{"id":63,"date":"2026-05-20T09:38:54","date_gmt":"2026-05-20T06:38:54","guid":{"rendered":"http:\/\/jahon-tarixi.test\/?p=63"},"modified":"2026-05-20T09:38:54","modified_gmt":"2026-05-20T06:38:54","slug":"angliya-burjua-inqilobi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/?p=63","title":{"rendered":"Angliya burjua inqilobi"},"content":{"rendered":"<ol>\n<li>XVII asr boshlarida siyosiy taraqqiyot.<\/li>\n<li>Inqilob arafasida Angliyadagi ijtimoiy iqtisodiy tuzum.<\/li>\n<li>Angliyada inqilobiy vaziyatning vujudga kelishi va inqilobiy harakatlarning boshlanishi.<\/li>\n<li>Parlament va qirol tarafdorlari o\u2018rtasidagi kurash.<\/li>\n<li>Oliver Kromvel va Angliyada Respublikaning o\u2018rnatilishi.<\/li>\n<li>Inqilob natijalari va yuz bergan o\u2018zgarishlar.<\/li>\n<\/ol>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Tarixda shunday voqealar yuz beradiki, bu voqealar jahon siyosiy taraqqiyotida muhim rol o\u2018ynaydi. Ana shunday voqealardan biri XVII asr 40-yillarda bo\u2018lib o\u2018tgan Angliya burjua inqilobidir.<\/p>\n<p>XVII asr 40-yillardagi ingliz inqilobi ilk bor burjua jamiyati va davlati tamoyillarini e\u2019lon qildi. Bu inqilob Fransiya, Italiya, Germaniya, Polshada yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o\u2018zgarishlar bilan bir vaqtda bo\u2018lib, qo\u2018shni Fransiyaga juda katta g\u2018oyaviy tasir ko\u2018rsatdi. Inqilob Angliyada rivojlangan falsafiy va siyosiy xarakterdagi burjua g\u2018oyalari, ayniqsa XVIII asr Fransiya burjua inqilobi arafasida Fransuz burjua mafkurasining shakllanishiga yordam berib, Angliyaning o\u2018zida kapitalizm taraqqiyoti uchun keng imkoniyat ochib berdi. Natijada XUIII asr 2-yarmida bu yerda tarixiy ahamiyatga ega bo\u2018lgan sanoat to\u2018ntarishi yuz berdi.<\/p>\n<p>Angliya XVI-XVII asrlarda agrar mamlakat bo\u2018lib, XVII asr boshida Angliyadagi aholining 1\/5 qismi shaharlarda yashar edi. XVII asr 1-yarmida ingliz savdo floti kichik edi. Shu sababli, Golland kemalaridan foydalanib, turli mamlakatlardan va mustamlakalardan Angliyaga juda ko\u2018p mahsulotlar tashib kelinar edi. Angliyaning chetga chiqaradigan mollaridan biri dag\u2018al movut bo\u2018lib, u Gollandiyada qayta ishlanar edi.<\/p>\n<p>Movut sanoati Angliyaning turli rayonlarida:sharqiy grafliklarda (asosiy markazi-Norfolkdagi Norich shahri) , shimoliy okruglarda Yorkshir grafligi, markaziy grafliklarda-Nyuberi shahri va janubiy-sharkda Devonshir, Uiltshir va Dosert grafliklarida rivoj topgan edi. Movut ishlab chikarishda sex hunarmandchiligining roli ishlab chiqarishning manufaktura shakliga qaraganda ancha kichik edi. Lekin hali yashab kelayotgan hunarmandchilikdan ham kapitalistik elementlar ajralib chika boshlayotgan edi.<\/p>\n<p>Shunday qilib, inqilobdan oldingi davrda, ingliz sanoati uchun, garchi kapitalizm hali qisman niqob ostida maydonga chikayotgan bo\u2018lsa ham, ishlab chikarishning kapitalistik formasi yetilib kelayotganligi xarakterlidir.<\/p>\n<p>XVI asr 2-yarmi va XVII asr boshlarida dengiz ortidagi turli mamlakatlar bilan savdo qiluvchi ko\u2018plab monopol kapitalistik kompaniyalarning paydo bo\u2018lishi, ingliz kapitalining yer sharining hamma taraflariga panja sola boshlaganligidan dalolat berardi. Rossiya bilan savdo qilish maksadida tuzilgan Moskva kompaniyasi va Ost-Hind kompaniyasi eng yirik aksiyali savdo tashkilotlari edi.<\/p>\n<p>Amerikani kolonizatsiya qilishda dastlabki qadam qo\u2018yilishi, Hindistonda va g\u2018arbiy Afrika qirg\u2018oqlarida ba\u2019zi tayanch punktlarining bosib olinishi, ingliz mustamlakachilik siyosati boshlanganligidan dalolat berardi. Mustamlakachilik siyosati ko\u2018prok, yuqori tabaqa dvoryanlar manfaati bilan bog\u2018liq edi, bu tabaqa dvoryanlar esa o\u2018ziga yer olishni istar va Yevropa talab kilayotgan ba\u2019zi mahsulotlarni kupaytirishdan manfaatdor edi.<\/p>\n<p>Shu tariqa kapitalistik munosabatlarning qishloq xo\u2018jaligiga kirib kelishi, ingliz feodalizmining yemirilishiga muhim turtki bo\u2018ldi. Ingliz qishlog\u2018i ilk davrdan boshlab dastlabki tashqi bozor bilan, so\u2018ngra ichki bozor bilan bog\u2018langan edi. Ayniksa XIII-XIV asrlardan boshlab Angliyadan Yevropa qit\u2019asiga juda ko\u2018p jun chiqarilar edi. Angliyaning o\u2018zida movut to\u2018qish qanchalik rivojlanayotgan bo\u2018lsa mamlakat ichida shunchalik ko\u2018p jun talab qilinar edi. Tashqi va ichki bozorda ingliz juniga talabning o\u2018sishi Angliyada qo\u2018ychilikning rivojlanishiga olib keldi. Qo\u2018ychilikning rivojlanishi esa XV-XVI asrlardagi va XVII asrning 1-yarmida mashhur bo\u2018lib ketgan &#171;g\u2018ov tutish&#187; ning boshlanishiga turtki bo\u2018ldi. Qo\u2018y bokishning ommaviy suratda ko\u2018paytirilishi muhim iqtisodiy natijalar berdi. G\u2018ov tutishni ingliz qishlog\u2018ida katta yer egalari majburiy ravishda ochiqdan-ochiq ekspropriatsiya qilishning ayovsiz formalari orqali amalga oshirdilar. Yerdan mahrum qilingan dehqonlarning ko\u2018payishi g\u2018ov tutishning natijasi bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Angliyada kapitallarni o\u2018z qo\u2018liga to\u2018plagan yirik burjuaziya sinf sifatida o\u2018smokda edi. Burjua manufakturachilari savdo burjuaziyasi bilan birlashib ularga davlat qarz berib turgach chet el bilan alokada bo\u2018lgan bank-sudxo\u2018r burjuaziyasiga yaqinlashdilar. Yer egasi bo\u2018lgan ingliz feodallari XVI asrdayoq bo\u2018linib ketayotgan edi. O\u2018z xo\u2018jaligini kapitalistik izga ko\u2018yayotgan yangi dvoryanlar rivojlana bordi, bular asosan o\u2018rta va mayda dvoryanlardan iborat edi. Bularning bir qismi XVII asr boshiga kelib lord lavozimini ola oldi. Dedford, Pembrok, Sesil va boshqa nomlar buning yaqqol misolidir. Yangi dvoryanlar asosan Angliyaning janubiy