XVIII asr oxiri XIX asr birinchi yarmida Fransiya

Reja:

  1. XVIII asr oxiri XIX asr birinchi yarmida Fransiyaning siyosiy- iqtisodiy axvoli.
  2. Konsullik va imperiya davrida Fransiyaning ichki va tashki siyosati.
  3. Napoleon imperiyasining yemirilishi va burbonlar sulolasining qayta
  4. Fransiyada ijtimoiy fikr rivoji: Sen-Simon va Sharl Fure.

 

Buyuk fransuz inqilobidan so‘ng mamlakatda juda katta siyosiy,   ijtimoiy o‘zgarishlar yuz  berdi. Jumladan, 1795 yilning kuzida   termidorchilar Konventi antidemokratik Konstitutsiya bo‘lgan «Uch yil Konstitutsiyasi»ni tuzib chiqdi. Bu Konstitutsiya saylovchilar uchun mulkiy senz, o‘rtoqlik senzi va bir qancha cheklashlar joriy qildi. Bu Konstitutsiya qonun chiqaruvchi ikki palata: Oqsoqollar  kengashi va Besh yuzlar kengashini tuzish uchun asos bo‘ldi. Butun ijroiya hokimiyati besh kishidan iborat Direktoriya qo‘liga o‘tdi. «Uch yil Konstitutsiyasi» xalq ommasi quyi tabaqalarini qonun chiqarish va mamlakatni idora qilish ishlaridan tamomila chetlashtirdi Burbonlar monarxiyasini qayta tiklash tarafdorlari Parijdagi xalq qo‘zg‘alonlarining bostirilishidan ruhlanib ochiqdan-ochiq bosh ko‘tardilar. 1795 yilning 5-oktabrida monarxiyachilarning otryadlari Konvent binosini talamoqchi bo‘ldilar. Ammo burbonlar monarxiyasini tiklashni faqat xalq ommasigina emas, balki inqilob natijasida hukmron bo‘lib olgan yirik burjuaziya ham istamadi. Natijada termidorchilar hukumati general Napoleon Bonapart qo‘shinlarini isyonchilarga qarshi yubordi. Artileriya yordamida isyon bostirildi.

1796 yilning martida ko‘tarilgan Vandeldagi monarxiyachilar  harakati ham vaqtincha bostirildi. Fransuz respublikasining urush va diplomatiya soxasidagi yutuqlari Fransiyada yirik burjua hukmronligini mustahkamlashga yordam berdi. Fransuz qo‘shinlarining 1792-1795 yillardagi g‘alabalaridan foydalanib, Fransiya respublikasi hukumati 1795 yil 5 aprelda Bazelda Prussiya bilan separat sulh shartnomasini imzolashga erishdi. Prussiya esa Avstriya bilan ittifoqni buzdi va Fransiya istilo qilgan yerlarni jumladan, Belgiya hamda Reyn daryosining so‘l qirg‘og‘idagi nemis yerlarining Fransiyaga qo‘shib olinishini tan oldi. 1795 yilning 17 mayida Gollandiya bilan ham sulh shartnomasi imzolandi. Bu shartnomaga ko‘ra Finlandiyaning Gollandiyaga qarashli qismini va boshqa ba’zi territoriyalariga egalik huquqini qo‘lga kiritdi. Shuningdek Gollandiya Fransiyaga katta tovon to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oldi va nixoyat, Ispaniya ham Fransiya bilan sulh shartnomasini tuzib, Gaiti orollarining o‘ziga qarashli qismini Fransiyaga berdi.

1795 yilning 26 oktabrida Konvent o‘z faoliyatini to‘xtatib, o‘rnini qonun chiqaruvchi Korpusga berdi. Qonun  chiruvchi Korpus ikki palatadan ya’ni Oqsoqollar kengashi va besh yuzlar kengashidan iborat bo‘lib, ushbu ikkala palata yangi hukumatni sayladi, unga Direktoriya (aniqrog‘i ijroiya Derektoriyasi) degan nom berildi. Ushbu Direktoriyada asosiy   rolni   Barras   o‘ynadi. Barras sobiq ofitser va dvoryan 6o‘lib, bir vaqtlar o‘zini sobiq yakobinchi  qilib  ko‘rsatgan,   poraxo‘rlik  va  o‘g‘rilik  qilish orqasidan juda boyib olgan prinsipsiz va sotqin siyosatchi edi.

Barrasning   xar    qanday   jirkanj   harakatlariga   qaramay, Derektoriya davrida yangi sanoat korxonalari vujudga keldi, sanoat va dehqonchilikka katta mablag‘ sarflandi. Shunga qaramay Parij va boshqa sanoat shaharlarining ishchilari yarim och holda yashar edilar, Fransiya respublikasining boshqa ko‘pgina davlatlar bilan tuzgan sulh shartnomalari natijasida chetdan ko‘pgina buyumlar keltirila boshladi. Shu munosabat bilan   sanoatning bir qancha tarmoqlarida ishsizlik yuz berdi, bu esa shahar mehnatkashlarining og‘ir ahvolini yanada yomonlashtirdi.

Termidorchilar   Konventining   keyin   Direktoriyaning xalqqa qarshi siyosati, shahar hamda qishloq kambag‘allarining chidab bo‘lmaydigan darajadagi og‘ir ahvoli mehnatkashlar ommasining noroziligini yanada keskinlashtirdi. Ana shunday vaziyatda Babyof boshchiligidagi fitna vujudga keddi.

