XVII asr ikkinchi yarmi va XVIII asrda Germaniya
- O‘ttiz yillik urushdan keyin Germaniyaning ahvoli.
- Brandenburg — Prussiya davlatining tashkil topishi.
3.Fridrix I ning tashqi siyosati va Prussiyaning qirollikka aylantirilishi.
- Germaniyada xalq xarakatlari.
- Nemis milliy madaniyati taraqqiyoti.
O‘ttiz yillik urush Germaniya iqtisodiyotining umumiy turg‘unligiga va hatto tushkunlikka yuz tutishiga olib kelgan birdan — bir yoki eng muhim sabab bo‘ldi, deb hisoblash to‘g‘ri emas edi. Lekin urush natijasida yuz bergan vayronagarchilik mamlakatning ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotida reformatsiya davri hamda dehqonlar urushi yetilgan vaqtdan buyon ko‘rina boshlangan tendensiyalarni batamom oshkora ko‘rsatib berdi. Germaniyaning hamma yerida soldatlar beboshligi hukm surdi. Hamma joyda kontributsiyalar solinar, aholi talanar, uy-joylarga o‘t qo‘yilar, kishilarga jabr — zulm qilinar va o‘ldirilar edi. Germaniya jahon savdosidan chetga chiqib qolgan edi, jahon savdosining yo‘llari esa yangi tomonlarga o‘tib ketgan edi. Italiya va Germaniyaning shu vaqtgacha mavjud bo‘lgan iqtisodiy markazlari o‘zining ilgarigi ahamiyatini yo‘qotgan edi. 30 — yillik urushdan keyin Germaniya g‘arbiy Yevropadagi ancha taraqqiy etgan mamlakatlardan ya’ni Gollandiya, Angliya va Fransiyadan orqaga qolgan va ularga qaram bo‘lgan davlat edi. XVI asr boshlaridagi dehqonlar urushi mag‘lubiyatga uchraganligining salbiy oqibatlari ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda edi. Chunki, shu salbiy okibatlari natijasida mamlakatning siyosiy jihatdan parchalanishi kuchayib ketgan edi. XVII va XVIII — asrlarda Germaniya savdo-sotiq rivojlangan Gollandiyaga hamda sanoati taraqqiy etgan Angliyaga ko‘p jihatdan qaram bo‘lgan edi. Bu davrda eng katta iqtisodiy o‘zgarishlar Germaniyaning faqat qishloq xo‘jaligida yuz berdi, chunki qishloq xo‘jaligi kapitalistik jihatdan ancha taraqqiy etgan mamlakatlarning kapitalistik manufakturasi uchun sanoat xom-ashyosi hamda g‘alla yetkazib beruvchi bo‘lib qolgan edi. 30-yillik urushdan keyin qashshoqlashib qolgan aholi jumladan, dehqonlar ommasi kuchayib ketgan feodal-krepostnoylik ekspluatatsiyasining jabridan batamom xonavayron bo‘lgan edi.
Urush vaqtida birgina Vallenshteyn armiyasi talonchilik qilib qolmadi, balki qaroqchilar otryadining boshliqlari, ya’ni katolik, protestant armiyalarining ofitserlari dehqonlarni talashda bir- biridan o‘tib tushdilar, ulardan ba’zilari million- million boylik egasi bo‘lib oldilar. Vallenshteynning urushda topgan boyligi qariyb 9 million geldenni tashkil qildi. Graf Kenichsmark Shvesiya armiyasida harbiy mansablarga ko‘tarila boshlaganda, cho‘ntagida sariq chaqasi ham yo‘q edi, umrining oxirida kelganda esa shunday boylik egasi bo‘lib qolgan ediki, bu boylik unga har yili 130 ming taler daromad keltirar edi. XVII asrning 2 yarmida ular aholini ortirgan boyliklarini ekon deb, yer mulkiga aylantirdilar va natijada ular ham nemis dvoryanlari safiga qo‘shildilar. Urushdan zarar kurgan pomeshchiklar, knyazlar va dvoryanlar dehqonlarning to‘lovlari va majburiyatlarini to‘xtovsiz oshirib borib, ular hisobiga o‘z ishlarini o‘nglab ola boshladilar.Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bahosining pastligi oqibatida dehqonlarning ko‘pchiligi uzolmaydigan qarzdor bo‘lib qoldi. Pomeshchiklar bu holdan foydalanib, dehqonlar yeri hisobiga o‘z mulklarini kengaytirdilar. Ular zo‘ravonlik qilib, dehqonlarga va qishloq jamoalariga qarashli dalalarni, yaylov va boshqa yer-suvlarni bosib olar edilar.
Dehqonlarning yersizlanishi turli joylarda turlicha darajada yuz berdi. Sharqiy Germaniyada (Brandenburg, Prussiya, Pomeraniya, Maklenburg) dehqonlar eng ko‘p zarar ko‘rdi. Mahalliy dvoryanlar bu yerda chorvachilikni rivojlantirishni o‘zlari uchun eng foydali ish deb bildilar, shuning uchun XVII- XVIII asrlarda Maklenburgdagi dehqonlarning yersizlanishi va o‘z oqibatlari jihatidan Angliyadagi g‘ov tutishini eslatar edi. Pomeshchiklar dehqonlarning yerlarini bosib olib, ularni chorva mollar boqiladigan yaylovga aylantirar, dehqonlarning o‘zlarini esa pomestega berkitib qo‘yilgan batraklarga aylantirar edilar.
Dehqonlar mulki cheklab qo‘yilgan edi. Badenda, Vyurtenbergda va Janubiy G‘arbiy Germaniyaning knyazliklarida yirik yer egalari uchun barshchina u qadar asosiy ahamiyatiga ega emas edi. Bu yerlarda Fransiyadagi senor rejimiga o‘xshash munosabatlar tarkib topdi. Yirik yer egasi chek yerlar uchun obrok yoki boshqa xil to‘lovlar tarzida feodal yer rentasi to‘lar, dehqonlarning shaxsiy qaramligi bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lovlar va majburiyatlar esa daromadning ikkinchi darajali manbai hisoblanar edi.