sharqida va markaziy grafliklarida shakllangan edi. Inqilob arafasida Angliyada sinfiy ziddiyatlar keskinlashdi. &#171;Yuqori tabaqalar&#187; bilan &#171;quyi tabaqalar&#187; o\u2018rtasidagi farq chuqurlashdi. Natijada qirol boshchiligidagi rahbar sinf bo\u2018lgan feodallar bilan dehqonlar o\u2018rtasida kelishmovchiliklar kuchaydi. Dehqonlar yeriga gov tutish va kapitalistik fermerlikning rivojlanishi jamoa manoreal tartibni darhol tugata olmadi. Kopigolder-dehqonlar va boshqa ijorachilar hali ham bor edi. Lekin ularning yerini ijaraga olib &#171;egalik qilish&#187; sharoiti borgan sari og\u2018irlashib bordi. Lord va jentelmenlar odatdagi &#171;eski&#187; rentani oshirmay dehqonlarni ekspluatatsiya kilishning va boshqa usullarini izlab topardilar. Ular juda katta miqdorda fayn to\u2018lashni talab qilardilar. Ya\u2019ni ijorachilar uchun yillik rentadan bir necha bor ko\u2018proq bo\u2018lgan bir yo\u2018la olinadigan bir qator to\u2018lovlarni tayinlar edilar. Inqilobdan oldingi davrda shaharlarda ham xalq ommasining chiqishlari yuz berib turdi. Burjuaziya inqilobning dastlabki davrida o\u2018z manfaati uchun ustalik bilan foydalandi. Keyinchalik u o\u2018zining qirol va eski feodal dvoryanlarga qarshi kayfiyatidan ham foydalanib, dehqonlardan o\u2018z harbiy otryadlarini tuzdi. Feodal-absolyutistik davlat uzoq vaqt davomida burjuaziya bilan ittifoq bo\u2018lib turdi. XVI asrda tuyudorlar dinastiyasi davrida bu davlat burjuaziyaga yon berib keldi va bu bilan burjuaziyani XVI asrda g\u2018alayonlar ko\u2018tarish oldida turgan dehqon plebey revolyusion kuchlar bilan ittifoq tuzishga yo\u2018l qo\u2018ymay, o\u2018z tomonida saqlab qoldi. Tuyudorlar absolyutizmi fakat feodalarga emas burjuaziyalashgan yangi dvoryanlarga tayanar edi. Tyudorlar davlati dvoryanlar davlatchiligicha qolaverib, kapitalizmning rivojlanishiga va burjua oppozitsiyasining kuchsizlanishiga yordam bergan siyosat olib bordi. Buni shunda ko\u2018ramizki parlament toifa vakillari organi bo\u2018lib, butun XVI asr davomida yaqqol namoyon bo\u2018ldi. Parlamentning umumpalatasida asosan yangi dvoryanlarning vakillari o\u2018tirib, burjuaziyaning manfaatlarini yo\u2018qlardi. Ammo parlamentning bunday kelishtiruvchilik roli burjuaziyaning rivojlanishi va kuchayishi bilan o\u2018zgarib bordi. Parlament asta-sekin absolyutizimga nisbatan oppoziyasiga bo\u2018lgan organga aylanadi. Tyudorlar dinastiyasining so\u2018nggi vakili bo\u2018lgan qirolicha Yelizavetta davrida qirollik bilan parlament o\u2018rtasidagi kelishmovchilik namoyon bo\u2018ldi. Umumpalata qirolicha hukumining bir qator ya\u2019ni taxt vorisi to\u2018g\u2018risidagi, diniy masalalar to\u2018g\u2018risidagi, savdo-sanoat monopoliyalarini sotish to\u2018g\u2018risidagi tadbirlaridan noroziligini bildirdi. Tyudorlar davrida halq ommasining chiqishlari o\u2018sib bordi. Irland xalkining ozodlik kurashi ham jiddiy axamiyat kasb eta boshladi. 1603 yil Yelizavettaning vasiyatiga ko\u2018ra Yakov VI Angliyaning qiroli qilib tayinlandi. Angliyada u Yakov I nomini oldi. Yangi dinastiya davrida feodal tuzum bilan burjuaziya o\u2018rtasidagi ajralish yaqqolroq ko\u2018rindi. Yangi qirol Angliyaning oq suyak feodal elementlariga tayanib ish ko\u2018rdi. Parlament Yakov I ga soliq yig\u2018ish huquqini bermagan paytlarda u juda g\u2018azablanardi. U 1610 yilda g\u2018azab bilan &#171;Axir, Fransiya, Daniya, Ispaniya qirollari boj oladilarku, nega men boj olmas ekanman?&#187; der edi. Pul topishga intilib, Yakov I savdo va sanoat monopoliyalarn tuzish huquqini beradigan patentlar sotishni qizitib yubordi. Ammo parlament bu gal ham qiroldan suiste\u2019mol qilishlarni tugatishni talab kildi. 1624 yilda Yakov I davridagi so\u2018nggi parlament moliya ministri graf Midlseksni sud javobgarligiga tortdi. Qirolning o\u2018zi ordonans chiqarib, unda qirollikda nimaiki bo\u2018lmasin sotish, tortib olish, ishlab chikarish yoki iste\u2019mol qilishga monopol huquq beruvchi hamma patentlar bekor qilindi, deb e\u2019lon qildi. Parlament qirolning ichki siyosatidangina emas, balki tashqi siyosatidan ham norozi bo\u2018lgandi. Yelizavetta ispanlarga va katoliklarga qarshi turgan bo\u2018lsa, Yakov I siyosatni o\u2018zgartirib men Ispaniya bilan urush holatda emasman deb e\u2019lon qildi. Bunday siyosat ingliz burjuaziyasiga qarshi chiqish degan rap edi, chunki ingliz burjuaziyasi Ispaniyani va mustamlakachilik savdosi sohasidagi raqibi edi. Ispaniya va Niderlandiya o\u2018rtasida urush davom etayotganligi sababli, Ispanlar Gollandlarni yoki Golland tovarlarini qidirish bahonasi bilan ingliz kemalarini tez-tez tutib qolar edilar. Ingliz hukumati o\u2018z savdogarlarining arzlariga quloq solmay kelayotgan edi. Yevropada 30-yillik urush boshlanib ketganda Yakov I German protestantlarining boshlig\u2018i Fridrix Pfalsning qaynatasi sifatida Gabsburglarga qarshi urushda qatnashdi. Ammo Yakov I Germaniya protestantlariga yordam berish o\u2018rniga, Fridrix Pfalsga imperator tortib olgan yerlarni qaytarib olib bermoqchi bo\u2018ldi. Ispan diplomatlari, chunonchi Yakov I ning cheksiz ishonchiga sazovor bo\u2018lgan elchi Gondomar uni necha yillar axmoq qilib keldi, chunki Ispan Gabsburglari Avstraliyalik Gabsburglar bilan yagona siyosat yurgizayotgan edilar. 