U 1760 yilning mayida burjuaziya oilasida tug‘ilgan, Babyof yer   o‘lchovchi bo‘lib ishlay boshlaydi. Ammo bu kasb Babyofga   sira   yokmasdi.    Unda   aristokratiyaga   nafrat   va mazlumlarga xayrixoxlik hissi juda erta uyg‘ondi. 1789 yilda Qadimgi Rim notig‘i Kay Grakxning vasiyatini qabul qilgan Babyof inqilobga g‘ayrat, shijoat bilan ko‘shildi. Babyof amalga oshirmoqchi    bo‘lgan    «tenglar     respublikasi»    aslida mehnatkashlar   faoliyatiga tayanib ish ko‘radigan inqilobiy diktatura bo‘lishi lozim    edi. Ammo babyofchilar proletariatning   aloxida    ijtimoiy   sinf   ekanligini tushunishdan yiroq edilar.   Shu bois babyofchilar   ishchilar sinfining kurashdagi yetakchilik rolini anglab yetmagan edilar. Fransiya tomonidan urush xarakterining o‘zgartirilganligi 1796-1797 yillarda Italiyaga qilingan urush vaqtidayoq, ochiq ma’lum bo‘ldi. Respublikachilar    Fransiyani    Yevropadagi feodal   monarxiyachilar    koalitsiyasining   hujumidan   himoya qilish maqsadida Italiyada boshlangan adolatli urush fransuz qo‘shinlari   uchun   juda   muvaffaqiyatli   bo‘ldi.    Fransuz qo‘shinlariga umumiy ko‘mondonlik qilish yosh general Napoleon Bonopartga yuklatilgan edi. Fransuz armiyasi Alp tog‘laridan mashakqat   bilan   o‘tib,    Sardiniya   ko‘shinlarini   tor-mor keltirdi. Shundan keyin Napoleon ko‘shinlari o‘z zarbasini avstriyaliklarga   qarshi   qaratdi. Bir qancha janglarda fransuzlar avstriyaliklarni batamom tor-mor qildilar. 1797 yilning 17 oktabrida Italiyaning Kampo-Farmio degan shahrida Fransiya bilan Avstriya o‘rtasidagi sulh shartnomasi tuzildi. Avstriya fransuz istilolarini tan olishga majbur bo‘ldi. Natijada, Belgiya hamda Reyn daryosining so‘l kirg‘og‘idagi nemis yerlari,shuningdek Lombardiya Fransiyaga o‘tdi. 1792-1793 yillarda Fransiyaga qarshi   uyushtirilgan koalitsiya Fransiyaning erishgan g‘alabalari natijasida batamom barham topdi. Faqat Angliyagina kurashni davom ettirib, Fransiyaga yangi koalitsiya tuzish uchun zamin  tayyorlamoqda edi.

O‘sha vaqtda  Turkiyaga qarashli bo‘lgan  Misrni Fransiyaning mustamlakasiga aylantirish va Angliyaga Hindiston yo‘lida zarba berish uchun  Direktoriya 1798 yilning bahorida Misrga yurish qilishga qaror qildi. 1798 yilning yozida Bonopart o‘z armiyasi bilan Misr tomon harakat boshladi va oqibatda Aleksandriyani bosib oldi. Napoleon Bonopart o‘ta ketgan shafqatsiz choralarni qo‘llay boshladi. Qarshilik ko‘rsatgan mahalliy aholini ko‘plab qatl ettirishga erishdi. U Misrning kattagina qismini o‘ziga bo‘ysundirgach, Suriya tomon yurish qildi. Biroq, fransuzlarning bu gal omadi kelmadi. Nil daryosi etagida, Abubakr yonida 1798 yilning 1 avgustida bo‘lgan dengiz jangida inglizlar fransuz flotini tamomila yo‘q qilib tashlanganliklaridan so‘ng fransuz ko‘shinlarining Misrda erishgan g‘alabalari o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. Bonopart armiyasi esa mag‘lubiyatni tan oldi.

1798 yilning oxirlarida Angliya Fransiyaga qarshi yangi koalitsiya tuzdi. Bu koalitsiyaning tashkilotchilaridan biri chor Rossiyasi edi, Imperator Pavel I Fransiyaga qarshi o‘z qo‘shinlarini yuborar ekan, fransuzlarni Italiyadan haydab chiqarish birinchi darajali masala deb bildi.  Ikkinchidan Fransiyadagi respublika tuzumini ag‘darib tashlash va
burbonlar   monarxiyasini qayta tiklashni ham ko‘zda tutdi. Koalitsiya tarkibiga Angliya va Rossiyadan tashqari Avstriya, Turkiya va Neapol qirolligi kirgan edi.

1799 yilning martida boshlangan urush harakatlarining kurash maydoni Italiya edi. Bu orada bu yerga ulug‘ sarkarda A.V.Suvorov boshchiligidagi rus ko‘shinlari yetib keldi. Qisqa muddat ichida Suvorov shimoliy Italiyani fransuz qo‘shinlaridan batamom tozaladi. Novi yonidagi   jangda Suvorov erishgan g‘alaba fransuz armiyasini Apennin tog‘larining orkasiga chekinishga majbur etdi. Rus qo‘shinlari Fransiya chegaralariga yaqinlashib bordilar.

1799  yilning  kuzida, Avstriya  hukumatining talabi bilan Suvorov armiyasi Shveysariyadagi Avstriya ko‘shinlariga ko‘maklashish uchun u yerga bordi. Sen- Gotar dovonida va shayton ko‘prik yonida fransuzlarni  tor-mor keltirib, Suvorov  armiyasi g‘oyat qiyin sharoitda Alp tog‘laridan oshib o‘tdi. Suvorov armiyasi tog‘dan oshib o‘tgach Avstriya qo‘mondonligining xoinona  harakati bilan fransuz ko‘shinlarining qurshoviga tushib qoldi. Biroq rus qo‘shinlari qurshovni mardona yorib o‘tib, Bovariyaga chiqib oldilar.

Respublika tuzumida sodiq atoqli sarkarda deb dong chiqargan shuxratparast va prinsipsiz Napoleon Bonopart kontrrevolyusion diktatorlik roli uchun eng maroqli odam bo‘lib chiqdi. Napoleonning «yangi boylar» doiralari bilan juda yaqin aloqada bo‘lishi ham muhim ahamiyatga ega edi. Bonopartning yuksak martabaga ko‘tarilishi qandaydir bir «mo‘jizakor» voqea, afsonani eslatar edi. Fransiyadagi bunday siyosiy vaziyat harbiy diktatura rejimi o‘rnatish uchun qulay zamin yaratib berdi deyish mumkin.

Respublikaga dushman bo‘lgan fitnachilar to‘dasi general Bonopartni Parij garnizoni va butun birinchi harbiy okrug qo‘shinlarining qo‘mondoni qilib tayinlashga muvofaq bo‘ldilar.

Fransiya tarixida yangi davr Napoleon Bonopart boshchilik qilgan harbiy-burjua diktaturasi davri boshlandi. 18 — bryumerdagi davlat to‘ntarishi konterrevolyusiyaning yanada kuchayganini bildirar edi.