Tovar mahsulot ishlab chiqarish xarakteriga ega bo‘lganligiga qaramay, pomeshchiklarning barshchina xo‘jaligi kapitalistik xo‘jalikdan shu bilan tubdan farq qilar ediki, pomeshchiklar juda kamdan-kam hollardagina yollanma mehnatdan foydalanilar edi. Dehqonlar pomeshchiklarning yerlarida barshchina asosida ishlab berardilar. Ular ish kuchinigina emas, balki yerni ishlash uchun zarur bo‘lgan jonli va jonsiz inventarlarni ham yetkazib berar edilar. — Dehqon xo‘jaligining o‘zini esa pomeshchik barshchina o‘tash uchun ish kuchi va inventar bilan ta’minlab turadigan xonadon deb qarar edi Uttiz yillik urush vaqtida yerdan mahrum bo‘lgan dehkonlarning-juda katta armiyasi tashkil topdi. Urushdan keyin bunday dehqonlar soni yollanib ishlovchilar hisobidan yanada ko‘paydi. Shu tariqa qishloqda krepostnoy batraklarning alohida guruhi vujudga keldi. Ularning ko‘pincha kichkinagina kulbachasi-yu, bir parcha yeri bo‘lardi. O‘ttiz yillik urush qishloqni shunchalik xarob qildiki, dehqonlar qarshilik ko‘rsatishga ham ojiz bo‘lib qoldilar. Pomeshchiklar hech bir monesiz sud hokimiyatini o‘z qo‘llariga oldilar. Yer egasi dehqonlarning mulkiy va shaxsiy huquqlarini o‘z bilganicha cheklayverishi uchun votchina sudi yetarli darajada ishonchli vosita bo‘lib xizmat qildi. Dehqonlarning yoppasiga krepostnoylarga aylantirilishi Germaniyaning butun ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy hayotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Dehqonlarning krepostnoylashtirish XVII-XVIII asrlarda Germaniyada sanoatning taraqqiy etishiga halal bergan asosiy sabablardan biri bo‘ldi. Germaniyaning qishloq xo‘jaligi o‘ttiz yillik urush tugagandan keyin mavjud sharoitga moslashishdi. Shahar sanoati tamomila boshqacha ahvolda edi. Chet el tovarlarining kirib kelishi unga halokatli darajada ta’sir qildi. Nemislarning ulgurji va chakana savdogarlari Gollandiya, Angliya va Fransiya kapitalining dallollari va agentlariga aylanib qoldilar. Prussiya qiroli Fridrix II ning aytishicha, uning davlatida «savdogar chet-el savdosining dasyori edi». Savdogar boshqa mamlakatlarga jun, zig‘ir tolasi, kanop losi va sanoatga kerakli bo‘lgan boshqa xom- ashyolarni olib ketar edilar. Shu bilan bir vaqtda chet-el manufakturalari ishlagan buyumlarni juda ko‘p miqdorda olib kelar edilar. Ularning bu ishidan hunarmandlar ikki tomonlama zarar ko‘rardi, chunki zarur xom-ashyodan, yana xaridordan ham mahrum bo‘lar edi. XVII asr oxirlaridan e’tiboran, avvalo, Brandenburgda, keyin Germaniyaning boshqa joylarida ham iqtisodiy sohada bir qadar jonlanish boshlandi. Jonlanish birinchi navbatda qishloq sanoatida yuz berib, u o‘zining natural xarakterini yo‘qotdi, avvallari bo‘lganidek, dehqon o‘zining va pomeshchikning sanoat buyumlariga ehtiyojini qondirish o‘rniga, endi tovarlar olib sotar va bozorda sotish uchun ishlab chiqarar edi. Dehqonlar yerlari kam bo‘lgan yaxshi hosil olinmaydigan joylarda kustar yoki qishloq sanoati keng yoyildi. Knyazlarga turli soliqlar va pomeshchiklarga obrok tulash uchun ular qo‘shimcha daromad topishga majbur edilar, lekin krepostnoy huquq va shaharlardagi sexchilik qoidalari ularni qishloqdan ketishiga yo‘l qo‘ymas edi. Olib sotarlar ana shundan foydalanib, krepostnoy dehqonlarni tekin ishlashga majbur etar edilar, lekin krepostnoy huquq va shaharlardagi sexchilik qoidalari ularni qishloqdan ketishiga yo‘l qo‘ymas edi. Qishloq sanoati Vyurembergda, Tyuringiya va Vestfaliyada, Seliziyaning tog‘lik rayonlarida to‘plangan edi. Asosan ip, don, jundan va zig‘ir tolasidan turli gazlamalar tayyorlanar edi. Ularni bo‘yash va gul ishlari odatda ayrim korchalon olib sotarlar yoki butun bir kompaniyalar tomonidan qurilgan markaziy ustaxonalarda qilinardi. Shu sababli, Germaniyadagi ko‘p shaharlarning hunarmandlari, olib sotarlar ham qaram ahvolga tushib qolgan edilar. Germaniyada kapitaliktik sanoatning ana shu dastlabki shakllari keng tarqalgan bo‘lishiga qaramay, keyinchalik to XIX asr boshlarigacha sanoat deyarli shu ahvolda qoldi.
XVII-XVIII asrlarda shaharlarning imperiya va knyazlik shaharlariga bevosita bo‘ysungan shaharlar hisoblanar edi. Imperiya shaharlari imperatorga bevosita bo‘ysungan shahar hisoblanar edi. Bu shaharlarning tushkunlikka tushishi shunga olib keldiki, ulardan 100 taga yakiniga imperiya va cherkov xo‘jayinlik qila boshladi. XVIII asrda atigi 51 shahar o‘zining yuridik mustaqilligini saqlab kolgan edi. Imperiya shaharlarining ichki ahvoli o‘rta asrlaradagi shahar tuzumiga qaraganda o‘zgarib ketdi. Shaharlardagi demokratik elementlar hamisha ham jim yotavermas va shahar dvoryanlariga qarshi necha martalab bosh ko‘tarib chiqar edi. Lekin hamisha patresiylar yengilar, ular tang axvolda qolgan paytlarda qo‘shni knyazliklarga yordam so‘rab murojaat qilar, bunda o‘zlarining siyosiy mustaqilligini yo‘qotishdan qo‘rqmas edilar. Omon qolgan imperiya shaharlari juda kichik hajmdagi dvoryanlar respublikasiga aylana bordi. O‘zini-o‘zi idora qiluvchi shahar boshqarmasi-magistrat yer va egalik qilgan tor doiradagi oz sonli kishilarning merosi bo‘lib qoldi. Gabsburglardan farq qilib, ancha mustaqil shahar edi. Knyazlik ya’ni zemstvo shaharlarining ahvoli bir xilda emas edi. Ulardan ko‘plari oddiy qishloqlardan farq qilmas va mahalliy dvoryanlar hukumatining o‘zboshimchaligiga butunlay qaram edi. Boshqa shaharlar esa o‘zini-o‘zi boshqarish, soliqlar yig‘ish va sud hokimiyati sohasida ilgarigi huquqlarining bir qismini saqlab qola olgan edilar. M. Prussiyada shahar ma’muriyati faoliyati shu qadar cheklanib qo‘yilgan ediki, 10 ta lerdan ortiq miqdordagi har qanday mablag‘ sarflanishi uchun hukumatning maxsus ruxsati talab qilinar edi. Vyurtenbergda esa, aksincha, shaharlar uzlarining ilgarigi imtiyozlarini saqlab qolgan bo‘lib, siyosiy ta’sirlari jihatidan ko‘pincha dvoryanlar bilan tenglashar edilar.
Imperiya shaharlari hisobiga poytaxt shaharlarining o‘sishi, muhim siyosiy oqibatlarga olib keldi va nemis burjuaziyasining sinfiy yetagida bevosita o‘z aksini topdi. Poytaxtlardagi aholining moddiy farovonligi butunlay mahalliy hokimlarning siyosati bilan belgilanar edi. Knyazlarning o‘z shaxsiy turmushi uchun, saroy xodimlari, armiya amaldorlarini boqish uchun savdogarlar va hunarmandlar uchun «ichki bozor» hajmini belgilar edi. Knyaz va uning saroy a’yonlarining hatto vaqtincha boshqa yerga kelishi yoki ayrim harbiy qismning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirilishi ham butun bir yilgacha iqtisodiy hayotni izdan chiqarib qo‘yishi mumkin edi. Xulosa shuki, XVII- XVIII asrlarda Germaniyada nemis millatining tashkil topishi uchun zarur bo‘lgan shart sharoit va imkoniyatlar yo‘q edi. Nemis millatining tashkil topishi XVI asrning 20-yillaridagi revolyusion harakatning mag‘lubiyatga uchrashi natijasida to‘xtab qolgan bo‘lib, bu jarayon keyinchalik nihoyatda sekinlik bilan bordi.