1624 yilda Yakov I o\u2018z o\u2018g\u2018li Karl I ni Ispan malikasiga uylantirish to\u2018g\u2018risidagi masalalarni hal qilish uchun Madridga jo\u2018nadi. Bu diplomatik niyatlaridan, tabiiyki hech nima chiqmadi. Yakov I ning yana shu maqsadga Fridrix Pfalsga yordam berish uchun Fransiya bilan ittifoq tuzishga urinishi muvaffaqiyatsiz chiqdi. Shaxzoda Karl I bilan Fransuz malikasi Genrieta-Mariya o\u2018rtasidagi nikohni Angliyaliklar sovuqqina qabul qildilar. By nikoh natijasida ingliz saroyi katoliklarning ig\u2018vo markaziga aylanib ketadi deb xavfsiradilar. Haqiqatdan ham shunday bo\u2018ldi. Yakov I 1625 yil bahorida vafot etdi. Uni o\u2018rniga taxtni egallagan Karl I (1625-1649) otasi kabi u ham qirol hokimiyatini cheksiz deb xisobladi. Gersog Bekingemning maslahatlariga amal qilib, aktiv tashqi siyosat olib borishga urindi, lekin muvafaqiyatsizlikka uchradi. Ispaniyaga qarshi urush boshlab, Bekingem 3-ta ekspeditsiya uyushtirdi. Bu ekspeditsiyalarning asosiy maqsadi Amerikadan Ispaniyaga kumush tashiyotgan ispan kemalarini qo\u2018lga kiritgan, mahsulotlarni sotib, qirolning moliyaviy ahvolini yaxshilash, shu yo\u2018l bilan xukumatni parlamentdan mustaqil qilib olish nazarda tutilgan edi. Ispaniyaning Kadis portini qo\u2018lga kiritish va Ispaniya hududiga ekspeditsion korpus tushirish ham mo\u2018ljallangan edi.<\/p>\n<p>Urush natijasida ingliz kemalari sharmanda bo\u2018lib, ko\u2018p soldat va matroslarni yo\u2018qotib o\u2018z yurtiga kaytib keldi. Xolbuki. Fransiya bilan ittifoqda bo\u2018lgan ingliz xukumati fransuz qiroli tomonida turib, La-Roshel kal\u2019asida to\u2018plangan gugenotlarga qarshi kurashda ishtirok qilishi lozim edi. Bu esa Angliyada styuartlar siyosatidan yana norozilikni oshirdi. Shundan keyin Angliya jamoatchilik fikri tazyiki ostida. Fransiya bilan ittifoqni buzdi va urush e\u2019lon qildi. Ammo gersog Bekingemning qamal ostidagi La- Roshelga uyushtirilgan yordami hech narsa bermadi va 1628 yil kuzida fransuz qo\u2018shinlari qal\u2019ani ishg\u2018ol qildi. Karl I yana sharmanda bo\u2018ldi. Styuartlar istibdodiga qarshi parlament oppozitsiyasi Yakov I davridayoq yaqqol namoyon bo\u2018lgan edi. Har gal parlament chaqirilganida Yakov I tashqi siyosati tanqidga uchrardi. Karl I davrida ham parlament oppozitsiyasi vakillarining chiqishlari yanada keskin tus oldi. Parlamentning umumpalatasi gersog Bekingemning iste\u2019fo berishini talab qildi. Karl I ning 1625 yilda chaqirilgan 1-parlament yig\u2018ilishi juda kisqa bo\u2018ldi, qirol uni bir necha hafta o\u2018tgach, tarqatib yubordi. Ana shu parlamentdagi oppozitsiya a\u2019zolaridan yetuk notiqlar ajralib chiqdilar. Shulardan yurist ser Eduard Kok Buyuk ozodlik xartiyasining ixlosmand tarafdori polkovnik Jon Eliot, bekingemshirlik boy skvayr Jon Gempden va Kokrshlik dvoryan &#8212; yurist Tomas Uent-vort parlamentdagi notiklardan edilar. 1626 yilda chaqirilgan 2-parlament ham tarqatib yuborildi. Karl I ning uchinchi parlamenti (1628-1629) gersog Bekingemni sud qilishini, katoliklarga qarshi qonunlarni amalga oshirishni, qonunsiz soliqlar to\u2018plashni to\u2018xtatishni talab qildi. Parlament qabul qilgan va qirol tasdiqlagan xujjat 1628-1629 yillarda siyosiy kurash olib borilganligining yorkin misolidir. Bu-huquq to\u2018g\u2018risidagi 1629 yilgi Petitsiya edi. U 4 moddadan iborat bo\u2018lib: jumladan<\/p>\n<ol>\n<li>Aholi va parlament tasdiqidan o\u2018tmagan zayomlar olishga va soliklar to\u2018lashga majbur etilmasligi lozim;<\/li>\n<li>Sudning qonuniy hukmisiz hech kim qamoqqa olinishi va mulkidan mahrum qilinishi mumkin emas;<\/li>\n<li>Harbiy davr qonunlari asosida fuqarolarni qamash to\u2018xtalishi lozim;<\/li>\n<li>Qo\u2018shinlarning aholi uylarida turish tartibi tugatilishi lozim. Petitsiyada XIII asrdagi Buyuk erkinlik xartiyasi pesh qilingan edi. Karl I kup o\u2018tmay Petitsiyani buza boshladi. 1629 yil martda 3-parlament ham tarqatib yuborildi. Parlament aholini soliq to\u2018lamaslikka chaqiruvchi rezolyusiya qabul qildi. Karl I ning mamlakatni parlamentsiz idora qilishga qaror qilishi natijasida mustabid hukumatning ahvoli yanada tang bo\u2018ldi. Parlamentning soliqlar to\u2018lanmasin degan chakirig\u2018i keng xalk ommasiga ma\u2019qul tushdi. Ispaniyaga hamda Fransiyaga qarshi urushning davom etishi, tashqi savdo sohasida krizisga olib keldi. Parlamentsiz idora davrida Karl I maslahatchilaridan uchinchisi xazinachi-lord Richard Uetson bo\u2018lib, u Karlni nohaq yig\u2018imlar joriy qilishga undadi. Parlamentsiz davridagi moliya siyosati shunday ediki, bunda saltanat xususiy mulkchilikka qo\u2018pol aralashar edi. Hukumat parlament tasdiqlamagan yangi soliqlar undirib olish uchun har xil bahonalar qidirib topar edi. Parlamentga bog\u2018liq bo\u2018lmagan moliya bazasini yaratish va doimiy armiyani tashkil etish, absolyutizmning aniq maqsadi bo\u2018lib qoldi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun qilingan urinishlar revolyusion portlashni tezlashtirdi, xolos.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Karl1 tomonidan turli-tuman nohaq yig\u2018imlar, nihoyat Angliyada XI-XII asrlarda joriy qilingan kema pullari yana olinadigan bo\u2018ldi va bu hukumatga mablag\u2018 tushib turishini ta\u2019min etmadi, balki davlat budjetiga yamoqday kichik bir madad bo\u2018ldi, xolos. Bunday soliqlar yer soliqlaridan ko\u2018ra keng aholi ommasining g\u2018azabini qo\u2018zg\u2018atdi. 1635 yilda xukumat \u201dkema solig\u2018i\u201dni joriy kilgandan so\u2018ng soliq yig\u2018ishga qarshi norozilik harakatlari boshlandi. Natijada mamlakatda revolyusion vaziyat vujudga kela boshladi. Bu Shotlandiya bilan Karl I ning urushiga sabab bo\u2018lib, Shotlandiya qo\u2018zg\u2018oloni Angliyada inqilobning boshlanishi uchun turtki bo\u2018ldi .