Shimoliy Amerikada mustaqillik uchun olib borilgan urush. Amerika Qo‘shma Shtatlarning tashkil topishi. XVII asr o‘rtalarida Shimoliy Amerikadagi ingliz mustamlakalarining ahvoli

  1. Mustaqillik uchun olib borilgan urush arafasida Amerikada ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyot.
  2. Amerikada birinchi burjua inqilobi va uning sabablari
  3. 1775-1783 yillarda mustaqllik uchun kurash. AQSh ning tashkil topishi.
  4. «Mustaqillik dekloratsiyasi» va «AQSh Konstitutsiyasi» ning qabul qilinishi.
  5. Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tgan inqilobning tarixiy ahamiyati.

 

Amerika qit’asi Kolumb tomonidan kashf etilgandan keyin, bu hududlarga yevropaliklar ko‘chib kela boshladilar. 1607 yilda Shimoliy Amerikaning Atlantika sohilidagi hindlar yashaydigan yerlarida birinchi ingliz mustamlakalariga asos solindi.

XVII asr boshlarida Ispaniya Shimoliy Amerikadagi Floridani, Texas, Koliforniyani, bulardan ham oldinroq butun Markaziy va Janubiy Amerikani bosib oldi. Fransuzlar Kanadada (1604 yillardan boshlab) Missisipi daryosi havzasida Luizianada (1699 yildan boshlab) o‘rnashib oldilar. Doimiy mustamlakaga aylantirish 1607 yildan, ya’ni Virginiya deb nomlanadigan mustamlaka barpo qilingandan keyin boshlandi.

May guli kemasida kelgan mustamlakachi-puritanlar (ziyoratchi ruxoniylar) 1620 yilda Nyu Pdimutga asos soldilar va uni 1691 yildan Massachusesetesga qo‘shib oldilar. Shundan keyin tez-tez poseleniyalar vujudga kela boshladi, ular asta-sekin qo‘shilib, shimolda Nyu Gempshir (1622) , Massachusetes (1628) , Konnektikut (1634-1637) , Rod-Aylend (1636-1643) , Nyu-Geven (1637-1643) nomli mustamlakalar vujudga keltirildi. Bu mustamlakalar-Yangi Angliya deb atalib, Angliya burjua inqilobi boshlanib ketishi natijasida mustamlakalar bilan metropoliyalar o‘rtasidagi aloqa zaiflashib, hindular bilan kurash kuchayib ketganligi tufayli bu mustamlakalar ichki boshqarish ishlarida to‘la mustakillikni saklaganlari holda, «Yangi Angliyaning birlashgan mustamlakalari» (1642-1643) degan nom ostida ittifoq tuzdilar.

Boshqa mamlakatlarning shimoliy Amerikadagi mustamlakalaridan farq qilib, inglizlarga qarashli xududlarni aholisi tezroq ko‘paymoqda edi.

Bunga Angliyada dehqonlarning yerdan mahrum qilinishi natijasida ularning mustamlakalarga emigratsiyasining kuchayishi, shuningdek diniy ta’qiblar sabab bo‘ldi. Hatto Gollandiya mustamlakalarida axolisining yarmiga yaqinini inglizlar tashkil qilar edi. Bularning hammasi ingliz mustamlakalarini yanada mustahkamladi va burjua inqilobidan keyin Angliyani Shimoliy Amerikadagi o‘z raqiblarini asta-sekin surib chiqarish imkoniyatini yaratib berdi. 1664 yildayoq Angliya Yangi Gollandiyani va uning Yangi Amsterdam shahrini bosib oldi uni keyinroq Nyu-York deb atay boshladilar. 1754 yildayoq Shimoliy Amerikada Fransiya bilan xarbiy to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi, ikki yildan keyin esa yetti yillik urush boshlanib, bu urush Fransiya mag‘lubiyati bilan tugadi. Mustamlakalarda bir million kishi yashar edi, ular orasida 300 ming dan ortiqrog‘i qul negirlar edi. XVIII asr 60-yillarida aholi soni mustamlakalarda tez sur’atlarda o‘sib bordi, buning natijasida mustamlakalardagi aholi soni 2, 6 millionga yetdi, shuning 500 mingga yaqinrog‘i negrlar bo‘lib, negrlarning 90% qullardan iborat edi. Feodallar zulmi va qashshoqlikdan qutilish uchun Yevropadan qochib kelganlar, Angliyaning Shimoliy Amerika mustamlakalarida ham tilaklariga yetolmas edilar, ularning ko‘pchiligi mustamlakachi burjuaziya va quldor plantatorlar tomonidan shavqatsiz ekspluatatsiya qilinar edi.