Xukmron feodallar sinfi, yer boyligining hajmiga qanchalik siyosiy ta’sirga ega bo‘lganligiga qarab, ilgaridek bir necha gruppaga bo‘lingan edi va bu bo‘linish turli tuman feodal unvonlari nomenklaturasida o‘z ifodasini topgan edi. Feodallar pog‘onasining boshida imperator, imperiya knyazlari, oxirida esa imperiya ritsarlari hamda knyazlarning-fuqarosi va oddiy pomeshchiklar bo‘lib qolgan dvoryanlar turar edi. Ilgari juda ko‘p bo‘lgan imperiya ritsarlari kundan-kunga kamayib borar va XVII asrning 2-yarmiga kelganda o‘z «davlatining suveren sohibi» bo‘lgan ritsarlar atigi 1475 kishi kolgan edi. Krepostnoy dehqonlar hisobiga kun ko‘rishga majbur bo‘lgan ritsarlar ularni shafqatsiz ekspluatatsiya qilar edilar. Imperiya ritsarlarining asosiy ko‘pchiligi Shvesiyada, Frankoniyada va Reyn-bo‘yi Germaniyasida to‘plangdn edi Ular imperiya seymlariga vakillar yuborish xuquqiga ega bo‘lib, o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun alohida ittifoqqa ham ega edilar. Biroq bularning bu ittifoqi Germaniyaning o‘sha vaqtdagi siyosiy hayotida hech qanday rol o‘ynamasdi. Ritsarning juda yaxshi omadi kelsa knyaz hokimiyatiga bo‘ysungan dvoryan bo‘lib olar edi. Ritsarning pomeshchikka aylanishi Shimoliy-sharqiy Germaniya uchun ayniqsa tipik bo‘lgan bir holdir. Germaniyaning qolgan qismida esa yirik dvoryanlar, ya’ni personalitlar ko‘pchilikni tashkil qilardi. Shaharlarning vakillari odatda landtaglarda biron bir ta’sirga ega emasdilar va landtaglar mahalliy pomeshchiklarning tor toifaviy manfaatlarini himoya qilar edi.
Germaniyaning tarixiy sharoitida davlat hokimiyati tashkilotning eng muvofiq formagi knyaz aosolyutizmi bo‘lib qoldi. Fransiya va Angliyada absolyut monarxiyani yuzaga keltirgan shart-sharoit shaharlarning va burjuaziyaning rivoj topganligida edi. Germaniyada esa iqtisodiy birlik yo‘qligi XVI asr oxirlaridan boshlab, Germaniyaning xalqaro savdo sotiq doirasidan chetga chiqib qolganligi, XVII-XVIII asrlarda o‘ninng iqtisodiy hayoti uchun umuman turg‘un xarakterda bo‘lganligi mamlakatda uzoq vaqtgacha siyosiy tarqoqlik hukm surishga sabab bo‘ldi. Knyazlar qo‘l ostidagi bosqinchilik, talonchilik va har xil diplomatik nayranglar ob’ekti bo‘lib qolgan edi, lekin knyaz absolyutizmi dehqonlarni yoppasiga krepostnoylarga aylantirish uchun dvoryanlar qo‘lidagi eng kuchli vosita bo‘lib xizmat qildi.
Dehqonlardan keyin navbat shaharlarga ham keldi, shaharlar o‘zlarining iqtisodiy mavqelarini yo‘qota borib, qo‘shni knyazlarning mo‘maygina o‘ljasi bo‘lib qoldilar. Vestfaliya sulh shartnomasi Germaniya imperiyasining davlat tuzumini reforma qilishni nazarda tutgan edi, shu maqsadda Nyurenbergda alohida seym chaqirilib, bu seym 1653 yil iyunidan 1654 yil mayigacha davom etdi. Biroq imperator hokimiyati bilan imperiyaning yuqori martabali egalari, ya’ni ulug‘lari o‘rtasida ziddiyatlar chiqqanligi sababli, seym natijasiz tamom bo‘ldi. Unda faqat 2-darajali masalalar yuzasidagina qarorlar qabul qilindi. Ilgaridek, imperiya teppasida umrbod saylab qo‘yiladigan imperator turar edi. Fransiya uning ittifoqchilari qarshilik ko‘rsatilganligi hamda Vestfaliya sulhining ta’qiqlashiga qaramay, Gabsburglar imperatorlik tojini o‘z dinastiyalari qo‘lida saqlab qola olmadilar. 1658 yilda Leopoll 1 (1658-1705 yillar) imperator bo‘ldi. Biroq u imperator ulug‘lari foydasiga xakiqiy imperatorlik hokimiyatidan voz kechganligi tufayli, uning nomzodi muvaffaqiyat qozongan edi. Umumimperiya ahamiyatiga ega bo‘lgan barcha masalalar imperiya seymi, ya’ni restoya ish doirasiga kirar, reyxstagda esa o‘sha kyurfrstlar quriyasini tashkil etar edi. Imperiya generallari va yuqori martabadagi amaldorlar ularning ruxsati bilan tayinlanar edi. Imperiya seymlarida knyazlar quriyasi uzining siyosiy salmog‘i jihatdan 2 chi o‘rinda turar edi. Knyazlar quriyasi 98 knyazdan (62 ta duneviy va 36 ta cherkov knyazlaridan) tashkil topgan edi. Ko‘pdan-ko‘p mayda feodallar imperiya va oddiygina janoblar deb ataladigan mulk egalari, knyazlar qo‘riyasida atigi 4 ovozga ega edi. Odatda knyazlar imperator hokimiyatini cheklash siyosatini quvvatlar edilar. Lekin shu bilan birga ular kyurfyurstlarning siyosiy zo‘ravonligidan norozi bo‘lishga, quriya o‘rtasida kamdan-kam hollardagina bir bitimga kelinar, bu hol imperiya seymining faoliyatini juda qiyinlashtirib qo‘yar edi. Imperiya shaharlarining vakillari uchinchi, ya’ni shahar qo‘riyasini tashkil etar edi. XVII asr o‘rtalarida imperator ham knyazlar ham seymga kelmaydigan bo‘ldi, bularning o‘rniga ularning vakillari qatnashib, ular har bir masala bo‘yicha ovoz berishdan oldin, bu to‘g‘rida o‘z xo‘jayinlarining ruxsat etishini so‘rab turardilar. Natijada har qanday masalaning hal etilishi ham juda cho‘zilib ketar edi, 1663 yilda chakirilgan seymning faoliyati to 1806 yilda imperiya bekor qilgunga qadar davom etdi. Uning «Doimiy seym» deb atalishi shundan kelib chiqqan.