<\/p>\n<p>Shotlandiya ustidan nazoratni kuchaytirishga urinishi natijasida kelib chiqqan bo\u2018lib, Shotlandiya 1603 yilda Yakov I vaqtida Angliya bilan shaxsiy uniya asosida birlashgan bo\u2018lsada, hali avtonomiya huquqini saqlab qolgan edi. Shotland dvoryanlari o\u2018z mustaqilliklarini himoya qilishlarining sababi shundan iborat ediki, quyi Shotlandiya burjuaziyasi Angliya savdogarlarining raqobatidan qo\u2018rqib, Angliya bilan batamom birlashishdan qo\u2018rqar edi. Shotland dvoryanlari Yakov I ning onasi Mariya Styuart vaqtida qo\u2018lga kiritgan feodal erkinliklarini saqlab qolishga intilar edi. XVI asrdan boshlab Shotlandiyada keng tarqalgan oppozitsion ruxda bo\u2018lgan dvoryanlarga qo\u2018l kelgan presviterianlik shaklidagi kalvinizm bu ikki sinfning ittifoqini mustahkamlab, styuartlarga qarshi kurashda ideologik qurol bo\u2018lgan edi. Shotlandiyada ingliz yepiskop cherkoviga nafrat bilan qarar edi. Lord 1637 yilda Shotlandiyani ingliz cherkovi tarkibiga kiritmoqchi bo\u2018lganida, Karl I ga qarshi qo\u2018zg\u2018olon ko\u2018tarishga sabab bo\u2018lganligi bejiz emas edi. Shotlandlar maxsus hujjatga imzo chekib, papa oldida &#171;haqiqiy dinni&#187; himoya qilish majburiyatini olgan edilar. Shotlandiyada juda tez ko\u2018ngilli qo\u2018shin tashkil topdi va 1639 yilda Angliyaga bostirib kirdi. Angliyada xalqning keng qatlamlari, shotlandlarga xayrixoxlik bildirdilar. Yollanma qo\u2018shinlar yordamida Shotlandiyaga qarshi urush yana boshlanib ketdi. Karl I 1640 yil 13 aprelda parlamentni chaqirdi. Parlamentga Jon Pim va Jon Gempden kabi oldingi parlamentdagi oppozitsiya a\u2019zolari yana qaytadan saylandi. Parlament urushni davom ettirishga pul ajratmadi. Natijada 1640 yil 5 mayda Karl I bu parlamentni ham tarqatib yubordi va bu qirol xukumatiga qarshi namoyish qilinishiga sabab buldi. Xalq 6-mayda qamaldagi &#171;to\u2018polonchilarni&#187; qutqarish uchun qamoqxonalarga hujum qildilar. Dehqonlar bu siyosiy krizisni o\u2018z iqtisodiy manfaatlari yo\u2018lida oshkorona kurash olib borish uchun qulay fursat yetganligini hisobga olib, 1640 yilning yozidan boshlab revolyusion harakatlarini kuchaytira boshladi. Ana shu hol inqilobning negizini tashkil qildi.<\/p>\n<p>Shotlandlar esa parlament tarqatilgandan keyin hujum boshladilar. 1640 yil 24 sentabrda York shahrida to\u2018plangan lordlar palatasi a\u2019zolari ham yangi parlamentni chaqirishi kerak deb o\u2018z fikrlarini bildirdilar. Karl I 1640 yil 30 sentabrda parlament chaqirilishini e\u2019lon qildi. Oktabrda Angliyada favqulotda keskin bir sharoitda parlament saylovi bo\u2018lib o\u2018tdi. Puritantlarning peshvolaridan Pim, Gempden, shuningdek 1628-1629 yillardagi parlament deputati bo\u2018lgan Kromvel saylov vaqtida aktivlik ko\u2018rsatdilar. Saylov eskicha tartiblar asosida o\u2018tkazilishiga qaramay, saylovda parlament-burjuaziya oppozitsiyasi ustidan g\u2018alaba qozondi. Pim parlament rahbari qilib belgilandi.<\/p>\n<p>Angliyada vujudga kelgan revolyusion vaziyat nihoyat inqilobga aylandi. 1640 yil 3 noyabrda chaqirilgan parlament to 1653 yil aprelgacha o\u2018z faoliyatini davom ettirdi. Uning a\u2019zolari orasida asl burjuaziya namoyondalari oz bo\u2018lsa-da, boshlanib ketgan Angliya burjua inqilobida ular katta rol o\u2018ynadilar. Sal kam 13 yil ushbu parlament feodal absolyutik lagerga qarshi kurashni uyushtiruvchi markaz bo\u2018la oldi.<\/p>\n<p>Burjua tarixchilari inqilobning boshlanishini parlament bilan qirol o\u2018rtasida chiqqan &#171;konstitutsion kelishmovchilik&#187; edi deydilar. Bu haqiqatga uncha to\u2018g\u2018ri kelmaydi. Aslida puritanlar qirolga qarshi targ\u2018ibot ishlarini ancha oldin boshlab yuborganlar. Fermerlar va shaharliklardan uzluksiz parlamentga xatlar kelib turdi. Bu xatlarni ko\u2018rib chiqish uchun maxsus komitet tuzish lozim bo\u2018ldi. Uzoq parlament devorlari orqasida va ko\u2018pgina grafliklarda dehqonlar urushining alangasi lovullamoqda edi.<\/p>\n<p>Bir tomondan parlament ijtimoiy kuchlardan madad olib ikkinchi tomondan ularni &#171;tinchlantirish&#187;ga intilib, o\u2018z zarbalarini Karl I ning eng yaqin yordamchilariga qarshi qaratdi. Uzoq parlament chaqirilgandan keyin ko\u2018p vaqt o\u2018tmay, Strafford qamaldi.<\/p>\n<p>Straffordning sudi bir necha oy mobaynida parlamentning diqqat markazida turdi. Lekin 1641 yilning may oyining boshida Londonda xalq ommasi Straffordni o\u2018ldirishni talab qilib chiqdi. Xalq olomoni &#171;xiyonatchini&#187; o\u2018ldirishga qarshilik qilayotgan peshvolarning nomlarini aytib berishni talab qildi. Natijada lordlar Straffordni aybdor deb e\u2019lon qilishga majbur bo\u2018ldilar.<\/p>\n<p>Karl I ham yon berishga majbur bo\u2018ldi va 1641 yil 12 mayda xalq oldida \u00a0Strafford qatl qilindi.<\/p>\n<p>Shu narsa diqqatga sazovorki, 1641 yil may oyining o\u2018rtalarida parlament absolyut rejimning qurbonlari Jon Lilbernni va siyosiy mahbuslarni ozod qildirdi. Demokratik kuchlar o\u2018rtasida Jon Lilbern juda mashxur edi.<\/p>\n<p>O\u2018sha 10 may kuni parlament qirolni yana yon berishga majbur qilib, parlament roziligisiz parlamentni tarqatish mumkin emas degan xujjatga qirolni imzo chektirishga majbur etdi. Uzoq parlament 1641 yilning may oyida London shahri mehnatkashlarining g\u2018alayonlaridan foydalanib, qirolni yana shunday g\u2018oyat muhim siyosiy masala ya\u2019ni parlament ruxsatisiz olinadigan xar qanday soliq g\u2018ayri qonuniy ekanligi yana bir marta qatiyroq tasdiqlandi.<\/p>\n<p>1640-1641 yillarda dehqonlar harakati kuchayib bordi. Shunday qilib, lordlar palatasi a\u2019zolari manfaatlarinigina emas, balki umumpalatasida ko\u2018pchilikni tashkil qilgan yangi dvoryanlarning manfaatlari ham xavf ostida qolgan edi. Xatto burjuaziyaning Milton kabi ideologi &#171;boltaning juda aniq xavfi&#187; borligini ogoxlantirdi. Shuning uchun ham parlamentning ko\u2018pgina a\u2019zolari islohotlar yordamida dehqon-plebeylar qo\u2018lidagi bolta &#171;zarbasining&#187; oldini olish mumkin, deb reformalar o\u2018tkazishni talab qildilar.<\/p>\n<p>Parlament yozgi kanikuldan keyin 1641 yil 20 oktabrda yana ish boshladi. Absolyutizm bilan kurash davom etdi.<\/p>\n<p>Karl I hatti-harakatlaridan g\u2018ashi kelgan, uzoq parlament 1641 yil noyabrda Ulug\u2018 remonstratsiya degan nom bilan muhim xujjat ishlab chiqdi. 