Amerika burjua tarixchilari ta’riflaganidek Shimoliy Amerika orzu qilingan yer va ozodlik beshigi emas edi, albatta,

Angliya va Gollayadiyadan kirib kelgan burjua munosabatlari ekspluatatsiyaning kapitalizmgacha bo‘lgan shakllari bilan ya’ni feodalizm, quldorlik, elementlari bilan muayyan qorishib ketgan edi. Kapitalistik tuzumning vujudga kelishi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning murakkabligi aholining sinfiy qiyofasining ham xilma-xil qilib qo‘ydi.

Nyu-York mustamlakasida 25 million ar yirik yer egalari qo‘lida edi, ulardan biri Jonsonning 50 ming ar yeri bo‘lib, Shimoliy Korolinada butun mustamlaka yerlarining 1/3 qismi Lord Prenvill qo‘lida edi. Massachusetsdagi Papperelning yeri butun qirg‘oq bo‘ylab 30 milga cho‘zilgan edi. Yirik yer egalari yerlarni nasldan-naslga qoldirish sharti bilan ijoraga berar, yoki kichik-kichik bo‘laklab sotar edilar.

XVII asrniyag 30-yillarida qirol buyrug‘i bilan yangi territoriyalarga ijozatsiz ko‘chib borish, yerlarni bosib olish va chegara posyolkalaridan tashqariga chiqish taqiqlandi. Buning usgiga mustaqillik uchun olib borilgan urush arafasida Allegangacha bo‘lgan barcha yerlar egallab olingan edi. 1763 yili qirol buyrug‘i bilan Allegandan nariga ko‘chib borish taqiqlandi va shunday qilib, yer masalasi juda qattiq ahamiyat kasb etib, mustamlaka zulmiga qarshi kurashning va inqilobning asosiy sabablaridan biri bo‘ldi. Skvaterlik progressiv voqea bo‘lsa ham, uning Amerika inqilobiga chuqur ta’sir qoldirgan tomoni ham bor edi, ammo bosib olinayottan yerlar, Amerika burjua tarixchilari e’tirof etganidek, bo‘sh yerlar emas edi, bu yerlarni kolonistlar teng bo‘lmagan bitimlar tuzish yoki ochiqdan-ochiq kuch ishlatish yo‘li bilan hindulardan tortib olgan edilar, bu tortib olingan yerlarda kolonistlarning asosiy mashg‘uloti dehqonchilik edi. Hatto yangi Angliyaning sanoati eng rivojlangan rayonlarida ham aholining 90% qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanar edi. 1790 yilda birinchi marta ro‘yxatdan o‘tkazilganda, 8 mingdan ortiq aholisi bo‘lgan hollarda butun axolining 3,3% yashagan ishchilarning ahvoli esa juda og‘ir, biroq Yevropadagi ishchilarning ahvolidan tuzukroq edi. Ish kuni tong otardan to quyosh botgunga qadar davom etardi va barcha mustamlakalarda ma’murlar ish haqini mavsumiy belgilab qo‘ygan edilar.

Mustamlakalardagi aholining ko‘pchilik qismini asoratga tushgan xizmatkorlar, oq tanli ishchilar va negir-qullar, janubda esa aholnning 40% negir qullar tashkil qilar edi.

Negirlarni qul qilish juda kuchayib ketdi. 1619 yildayoq Afrikada ilk bor negrlar olib kelingan edi. XVII asrning o‘rtalaridan boshlab negirlarning qullarga aylantirish tez tarqalib 1775 yildayoq Shimoliy Amerikada negirlarning soni deyarli yarim millionga yetib qolgan edi. Qul-negirlar har qanday ijtimoiy va siyosiy huquqlardan mahrum etilgan bo‘lib, qul egalari ularni o‘ldirish, sotish, qarzga berishi mumkin edi, ularga jonli inventar deb qarar edilar. XVII asrninr ikkinchi yarmida quldorlik xo‘jaligi kuchli krizisga duchor bo‘ldi, bunga tamaki va boshqa traditsion ekinlarning ekilaverishi natijasida yer kuchining ketganligi hamda janubiy mustamlakalar maxsulotini Yevropada sotish qiiyinlashib ketganligi sabab bo‘ldi. Bu krizis XIX asrning boshlaridagina paxta tozalash mashinasi ixtiro etilgandan keyin bartaraf etildi. Paxta bozori esa Buyuk Britaniyaga fabrikalashgan ip gazlama sanoati tez rivojlanganligi tufayli vujudga kelgan edi.

Amerikada madaniyatning rivojlanishiga va ilg‘or g‘oyalarning shakllanishiga prutanlarning diniy xurofoti, bid’ati va fanatizmi to‘sqinlik qilmoqda edi. Ilm maorif ishlariga ruxoniylar ta’siri juda kuchli bo‘lib, adabiyotda diniy tematika ustunlik qilar edi.