XVIII asrda nemis knyazlari orasida qimorxonalar ochilib, shu qimorxonalar orqali o‘z fuqarolarini ko‘tara va chakanalab boshqa mamlakat podsholariga soldat qilib sotish singari yo‘llari bilan daromadlar topish keng rasm bo‘ldi. XVIII asrda, ya’ni Angliya va Fransiya o‘rtasida ayovsiz kurash olib borilgan vaqtda, Germaniyadagi knyazlarning qo‘llariga oltinlar ko‘plab oqib keldi. Nemis knyazlari fuqarolarni ana shu tariqa sotish yo‘li bilan daromadlar topishga erishdilar. XVII asrda ya’ni Angliya va Fransiya o‘rtasida kurash olib borilgan vaqtda, Germaniyadagi knyazlarning saroylariga oltinlar yomg‘irlardek yog‘ilib kelar edi. O‘z mustaqilligi uchun kurashgan Amerikaliklarga qarshi Angliya olib borgan urush vaqtida bitta Landgraf Gussenskiyning o‘zi Angliyaga kamida 17 ming nochor fukaroni sotdi Knyazlarning «ichki siyosati» ham tashqi siyosati bilan bir xil darajada turar edi, chunki ichki siyosat ham nuqul daromadlar undirishga qaratilgan edi. Bir knyaz kofe iste’mol etishni ta’qiqlab, fuqarolarning uylarida tintuv o‘tkazar va kofe tortadigan tegirmonlarni musodara qilgan bo‘lsa, ikkinchisi tangalarning ichiga jez aralashtirib chiqarar, o‘zi esa hech narsa aralashmagan, tozasini tanlab olardi. Uchinchisi esa tuz, pivo, o‘tin savdosini monopoliya qilib olar edi.
G‘arbda Fransiya absolyut manarxiyasi o‘z kuchi qudratining eng yuqori nuqtasiga chiqqan bo‘lib, butun Yevropada o‘z hukmronligini o‘rnatishga ochikdan-ochiq intilayotgan edi, buning uchun Germaniyadagi mavqeini saqlash, ya’ni Vestfaliya sulhining kafili bo‘lib turishi lozim edi. XVII asrning butun 2 chi yarmi davomida podsholik qilgan Leapold I zamonida Germaniya imperiyasi xalqaro siyosatida aktiv rol o‘ynamay qo‘ygan bo‘lsa, ham, Vestfaliya qaror toptan syyosiy munosabatlar sistemasi sharoitida u endi yuz berayotgan kurashdan bir chekkaga qola olmadi. Vestfaliya sulhidan /1648 y/ keyin to shimoliy urush tamom bo‘lguncha o‘tgan 73 yil ichida 10 katta urushlar bo‘lib, ularning hammasi qariyib 65 yil vaqtni oldi. Ba’zi hollarda Germaniya qurolli kurashda bevosita qatnashishga majbur bo‘lsa, boshqa hollarda uning territoriyasi qo‘shni davlatlarning o‘rtasida rasman ittifoq bo‘lmagan paytlarda ham odatda birgalikda harakat qilishda imperiyaning og‘ir ahvolini yanada mushkullashtirib yuborar edi. Shvesiya Germaniyadagi mulklardan mahrum bo‘lish xavfi ostida qolgan paytlarda Fransiya bir necha marta uning joniga oro kirdi. Shvesiya o‘z navbatida Fransiyaning Germaniyada olib borgan urushlarida unga yordamlar ko‘rsatdi. XVI asr boshlaridayoq Fransiya va Turkiya o‘rtasida ham shunday xamkorlik mavjud edi.
Germaniyaning Fransiyaga qarshi kurashda uning ittifoqchilari Fransiyaga dushman bo‘lgan Gollandiya, Angliya va Ispaniya edi. Lekin Gollandiya bilan Angliya savdo-sotiq hukmronligi mavqega ega bo‘lishni talashib, o‘zaro raqobatlashar edilar, shu sababdan birgalikda harakat qilinadigan bo‘lsa, quruqlikdagi kurashning asosiy og‘irligi Germaniya imperiyasi qo‘shinlari zimmasiga tushar edi. Turkiyaga qarshi urushlarda imperiyaning ahvoli bir qadar tuzukroq bo‘ldi, chunki u Turkiyaga qarshi Venesiya hamda Polshaning, keyinroq Rossiyaning roli ayniqsa kuchli bo‘ldi. Rossiya avval Turkiyaga qarshi, keyin esa Shvesiyaga qarshi kurash olib bordi. Rossiya uchun g‘alaba bilan tugallangan shimoliy urush (1700-1721) Shvesiyani buyuk davlatlar qatoridan chiqarib tashladi. XVII asrning ikkinchi yarmida Mazarini va Lyudovik XIV Rishele boshlagan Germaniyani bo‘ysundirish siyosatini davom ettirdilar va yanada kuchaytirdilar, bunda ular birinchi navbatda nemis knyazlarining sotqinligidan foydalandilar. Nimvogen sulxidan (1679) keyin Fransiya hukumati ko‘shib olish palatalari deb atalgan muassasa tuzdi, bu palatalar esa, imperiyaning Fransiya bilan chegaradosh bo‘lgan u yoki bu territoriyasi Fransiyaga karashi kerak edi, degan da’volarni isbotlash bilan shug‘ullandi. 1681 yilda Lyudovik XIV ko‘shinlari Starsburgni ishg‘ol qildi. Xolbuki, Germaniyaning o‘zida Leopold I yakkalab ko‘yilgan edi.
Brandenburg — Prussiya davlati Gabsburglar monarxiyasi va imperator hokimiyatining xavfli raqibi bo‘lib qoldi. Shunday qilib davlat hududi 2 baravar kengaydi. Germaniya xaritasida pogensrllernlarga qarashli bo‘lgan orollarda bir-biridan ajralib qolgan 3 guruh yer paydo bo‘ldi. Ana shu vaqtdan boshlab, Gogensonlar o‘zlarining tarqoq holda joylashgan hududlarini yaxlit qilib olish uchun zo‘r berib harakat qildilar. Savdo yo‘llarining Atlantika okeani sohillariga ko‘chganligi Brandenburg — Prussiya davlatining yuksalishi uchun iqtisodiy shart-sharoit yaratib berdi. XVII asrning 2 chi yarmida, ya’ni janubiy o‘rta Germaniyaning ayrim rayonlari, ilgaridek iqtisodiy jihatdan shimoliy Italiya va Ispaniyaga emas, balki Brandenburgga qaram bo‘ldi.
Germaniyaning Reyn, Vezer, Elba va Oder singari shimoliy dengiz hamda Boltiq dengiziga quyiladigan hamma sersuv daryolari Brandenburg ko‘l ostidagi territoriyadan o‘tar edi. Saksoniya, Sleziya, Chexiya va qisman janubiy-g‘arbiy Germaniya sanoat rayonlarining tashqi savdosi, shuningdek, sharqiy o‘rta Germaniyada qishloq xo‘jalik mahsulotlarining eksport qilinishi ko‘p jihatdan Brandenburg kyurfyurstlarning siyosatiga bog‘liq edi. Brandenburgning qulay geografik joyda joylashganligi va Yevropadagi kapitalistik yo‘ldan taraqqiy etib borayotgan mamlakatlar bilan bog‘langanligi XVII asrda uning iqtisodiy yuksalishiga yordam berdi. G‘arbiy Yevropaning iqtisodiy markazlari Atlantika okeani sohillariga ko‘chishi hamda Niderlandiya va ayniqsa Angliyada kapitalistik sanoatning taraqqiy etishi bilan shimoliy sharqiy Germaniyadagi yirik yer egalari uchun qulay sharoit yuzaga keldi.