204-moddadan iborat bo\u2018lgan xujjatda Karl I suiste\u2019molliklari sanab ko\u2018rsatilgan edi. Ulug\u2018 remonstratsiyada uzoq parlamentning tadbiri ham ko\u2018rsatilgan bo\u2018lib, bundan keyin ministrlar parlamentning ishonchini qozongan kishilardan tayinlanishi talab qilingan edi. Savdo va sanoat erkinligi masalalari, burjuaziya presviteran cherkovini barpo qilish, parlament oldida javobgar hukumat tuzish haqidagi fikrlar Ulug\u2018 remonstratsiyada yo\u2018k edi. Burjuaziya va yangi dvoryanlar xalq ommasi manfaatlarini ko\u2018zlab, jiddiy-sotsial-demokratik reformalar o\u2018tkazmoqchi emas edilar. Vaxolanki, parlament o\u2018zi, Angliya xalqining keng noroziligi asosida siyosiy kuch bo\u2018lib qaror topgan edi. Jon Gempdenga &#171;ko\u2018maklashgani&#187; kelgan Gxekingemsher grafligining dexqonlari, ayniqsa, katta faoliyat ko\u2018rsatdilar. Qirol parlament binosidan chiqib, olamon oldida gapirmoqchi bo\u2018ldi, ammo xalq uning so\u2018ziga kuloq solmadi Natijada qirol oppozitsiya peshvolarini kamoqqa olish to\u2018g\u2018risidagi farmonini bekor qildi. 10 yanvarda Karl I Londonni tark etib, dvoryanlardan madad olish niyatida, York shaxriga jo\u2018nadi. Bu hol Angliyada grajdanlar urushi xavfi kuchayib borayotganligini ko\u2018rsatar edi.<\/p>\n<p>Ulur remonstratsiyada ingliz burjuaziyasi bilan yangi yirik dvoryanlar, manufakturachi-mofutchilar va indipendentlar manfaatlari aks etgan edi. Bu sinfiy kuchlarning hammasi o\u2018z dasturida Angliya feodal munosabatlariga qarshi kurash g\u2018oyalarini ilgari surgan edilar. Grajdanlar urushi yillarida sinfiy manfaatlar bir biridan ajraldi. Bu ziddiyatlar shuning uchun ham kuchaydiki, eng radikal kuch deb talqin qilingan ingliz puritanizmi g\u2018oyalari xalq ommasiga singib borib, xalqni yanada inqilobni kuchaytirishga otlantirdi. 1642-1648 yillar grajdanlar urushi jarayonida yirik burjuaziya Angliyaning feodal absolyut kuchlari bilan murosaga kelishga intila boshladi.<\/p>\n<p>Karl I parlamentga qarshi kurash uchun harbiy kuch to\u2018plash maksadida, 1642 yilning yanvarida poytaxtni tashlab, kichik bir otryad bilan Gun shahridagi qurolxonani olishga urinib ko\u2018rdi. Bu urunish muvaffakiyatsiz bo\u2018lgach, Notingem grafligiga yo\u2018l oldi va o\u2018z kuchini mustahkamlab olishga erishdi. Parlament esa qirol bilan kelishishga harakat qildi. Jumladan, 1642 yilning yozida qirolga 19 taklif deb atalgan hujjat &#8212; Ulug\u2018 remonstratsiyada qo\u2018yilgan talablarning qisqacha ro\u2018yxati yuborilib, Parlament papa tarafdorlarining lordlar palatasidan chiqarilishini va yangi merlar parlamentning ikkala palatasi roziligi bilan tayinlanishini va nihoyat, ushbu tayinlash parlament ixtiyoriga o\u2018tkazilishini talab qildi.<\/p>\n<p>Qirol bu talablarni rad qildi. Natijada parlament bilan qirol o\u2018rtasida kelishmovchilik kelib chikdi. Bu voqealardan so\u2018ng parlament armiyasi tuzila bordi va unga ko\u2018proq kishilar yozila boshladilar. Angliyani shimoli bilan g\u2018arbi asosan qirol qo\u2018lida edi. Lekin Angliyaning shimolidagi yirik sanoat markazlari esa parlamentni quvvatlar edi. Barcha eng yirik dengiz portlar parlament tomonida edi. Bu mamlakatning barcha hududlarini parlament atrofida birlashishga keng imkon berdi. Ammo Fransiyadan qurol-aslaha keltirishni qiyinlashtirdi.<\/p>\n<p>Angliya territoriyasi shu tarzda ikki qismga bo\u2018lindi. Bu bo\u2018linish Angliyaning sinfiy jihatdan ham ya\u2019ni feodallar va burjua Angliyasiga bo\u2018linishiga olib keldi. Shunday qilib, qirol armiyasining sinfiy negizi eski dvoryanlardan tashkil topgan edi.<\/p>\n<p>1643 yilning may-iyun oylarida janubiy-g\u2018arbiy Angliyada dehqonlarning katta qo\u2018zolonlari bo\u2018lib o\u2018tdi. Jamoa yerlarining o\u2018rab olinishiga turli guruhdagi dehqonlarning munosabati turlicha edi. Shunday bo\u2018lishiga qaramay, grajdanlar urushining birinchi yillarida bo\u2018lib o\u2018tgan dehqonlar harakatlari yer-suv egalariga qarshi qaratilgan, ammo yaxshi uyushmagan va stixiyali kurash edi. Katolizmga moyil bo\u2018lgan anglichan cherkovi qirolga tayanch bo\u2018ldi, ammo ingliz puritanizmi tarkibiga kiruvchi presvetirianlar bilan independentlar parlamentni ko\u2018llab quvvatladi. Kalvinizm Angliyadagi burjuaziyaning eng ilg\u2018or qismining diniy va siyosiy ideologiyasi bo\u2018lib qoldi, bu ideologiyani u monarxiyaga qarshi kurashning &#171;tayyor jangovar nazariyasi&#187; deb bildi. Iktisodiy jihatdan qoloq hisoblangan katoliklar Irlandiyasi ham, qirol tomonida edi. Qirol tarafdorlari &#171;kavallerlar&#187; degan umumiy lakab oldi, parlament tarafdorlari esa &#171;dumaloq boshlilar&#187; (sochi olinganlar) deb atala boshlandi. Grajdanlar urushining birinchi katta jangi 1642 yilning kuzida Edjgillda bo\u2018ldi. qirolning otliq askarlari parlament qo\u2018shinlariga og\u2018ir talofot yetkazishdi. qirol Oksfordni bosib olib, London tomon yo\u2018l oldi. Biroq u yerda matonatli xalq lashkarlarining kattiq qarshiligiga duch keldi. Qurolli kurashning dastlabki davrida qirol poytaxtni ro\u2018paradan zarba berish yo\u2018li bilan ololmay, Oksfordga chekindi. Oksford butun grajdanlar urushi davrida qirolning asosiy qarorgohi bo\u2018ldi. Parlamentning ikkala palatasidagi qirol tarafdorlari nihoyat Oksfordga qochdilar.<\/p>\n<p>1643 yilning yozida parlament kuchlari yana katta xavfga duch kelib, parlament qo\u2018shinlari mag\u2018lubiyatga uchradilar, buning natijasida qirol qo\u2018shinlari Devonsher bilan Bristolni bosib oldilar. Bu joylarda Karl I ko\u2018p qurol aslahalarni qo\u2018lga kiritdi. Ammo Londonga shimoldan ya\u2019ni Oksforddan, Temza vodiysi orqali hujum qilish uchun qirolning kuchi kamlik qildi.