1799 yil dekabr oyining oxirlarida Fransiyaning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Bu Konstitutsiya respublika tuzumini rasmiy jihatdan saqlab qolgan bo‘lsa ham, lekin amalda butun hokimiyatni o‘n yil muddatga saylangan  konsulga topshirgan edi. Napoleon Bonopart birinchi konsul bo‘ldi, U juda katta hokimiyatni ministrlar, amaldorlar, elchilar, tayinlash qurolli kuchlarning barchasiga qo‘mondonlik qilish, qonun loyihalarini tayyorlash huquqlarini o‘z qo‘liga olgan edi. Ikkinchi va uchinchi konsul faqat maslahat bershi huquqiga ega edilar holos.

21 yoshga yetgan fransuz erkaklarining hammasi rasman saylov huquqidan foydalansa ham, lekin ular deputatlarni emas, balki deputatlikka nomzodi ko‘yilgan odamlarni saylar edilar. So‘ngra bu nomzodlarning umumiy ro‘yxatidan hukumat, davlat kengashi a’zolarini, tribunat tanlab olar edi. Napoleon hukumronligi davrida Fransiyaning davlat apparat politsiyachi-byurokratik markazlashtirish negizida qurilgan edi. Fransiya 88 departamentga bo‘lingan bo‘lib, departamentlarning har biriga birinchi konsul tayinlagan prefekt bosh bo‘lar edi.

Fransuz ko‘shinlarining g‘alabalari Napoleonning diktatorlik hokimiyatini mustahkamlashga juda katta yordam berdi. 18-bryumer to‘ntarish paytida Fransiya Yevropaning ikkinchi koalitsiyasi bilan urush holatida edi. Biroq bu koalitsiya tez tarqalib ketdi. 1800 yilda Rossiya urushdan chiqdi. Shu bilan birga inglizlar bilan ruslar orasida munosabatlar yomonlashdi. Inglizlar tomonidan Malta orolining bosib olinishi bu janjal uchun tashqi bahona bo‘ldi.

Pavel I Angliyaga qarshi ittifoq tuzish to‘g‘risida Fransiya hukumati bilan diplomatik muzokara olib borishga kirishdi. Muzokara natijasida tuzilajak ittifoqqa Turkiya, Rossiya, Fransiya va Avstriya asosiy rol o‘ynashi va janubiy Italiyaning ishlariga Rossiya bilan Fransiyani birgalashib ta’sir ko‘rsatish loyihasi asos qilib olinishi kerak edi. Shu sababli rus hukumatining Angliyaga nisbatan tutgan dushmanlik siyosati mamlakatda dastavval saroy ichida va g‘arbiy doiralarda kuchli norozilik chiqishlariga sabab bo‘ldi. Bu hol Peterburgda saroy fitnasini uyushtirishga Pavel I ni o‘ldirishga (1801 yil 23 mart) olib keldi. Ingliz diplomatiyasi vakillarining maxfiy aralashishi bilan Pavel I o‘ldirildi.

Aleksandr I taxtga o‘tirganidan so‘ng Napoleon bilan ittifoq tuzishdan voz kechsada markaziy Yevropa va janubiy Italiya ishlariga Rossiya   bilan Fransiyaning birgalashib ta’sir o‘tkazish prinsipini tan olish asosida u bilan sulh shartnomasini tuzdi. Rossiya bilan Angliya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar qaytadan boshlandi. Shundan keyin Fransiya  Misrdan ko‘shinlarini olib chiqib ketish majburiyatini oldi.

Ittifoqchilaridan ayrilib qolgan Angliya 1802 yilning martida    Amenda Fransiya bilan sulh, shartnomasini imzolashga majbur bo‘ldi.    Bu   shartnomaga ko‘ra Angliya seylonni va Tirinida orolini (Vest-Indiya) o‘z qo‘lida saqlab koldi. U o‘z zimmasiga Gollandiya, Germaniya,  Italiya, Shveysariya ishlariga aralashmaslik va Maltani Malta ritsarligiga qaytarib berish majburiyatini oldi. Fransiya Misrga bo‘lgan   da’volaridan voz kechdi, lekin Antil orollarini o‘ziga qaytarib oldi. Fransiyaning koalitsiyaga qarshi kurashda erishgan g‘alabalari Napoleon hokimiyatining yanada kuchayishiga yordam berdi. 1802 yil qabul qilingan yangi Konstitutsiyaga muvofiq Napoleonga davlatning umrbod boshlig‘i degan unvon berildi. O‘sha yili muhojirlarni avf etish to‘g‘risida qonun chiqarildi. Bu qonun yordami bilan Napoleon hukumati eski dvoryanlarni burbonlarga madad berishdan qaytarib olish va ularni o‘z tomoniga tortishni mo‘ljallangan edi. Muhojirlar avf etishlaridan foydalanib Fransiyaga qaytib keldilar va ularning bir qismi xatto yangi hukumatning xizmatiga kirdilar.

Amen sulhi qisqa muddatli nafasni rostlash bo‘lib chiqdi. Ikkala tomon ham o‘z ustiga olgan majburiyatlarini bajarmadi. Fransuz hukumati Misr, Suriya va Gaiti orolini yangidan egallash fikridan qaytmagan edi. 1802 yilda Gaiti oroliga fransuz qo‘shinlari tushirildi.

1803      yilning mayida Angliya bilan Fransiya o‘rtasida yangidan urush boshlanib ketdi.

1804      yilning boshlarida bir gurux fransuz muhojirlarining    fitnasi fosh qilindi. Bu    dvoryan muhojirlar o‘zaro birlashib fitna   uyushtirgan edilar. Fransuz burjuaziyasining va Napoleon hukumatining ko‘prok istilochilik rejalarining muvaffaqiyatli amalga oshuvi uchun shu   narsa   juda   katta   qulaylik tug‘diradiki, o‘sha vaqtda Fransiya bilan chegaradosh mamlakatlardagi davlatlar markazlashgan yirik davlatlar emas, balki mayda gersoglik va grafiklardan iborat edi.   Fransiya bu mayda gersoglik va grafiklardagi ichki nizolardan foydalanib, ularning ba’zilarini o‘z tomoniga og‘dirib oldi. Siyosiy jihatdan tarqoq bo‘lgan Germaniyada, Saksoniya va Bavariya, shuningdek boshqa mayda davlatlar uzoq vaqtgacha Napoleon Fransiyasining  vasalli bo‘lib  qoldi. Bu mayda  davlatlar Prussiyaga dushman bo‘lganliklari uchun o‘z territoriyalarini kengaytirishga intilganliklari uchun Napoleonni va uning nemis xalqini asoratga solish siyosatini faol ravishda qo‘llab quvvatladilar. Fransuz hukumati o‘sha vaqtda Avstriya va Prussiya,    Avstriya bilan Bavariya o‘rtasidagi keskin ziddiyatlardan ham muvaffaqiyatli suratda foydalandi. Avstriya ustidan g‘alaba qozongach, fransuz hukumati janubiy va g‘arbiy Germaniyaning taqdirini hal qiluvchi haqiqiy xo‘jayini bo‘lib oldi. O‘rta Yevropada Fransiya hukmronligini mustahkamlash maqsadida, 1806 yilda «Reyn ittifoqi» tuzilib, unda dastlab nemis davlatlaridan 16 tasi kirdi. «Reyn ittifoqi» Fransiyaga tamomila tobe bo‘lib qoldi. Napoleon bu ittifoqning protektori deb e’lon qilindi.