Slovyan aholisini ekspluatatsiya qilish, talash va qirib tashlashning harbiy-feodal usullari, ya’ni o‘rta asrlarda tevton ordeni ritsarlari hamda nemis knyazlari tomonidan joriy qilgan harbiy feodal usullari Ost- Elba yunkerlariga ham meros bo‘lib o‘tgan edi, ular esa bu usullarni XVII asr oxirlaridan boshlab, o‘sha vaqtgacha shaxsiy erkinligini va o‘zlarining chek yerlarida foydalanishda merosiy huquqlarini saqlab kelgan kolanist dehqonlarga nisbatan ham qo‘llay boshlagan edilar. 30-yillik urushdan keyin dehqonlarning ko‘pchiligi (masalan sharqiy Prussiyada) merossiz Lassitlarga aylantirildi, lassitlarning yerlarini pomeshchiklar o‘z bilganicha tortib ola boshladi. Dehqonlarni asoratga olinishi talonchi va xo‘jayinning ekin maydonlarini kengaytirish uchun yashab turgan yerlaridan haydalishi oddiy hodisa bo‘lib qoldi. 30 yillik urushdan keyin dehqonlarning yoppasiga talanishi, pomeshchiklarning dehqonlar yerlarini bosib olinishi boshlandi. Shunday qilib nemis dvoryanlarining xususan Ost-Elba dvoryanlarning hamma yer mulklari dehqonlardan tortib olingan yerlaridan tashkil topdi va agar ana shu yerlar hech qanday haq to‘lanmay talonchilardan tortib olinsa, o‘shanda ham ular qilmishlariga yarasha jazolarini olmagan bo‘lar edi.
Dehqonlarning talash, ekspluatatsiya qilish harbiy feodal usullari hamda yirik barshchina xo‘jaligi tashkil etilganligi g‘ayri iqtisodiy yo‘l bilan majbur etuvchi tegishli apparat mavjud bo‘lishini talab etar edi. Uzoq vaqtdan beri tushkunlik va rizolatga yuz tutishi boskichida turgan imperatorlik xokimiyati Ost- Elba yunkerlarining talablarini kondirolmas edi. Bu yunkerlarga ijozatsiz krepostnoylarning tezda jazosini bera oladigan xamda ularni doim qo‘rquvda tutib tura oladigan kuchli harbiy politsiya hokimiyati kerak edi. Keyinchalik Prussiya qirollari bo‘lib olgan Brandenburg kyurfyurstlari Gogentsankperkayinning knyazlik xokimiyati ana shu talablarning xammasiga tula muvofik kelar edi. «Oliy janob» Ost Elba dvoryanining shark tomondagi xuddi shunday «Mulkdor Oliy Janob Knyaz «bilan fikrlari bir xilda bulishi va ular o‘rtasidagi yaqin hamkorlik dehqonlarni birgalikda ekspluatatsiya qilishda uz ifodasini topar edi. Pomeshchik dexqonlar yeri xisobiga uz ekin maydonini kengaytira bordi. XVIII asrning boshlariga kelganda sharqiy Prussiyada obrok dehkonlar gardanidagi hamma majburiyatlarning 30%, barshchina esa 70-78 % tashkil etar edi.
1685 yilda, ya’ni Nant farmoni bekor qilingandan keyin Fridrix Vilgem I Fransuz muxojir gugenotlariga boshpana hamda imtiyozlar berish to‘g‘risida qonun chiqardi. 1703 yilgacha Brandenburgda fransuzlardan kariyb 20 ming protestant va boshqa mamlakatlardan 13000 protestant kelib joylashdi. Ko‘chib kelganlarning asosiy ko‘pchiligi yuqori malakali hunarmandlardan, shuningdek, savdogarlardan iborat edi. Ular mamlakatda o‘z kapitallarini va eng muhimi o‘zlari bilan texnikaviy malakalarini hamda mahoratlarini olib keldilar. Brandenburg va sharqiy Prussiyaning o‘sha vaqtgacha hunarmandchilik juda ayanchli bo‘lgan kichik-kichik shaharlarda manufaktura paydo bo‘ldi va sanoatning yangi tarmoqlari vujudga keldi. Chet elliklar tomonidan birinchi marta jun va ipak gazlama manufakturalari vujudga keldi. Yangi sanoat korxonalari anchagina mikdorda ishlovchi kishilarni talab etar edi. Krepostnoy huquq mavjud bo‘lgan bir sharoitda, erkin kishilar soni juda cheklangan bo‘lib, yollanma ishchi bo‘lishni xohlovchilar kam edi.
Kyurfyurst Fridrix-Vilgem I bu masalani boshqa ko‘pgina davlatlardan o‘rnak olib hal qildi, «jun va shoyi manufakturalarini rivojlantirish maqsadida» u 1687 yili Shpandavda daydi va yo‘qsillarni, shu bilan birga bekor sang‘ib yuruvchi bolalarni ham qamash uchun yangi turma ochdi. Jinoyatchilardan hamda turma xudoyixona va yetimxonalarda kun ko‘ruvchilardan ham ana shu maqsadlardan foydalanishga harakat qildi. Brandenburg kyurfyurstlari XVII asrda nixoyatda uddaburonlik bilan o‘zlarining tashqi siyosatdagi maqsadlari yo‘lida Shvesiya, Polsha, Daniya va Rossiyaning Boltiq dengizidagi raqobatidan foydalandilar va qulay fursatni poylab turib, ko‘shnilaridan yangi-yangi territoriyalar yulib ola boshladilar.
1654 yilda Moskva davlatining Polshaga qarshi kurash boshlagan vaqtda, Shvesiya rus ko‘shining tor-mor etilganidan foydalanib, Varshavani bosib oldi. F.Vilgem I Prussiya gersogi bo‘lganligi sababli Polsha qirolining vassali hisoblanar edi, lekin o‘z so‘ziga sodiq bo‘lish to‘g‘risida ichgan kasamini buzib, Polshani birgalikda talash uchun Shvesiya qiroli bilan harbiy ittifoq tuzdi. Biroq Shvesiyaning yangidan bostirib kirishiga javoban, davlatlarning kuchli koalitsiyasi tashkil topib, koalitsiya sostaviga Rus davlati, Germaniya, Polsha, Daniya, Gollandiya kirdi. Rus armiyasi Liflyandiyani katta qismini ishg‘ol qildi va Riga ostonalariga yaqinlashib qoldi. Shvesiya qiyin ahvolda qoldi,Shvesiya ittifoqchisi bo‘lgan Brandenburg, kyurfyursti unga xiyonat qilib, Shvesiyaga dushman davlatlar koalitsiyasiga qo‘shildi va o‘zining ikki marta xiyonati evaziga mukofotlandi.