<\/p>\n<p>1643 yilning 25 sentabrida Angliya parlamenti bila Shotlandiya parlamenti o\u2018rtasida ittifoq &#8216;kovenant&#187; tuzildi, bu &#171;kovenant&#187; ga muvofiq inglizlar bilan shotlandlar o\u2018z zimmalariga Angliya hamda Shotlandiya parlamentlarining erkinliklarini saqlab qolish majburiyatlarini oldilar.<\/p>\n<p>&#8216;Kovenant&#187; tuzilishi natijasida 1644 yilda vaziyat parlament uchun birmuncha qulay bo\u2018ldi. Shimoldan bostirib kirgan Shotlandiya armiyasi parlament qo\u2018shinlari bilan birgalikda harakat qildi va bu armiya, shubhasiz, grajdanlar urushining dastlabki paytida katta rol o\u2018ynadi.<\/p>\n<p>Parlament armiyasi qirolning asosiy qarorgohi bo\u2018lmish Oksfordga hujum qildi. Ammo Karl I parlamentning ikki generali-Esseks va Uoller qo\u2018shinlarini batamom tor-mor qildi. Parlament armiyasining mag\u2018lubiyatga uchrashishning ikki sababi bor edi. Birinchidan parlament armiyasi doimiy qo\u2018shinlardan va xalq lashkarlaridan iborat edi. Qirol armiyasi esa asosan dvoryanlardan iborat ediki, ular uchun xarbiy xizmat kasbday bo\u2018lib qolgan edi. Ikkinchidan grajdan urushining birinchi yillarida qirol tomonidan qozonilgan g\u2018alabalarning sababi qirol armiyasining &#171;kovalerlar&#187; dan iborat armiyaning harbiy jixatdan ustunligi emas, balki parlament qo\u2018shinlariga shunday kishilar boshchilik qilar ediki, bu kishilar qirol bilan kelishishni xoxlar va inqilobning yanada chuqurlashib borishidan qo\u2018rqar edi. Bu armiyaning bosh qo\u2018mondoni eski arestokrat graf Esseks bo\u2018lib, uning qo\u2018l ostidagilar asosan zodagonlardan iborat edi. Bular qirol bilan parlament o\u2018rtasidagi janglarni fakat &#171;konstitutsion&#187; janjal deb qarashar edi. Shuning uchun ular qirolga kamroq shikast yetkazishga intilar edilar. Bu armiyaning bosh qo\u2018mondonlaridan biri Lord Manchester o\u2018z mavkeini quyidagicha ifodalagan edi: &#171;Biz qirolni xatto 999 marta tor-mor keltirsak ham, baribir u qirolligicha qolaveradi, ammo qirol bizni biror marta tor-mor keltirsa, xammamiz osilamiz, avlodlarimiz qullikka tushadi&#187;. Urushning birinchi yillaridayok Kromvel o\u2018zining zo\u2018r harbiy tashkilotchilik qobiliyatiga ega ekanligini ko\u2018rsatdi. Parlament armiyasining kamchiliklarini ko\u2018rib, Kromvel o\u2018z mablag\u2018lari xisobidan otliq askarlar otryadini tuzishga kirishdi va bunga erishdi. Kromvel intizomga ongli ravishda bo\u2018ysunadigan kishilarni tanlab, bunday kishilarni u Kembridjdagi dehqon yomenlar va hunarmandlar ichidan osongina to\u2018play oldi. Kromvel shular bilan bir vaqtda askarlikka faqat sektantlarni, o\u2018z kurashiga diniy kurash deb qarovchi kishilarni ham oldi. Kromvelning nazarida, bu xususiyatlar xalkning jangovor kuchini, dvoryan burjua rahbarligida bo\u2018ysundirish uchun imkon beradi. Kromvel otryadi &#171;temir bikinlilar&#187; degan laqab oldi. 1644 yilning 2 iyulida Marston Mur yonida bo\u2018lgan jangda &#171;temir bikinlilar&#187; dushman safini yorib o\u2018tib, jang natijalarini hal kildi. Bu g\u2018alaba inqilob tarafdorlarining ruhini juda ham ko\u2018tarib yubordi. Shundan keyin qirol tarafdorlarini tor-mor keltirish mumkin ekanligi aniq bo\u2018lib qoldi. Ammo armiya qo\u2018mondonligi buni e\u2019tiborga olmadi. Kromvel esa qo\u2018mondonlarning bu xatti-harakatidan norozi bo\u2018lib, xalq madadiga tayangan holda &#171;yangi xil&#187; armiya tuzishga kirishdi va barcha qo\u2018mondonlar o\u2018z vazifasidan chetlashtirildi. Natijada keng xalq ommasi Kromvelning bu siyosatini har jixatdan ma\u2019qullashdi. Ommaning 1644-1646 yillardagi revolyusion harakatlari o\u2018ziga xos ikki formada ya\u2019ni parlament nazoratidagi territoriyada bu harakat sektanlik gruppalari va jamoalarning faoliyati formasida va kambag\u2018allarning revolyusion faolligi esa eski feodal-absolyutizm usul idorasiga qarshi karatilgan diniy oppozitsiya tusida namoyon bo\u2018ldi. Parlament 1643 yilning kuzida &#171;konvent&#187; qabul qilish bilan eski ingliz davlat cherkovini bekor qildi va yangi davlat presveterian cherkovini joriy etgan edi. Ana shu davlat diniga barcha sektalar qarshi chiqdi. qabul qilinishi majbur qilib qo\u2018yilgan bu dinga qarshi olib borilayotgan kurashning yashirin formasi edi. Har bir diniy jamoaning tamoman mustaqil bo\u2018lishi sektalar oppozitsiyasining asosiy masalasi bo\u2018lib qoldi. Shimoliy Amerikadan kaytib kelayotgan qochoq puritanlar bu erkinlik ruhini avj oldirib yubordi Xalq xarakatining boshqa bir formasi Angliyaning g\u2018arbida va janubiy g\u2018arbida ro\u2018y berdi. Bu &#171;tayoqchilar&#187; yoki &#171;klobmenlar&#187; deb atalgan nom bilan mashhurdir (&#171;Clubs&#187; -tayoq degani bo\u2018lib, dexqonlar qurol topa olmaganlaridan tayoklar bilan ham qurollangan edilar) . Klobmenlar harakati dehqonlarni stixiyali xarakati bo\u2018lib, uning g\u2018oyasi yo\u2018q edi. Ammo bu harakatning rahbarlari tomonidan ilgari surilgan fikrlardan ma\u2019lumki, harakat rahbarlari badavlat kishilarga mansub edi.