Alvasti ovlash va afsungarlik uchun qatl qilish hatto eng taraqqiy etgan yangi Angliyada ham XVIII asr boshlarigacha saqlanib qoldi. Masalan: Salim qishlog‘ida, 1693-1696 yillarda afsungarchilik qilganligi uchun 19 kishi qatl qilingan edi, 150 kishi qamoqda olingan va 200 kishi jodu qilishga ayblanib jazolangan. Erkin fikr qilishgina emas balki dunyoviy mavzulardagi har qanday asar ham gunoh hisoblanar edi, ba’zi mustamlakalarda hatto teatr tamoshalari ham taqiqlangan edi. Butun mustamlakachilik davr mobaynida erkin fikr va demokratiyaning progressiv g‘oyalari jaholatga qarshi kurash olib bordi. Bu g‘oyalar dastlabki paytlarda diniy sektantchilikning traditsion formalarida ifoda etilar edi. Puritanizm so‘l qanotining siyosiy qarashlari xalq ommasinini noroziligini va orzu tilaklarini bir oz ifoda eta olar edi. Bu so‘l qanot arboblari XVIII asr Amerika ma’rifatchilarining o‘tmishdoshlari edilar. Mustamlakalarda fan va falsafa, adabiyot va san’at keng tarzda rivojlanib ketolmadi bu esa ko‘p jihatdan Amerika burjuaziyasiga xos bo‘lgan tor faoliyatga bog‘liq edi. Amerikaliklar o‘zlarining metropoliyaga qarshi olib borayotgan kurashini asoslash uchun Goobe, Milton, Lokk, Russo va boshqa Yevropa mutafakirlarining g‘oyalaridan foydalandilar. Amerika burjua ma’rifatchilari eng ko‘zga ko‘ringan va ajoyib kishilari Benjamin Franklin (1706-1790) va Tomas Jeferson (1743-1826) edi. Bular Amerika maorifida so‘l demokratik tendensiya vakillari va shakllanib kelayotgan Shimoliy Amerika millati, o‘sib kelayotgan ongning mafkurachilari edilar. Otashin vatanparvar kolonistlar huquqi uchun eng dastlabki kurashchilaridan biri B. Franklin Bostonda hunarmand oilasida tug‘ilgan edi, keyinchalik u Filodelfiyada yashaydi. Yoshligida u bosmaxonada harf teruvchi bo‘lib ishladi va o‘tkir jurnalist-publitsist bo‘lib yetishib, akasining gazetasida akasi bilan birga ishladi. G‘oyat iste’dodli mexnatsevar va quntli bo‘lganligi uchun mustaqil ravishda o‘qib bilim oldi. Amerikada ma’rifatchilarning birinchi namoyondasi bo‘lib yetishishi bilan u jaholat va nodonlikka qarshi kurash olib bordi. Franklin Amerikada birinchi marta tuzilgan qullikka qarshi jamiyatning asoschilaridan biri edi. Franklin oligarxik idora usulining va mustamlakachilikning xavfli ekanligini yaxshi tushinar edi. Biroq u ko‘prok mu’tadil siyosiy qarashlarini yoklab keldi, uzoq vaqt metropoliyaga qarshi inqilobiy kurashga qaraganda liberallarcha kompromiss usulini yoqlab keldi, uzoq vaqt metropoliyaga qarshi siyosatda qat’iy va izchil bo‘lmadi. Mustamlakachi burjuaziyaning ilg‘or manfaatlarini himoya qilib, Franklin dastlab Britaniya imperiyasi doirasida mustamlakalarini birlashtirishga va o‘z-o‘zini boshqarishni kengaytirishga harakat qildi. Franklin bu imperiyani «chini kosaga o‘xshatgan va uning bir cheti uchib ketsa o‘z qimmatini yukotadi» degan edi. Ammo uning fikricha, bu imperiyaning markazi Shimoliy Amerika bo‘lishi, poytaxt Londondan shu yerga ko‘chirilishi kerak edi. Biroq metropoliyalar o‘rtasidagi ziddiyatlarning murosasizligi tufayli Franklin va burjuaziyaning keng doiralari xar qalay milliy mustaqillik uchun inqilobiy kurash yo‘liga tushib olishga majbur bo‘ldilar.

Tomas Jefferson Virginiyadagi plantatorlar aristokratiyasi oilasidan chiqqan. U har tomonlama keng ma’lumot oldi. Unga katta shuhrat keltirgan Britaniya Amerikasining huquqlari haqida xulosa (1774) degan o‘zining dastlabki pamfletlaridan» birida Jefferson Georg 3 ga Karl I bilan Yakov 2 ning qismatini eslatib xalq suvereniteti ideyalarini hamda mustamlakalarning qo‘zg‘olon qilish huquqini himoya qildi. So‘nggi asarlarida qullikni qattiq tanqid qildi, hindularning qirg‘in qilinishini qoralandi. Ammo Jefferson izchil demokrat emas edi. Uning ommaviy faoliyati bilan nazariyasi ko‘pincha bir-biriga to‘g‘ri kelmas edi. Jefferson kapitalizmning ba’zi salbiy xususiyatlarini, masalan: mol-mulkning bir to‘da shaxslar qo‘lida to‘planishini tanqid qilgan bo‘lsa ham, uning qarashlari keyinchalik burjua liberalizmi tomonida evolyusionlashgan edi. Jefferson o‘z faoliyatlarida ayniqsa XIX asr boshidan u respublika prezidenti bo‘lgach, burjua respublikasini mustaxkamladi, hamda asosan burjuaziya va plantatorlar manfaatini ifoda etuvchi siyosat yurgizdi.