1806 yilda Neapolda hukmronlik qiluvchi burbonlar dinastiyasi fransuz ko‘shinlari tomonidan haydab yuborildi va ingliz floti himoyasida Sitsiliyaga qochib bordi. Napoleonning akasi Jozef Bonapart Neapolga, Napoleonning ukasi Lui Bonapart Gollandiyaga ega bo‘ldi. 1806 yilda Angliya bilan Rossiya Fransiyaga qarshi (to‘rtinchi) koalitsiya tuzdilar. Bu koalitsiyaga Prussiya bilan Shvesiya ham qo‘shildi. Birinchi zarba Prussiyaga berildi. Prussiya armiyasi urushga mutlaqo tayyorgarlik ko‘rmagan edi. Prussiya armiyasi 200 ming atrofida bo‘lib, ulardan faqat 113 mingi jang maydoniga to‘plangan edi. Prus oliy qo‘mondonligi harbiy ishda deyarli qoloq va aristokratok xurofotlarga mukkasidan ketgan kishilardan iborat edi.

Bir kunda, ya’ni 1806 yilning 14 oktabrida Ien va Auentedtdagi bo‘lgan ikki jangda Napoleon va Martal Davu boshchiligidagi fransuz ko‘shinlari prus ko‘shinlarini batamom tor mor keltirdilar. Prus armiyasi sarosimaga tushib qoldi, «Fransuz qo‘shinlari xech qanday qarshilikka uchramay Berlinga kirib keldilar. Shundan keyin Prussiyaning kattagina qismi ishg‘ol qilindi. Napoleon 1806 yilning 21 noyabrda dekretga qo‘l qo‘ydi. Bu, dekretga muvofiq Britaniya qamal holatida deb e’lon qilindi. Yevropa qit’asining Fransiya qo‘l ostidagi mamlakatlarining Angliya bilan savdo qilishi ta’qiqlandi.

1807   yilda   Napoleonning   territoriyalarini bosib olishdan  ko‘zlangan asosiy vazifasi bitta bo‘lib, u ham bo‘lsa Angliyani Yevropa qit’asida batamom qisib qo‘yish va qit’aning hamma kuchlaridan Angliyaga qarshi kurashish uchun foydalanish edi. Shu maqsadda Fransiya Pireney yarim orolini ham bosib olmoqchi bo‘ldi. Ko‘p vaqtlardan Angliyaga iqtisodiy jihatdan batamom qaram bo‘lib kelayotgan Portugaliya qit’asini qamal qilishdan bosh tortgan edi. Bunga javoban Napoleon hukumati Portugaliyani Fransiya bilan Ispaniya o‘rtasida taqsimlab olish to‘g‘risida Ispaniya hukumati bilan shartnoma tuzdi. Shundan keyin fransuzlar Portugaliyaga bostirib kirib, Lissabonni ishg‘ol qildilar. Shaxzoda o‘sha vaqtda Portugaliyaning mustamlakasi bo‘lgan Braziliyaga qochib ketdi.

1809 yilda Angliya Fransiyaga qarshi yangi (beshinchi) kaolitsiya uyushtirishga muvaffaq bo‘ldi. Yangi kaolitsiyaga fransuz qo‘shinlarining Pireney yarim orolidagi muvaffaqiyatsizliklaridan ruhlangan Avstriya ham kirgan edi. Erfrutdagi uchrashuv vaqtida qabul qilingan qarorlarga muvofiq, Rossiya Galitsiyaga o‘z qo‘shinlarini kiritdi, lekin Avstriyaga qarshi xech qanday urush harakatlarini boshlamadi.

1809 yilning 5-6 iyulida Vagram yonidagi jangda Napoleon armiyasi Avstriya qo‘shinlari ustidan qat’iy g‘alaba qozondi. Bu g‘alaba urushning oqibatini hal qildi. O‘sha yilning oktabrida Shenbrun sulh shartnomasi imzolandi. Bu shartnoma shartlariga ko‘ra Avstriya imperiyasi 3,5 million aholisi bo‘lgan territoriyasidan mahrum bo‘lib, o‘z armiyasini kamaytirib 150 ming kishiga tushirish, Fransiyaga 85 million frank kontributsiya to‘lash va qitani qamal qilishga qo‘shilishi lozim edi.

Napoleon Fransiyasi yangidan yangi hududlarni bosib olishni davom ettirdi. 1809 yilda  Napoleon Rimni va Tiy VII ning boshqa yerlarini   o‘z   imperiyasiga ko‘shib oldi. Papa Fransiyaga olib ketilib, u yerda asir holatda tutildi. 1810 yilda Gollandiya Fransiya imperiyasiga qo‘shib  olindi. Gollandiya qiroli Lui Bonapart golland savdogarlariga yaxshi ko‘rinish uchun qit’a qamalining buzilishiga yo‘l qo‘yib, imperatorni   norozi qildi, aslida bosib olingan barcha hududlar, Napoleonning fikricha, Fransiyaning Angliyaga qarshi kurashini yengillashtirishi lozim edi.

1810 yilning o‘rtalarida Fransiyada savdo va sanoat inqirozi boshlanib, u 1811 yilning o‘rtalarigacha davom etdi. Bu inqiroz Fransiyaning sanoat markazlarigagina emas, balki uning savdo portlariga ham zarba berdi.