<\/p>\n<p>Klobmenlar parlament armiyasiga ham dushmanlik bilan qaragan yoki goh unga, goh bunga yordam berayotgan gurux bo\u2018lib, bu parlamentning dehqonlar manfaatiga befarq karaganini bildirar edi. Dehqonlarni qirol armiyasi kanday xonavayron qilgan bo\u2018lsa, parlament armiyasi ham shunday xonavayron qildi. Dehqonlar kandaydir &#171;uchinchi bir gurux&#187; tashkil qilishga urindilar. Klobmenlar &#171;Bizning niyatimiz-zo\u2018ravonlikdan va aldanishdan saqlab qolishdir, xaqiqatan biz istagan baxtli dunyoning dushmani kim ekanligini bilib olmagunimizcha hech kimga qo\u2018shilmaslik va hech kimga qarshi ish ko\u2018rmaslikdir&#187;, -dedilar. Shubhasiz, bir xil gruppalar ba\u2019zan: klobmenlarni qirol qo\u2018shinlari tomonidan turib parlamentga qarshi jang qilishga tortdi. Kromvel tomonidan qayta tuzilgan armiya 1645 yilning 14 iyunida Nezbi yonida qirol armiyasi ustidan katta g\u2018alabani qo\u2018lga kiritdi. G\u2018oliblar qirolning qarorgoxini va u yerdagi &#171;shaxsiy kabinetini&#187; (bu kabinetda diplomatik yozishmalar bo\u2018lib&#187; bu yozishmalar Karl I ni batamom fosh qilib tashladi) qo\u2018lga kiritdi. Qirolning Irlandiya katoliklari bilan shartnoma tuzilganligi, Yevropada chet eldan xarbiy yordam olishga harakat qilganligi aniqlandi. Karl I shotlandlar bilan parlament o\u2018rtasidagi ziddiyatlardan foydalanish maqsadida, 1646 yilning mayida shotlandlar lageriga qochib bordi. U, shuningdek, klanlarning (urug\u2018 jamoalarining) boshliqdaridan xam yordam olish umidida ularga murojaat qildi. Bunday boshliqlarning biri, Montroz 1645 yildayoq ochiqdan-ochiq Karl I tomoniga o\u2018tgan edi. Ammo shu yilning avgustida Montroz tor-mor keltirildi. Qirolning Shotlandiyani o\u2018z tomoniga og\u2018dirib olish umidlari puchga chiqdi, unga ishonmadilar.<\/p>\n<p>Parlament Shotlandiya armiyasiga 1645-1646 yillarda ko\u2018rsatgan yordami uchun to\u2018lanishi lozim 400 ming funt sterling maoshni endi darhol to\u2018lay boshlashni taklif qildi va shu pulga qirolni shotlandlardan sotib oldi. 1647 yilning fevralida Angliya vakillari qirolni Nezbi yaqinidagi Golmbi qal\u2019asiga soqchilar bilan olib ketdilar. Presviterianlardan iborat ko\u2018pchilik o\u2018z muvafaqiyatlarini yangi mazhab-presveterianlar (kalvinistlar) cherkovini joriy etish yo\u2018li bilan mustahkamladi. Hamma yerda oqsoqolikka maxalliy puldor kishilar ko\u2018tarila boshladi, bu oqsoqollar, parlamentning presviterian siyosatini ayniqsa, so\u2018ldan turib kalinadigan har kanday tankiddan ximoya qilishga harakat qildilar. &#171;Levellerlar&#187; -&#171;tenglashtiruv-chilar&#187; ijtimoiy sostavi xilma-xil bo\u2018lgan bir gurux edi. Levellerlar, asosan, 17 asrning 40-yillaridagi ingliz burjuaziyasining eng revolyusion qismining manfaatlarini aks ettirardi. Ammo levellerlar o\u2018z faoliyatining dastlabki davrlarida (1848 yilning oxirigacha) xalqning independentlardan ixlosi qaytgan tabaqalarini-o\u2018z ketidan ergashtira oldi.<\/p>\n<p>Ammo bu partiyaning birinchi bosqichidagi asosiy talablari keng siyosiy reformalar o\u2018tkazish, umumiy saylov huquqi joriy etish, xammani qonun oldida rasmiy ravishda teng qilish va boshqa demokratik o\u2018zgarishlar edi. Iqtisodiy sohada levellerlar to\u2018la savdo va sanoat erkinligi joriy etilishini, talab qildi.<\/p>\n<p>Lilbern asarlari soldatlar orasida zo\u2018r berib o\u2018qilar edi, hamda xalq orasida keng tarqalgan edi. Lilbern 1646 yilning noyabrida Trauerda qamokda yotgan vaqtidayoq &#171;Lordlar zalemona hukmronligining anatomiyasi&#187; degan asar yezdi. Bu asarda u Vilgelmni gersoglar, graflar, baronlar deb atalgan safdoshlarining avlodlaridan, deb atadi. Karl I ning parlamentga ushlab berilishi va uni keyingi taqdiri masalasi bayon qilingan bo\u2018lib, qirolning o\u2018limga mahkum etilishi aytilgan edi. Parlament revolyusion xalqning tazyiqidan so\u2018ng Karl I ning o\u2018z taxtiga qaytib kelish shartlari haqida u bilan muzokara olib borish niyatida edi. Ammo independet qo\u2018mondonlikning amaldagi siyosati esa bu xayoliy umidlarga mutlaqo to\u2018g\u2018ri kelmas edi. Shunday bo\u2018lsa ham 1647 yilning yozi va kuzida soldatlar ommasining tazyiqi ostida armiya kengashi davlatni yangi, demokratik asosda tuzishga urindi.<\/p>\n<p>1647 yil iyul oyining o\u2018rtalaridayok targ\u2018ibotchilar armiyani poytaxtga kirishini va parlamentning hech qanaqa bahona bilan unga qarshilik qila olmasligini ma\u2019lum qilayotgan edilar. Uayt oroliga qochib ketgan qirol yirik feodallarning Shotlandiyada g\u2018alaba qilgan o\u2018ng presviteran partiyasi bilan 1647 yil dekabrining oxirlarida maxfiy shartnoma tuzdi. Unga ko\u2018ra shotlandlar qurol kuchi bilan qirol hokimiyatining tiklashlari hamda armiya va parlamentni tarqatib yuborishlari kerak edi. Angliyaning o\u2018zida ham qirolni yoqlovchi harakatlar tayyorlanayotgan edi.<\/p>\n<p>Karl I parlament bilan aloqani uzdi. 1648 yilning mart oyidan boshlab, bir qator hududlarda qirolni yoqlab dehqonlar qo\u2018zg\u2018alonini ko\u2018tarishga urindilar. Ammo hech narsaga erisha olmadilar. 1648 yil aprel oyida London ko\u2018chalarida parlament soldatlari bilan qirol taraf soldatlar o\u2018rtasida to\u2018qnashuvlar bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Bir necha kemalar, qo\u2018zg\u2018olon ko\u2018tarib, Gollandiyaga jo\u2018nab ketdi, bu yerda ular bilan Karl I ning o\u2018g\u2018li shaxzoda Uelskiy aloqa bog\u2018ladi. Shimoldan Angliyaga shotlandlarning 20 ming armiyasi bosib kelmoqda edi.<\/p>\n<p>1648 yil avgustda Kromvel armiyasi bilan shotlandlar armiyasi Prestonda to\u2018qnashdilar va shotlandlar batamom tor-mor keltirildi.<\/p>\n<p>1648 yil sentabr oyida ingliz qo\u2018shinlari Shotlandiya poytaxti Edinburgni ishg\u2018ol qildi. Shotlandiyada xokimiyat Angliya parlamentining ittifoqchisi bo\u2018lgan so\u2018l presviteranlar qo\u2018liga o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Biroq endi boshqa tomondan xavf tug\u2018ildi. Armiya Londondan tashqarida bo\u2018lganidan foydalanib, presviteranlar parlamentda yana ustun bo\u2018lib qoldi. Bundan foydalangan qirol o\u2018z talablarini parlament oldiga qo\u2018ya boshladi.<\/p>\n<p>G\u2018olib parlament armiyasi Londonga qaytib keldi, barcha muzokaralarni to\u2018xtattirdi va qirol ustidan sud o\u2018tkazilishini, parlamentni tozalashni talab qildi.<\/p>\n<p>1648 yil 5 dekabrda polkovnik Prayd boshchiligidagi otryad parlament majlis o\u2018tkazayotgan binoning barcha zinapoyalarini va unga kiradigan eshiklarni ishg\u2018ol qildi va qirol Karl I asr olindi.