1765 yilda Angliya parlamenti mustamlakalarga qarshi qaratilgan ikkita qonun qabul qildi, bulardai biri qo‘shinlarni joylashtirish qonuni bo‘lib, bu qonun ingliz hukumatiga mustamlakalariga cheklanmagai miqdorda qo‘shinlar yuborish va ularni axoli uylariga joylashtirish huquqini berar edi. 2-qonun har qanday hujjatlar, gazetalar, broshuralar, e’lonlar ustidan gerb solig‘ini solish to‘g‘risida edi.

Bu qonunlar mustamlakalarda juda katta g‘azab uyg‘otdi va burjua elementlarining qarshi ta’sir ko‘rsatishiga qaramay, ommaviy g‘alayonlarga aylanib ketdi. Bostonda hurriyat farzandlarining rahbarligi ostida ishchi va hunarmandlarning g‘alayonlari 13 avgustdan 18 avgustgacha davom etdi. Mitinglar o‘tkazilib, kechasi mash’allar yoqib yurishar edilar. Chinovniklarning uylariga o‘t qo‘ydilar, sud arxivlarini yokib yubordilar.

Gubernator yuborgan qurolli otryadlar haydab yuborildi. Gubernatorning yordam yuborish to‘g‘risidagi iltimosiga politsiya boshlig‘i mening odamlarimni endi topib bo‘lmaydi: ular xalqqa qo‘shilib ketdi deb javob berishi ahvolning naqadar tang ekanligini ko‘rsatdi.

Xalq xarakatidan qo‘rqib ketgan mansabdorlar o‘z lavozimlaridan voz kechdilar. Gerb to‘g‘risidagi qonun kuchga kirgach 1 noyabr kuni yangidan xalq g‘alayonlari ko‘tarilib, ko‘p kishilik mitinglar va namoyishlar uyushtirildi, gerbli qog‘ozlar qo‘ydirib yuborildi. Xalk «umumiy ittifoqlik» yoki o‘lim, erkinlik yoki o‘lim kabi degan shiorlar bilan kurashni kuchaytirdilar. Mustamlakalardagi bu harakatlar xalqning qanday kuchga ega ekanligini ko‘rsatdi va ko‘p o‘tmay gerb qonunining bekor qilinishiga kattagina yordam berdi. Mustamlakalar vakillari kongressni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilishdi. Gubernatorning taqiqlashiga qaramay kongress 1675 yil 7 oktabrda Nyu-Yorkda ochildi.

Yuqori tabaqalar petitsiya bilan murojaat qilib, hech narsaga erishib bo‘lmasligini ma’lum qildi. Oktabr oyi oxirlarida ingliz tovarlari butun mustamlakalarga yoyildi. Metropoliya burjuaziyasi mustamlaka bozorlaridan mahrum bo‘lib qolishdan qo‘rqib, mustamlakalar bilan bo‘lgan nizoni tezroq bartaraf qilinishini talab qildilar. 1766 yil martida gerb solig‘i to‘g‘risidagi qonun bekor qilindi.

Ammo shu bilan ingliz parlament ilgarigi qonunlarga asosan mustamlakalarga soliq solish huquqi saqlab qolganligi qayd qilindi. Qo‘shinlarni joylashtirish qonuni va boshqa qonunlar kuchda qoldi. Taunshend qonuniga binoan 1767 yil bir qancha tovarlarga bojxona to‘lovi joriy qilindi. To‘lovdan tushgan daromad mansabdorlar va harbiy ma’murlarning ta’minotiga sarflanar, shu bilan birga ular kolonistlardan mustaqil bo‘lib qolgan edilar.

Jazo choralari kuchaytirilib g‘alayonni bostirish va ko‘zg‘alonni oldini olish uchun 1768 yil Bostonga harbiy yordamchi kuchlari bilan to‘la kemalar kirib keldi. So‘ngra hukumat siyosiy jinoyatlarda ayblangan kolonistlarni Angliyaga olib ketib, o‘sha yerda sud qilishni buyurdi, ma’murlarga qarshilik ko‘rsatgan mustamlaka majlislari tarqatib yuborildi.