Napoleon hukumatining iqtisodiy jihatdan muvaffaqiyatsizlikka uchrashi Fransiya aholisi keng tabaqalarining Bonoapart diktaturasiga nisbatan noroziligini kuchaytirib yubordi. Napoleon siyosatining natijalaridan ixlosi qaytgan sanoat burjuaziyasi asta-sekin hukumatdan yuz o‘gira boshladi. Savdo portlarining burjuaziyasi unga ochiqdan-ochiq dushmanlik ko‘zi bilan qaray boshladi. 1812 yil bahorida g‘allaning qimmatlashib ketishi natijasida bir gektolitr g‘alla ZZ frankka yetgan edi. (1809 yilda 15 frank turar edi) Fransiyaning bir qancha shahar va qishloqlarida ochlar qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Omborxonalarga o‘t qo‘yib yuborildi, bozorlarda to‘polonlar yuz berdi.

Fransiyada norozilik kuchayishi bilan birga bonopartchi burjua imperiyasi hukumatining ijtimoiy bazasi toraydi. Buning ustiga yana tobe va qaram mamlakatlardagi fransuz ma’murlarining agressiv va despotik siyosatiga qarshi qaratilgan norozilik ham kuchaydi.

Fransiya bilan Rossiya o‘rtasidagi ziddiyatlar birinchi o‘ringa chiqib oldi. 1807 yilda Fransiya bilan Rossiya O‘rtasidagi tuzilgan ittifoq shartlari Rossiyaning iqtisodiy va siyosiy manfaatlariga javob bermas edi. O‘sha vaqtda chet davlatlarga ko‘proq qimmatbaxo vino, attorlik mollari, zeb-ziynat buyumlari eksport qiladigan Fransiya Rossiya uchun kerakli sanoat mollarini yetkazib beradigan Angliyaning o‘rnini bosa olmas edi. Chunki 1810 yilning oxirlaridan boshlab, Rossiyaga keltiriladigan fransuz mollari uchun to‘lanadigan bojlar ko‘paytirilgani bois savdo-sotiq tobora kamayib ketdi.

Umuman, Fransiya-Rossiya munosabatlarining keskinlashuviga boshqa sabablar ham bor edi. 1807 yilgi ittifoqchilik shartnomasiga qaramay Yaqin va O‘rta sharqda Fransiya va Rossiya o‘rtasidagi to‘qnashuvlar davom etardi.

Podsho Rossiyasining hukmron doiralari Napoleon Fransiyasining polyaklar masalasidagi siyosatidan ham juda qattiq tashvishga tushgan edilar. Fransiya vassal Varshava gersogligidan Rossiyaga hujum qilish uchun plasdarm sifatida foydalanishga intilib, 1809 yilda bu gersoglikka Prussiyaning g‘arbiy qismini qo‘shib berib, uning xududini ko‘paytirdi. 1812 yilning 24 fevralida Fransiya bilan Prussiya o‘rtasida esa harbiy ittifoq tuzildi.

Napoleon hukumati 1809 yilda Rossiya istilo qilgan Finlandiyani Shvesiyaga qaytib olib berishga va’da qilib, Shvesiyani ham bu urushga tortmoqchi bo‘ldi. Shvesiyaning valiaxd shaxzodasi Karl Angliya va Rossiya bilan yaqinlashishni afzal ko‘rdi. Fransuz qo‘shinlarining okupatsiya qilib turishi va qit’a qamalining Shvesiyaga yetkazgan zarari uning bu masalani hal qilishiga katta rol o‘ynadi. 1812 yilning 5 aprelida Rossiya va Shvesiya o‘rtasida o‘zaro ittifoqchilik shartnomasi tuzildi. Bu shartnoma Rossiyaning shimoliy-g‘arbiy chegaralari xavfsizligini ta’minladi.

1812 yilning mayida Buxarestda Turkiya bilan sulh shartnomasi tuzilishi ham rus diplomatiyasining katta yutug‘i bo‘ldi. Rossiya bilan Turkiya o‘rtasida uzoq, vaqtdan beri davom etib kelayotgan urushni tamomlagan bu sulh shartnomasi, Rossiyaga turk flotidan Fransiyaga qarshi foydalanish imkonini berdi.

1812 yilning 24 iyuniga o‘tar kechasi Napoleon armiyasining asosiy kuchlari urush e’lon qilmasdan chegaradan o‘tib Rossiya tuprog‘iga bostirib kirdi. Chegaradan o‘tgan armiyaning umumiy soni qariyb 575 ming kishidan iborat bo‘lib, ularning ixtiyorida 1372 ta zambarak bor edi.

Napoleoning rejasi shundan iborat ediki, u rus armiyalarining bir-biridan uzoqligidan foydalanib ularning har birini alohida-alohida yanchib tashlamoqchi edi. Barklay De Tolli dushman kuchlarining son jihatidan g‘oyat darajada ko‘pligini e’tiborga olib, mamlakatning ichkarisiga qarab chekindi va jang kiliщdan bosh tortdi.

Barklay armiyasi bilan Bagration armiyasi 3 avgustda Smolensk yonida birlashdi. Fransuz qo‘mondonligining bu armiyalarning bir-birovidan ajratib yuborish yo‘lidgi urinishlari behuda bo‘lib chiqdi. Bir necha kun davom etgan janglardan keyin 18 avgustda fransuz qo‘shinlari Smolenskni egalladi. Smolensk himoyachilarining matonatidan gangib qolgan Napoleon Rossiyaning ichkarisiga kirib borishni davom ettirishdan voz kechishga tayyor edi. Biroq siyosiy mulohazalar hujumni davom ettirishga majbur qildi.

Ommaning tazyiqi bilan Aleksandr I 20 avgustda Barklayni bo‘shatishga va uning o‘rniga Suvorovning shogirdi va  sevgan kishisi — Mixail   Illarionovich Golenishchev — Kutuzovni tayinladi. U ko‘shinlar orasida va mamlakatda juda katta shuhratga ega edi. Kutuzovning tayinlanishi armiyada zo‘r quvonch bilan kutib olindi, «Kutuzov fransuzlarni do‘pposlash uchun   keldi» -deyishar edi soldatlar.  Kutuzov urushni birgina katta jang bilan bartaraf etib bo‘lmasligini tushunar edi. U bir qancha janglar natijasida urushda yutib chiqish mumkin. Buning uchun armiyani  doimiy  zahiradagi kuchlar bilan to‘ldirib turish kerak der edi. Rus qo‘mondonligi majburiy chekinishni davom ettirar ekan, keyin hujumga o‘tish maqsadida  urushning borishida  qat’iy o‘zgarish yasash  uchun kerakli shart-sharoit yaratishga intildi. Napoleon qo‘shinlarining bundan keyingi olga siljishini to‘xtatish va uning asosiy kuchlariga zarba berish uchun Kutuzov jang qilishga farmon berdi. Moskvadan 110-112 km g‘arbda Borodino qishlig‘i   yonida 1812 yil 7 sentabrda katta jang bo‘ldi. Rus armiyasida 120 ming soldat, 640 ta zambarak, fransuz armiyasining esa 135 ming soldat va 587 ta zambaragi bor edi. Asosiy urush harakatlari rus   qo‘shinlarining   Bagration  ko‘mondonlik kilayotgan so‘l kanotida, ya’ni Semyonov istehkomlari oldida bo‘ldi. Napoleon qanday qilib bo‘lsa ham   istehkomlarni egallash uchun o‘z qo‘shinlarini bir necha marta hujumga tashladi. Bu hujumlar yetti marta daf qilindi. Sakkizinchi marta hujumga o‘tishda fransuz ko‘mondonligi istexkomlarni ximoya kilayotgan 18 ming kishiga qarshi 45 ming kishi va 400 ta zambarakni qaratdi.