Brandenburg kyurfyurstlari har qanday yo‘llar bilai imperiyani zaiflashtirishga harakat qildilar. Prussiya, Germaniya imperiyasi tarkibiga kirganligi sababli ular Prussiya gersoglari ekanliklarini pesh qilib, imperator hokimiyatiga ham bo‘ysunmas edilar. Fridrix III (1688-1713y) imperiyaning xalqaro munosabatlardagi qiyinchiliklardan foydalandi va Ispaniya merosi uchun olib borilgan urushda o‘zining ishtirok etishi evaziga dastlabki shartlaridan biri sifatida, 1710 yilda Prussiya qiroli unvonini oldi. Utrext sulhi (1713 yil) ga binoan, Peldirin gersogligining bir qismini egallab, o‘z hududini kengaytirdi. Shunday qilib, Brandenburgda Prussiya davlati slovyan yerlarini bosib olish yo‘li bilan hamda knyazlari hisobiga o‘sib bordi, Uning siyosiy sohadagi yutuqlari esa imperator hokimiyatining zaiflashuvi bilan bevosita bog‘langan edi.
XVIII asrda Prussiya ko‘p jihatidan Ost-Elba yunkerining kengaygan mavqeiga o‘xshar edi, chunki undagi tartib qoida odatdagi feodal turmush tarzi va qisman egasining shaxsiy moyilligi bilan belgilanar edi, qirollar Fridrix I (1701-1713) , F. Vilgem I (1713-1740) yilgacha va Fridrix II (1740-1786) xarakterli va layoqatlari jihatidan bir-birlaridan farq qilsalar ham, lekin ularning hammasi yirik pomeshchilarning namoyondalari edi.
Fridrix I davlat mablag‘lariga andishasizlik bilan qarar, ularni o‘z kisasidagi puldek sarflashga odatlanib qolgan edi. Davlat daromadlari bor yo‘g‘i 3 mln. dan sal ko‘proqni tashkil etgani holda, u toj kiyish marosimining bir o‘zigagina 6 mln. sarfladi. Fridrix I o‘z a’yonlari bilan Kenigabergga toj kiyish marosimiga yo‘lga chiqqanda, navbatma-navbat 30 ming otga minib borishdi. XVIII asrda Prussiya siyosiy sistemasini yaratgan kishi F. Vilgelm I (1713-1740) deb hisoblanadi, holbuki u ham otasi singari ot va itlarga juda ishqiboz bo‘lib, lekin farqi shunda ediki, ortiqcha pul sarf qilishdan qo‘rqardi. U otasi o‘lgandan keyin ko‘p saroy a’yonlarini haydab yubordi. Pulning tashqariga chiqib ketishiga xalaqit berish maqsadida u ko‘pchilik chet el tovarlarining keltirilishini ta’qiqlab qo‘ygan edi. Madaniyat va san’at sohalarini taraqqiy etishiga yo‘l qo‘ymas edi. Uning podsholigi vaqtida Prussiya armiyasi 2 baravar ko‘paydi. Yeri kam bo‘lgan uning kichikroq bir mamlakatini Yevropada 4-o‘rinda turgan armiyani boqishga majbur edi.
Prussiya territoriyasining hajmi (118, 4 ming kv. m) jihatidan 10 o‘rinda, aholisining soni (22 mln) jihatdan esa 13 o‘rinda turar edi. Shu sababli soliqlar sistemasini haddan tashqari kuchaytirishni talab etar edi. F. Vilgelm I dvoryanlar qarshiligini sindira oldi, bu harakat avjiga chiqqan paytda, u mag‘rurlik bilan shunday dedi: «Men o‘z maqsadimga egaman va davlatni mustahkamlayman, toj-taxtni bronza qoyadek mahkam kilib qo‘yaman». Bora-bora pomeshchiklar qirolning soliqlar solish siyosatiga ko‘nikib qoldilar. Yunkerlar orzu qilgan o‘lka klassik feodal- krepostnoylik tuzumi hukm surgan Prussiyada kuchli armiya mavjud bo‘lgandagina yashay olishni ular tushundilar. Bundan tashqari soldatlar soni ham ortdi.
Prussiya monarxiyasining ichki siyosati deyarli armiya to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishidan iborat bo‘ldi. Byurokratik apparatni itoatgo‘y ijrochilar bilan to‘ldirish maqsadida F. Vilgelm I inligenat deb atalgan qoida bilan, ya’ni mahalliy dvoryanlarning provinsiyalaridagi lavozimlarni egallashga bo‘lgan favqulodda huquqi bilan hisoblashib o‘tirmadi. Saroyda va yuqori idoralar tepasida odatda dvoryanlardan bo‘lgan ofitserlar turar edi. Markaziy boshqarma 1723 yildan boshlab «Moliya, ko‘shin va yer-mulklar olish boshqarmasi» shaklida tashkil qilingan bo‘lib, bevosita qirolga bo‘ysundirilgan edi. Sud mahkamasiga hammadan kam e’tibor berildi. qirolning so‘zlariga qaraganda, dvoryan arzandalaridan armiyaga ham, soliqlar yig‘ishiga yaramaydigan «Kaltafahm mal’unlar” ni shu mahkamaga yuborishar edi. F. Vilgelm I o‘zi sud idoralarida «bilimdonlik o‘rniga kaltak» ishlatish uchun ko‘p mehnat sarf qildi. 1740 yil 31 mayda F. Vilgelm I o‘ldi va taxtga uning o‘g‘li Fridrix II o‘tirdi, u darhol armiyani ko‘paytirib, unga yana 16 bataleon piyoda askar, 5 eskadron gusar 1 eskadron gvardiya qo‘shdi.
Fridrix II shaxsiy tabiati otasinikidan farq qilar edi. F. Vilgelm I bo‘sh vaqtida ov qilib, yoki krujkada pivo ichib o‘tirib hamda o‘zining » tamaki shinavandalari» bilan qo‘pol hazil mutoyibalar qilib, hordiq chiqarar edi. Fridrih II nay chalishga va qovushmagan fransuzcha she’rlar yozishga juda berilgan bo‘lib, «Hushtakvoz shoir» edi. Ammo siyosatda Fridrix II otasi izidan bordi. Yetti yillik urush tamom bo‘lgandan keyin. Yevropaning ko‘pchilik mamlakatlarida hukmron feodal doiralari ma’rifatli absolyutizm deb nom olgan siyosatga o‘ta boshladilar. Dinga adovatning juda eskirib qolgan formalarini, toifachilik imtiyozlaridan ba’zilarini, feodal tarqoqlikni va mahalliy separatizmni tugatish bu sistemada yuqoridan turib, reformalarni amalga oshirishda mamlakat fuqarosining ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaydigan samoderjaviya hokimiyatining qonunlar chiqarish yo‘li bilan o‘tkazilar edi.
XVIII asrdagi feodal Fransiyasida burjuaziya bilan dvoryanlar o‘rtasida sinfiy ziddiyatlar endi shunday darajada keskinlashgan ediki, u sharoitda bu sinflar o‘rtasida siyosiy hamkorlik bo‘lishi mumkin emas edi. Shu sababdan «Ma’rifatli absolyutizm» ruhida islohotlar o‘tkazish uchun qilingan hamma urinishlar bu yerda asossiz bo‘lib chiqdi. Lekin Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Daniya, Prussiyalarning iqtisodiy va siyosiy jihatdan qoloqligi tufayli, «Absolyut monarxiyaning» «ma’rifatli absolyutizm» singari sistemasi ravnaq topishi uchun eng qulay sharoit vujudga keldi.