Bu tadbirlarning hammasi kolonistlarning g‘azabini oshirdi. Mustamlakalarda ko‘pgina pamfletlar paydo bo‘ldi. Mitinglar va maxfiy yo‘nalishlar oddiy tusga kirib klublar va maxfiy jamiyatlarning faoliyati ancha jonlandi. Vashington gubernatori tomonidan tarqatib yuborilgan Virginiya majlisi ba’zi deputatlarning tashabbusi bilan ingliz tovarlarga bokot e’lon qildi. Ingliz tovarlarini Shimoliy mustamlakalariga olib kelib sotish 1768 yilgi 1363 funt sterlindan, 1769 yilda 504 ming funt sterlingga tushib qoldi.

Kolonistlar ko‘shinining olib chiqib ketilishini, o‘zlarining huquqlarini poymol qiluvchi qonunlarning bekor qilinishini talab qildilar. Parlament taushend qonunini bekor qilish bilan yana qisman yon berishga majbur bo‘ldi. Mustamlaka burjuaziyasi kurashning passiv metodlarini mahkam ushlab olgan edi va hukumatga qisman yon berish bilan qanoatlanishga rozi edi. Biroq mehnatkashlar xarakati tobora inqilobiy tus olmoqda edi. 1763 yilda Shimoliy Korolinada tenglashtiruvchilar nomi baln mashhur bo‘lgan fermerlar harakati boshlanib ketdi. 4 yil davom etgan bu kurash qatnashchilari qonga botirildi. 1768-1774 yilda Allegan shtatidagi fermerlar ingliz harbiy kuchlariga ochiqdan-ochiq kurash olib bordilar.

Sharqiy rayonlarda ayniqsa Massachusetsda ishchilar, hunarmandlar va fermerlar metropoliyaning aktiv tarafdorlarini ushlab olib, qattiq jazolay boshladilar. 1768 yilda Massachusetsda oq tanli qullarning g‘alayoni ko‘tarildi. qo‘shinlar bilan to‘qnashuvlar tez-tez bo‘lib turdi. Bostonda 1775 yil 5 mart kuni aholi bilan to‘qnashuvlar vaqtida soldatlar 4 ishchini o‘ldirdilar va 5 kishini yarador qildilar. O‘ldirganlar orasida qochoq qul negir Attaks bor edi. O‘ldirganlarning dafn etish marosimi xalq namoyishiga aylanib ketdi. «Boston qotilligi» inqilobiy jarayonlarning rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Nihoyat inqilobiy vaziyat yetilib kelmoqda edi.

Inqilobning asosiy harakatlantiruvchi kuchlari ishchilar, hunarmandlar va fermerlar bo‘lib, bular birgina mustaqillik uchun kurashmasdan, shuningdek iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy huquqlar uchun ham kurashdilar. Biroq xalq ommasi uyushmagan edi. Ommaviy xarakatlarga rahbarlik ishlarini yirik burjuaziya bilan quldorlar o‘z qullariga olgan edilar, ular o‘z navbatida xalq inqilobidan qo‘rqar, toji-taxt bilan kelishib qo‘ya qolmoqchi edilar.

Ularning maqsadi metropoliyaning hukmron sinflariga bo‘lgan huquqlarga ega bo‘lish edi, xolos.

Metropoliyaning murosasizligi hamda xalqning ishchilar, hunarmandlar va fermerlarning avj olib ketgan qurolli kurashi ostida sinfiy kuchlar tobora tabaqalarga bo‘linib ketayotgan edi. Quldorlar, yirik burjuaziya, ruxoniylarning bir qismi ommaviy harakatlarni keng quloch yoyib ketayotganligidan qo‘rqib ketib, royalistlar lageriga o‘tib ketdi va qirol tomonda turib kurashdi.

Biroq ikkilanish va og‘ishlar yo‘lini bosib o‘tgan burjuaziyaning bir qismi har holda metropoliyaga qarshi kurashga boshchilik qildi, ammo xalq xarakatini keng quloch yoymasligiga tirishdi.

Xalqdan qo‘rkib qolgan bu burjuaziya ommadan o‘z manfaati yo‘lida foydalanib, o‘zining cheksiz hukmronligini o‘rnatish uchun payt poylar edi. 1775 yil 10 mayda Filodelfiyada ochilgan ikkinchi kontinental kongresda hukmron burjuaziya va plantatorlar vakillari, ya’ni mo‘tadillar bo‘lib ular Vashington, Radolf, T. Jefferson, P. Genri S. Adams va boshkalar edilar. Bular yangi burjua demokratlarning o‘z tashkilotlari ham yo‘q edi. ular o‘zaro kelishmasdan ish ko‘rar edilar. Shunga qaramay, kongress ularning tashabbusisiz to‘plangan armiyani vaziyat ostida o‘z qaramog‘iga olib, Jorj Vashingtonni bosh qo‘mondon qilib tayinladi.