Borodino jangi 14 soat davom etib, yarim kechaga borib tamom bo‘ldi. Bu jangda fransuzlar 58 ming kishidan, ruslar 38,5 ming kishidan ajraldilar. Rus armiyasi kurashda katta matonat ko‘rsatdi.   Fransuz  ko‘shinlariga  juda katta  moddiy zarar yetkazildi.   Xuddi  shu  paytdan  boshlab urushning  borishida Rossiya foydasiga o‘zgarish yuz berdi.

Borodino jangi haqidagi xabar butun Yevropada juda kata ta’surot qoldirdi. Fransuz targ‘ibotchilarining bu jang Napoleon armiyasining g‘alabasi bilan tamom bo‘ldi deb urunishlariga  qaramay, farosatli    kishilar bu jangda Napoleon armiyasi mag‘lubiyatga uchraganligini o‘sha vaqtdayoq tushungan edilar. Borodino jangi muvaffaqiyat bilan tamom bo‘lishiga qaramay, rus qo‘shinlari katta talofot bergan bo‘lsada, Kutuzov yangi jang qilish fikridan qaytdi. Rus qo‘mondonligi Moskvani jang qilmasdan tashlab ketishga majbur bo‘ldi. Bu juda katta qurbon berish edi, lekin o‘sha sharoitda shunday qilish zarur edi. Armiyani saqlab qolmoq, qarshi hujumga o‘tish uchun fursatdan foydalanmoq kerak edi.

Rus armiyasi bilan birgalikda deyarli butun aholi Moskvadan chiqib ketdi. Yevropaning boshqa poytaxtlariga o‘xshash Napoleonni deputatlar chiqib kutib ham olmadi, xech kim shaharning kalitini unga topshirmadi. Xullas, ish Napoleon o‘ylaganidek bo‘lib chiqmadi. Rus kumondonligi qarshi hujumga o‘tish uchun zo‘r berib tayyorlanar edi. Qisqa vaqt ichida yangi polklar tuzildi, 1812 yilning oktabr oyi boshlarida rus armiyasi 120 ming kishi va 622 ta zambarakka ega bo‘ldi. Bu armiya Napoleon qo‘shinlarining janubga karab boradigan yo‘lini bekitib, ularni Moskvada kamal qildi.

Napoleonning Moskvada o‘zi uchun foydali sulh tuzish mo‘ljali puchga chiqdi. Rus hukumati Napoleonning sulh haqidagi taklifini rad etdi. Moskvada turish o‘z qo‘shinlarining halokati bilan tomom bo‘lishi mumkinligidan qo‘rqqan Napoleon, urushni 1813 yilda qaytadan boshlamoq niyatida g‘arbga qarab chekinishga qaror qildi, Napoleon qo‘shinlari ketayotib, Moskva Kremlida portlatish tadbirlarini ko‘rib ko‘ygandilar. Rus vatanlarvarlari ushbu san’at yodgorligini juda katta qiyinchilik bilan saqlab koldilar. Fransuz qo‘shinlarining janub tomonga — Kaluga va Tulaga oziq-ovqat maxsulotlari va qurol-yaroqlardan iborat katta zahiralar to‘plagan tomonga yorib o‘tish yo‘lidagi urinishi Maloyaroslaves yonidagi jangda muvaffaqiyatsiz chiqdi.

Rus armiyasi fransuzlarni bir qancha janglar qilishga majbur etdi. Bu jangda Napoleon qo‘shinlari tor-mor qilindn. Napoleon 26-28 noyabrda o‘z armiyasi bilan Berezina daryosidan katta mashaqqat bilan kechib o‘tib, 6 dekabrda armiyaning qolgan kutganlari ustidan qo‘mondonlik qilishni marshallariga topshirib, o‘zi shoshib-pishib Parijga jo‘nadi. Rus xalqi Rossiyaga bostirib kirgan fransuz armiyasi ustidan g‘alaba qozondi.

1812 yilning oktabrida Bonapart rejimi dushmanlari Parijda Napoleonni ag‘darishga urindilar. Fitnaning boshlig‘i general Male edi. U Napoleonga qarshi kishi deb gumon qilinib, 1808 yildayok. Politsiya tomonidan qamoqqa olingan, lekin keyinchalik qamoqdan ozod etilgan edi. Malening eng yaqin yordamchilari respublikachilik kayfiyatidagi boshqa ikki general — Logare bilan Gidal bo‘lib, 1812 yilning oktabrida Male va uning fikrdoshlari Napoleon Rossiyada asir olingan, uning armiyasi esa yo‘k qilingan degan shov-shuvni tarqatdilar. Fitnachilar ba’zi harbiy qismlarni o‘z tomonlariga og‘dirishga, ko‘zga ko‘ringan bir necha mansabdorlarni qamoqqa olishga muvaffaq bo‘lib, yangi hukumat tuzildi deb e’lon qilingan varakqa tarqatishga erishdilar. Napoleon tarafdorlari fitnani tezlik bilan bostirdilar. Male va uning yaqin tarafdorlari sudga berildi va otib o‘ldirildi.

Angliya, Rossiya, Avstriya va Prussiyaning hukmron doiralari Yevropadagi mazlum xalqlarning milliy ko‘tarilishidan foydalanib, fransuzlarni istilo qilgan mamlakatlardan haydab chiqarish uchungina emas, balki o‘z hukmronligini mustahkamlash, o‘zlarining bosqinchilik maqsadlarini amalga oshirish uchun ham tirishdilar.