Absolyut monarxiya kuchli boshqaruv apparatini, ko‘p sonli armiyani vujudga keltirgan udi. Bularni boqish uchun juda katta mablag‘lar kerak edi. Shu sababdan «ma’rifatli absolyutizm» siyosati asosan moliya boshqarmasini qayta qurishga qaratildi. Yetti yillik urushdan keyin barcha dvoryan monarxiyalarida soliqlar solish ayniqsa kuchaytirildi, lekin shu bilan bir vaqtda davlat xarajatlarini tartibga solishga ham e’tibor berildi. Budjet degan tushuncha paydo bo‘ldi, davlat xo‘jaligi to‘g‘isidagi fan maydonga keldi, Fridrix II o‘zining «Siyosiy vaziyatida» deb nomlangan kitobchasida hukumat shunday siyosiy sistemani tutmog‘i, kerakki, unda hamma tadbirlar oldindan yaxshi o‘ylangan, bo‘lishi xamda moliya, siyosat va harbiy ish o‘sha bitta maqsadga davlatni mustahkamlash va uning kuch-qudratini oshirishga qaratilgan bo‘lishi lozim degan edi.
Fridrix II solinadigan soliqlarni butun og‘irligini shaharliklarga va ko‘proq darajada dehqonlar zimmasiga yuklab pruss yunkerlarining cho‘ntaklarini ayadi. Uning «ma’rifatli despotizm» siyosati dvoryanlarining iqtisodiy farovonligini ravnaq toptirishga har tomonlama yordam berdi. Misol: pivo, vino va boshqa mahsulotlar, agar ular dvoryanlarning imenielarida yoki uy xo‘jaligida iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, egri soliqlar to‘lashdan ozod qilingan edi. Qirol, mashinalar aholi sonining kamayib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin, deb hisoblar, sanoatda mashinalar ishlatishga qarshi edi. U dushman armiyasining bostirib kirishi qiyin deb, yangi tosh yo‘llar qurishni, yoki eskilarni tuzatishni man etgan edi. XVIII asrdagi Prussiya qishloqlarida «dehqonlarni yerdan haydash» protsessi kuchaydi. Xalqaro g‘alla bozorida g‘alla narxi oshganligi munosabati bilan, pomeshchiklar dehqonlar yeri hisobiga o‘z ekin maydonini kengaytirishdan yanada ko‘proq manfaatdor bo‘lib qoldilar. Pomeshchiklar soliq to‘lashdan ozod etilganligi sababli dehqonlarni yersizlantirish davlat daromadlarini kamaytirar edi.
Davlat imenielarida krepostnoy huquqni yo‘q qilish to‘g‘risida (1719-1723) yillarda qilingan urinishlar barcha dvoryanlarning qarshiligiga uchradi. Pomeraniyada krepostnoy qaramlikni tugatish to‘g‘risida Fridrix II (1763) yilda e’lon qilgan qonuni ham xuddi shu sababdan amalga oshmay qog‘ozda qolib ketdi. Shu tariqa, butun XVIII asr davomida xususan Prussiyada dehqonlarning yerdan haydalishini to‘xtatadigan farmonlar birin ketin chiqarila boshlandi. Lekin bu farmonlarning qismati, xuddi buyuk Karl farmonlari singari natijasiz bo‘ldi. Fridrix II dvoryan zodagonlarni davlatning tayanchi deb hisoblar edi, ularning kuch-qudrati esa katta -katta yerlarga ega bo‘lishda va dehqonlarni ekspluatatsiya qilishdadir, deb qattiq ishongan edi. Uning davrida mamlakatda dehqonlar ahvoli bir oz yaxshilandi, chunki 1777 yilgi farmon ularga yer uchastkalarini mulk qilib olish va meros qilib qoldirish huquqini berdi. Lekin shu bilan birga, hukumat jamoaga qarashli yaylovlarni taqsimlab olishga ruxsat etish bilan, asosiy dehqonlar ommasini iqtisodiy jihatdan xonavayron bo‘lishini tezlashtirdi.
Prussiya monarxiyasi XVIII asrda batamom pruss yunkerlarning harbiy-politsiya davlatiga, dvoryan-krepostnoylarning, pruss yunkerlarining sinfiy manfaatlariga xizmat qiladigan monarxiya harbiy zo‘ravonlik davlatiga aylandi. XVIII asrdan boshlab «yunkerlar» degan so‘z feodal-krepostnoylik tuzumida burjuaziya talablariga yon berish tomon reformalar yoki islohotlar o‘tkazish yo‘lidagi har qanday urinishlariga qarshi o‘zining feodal huquqlari va imtiyozlariga mahkam yopishib olgan reaksion dvoryanlar degan tushunchaning sinonimi bo‘lib qoldi. Pruss yunkerlari Fridrix II juda katta harbiy mashinasidan agressiya tashqi siyosat maqsadlarida foydalandi. Sileziya urushlari hamda Polshaning 1-marta taqsimlanishi ana shu agressiv siyosatning asosiy bosqichlari bo‘ldi. Slavyan aholisi hisobidan nemis dehqonlarini yerdan mahrum etish (yerdan haydash) hisobidan dvoryanlarning katta yerlari maydonga keldi, ya’ni qishloq xo‘jaligiga kapitalizmning «prusscha» yo‘ldan taraqqiy etishi uchun tarixiy shart-sharoitlar paydo bo‘ldi.
Ingliz inqilobi nemis shaharlarida xususan Gamburgda o‘z aks sadosini berdi, XVII asrning 2 yarmida Gamburgdagi ichki kurashda ingliz inqilobi g‘oyalari va amaliyotining ma’lum darajadagi ta’sirini ko‘rish mumkin. Masalan: shaharlarning plebey va mayda byurger unsurlarini birlashtirgan /populyar/ guruhining bayonotlari inglizlarning 1699 yilgi manifestida ilgari surgan g‘oyalariga yaqin turadi. Inqilob Bremen, Lyubek, Ganza shaharlaridagina emas, balki Germaniyaning juda katta hududlarida ham ko‘rindi. Masalan: Rotenburg shahar sovetiga kurashgan guruh o‘zini «parlament grajdanlari» deb atadi. Drezdenda 1697 yilda, Angliya qirolligida bo‘lgani kabi, oliy amaldorlardan birini toshbo‘ron qilishga chaqirgan xitobnoma. paydo bo‘ldi. Ma’muriyat vakillari, «germaniyada puritanlik prinsiplari keng tarqalgan», deb shikoyat qilar edilar. qaytadan maydonga kelgan diniy sektalar faoliyatida revolyusion ta’sirni ko‘rish mumkin edi, inqilob ta’siri hatto nemis qishloqlariga ham kirib bordi. Masalan: Ganoverdagi Brutvezel okrugida dehqonlar 1655 yili «parlamentga» deputatlar saylashdi va shundan keyin dehqon g‘alayonlari boshlanib ketdi.