  1. Vashington (1732-1799) Virginniyalik plantatorlarning boy aristakrat oilasidan chiqqan ma’lumotli kishi edi. Uning akalari Ogayo yer kompaniyasiga boshchilik qilar, bu kompaniya 18 yoshar Jorjni dastlab yer o‘lchovchi qilib tayinlagan edi. Bu yerda u yigitlik chog‘idayoq hindular bilan bo‘lgan to‘qnashuvlarda ko‘ngilli askarlar qo‘mondoni sifatida, 1754 yil 1756 yillarda uncha katta bo‘lmagan otryadlari bilan bo‘lgan janglarda dong chiqargan edi. Vashington sof vijdonli g‘ayratli va jasur kishi bo‘lib, juda katta tashkilotchilik qobiliyatiga ega edi.

U kamgap, vazmin, o‘zining hamkasblariga hamda qo‘l ostidagi xodimlariga talabchan, g‘amxo‘r va xaqiqiy vatanparvar edi.

Kongress umumiy armiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilib, shu bilan bir vaqtda qirolga petitsiya yubordi. Petitsiyada kongress o‘z sadoqatini ta’qidlagan va barcha masalalarni tinch yo‘l bilan hal qilishni so‘ragan edi.

Shuningdek, ingliz xalqiga qarata murojaat ham qabul qilingan edi. Angliya mustamlakalaridagi xalq bir-birovlari bilan urush olib borishga qarshi bo‘lib, kolonistlar kurashiga xayrixoxlik qo‘rsatmoqda edilar. Ularni mustamlakalaridagina emas, balki, Angliyaning o‘zida ham hukm surib kelayotgan reaksiya va zulmga qarshi kurash zarurligini tushunish tuyg‘usi birlashtirar edi Angliya o‘z qo‘lidagi mustamlakalarni boy berishdan qo‘rqqan va mustamlakalar bilan savdoning keskin tushib ketganligi natijasida ziyon ko‘rgan burjuaziyaning ma’lum bir qismi, parlamentga yuborgan petitsiyalarida nizoni bartaraf qilishni keskin talab qilgan edi. Angliya xukumati ushbu talablarni rad etib, mustamlakalarni isyon holatida deb e’lon qildi va ular bilan savdo sotiqni ta’kikladi, ularning to‘la kamal holatida ekanligini e’lon qildi. Muntazam armiya 55 ming kishiga, flotning shaxsiy sostavi 28 ming kishiga yetkazildi.

Ingliz burjuaziyasi hamma vaqt birovlarning qo‘li bilan urush qilishni yaxshi ko‘rar edi. Nemis hukmronlari tomonidan Angliyaga sotilgan 29 ming nemis soldati Amerikaga jo‘natildi. Ingliz ma’murlari hindu qabilalarini va plantatorlar qaramog‘idagi negirlarni kolonistlarga qarshi otlantirishga harakat qildi. Biroq hindu qabilalarining ko‘pchilik qismi Angliya tomonida o‘tib, Oneydo qabilasi qo‘zg‘olonchilarni qo‘llab quvvatladi, irokezlar esa o‘zlarini betaraf deb e’lon qilgan bo‘lsa, negirlarning ko‘pchiligi inqilobning tarafdorlari edilar.

Mustamlakalarda o‘z tarafdorlarini ko‘paytirish, quzg‘olonchilar o‘rtasida ixtilof chiqarish va ularning kuchlarini zaiflashtirish uchun inglizlar ig‘vo qilish va pora berib o‘ziga og‘dirib olish usulini ishga soldilar. 1775 yilning oxirlarida 20 mingga yaqin royalistlar metropoliya tomonida turib urushdilar. Royalistlarning qurolli kurashga o‘tishi va ko‘pgina ruhoniylarning inqilobga qarshi tashviqoti avj oldirib yuborilganligi tufayli kongres 1776 yil 2 yanvarda ular ustidan nazorat qilishni mahalliy ma’murlar zimmasiga topshirishdi. Shundan so‘ng ularni qurolsizlantirish (1776 yil mart) va mol mulkini musodara qilish (1777 yil noyabr) to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Mamlakatning deyarli hamma joylarida tuzilgan xavfsizlik komitetlari bu qaror chiqishidan ilgariyoq royalistlarni qamoqqa olib, mol-mulklarini musodara qila boshlagan edilar.