1814 yilning boshlarida ittifoqchi armiyalar turli tomondan Fransiya xududiga kirdilar. Bu vaqtda Napoleon imperiyasining axvoli juda og‘ir edi.

1813 yilning dekabr oyi oxirida qonun chiqaruvchi Korpus qaror qabul qilib, bu qarorda jumladan, Napoleonning istilochilik siyosati juda extiyotkorona shaklda qoralandi. Shundan keyin oradan bir necha kun o‘tgach, qonun chiqaruvchi Korpusning sessiyasi Napoleonning buyrug‘i bilan to‘xtatildi. Bu esa burjuaziyaning keng doiralari o‘rtasida Bonapart rejimidan norozilikni yanada kuchaytirib yubordi harbiy xizmatdan bosh tortuvchilar soni kun sayin ko‘paya bordi. Armiyaga chaqirilishi lozim bo‘lgan 300 ming kishidan, faqat 1814 yilning boshlarida 63 ming kishi yig‘ildi holos. 1814 yilning 12 martida Bordo shaxri ingliz qo‘shinlarining bosh korpusiga o‘z darvozalarini ochib berdi. Bu korpus shtabida burbonlar dinastiyasining a’zosi gersog Angulemskiy bor edi. 30      martda ittifoqchilarning 100 ming kishilik armiyasi Parijga yaqinlashib koldi. Bu armiyaning poytaxtga kelish yo‘lini to‘sib turgan fransuz ko‘shinlari tor-mor qilindi va orqa tomondan harakat qilayotgan Napoleon shoshib-pishib Parijga ketdi. 9 soat davom etgan jangdan keyin yuqori tabaqalar orasidan chiqqan xoinlar knyaz Taleyrom boshchiligida poytaxtni taslim bo‘lishiga erishdilar.

Ertasi kuni 1813 yil 31 martda ittifoqchilarning imperator Aleksandr I boshchiligidagi qo‘shinlari Parijga kirdi. Eski fransuz aristokratiyasining vakillari ittifoqchilarni quvonch bilan kutib oldilar. Napoleon urushni davom ettirmoqchi edi, lekin uning marshallari bu rejaga qarshi chiqdilar. Ularning tazyiqi bilan Napoleon o‘z o‘g‘li go‘dak «Rim qiroli» foydasiga taxtdan voz kechdi. Ittifoqchi davlatlarning buyrug‘i bilan senat Napoleonni taxtdan ag‘darish va Lyudovik XVI ning ukasi — 1791 yilda Fransiyadan qochib ketgan graf Provanskiyni fransuz taxtiga qirol qilib ko‘tarish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Ingliz hukumati Fransiyada Burbonlar monarxiyasini tiklanishida hal qiluvchi rol o‘ynadi. Ingliz hukumati bu sulolaning muhojirlikdagi vakillari bilan yaqin alokada bo‘lgan edi. Lyudovik XVII fransuz qiroli deb nom olgan yangi qirol tezda Parijga keldi. Chet ellarda hamon qolib ketgan dvoryan muhojirlar ham uning ketidan Fransiyaga kaytib keldilar. Napoleon (Italiyaga yaqin) Elba oroliga surgun qilindi. Bu orol unga umrbod mulk qilib berildi.

1814 yilning 30 mayida Parijda g‘olib davlatlar bilan mag‘lub Fransiya o‘rtasida sulh, shartnomasi imzolandi. Bu shartnoma Fransiyani XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida istilo qilgan barcha territoriyalaridan mahrum qildi. Parij   ishg‘ol qilinmasdan oldinroq oltinchi koalitsiyaning asosiy qatnashchilari diplomatik kongress chaqirishni va’dalashib qo‘ydilar. 1814 yilning sentabrida Venada juda katta kongres ochildi. Ilgari xech qachon bunday katta kongress chaqirilmagan edi. Kongressga birgina Turkiya imperiyasidan 216 vakil keldi. Kongressda Napoleonni yenggan eng kuchli davlatlar. Rossiya, Angliya, Avstriya asosiy rol o‘ynadi.

Vena kongressida Polsha to‘rtinchi marta taqsimlandi. Polshaning yangidan taqsim qilinishi natijasida Rossiya, Avstriya, Prussiyaning reaksion hukmron sinflari polyak milliy harakatini birgalikda bostirishdan avvalgidek manfaatdor bo‘lib qolaverdilar. Faqat Krakov shu qadar janjalli manzil bo‘lib qoldiki, uning kimga qarashi to‘g‘risida bir fikrga kelish mumkin bo‘lmadi. Krakov shaxri va unga bevosita tutashgan xududda kichik bir mustaqil respublika barpo etildi. Polshani navbatdagi taqsimlashda va polyak xalqini ezishda chorizmning Prussiya va Avstriya bilan hamkorlik qilishi Yevropada feodal reaksiyani mustahkamlashga yordam berdi.

Napoleon Elba orolidan chiqib, Parijga qarab yo‘lga tushgan vaqtida, Vena kongressi tomom bo‘lib qolgan edi. Fransiyada Bonapart imperiyasi qaytadan tiklanishidan qo‘rqib kongress qatnashchilari yechilmagan janjalli masalalarni yig‘ishtirib darhol yangi(yettinchi) koalitsiya tuzdilar. Napoleonning Vaterloo yonidagi jangda so‘nggi marta yengilishdan sal oldinroq, 1815 yilning 9 iyunida Vena kongressining asosiy oxirgi hujjati imzolandi. Bu hujjatda Fransiyaning sharqiy chegaralarida fransuz agressiyasining yangi ko‘rinishlariga qarshi mustahkam to‘siqlar barpo qilish ko‘zga tutilgan  edi.

Vena kongressi nemis davlatlaridan va Avstriya imperiyasiga qarashli yerlarning bir qismidan German ittifoqini tuzdi.

Vena kongresi Germaniyaning 38 davlatga parchalab yuborishni  mustahkamladi. Kongres barcha nemis sulolalarini qaytadan tikladi. Vena kongresi Skandinaviya davlatlarining chegaralarini mustahkamlab berdi.   Daniyaga qarashli Norvegiya zo‘rlab Shvesiyaga qo‘shib berildi. Shvesiya Finlandiyadan ajralganligi va Daniyadan farq qilib, Napoleon tomoniga  o‘tmaganligi uchun mukofot oldi. Fransiyaning yangi istilochilik urushlarini yangidan boshlab yuborishga qarshi  moneliklar vujudga keltirish  va  to‘siq davlatlar tizimini mustaxkamlash uchun, Parijda imzolangan ikkinchi sulh, shartnomasiga ko‘ra, Fransiyaning chegaradagi ba’zi kichik-kichik territoriyalari   Shveysariyaga   berildi.