Dehqonlar g‘alayonlari bir necha yillar davom etib, 1684 yilda graf Reyes Shleys soliqlarining og‘irligi va dehqonlarning shikoyatlarini rad etgandan keyin, dehqonlar o‘z yig‘inlarida barshchina o‘tashdan bosh tortishga qaror qildilar. Oradan bir necha yil o‘tgach, harbiy ekspeditsiya yordamidagina graf ularni itoat ettira oldi. 1650 yilda Shenburg grafligida g‘alayonlar boshlanib, ular 30 yilcha to‘xtamadi. Bu g‘alayonlarda bir necha ming dehqonlar qatnashdi. Dehqonlarning qarshilik ko‘rsatishlari juda xilma-xil shakllarda bo‘ldi. Ular barshchinaning bajarishdan, soliqlarni to‘lashdan bosh tortar edilar. Feodallarni ov qilish huquqi dehqonlarni qattiq g‘azabga keltirar edi. Dehqonlarning ko‘chib ketishi ekspluatatsiyaga qarshi norozilik vositasi edi. 1761-1771 yillarda janubiy Germaniyaning turli rayonlarida harakat qilgan va dehqonlarning aktiv madadiga tayangan Matias Klostemayer dehqonlarning ushbu chiqishlariga rahbarlik qildi. Dehqonlarning yordami tufayli Karl Shtyulo‘nerning «qaroqchilar» otryadi tog‘lar orasida 1780-1803 yilgacha harakat qila oldi. 1705-1706 yillarda Bavariyada dehqonlarning juda katta qo‘zg‘olonlari bo‘lib o‘tdi. Bavariyaning turli qismlarida dehqonlarning ko‘p ming kishilik otryadlari tuzilib, ular Avstriyaning okkupatsiyachi qo‘shinlari bilan janglar qildilar, feodal huquqlarni bekor qildilar. Qo‘zg‘olon ko‘targan dehqonlar 1705 yil dekabrida Bavariya poytaxti Myunxenni ishg‘ol qilishga urindilar, lekin 1705 yil 25 dekabrda ularning otryadlari jiddiy mag‘lubiyatga uchradi. 1706 yil yanvarida esa dehqonlar tor-mor etildi. Ana shu qo‘zg‘olon haqidagi, uning temirchi Kokel singari qahramonlari haqidagi xotiralar Bavariya folklorida hozirga qadar saqlanib kelmoqda, Prussiyada bir necha marta dehqonlarning isyonlari ko‘tarildi 1720 yilda Mark grafligida odamlarni zo‘rlab reklutlikka olinishiga qarshi va domenlardagi mayda ijarachilarning ahvoli yomonlashganligiga qarshi katta isyonlar ko‘tarilib, ular 3 yilga yaqin davom etdi.
Biroq shaharlardagi harakatlar odatda qishloqlardagi harakatlar bilan bog‘lanmagan edi. Shahar harakatlari har xil formalarda bo‘lib, ularning xarakteri Vestfaliya sulhidan to XVIII asr oxirlarigacha bo‘lgan davrda avvalo kapitalistik munosabatlar rivojlanishi bilan ancha o‘zgardi.
Nemis milliy madaniyatining rivojlanishi nemis xalqi boshidan kechirgan og‘ir sharoit, nemis madaniyatining rivojlanishida aks etmasligi, uning ko‘zga qurigan namoyondalari faoliyatiga ta’sir etmasligi mumkin emas edi. Lekin garchi sekinlik bilan borayotgan bo‘lsada, yangi kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga turtki bo‘ldi, nemis madaniyati milliy xarakterda bo‘lishi uchun XVII asr 2 yarmi va XVIII asrda inteligensiyaning ilg‘or namoyondalari olib borgan kurash muhim o‘rin tutdi. Ilg‘or olimlar nemis tilini fan tiliga aylantirishga intildilar. Yurist xristian Gamazius birinchi bo‘lib 1687 yilda universitet leksiyalarini lotin tilida emas nemis tilida o‘qiy boshladi. U 1688 yilda tashkil qilingan ilmiy jurnali ham maqolalarni nemis tilida bosib chiqardi va 1694 yilda Galiy shahrida universitet ochilishida katta rol o‘ynadi. Bularning hammasi XVII asr oxiridan boshlab tarkib topa borgan nemis ma’rifatparvar ideologiyasining namoyon bo‘lishi edi. Nemis ma’rifatparvarlari g‘arbiy Yevropadagi ilg‘or tendensiyalarni o‘zlashtirib olib, nemis madaniyati rivojiga katta hissa qo‘shdilar.
Nemis ma’rifatparvarligining dastlabki namoyondalaridan biri yirik filosof, Leybnis birinchilardan bo‘lib yagona Germaniya barpo etish g‘oyasini targ‘ib qildi. Leybnis ta’limotiga ko‘ra, moddiy dunyoning negizini ruhiy substansiyalar- moddalar tashkil qiladi, ular ierarxiya tartibida tuzilib, tabiat taraqqiyotining umumiy qonunlari asosida rivojlanadi deb uqtirar edi. U matematik, tabiatshunos va filosof edi. Nemis ma’rifatpar- varlarining eng yirik namoyondasi Immanuel Kant edi. Kant falsafasining asosiy xususiyati materializm bilan idealizm o‘rtasida yo‘lni topishga intilishdan iborat bo‘lib: Kant falsafasi uning «Sof aql tanqidi» (1781) degan asarida bayon qilingan edi. Kant ob’ektiv dunyoning mavjudligini e’tirof etar, lekin uni kishilarning bilishi prinsipial suratda mumkin bo‘lmagan «narsa» deb hisoblar edi. Shu bilan birga Kant makon, zamon va tabiat qonunlarining ob’ektiv mavjudligini inkor etar edi. XVIII asr 70-80 yillarida «bo‘ron va tazyiq» adabiy harakati keng yoyildi. Bu harakatning namoyondalari o‘z asarlarida germaniya davlatlarining bir butun davlat bo‘lib, birlashishini ifoda etdilar. Eng yirik nemis yozuvchilari Iogann Volfrang Gyote (1749-1832) va Ioganni Fridrix Shiller (1759-1805) o‘zlarining dastlabki asarlarida xalq ommasining kurashini ifodalab, Germaniyada demokratik respublika barpo etishga da’vat qildilar. Ma’rifatparvarlik g‘oyalari nemis tasviriy san’ati, arxitekturasi, ayniqsa muzikasida ham o‘z aksini topdi. Eng yirik nemis kompozitori Ioganni Fridrix Gendel va Yogan Sebastyan Baxning ijodlari feodal va cherkov uslublari tematikasi bilan tobora ko‘proq aloqani uzib, yangi muzikadan darak berar edi. Ma’rifatparvarlik g‘oyalarini muzikada ifoda etuvchi kishi Kristof Villibold Glyuk edi. Bu g‘oyalar Avstriyada yashagan Volfgang Amadey Mosart va Iozef Gaydni ijodida xam o‘z ifodasini topdi. Xullas, nemis madaniyati XVIII asrda gurkirab rivoj topdi va qo‘shni xalqlar madaniyatiga ijobiy ta’sir qildi.