<\/p>\n<p>Qirol ustidan sud o\u2018tkazish uchun 135 kishidan iborat maxsus oliy tribunal tashkil qilindi. Bu tribunal sostaviga ikkala palata a\u2019zolari, mashxur yuristlar, katta ofitserlar kirdilar.<\/p>\n<p>1649 yilning 27 yanvarida Oliy sud qirol Karl I ni o\u2018lim jazosiga hukum qildi. 30 yanvarda Karl I qatl qilindi. Shunday qilib, Angliya 1649 yil fevralidan boshlab qirolsiz va lordlar palatasiz respublika bulib koldi.<\/p>\n<p>Yosh Angliya burjua respublikasi tez kunda ham tashqi ham ichki sohada katta qiyinchiliklarga duch keldi. Qirolning qatl qilinishi royalistlarning inqilobga nafratini oshirdi. Royalistlar safida endi fakat kavalerlargina bo\u2018lmay, balki ko\u2018pgina dvoryanlar, shuningdek siti presvetirianlari ham bor edi. Angliyaning 1649 yildagi xo\u2018jalik ahvoli nihoyatda og\u2018ip edi&#8230;<\/p>\n<p>Hatto o\u2018rta hollar ham kambag\u2018allashib qoldilar. Xalq ommasi hukumatning bunday siyosatiga revolyusion chiqishlar bilan javob berdi. XVII asrniyag 50 yillari boshlarida diggerlar ham levellerlarning ham siyosiy roli tugadi. Burjua dvoryan blokining Respublikadan voz kechib, Kromvelning harbiy diktaturasiga o\u2018tishga sabab ham shu edi. Kromvel armiyani Irlandiyaga qarshi qaratib, imtiyozlar bergandan keyin armiyaning revolyusion ruhi tugadi.<\/p>\n<p>1649 yilda Irlandiyani bo\u2018ysundirish uchun armiyaga bosh bo\u2018lib, Kromvelning o\u2018zi bordi. Bu jazo ekspeditsiyasi bo\u2018lib, 1641 yilgi qo\u2018zg\u2018olonlari uchun jazo berish bahonasi bilan ko\u2018rilgan chora edi, amalda esa Irlandiya xalqi hisobiga parlament kreditlari bilan xisob-kitob qilish uchun qilingan tadbir edi. Inglizlar Irlandiyaning barcha istexkomlari va shaharlarini birin-ketin bosib oldi, 1652 yilning mayida xarbiy operatsiyalar asosan tugashi bilan inglizlar o\u2018z rejalarini amalga oshira boshladilar. Irlandiya dehqonlariga parlamentning dilenkventlar va papachilarning yerlarini xatlash to\u2018g\u2018risidagi farmon va aktlari ham tayyorlandi. Irlandiya to\u2018g\u2018risidagi 1652 yilda &#171;tuzilgan&#187; aktga asosan &#171;Ko\u2018k orol&#187; aholisining yerlari talana boshlandi va dehqonlar ommaviy suratda ekspropriatsiya qilindi. Ko\u2018pgina Irlandlar majburiy orolning g\u2018arbiga ko\u2018chirildi, Irlandiyada qolgan aholi esa ochlikdan asta-sekin qirilib ketishga mahkum bo\u2018lgan, mayda ijarachilarga aylandi. Karl I qatl qilingach uning Niderlandiyaga qochib yurgan o\u2018g\u2018li Karl II nomi bilan qirol deb e\u2019lon qilindi. Karl II yirik ingliz kapitali manfaatlarini nazarda tutib, 1649-1651 yillarda katta flot qurishga kirishdi va Gollandiya kismlaridan ustun bo\u2018lgan yangi kema qurish uchun 1654 yilda Daniya bilan shartnoma tuzdi. Shartnoma Angliya kemalariga zund orqali Boltik dengiziga chiqishga yo\u2018l ochib berdi, Fransiya bilan boshlangan to\u2018qnashuvlar 1653-1655 yillarda bir-birining yaqinlashuvi bilan, 1655 yilda esa Ispaniyaga qarshi ittifoq tuzish bilan yakunlandi. 1655 yilda Kromvel Fransiya bilan birgalikda Angliyaning bir vaqtlar dushmani bo\u2018lgan, Ispaniyaga qarshi kurash boshladi.<\/p>\n<p>Kromvelning Irlandiya va Shotlandiya ustidan qozongan g\u2018alabalari unga yengilmas deb nom olishga sabab bo\u2018ldi. Shotlandiya armiyasining 1648 yilda va 1650-1651 yillarda ikki marta tor-mor qilinishi Kromvel harbiy mahoratining yorqin misolidir. 1653 yilning iyunda mahalliy diniy tashkilotlar tomonidan ko\u2018rsatilgan nomzodlardan kichik parlament chaqirildi.<\/p>\n<p>Nomzodlar ro\u2018yxati Kromvel tomonidan tasdiqlandi va kichik parlamentga sektalarning ko\u2018pgina vakillari saylandilar. Bularning xammasi so\u2018l qanotni tashkil etardi. 1654 yilda yangi Konstitutsiyaga muvofiq saylangan birinchi parlament yig\u2018ildi. Saylanganlar orasida harbiy diktaturaga dushman bo\u2018lgan bir qancha kishi bo\u2018lib, ular yangi Konstitutsiyaga sodiqliklari xaqida qasamyod qilishdilar. Shunisi xarakterliki, parlament ham armiyani qisqartirishni talab qila boshladi. Shundan keyin Kromvel parlamentni tarqatib yubordi.<\/p>\n<p>Kromvel Gollandiya va Portugaliya urushlaridan keyin Ispaniyaga qarshi urush olib bordi. Kromvel, Ispaniya hukumati bilan kelishib, Angliyaning erkin savdo qilishiga ruxsat olishga urinib ko\u2018rdi. Bu natija bermagach, 1655 yilda Ispan mustamlakalarini bosib olish uchun Vest-Indiya qirg\u2018oqlariga askar yubordi. Inglizlar Yamayka orolini&#187; bosib oldilar bu orol birinchi ingliz mustamlakasi edi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XVII asr boshlarida siyosiy taraqqiyot. Inqilob arafasida Angliyadagi ijtimoiy iqtisodiy tuzum. Angliyada inqilobiy vaziyatning vujudga kelishi va inqilobiy harakatlarning boshlanishi. Parlament va qirol tarafdorlari o\u2018rtasidagi kurash. Oliver Kromvel va Angliyada Respublikaning o\u2018rnatilishi. Inqilob natijalari va yuz bergan o\u2018zgarishlar. &nbsp; Tarixda shunday voqealar yuz beradiki, bu voqealar jahon siyosiy taraqqiyotida muhim rol o\u2018ynaydi. Ana shunday voqealardan [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-63","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-lessons"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/63","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=63"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/63\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":64,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/63\/revisions\/64"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=63"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=63"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/jahon-tarixi.ndpi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=63"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}