Bundan tashqari Fransiya chegaralari yonidagi istehkomlarni buzib tashlash taklifi o‘rtaga tashlandi. Angliya hukumati Parijda imzolangan ikkinchi sulh shartnomasidan tashkari, Fransiyaga qarshi qo‘shimcha tadbirlar ko‘rishni lozim topdi. Londonning taklifiga ko‘ra, 1815 yilning 20 noyabrida to‘rt davlat: Angliya, Rossiya, Avstriya, Prussiya Bonopartlar sulolasining Fransiya taxtiga qaytadan utirishiga yo‘l qo‘ymaslikni shart qilib, 1814 yilgi ittifoqni yangidan vujudga keltirdilar. Ittifoqchilar o‘z ustlariga bu shartnomani qurol kuchi bilan ximoya qilish va inqilobiy harakatga qarshi kurashni kuchaytirib yuborish majburiyatini oldilar. Ular, hatto ittifoqchilarning Fransiyadan olib chiqib ketilganidan keyin ham, bu ittifoq o‘z kuchini saqlab qoladi, dedilar. Yevropada vujudga keltirilgan siyosiy muvozanat tizimi hamda o‘zlari o‘rnatgan davlat tartiblarini saqlashga oid umumiy masalalarini ko‘rib chiqish uchun vaqti-vaqti bilan s’ezdlar (kongresslar) o‘tkazib turish majburiyatini o‘z zimmalariga oldilar. To‘rtlar ittifoqi to‘g‘risidagi bu shartnoma va Muqaddas ittifoq  akti 1818-1822 yillardagi diplomatik kongresslarning faoliyatiga asos bo‘ldi.

Sobiq imperator 1815 yilning 1 martida 1000 kishilik otryad bilan Fransiyaning janubiy qirg‘og‘iga tushib, Parijga qarab yo‘l oldi. Burbonlar hukumati tomonidan Napoleonga qarshi yuborilgan askarlar qarshilik ko‘rsatmasdan uning tomoniga o‘tdilar.

Yevropadagi boshqa davlatlarning hukumatlari Fransiyada yuz bergan yangi o‘zgarishlarni tan olmadilar. Angliya, Rossiya, Avstriya, Prussiya, Shvesiya, Ispaniya va Yevropadagi boshqa davlatlarning ko‘pchiligi Fransiyaga qarshi (yettinchi) koalitsiya tashkil qilish to‘g‘risida shartnoma tuzdilar.

1815 yil 18 iyunda Vaterloo yonidagi jangda Napoleon armiyasi son jihatdan juda ko‘p bo‘lgan ingliz va prus askarlari tomonidan tor-mor qilindi. Deyarli uzluksiz davom etgan urushlarda darmoni qurigan Fransiya koalitsiyaning juda katta armiyalari hujumiga zarba bera olmadi.

Napoleon 1815 yil 22 iyunda taxtdan voz kechdi. Ingliz va prus askarlari iyul oyining boshlarida Fransiya poytaxtiga kirdilar. Napoleon mamlakatdan xech qanday yordam ololmay kolgach, ingliz ma’muriyatiga asirga tushdi. Shundan keyin u Avliyo Yelena oroliga yuborildi. Olti yildan keyin shu orolda vafot etdi.

Sen-Simon ko‘zga ko‘ringan sotsialist-utopist edi. 1760 yilda aslzoda dvoryan oilasida tug‘ilgan, mutafakkir Sen-Simon 1802 yilda «Jenevada turuvchining xatlari» degan asari orqali ko‘pchilikka tanildi. U «Hamma kishilar ishlashi kerak» degan fikrni ilk bora ilgari surdi.

Sen-Simonning aytishicha, tarixiy jarayonning negizi kishi faxmining yuksalishidan iborat bo‘lib, bu yuksalish uchun uch bosqichni: teologik, metafizik va pozitiv bosqichlarni bosib o‘tadi. Bu uch bosqichga siyosiy tuzumning yuksalishidagi uch davr: Avvalo feodalizm va zamindorlik hukmronligi so‘ngra hokimiyatga harbiylar bilan huquqshunoslar egalik qiladigan o‘tish davri nixoyat siyosiy hokimiyat sanoatchilari qo‘lida bo‘ladigan industrial tuzum mos keladi. Jamiyatning birinchi bosqichida jamiyatga ruxoniylar, ikkinchi bosqichida metafiziklar, uchinchi bosqichida fan va texnika namoyondalari rahbarlik qiladilar.

Sen-Simon ta’limoti uning shogirdlari tomonidan yozilgan asarlarda yanada rivojlantirildi, ular o‘z asarlarida kapitalistik jamiyatda hukm surayotgan anarxiyani ochiq tankid qildi. Lekin Sen-Simonning o‘zi ham, uning izdoshlari ham yangi ijtimoiy tuzum uchun kurashning inqilobiy metodlarini rad etdilar. Ular ommaviy ishchilar harakatidan chetda turib, oxirgi tor sektantlik gruppasiga aylanib koldilar.

Sharl Fure 1772 yilda burjua oilasida tug‘ilgan va ko‘p yillar   davomida  savdo  korxonalarida  xizmat  qilib, xaridorlarni aldashni yaqindan kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘lgan edi. Fure o‘zi yashagan jamiyatni tankid qilar ekan, bir to‘da boylar tobora boyib borgan sari xalq, battarroq qashshoqlashayapti degan  edi.   Fure yangi ijtimoiy tuzum tuzishni mufassal rejasini ishlab chiqdi. Bu rejaga  muvofiq, falanga qishloq  xo‘jaligini  sanoat  ishlab  chiqarish  bilan birlashtiradigan   ijtimoiy bo‘g‘in bo‘la olishini aytdi. Falanga a’zolari o‘z xoxishlaricha ishlab chiqarish jarayonlarini uyushtirish mehnatga qiziqtirish g‘oyasiga, maxnat musobaqasiga asoslanmog‘i lozim edi. Falanganing yangi daromadi ikki qismga bo‘linardi. Birinchi qismi jamiyat extiyojlarini qoplashga, ikkinchi qismi esa ishlab chiqarish xarajatlariga sarflanardi deb e’tirof etgan edi.

Xullas,   usha   paytda   Fransiya   ijtimoiy   fikrlar rivoji markaziga ham aylangan edi.