Kongress singari kontinental armiya ham, payt poylash va mudofaa taktikasini qo‘llayotgan edi. To‘g‘ri, Kanadani bosib olishga urinib ko‘rildi, bu esa mustamlaka burjuaziyasining eng muhim siyosiy va strategik vazifasi edi. Biroq bu urinish to‘la muvaffakdyatsizlik bilan tugadi. 1776 yilning boshlarida Vashington, uning sustkashligidan juda ko‘p noroziliklar tug‘ilganligi tufayli Bostonni olishga tayyorgarlik ko‘rish boshlandi. Bostonni kamal qilish uchun armiyaning barcha asosiy kuchlari bir joyga to‘plandi va ingliz qo‘shinlari Dorchestr tepaliklarini qo‘lga kiritish yo‘lidagi urinishlari muvaffaklyatsiz bo‘lib chiqqanidan keyin 17 martda Bostonni tashlab chiqib ketdilar. Ingliz kemalariga qarshi qo‘zg‘olonchilarning qurolli qismlari jang qildilar, qo‘lga tushirilgan qurollar va kiyim-kechaklar qo‘zg‘olonchilar armiyasini ta’minlashga sarf qilinar edi. Mustamlaka qo‘shinlari yomon qurollangan, arteleriyasi oz, ko‘pincha eng zarur kiyim va oziq-ovqatlar yetishmas edi. Sanoat urush talablariga tezda moslasha olmasa ham, lekin urushning borishida ancha yutuqlarga erishdi. qishloq xo‘jaligiga urush juda kam ta’sir qildi. Shunday bo‘lsada ko‘p joylarda ayniqsa, shaxarlarda va janubiy mustamlakalarda qo‘shinlar va xalq ochlikdan azob chekayotgan edi. Narxlarning oshib va chaykovchilikning misli ko‘rilmagan darajada kuchayib ketganligi natijasida mexnatkashlar ommasining ahvoli og‘ir edi. Burjuaziya va yirik yer egalaridan iborat vatanparvarlar Amerika qog‘oz pulidan ingliz tillasini afzal ko‘rar, Amerika aholisi ochlikdan xalos bo‘layotgan bir paytda ingliz qo‘shinlarini ta’min qilar edi. Vashingtonning o‘zi 1775 yilda bunday degan edi. Fuqarolik burchini, odamgarchilikni bu qadar unutib yuborish, bu qadar chaykovchilik, foyda olish uchun bu qadar xiyla ishlatish hollarini men hech qachon ko‘rgan emasman.

Vakolatli hukumatning va boshqaruvning markazlashtirilmaganligi, provinsializm ruhining va mustamlakalar o‘rtasida ziddiyatlarining hukm surishi ham halokatli ta’sir ko‘rsatdi. Mustamlakalar: tamoman mustaqil bo‘lib, ular qo‘shinlar ta’minotini tashkil etishlari kerak edi, lekin urush ularning territoriyalariga yetib bormaguncha bu ishni qilishga shoshilmadilar. Barcha qiyinchiliklarni bartaraf qilib va yengib chiqish uchun birlashgan davlatlar barpo qilish kerak edi. Lekin bu uchun oldin mustakillik e’lon qilinishi lozim edi. Keng xalq ommasining eng yaxshi ijtimoiy xayotga erishish yo‘lidagi umidlari mustaqil respublika e’lon qilinishi bilan bog‘liq edi. Xalqning va burjua demokratlarning mustaqillik xaqidagi talablari klublarda va gazetalarda qat’iyroq yangramokda edi. Milliy mustaqillikni tashviqot qilishda 1776 yil yanvarida nashr etilgan va ikki oy ichida 120 ming nusxa sotilib bulgan «Tetik fikr» degan pamflet katta rol o‘ynadi. Uning muallifi inqilobchi-demokrat T. Pein (1737-1809) Angliyada hunarmand oilasida tug‘ilgan qobiliyati tufayli u mustaqil o‘kish bilan kuchli publitsist va jamoat arbobi bo‘lib yetishgan shaxs edi.

Pein 1775 yilning noyabridayok kongress tomonidan ta’sis etilgan maxfiy komitet sekretari vazifasida ishlay boshladi. Keyin u demokrat general Nataniel Grinning yordamchisi sifatida urushda qatnashdi. Peip va boshqa demokratlar propoganda qilgan mustaqillik talabi rad qilib bo‘lmaydigan talabga aylandi. Kongress ikkilanib turganda Shimoliy Korolinada, Virginiyada va boshqa mustamlakalarda 1776 yilning aprel-mayida mustaqillik e’lon qilindi. Mustamlakalar o‘zlarini shtat deb e’lon qildilar. O‘shanda kongress ham 1776 yilning mayida qaror qabul qilib, unda mustamlakalarga Angliya bilan aloqani uzish tavsiya qilingan edi. Nixoyat, 1776 yilning iyunida kongress «Mustaqillik dekloratsiyasini» qabul qildi. Dekloratsiya loyixasi burjua demokratik ruxda yozilgan edi, lekin u kongressning o‘ng qism a’zolari tomonidan o‘zgartirilib yuborildi. Munozara fakat mustaqillik to‘g‘risida emas, balki davlatning xarakteri to‘g‘risida ham edi. Mustaqillik dekloratsiyasi kishilarga juda katta imkoniyat yaratib bergan xujjat edi.

