu qadar daxshatli kuch ediki, kongress demokratlari ular bilan hisoblashishga majbur bo\u2018ldilar. Inqilobning birinchi davri mustaqillik e\u2019lon qilinishi bilan tugadi va yangi davr respublika davri boshlandi. Tarkibi bir qadar yangilangan kongress endi milliy ta\u2019sis deb nomlandi. Konstitutsiyani ishlab chiqish, ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish, soliq-moliya masalasini va boshqa turli masalalarni hal qilish kerak edi. 1775 yilda mustamlakalarda 8 ming, 1781 yilda 56 ming ingliz qo\u2018shini bor edi. Manbalarda aytilishicha, urush xarakatlarida 30 minggacha kishi qatnashgan. Urush mobaynida Angliya Amerikaga hammasi bo\u2018lib 90 mingga yaqin soldat yuborgan. O\u2018z xo\u2018jayinlari tomonidan sotilgan yonlanma askarlarga ishonib bo\u2018lmas edi. Biroq urush 6 yilga cho\u2018zilib ketdi. Nihoyat respublikada qulay xalqaro vaziyat vujudga kelgakligi tufayli, qurollangan xalqning aktivlik ko\u2018rsatishi, jumladan, partizanlar harakati tufayli g\u2018alabaga erishdi. 1776 yil avgustda Bruklin yonidagi jangda Vashington armiyasi mag\u2018lub bo\u2018ldi. 15 sentabrda Nyu-Yorkni, noyabrda bir nechta kal\u2019ani topshirdi. Undan keyin Delaver daryosini ortiga chekindi. Ko\u2018p Amerikalik soldatlar asir tushdi. Yil oxirida respublika tang ahvolga tushib qoldi. Ammo 1777 yilning boshlarida Vashington o\u2018z mavqeini tiklab olishga erishdi. Kongress Yorktaunga ko\u2018chdi. Burjua tarixchilari bu mag\u2018lubiyatga general Li qilgan xiyonat sabab bo\u2018lgan deb baxolaydilar. Ammo g\u2018alabaga faqat inqilobiy yo\u2018l bilan erishish mumkin edi. Chunki mo\u2018tadil armiyaga xalq ishonmas edi, o\u2018z navbatida armiya yetarli mablag\u2018ga ham ega emas edi. Ahvol keskinlashgan paytlarda xalqning o\u2018zi mustaqil ravishda ish ko\u2018rgan. Ingliz armiyasi Kanadadan o\u2018tib Nyu-York shtati orqali hujum qilish vaqtida, respublika qo\u2018shinlariga aristokrat Skviller qumondonlik qilgan edi. Shundan keyin ushbu kushin sostavida jang qilishga axd qilib, juda ko\u2018p kishilar kelib ko\u2018shila boshladilar. Natijada 1777 yil 17 oktabrda Saratog yonidagi jangda respublika qo\u2018shinlari inglizlar qo\u2018shinlarini tor-mor keltirdilar. Bu g\u2018alaba mamlakatning xalqaro axvolini yaxshiladi va nihoyat 1783 yilda sulh tuzildi. Angliya AQShning mustaqilligini tan olishga majbur bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Xalqni itoatguylikda saqlash uchun Shimol kapitalistlari va Janub quldorlari markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash, pul sistemasini va savdo to\u2018g\u2018risidagi qonunlarni tartibga solish, boylar manfaatlarini ko\u2018zlab yer uchastkalarini sotib olishni ta\u2019minlash va g\u2018arbdagi yangi yerlarni bosib olish uchun bir qator hiyla nayranglar o\u2018ylab topdilar. To\u2018rt oy davom etgan munozaralardan keyin ishlab chiqilgan Konstitutsiya AQSh tarixida muhim rol o\u2018ynaydi. Bu Konstitutsiyada inqilobning demokratik tendensiyalari o\u2018z ifodasini topgan bo\u2018lsada, Amerika xalqining takliflari o\u2018z ifodasini topgan emas edi. Bu Konstitutsiya cheklangan bo\u2018lishiga qaramay, o\u2018sha davr uchun muhim tarixiy xujjat edi. 1787 yilgi Konstitutsiyaga binoan AQSh federal davlatga aylandi. 1787 yili Ta\u2019sis konventi AQSh Konstitutsiyasini qabul qildi, u davlat tizimi to\u2018g\u2018risidagi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud prokuratura organlariga bo\u2018linishi, ular o\u2018rtasidagi bog\u2018liq jihatdan amaliy ahamiyat kasb etdi. Joroj Vashington AQSh ning birinchi prezidenti etib saylandi, o\u2018sha davrning ulug\u2018 siymolari T. Pein, B. Franklin, T. Jefferson AQSh davlatini tashkil etish va uni idora qilish an\u2019analarini shakllantirdilar. Xalq hal qiluvchi inqilobiy rol o\u2018ynadi. Mustaqillik uchun olib borilgan urush davrida demokratik elementlar kuchli bo\u2018lsada, burjua inqilobi xarakteriga ega edi. Milliy davlatning barpo qilinishi feodal qoldiqlarning tugatilishi va majburiy mehnat sistemasining yo\u2018k bo\u2018lishi hamda qullikning man qilinishi xalqning manfaatlariga to\u2018liq javob berar edi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mustaqillik uchun olib borilgan urush arafasida Amerikada ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyot. Amerikada birinchi burjua inqilobi va uning sabablari 1775-1783 yillarda mustaqllik uchun kurash. AQSh ning tashkil topishi. &#171;Mustaqillik dekloratsiyasi&#187; va &#171;AQSh Konstitutsiyasi&#187; ning qabul qilinishi. Shimoliy Amerikada bo\u2018lib o\u2018tgan inqilobning tarixiy ahamiyati. &nbsp; Amerika qit\u2019asi Kolumb tomonidan kashf etilgandan keyin, bu hududlarga yevropaliklar ko\u2018chib kela boshladilar. [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-65","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-lessons"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/65","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=65"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/65\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":66,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/65\/revisions\/66"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=65"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=65"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=65"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}