Demokratik ruxdagi bu dekloratsiya xalqning katta g‘alabasi edi, chunki kurash avjiga chiqqan paytda xalq ommasi shu qadar daxshatli kuch ediki, kongress demokratlari ular bilan hisoblashishga majbur bo‘ldilar. Inqilobning birinchi davri mustaqillik e’lon qilinishi bilan tugadi va yangi davr respublika davri boshlandi. Tarkibi bir qadar yangilangan kongress endi milliy ta’sis deb nomlandi. Konstitutsiyani ishlab chiqish, ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish, soliq-moliya masalasini va boshqa turli masalalarni hal qilish kerak edi. 1775 yilda mustamlakalarda 8 ming, 1781 yilda 56 ming ingliz qo‘shini bor edi. Manbalarda aytilishicha, urush xarakatlarida 30 minggacha kishi qatnashgan. Urush mobaynida Angliya Amerikaga hammasi bo‘lib 90 mingga yaqin soldat yuborgan. O‘z xo‘jayinlari tomonidan sotilgan yonlanma askarlarga ishonib bo‘lmas edi. Biroq urush 6 yilga cho‘zilib ketdi. Nihoyat respublikada qulay xalqaro vaziyat vujudga kelgakligi tufayli, qurollangan xalqning aktivlik ko‘rsatishi, jumladan, partizanlar harakati tufayli g‘alabaga erishdi. 1776 yil avgustda Bruklin yonidagi jangda Vashington armiyasi mag‘lub bo‘ldi. 15 sentabrda Nyu-Yorkni, noyabrda bir nechta kal’ani topshirdi. Undan keyin Delaver daryosini ortiga chekindi. Ko‘p Amerikalik soldatlar asir tushdi. Yil oxirida respublika tang ahvolga tushib qoldi. Ammo 1777 yilning boshlarida Vashington o‘z mavqeini tiklab olishga erishdi. Kongress Yorktaunga ko‘chdi. Burjua tarixchilari bu mag‘lubiyatga general Li qilgan xiyonat sabab bo‘lgan deb baxolaydilar. Ammo g‘alabaga faqat inqilobiy yo‘l bilan erishish mumkin edi. Chunki mo‘tadil armiyaga xalq ishonmas edi, o‘z navbatida armiya yetarli mablag‘ga ham ega emas edi. Ahvol keskinlashgan paytlarda xalqning o‘zi mustaqil ravishda ish ko‘rgan. Ingliz armiyasi Kanadadan o‘tib Nyu-York shtati orqali hujum qilish vaqtida, respublika qo‘shinlariga aristokrat Skviller qumondonlik qilgan edi. Shundan keyin ushbu kushin sostavida jang qilishga axd qilib, juda ko‘p kishilar kelib ko‘shila boshladilar. Natijada 1777 yil 17 oktabrda Saratog yonidagi jangda respublika qo‘shinlari inglizlar qo‘shinlarini tor-mor keltirdilar. Bu g‘alaba mamlakatning xalqaro axvolini yaxshiladi va nihoyat 1783 yilda sulh tuzildi. Angliya AQShning mustaqilligini tan olishga majbur bo‘ldi.

Xalqni itoatguylikda saqlash uchun Shimol kapitalistlari va Janub quldorlari markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash, pul sistemasini va savdo to‘g‘risidagi qonunlarni tartibga solish, boylar manfaatlarini ko‘zlab yer uchastkalarini sotib olishni ta’minlash va g‘arbdagi yangi yerlarni bosib olish uchun bir qator hiyla nayranglar o‘ylab topdilar. To‘rt oy davom etgan munozaralardan keyin ishlab chiqilgan Konstitutsiya AQSh tarixida muhim rol o‘ynaydi. Bu Konstitutsiyada inqilobning demokratik tendensiyalari o‘z ifodasini topgan bo‘lsada, Amerika xalqining takliflari o‘z ifodasini topgan emas edi. Bu Konstitutsiya cheklangan bo‘lishiga qaramay, o‘sha davr uchun muhim tarixiy xujjat edi. 1787 yilgi Konstitutsiyaga binoan AQSh federal davlatga aylandi. 1787 yili Ta’sis konventi AQSh Konstitutsiyasini qabul qildi, u davlat tizimi to‘g‘risidagi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud prokuratura organlariga bo‘linishi, ular o‘rtasidagi bog‘liq jihatdan amaliy ahamiyat kasb etdi. Joroj Vashington AQSh ning birinchi prezidenti etib saylandi, o‘sha davrning ulug‘ siymolari T. Pein, B. Franklin, T. Jefferson AQSh davlatini tashkil etish va uni idora qilish an’analarini shakllantirdilar. Xalq hal qiluvchi inqilobiy rol o‘ynadi. Mustaqillik uchun olib borilgan urush davrida demokratik elementlar kuchli bo‘lsada, burjua inqilobi xarakteriga ega edi. Milliy davlatning barpo qilinishi feodal qoldiqlarning tugatilishi va majburiy mehnat sistemasining yo‘k bo‘lishi hamda qullikning man qilinishi xalqning manfaatlariga to‘liq javob berar edi.